Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Sotilgan shikoyat 

Payg‘ambar alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib qorong‘u 

kechalarning birida mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) uyiga borish uchun 

yo‘lga chiqdilar. Ketayotsalar, yo‘lda sahroyi odamlarning yirtiq kiyimlarini kiyib olgan bir 

kishi yo‘llarini to‘sib chiqdi va yenglaridan tortib: «Yur men bilan, ey Abbos», dedi. 

Abbos (r.a.) diqqat bilan qarasalar, u kishi amiral-mo‘mininning o‘zlari ekanlar. 

Ko‘pincha birov tanib qolmasligi uchun kiyimlarini o‘zgartirib, Madina ko‘chalarini 

aylanish, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan xabardor bo‘lish u kishining 

odatlaridan edi. Chunki amiral-mo‘minin Rasuli akramning (s.a.v.) «Sizlarning har 

biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar», degan 

gaplarini mahkam tutgan edilar. 

Abbos ibn Abdulmuttalib xalifaga salom bergach, so‘radilar: 

– Yo‘l bo‘lsin, ey mo‘minlar amiri? 

– Bu zulmatli tunda arab mahallalarini aylanib chiqmoqchiman, - dedilar hazrati Umar 

(r.a.). 

Kecha salqin edi. Hamma kechki yumushlarini tugatib, uyquga hozirlik ko‘rayotgandi. 

Hazrati Umar chodirlar va kulbalar oralab borarkanlar, ularning har birini diqqat bilan 

kuzatar, nimanidir axtarayotganidek ba’zan to‘xtab ham qolardilar. Aylanishni 

tamomlab, endi orqaga qaytishmoqchi ham ediki, to‘satdan bir chodirdan kelayotgan 

ovoz xalifani sergaklantirib qo‘ydi. Sekin chodirga yaqinlashishdi. Unda bir ayol qozon 

oldida kuymalanib o‘tirar, atrofida bir necha bola chirqillab yig‘lardi. Ayol tinmay 

bolalarni ovutmoqchi bo‘lar, «Sabr qilinglar, ozgina qoldi, hozir ovqatim pishsa

yeysizlar», deb aldardi. Hazrati Umar (r.a.) bu holatni ko‘rib, kayfiyatlari buzildi. 

O’rinlaridan jilolmay qoldilar. Shu alfoz ancha turib qolishdi. Nihoyat, Abbos tilga kirdi: 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling