Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Xalifaning kelini 

Hazrati Umar xalifalik yo‘llarida ko‘pincha Madina ko‘chalarini tunda yolg‘iz aylanar, 

musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan shu tariqa xabardor bo‘lib olardi. O’sha 

kuni ham oddiy kiyimdagi xalifani Madina ko‘chalarida ko‘rganlar taniy olishmadi, e’tibor 

ham berishmadi. U katta-katta qadam tashlab borarkan, chor atrofga sinchkovlik bilan 

nazar tashlar, nigohidan mayda-chuyda narsalar ham qochib kutula olmasdi. Shu payt 

xonadonlarning biridan ikki ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotgani qulog‘iga 

chalindi. Qiziqsinib devorga yaqin bordi. Devor ortidan bir xotinning qiziga aytayotgan 

gaplari baralla eshitilib turardi: 

– Qizim, bugun soqqan sutimiz negadir ko‘zimga oz ko‘rinyapti, shunga bir oz suv 

qo‘shib ko‘paytirmasak, bo‘lmaydi, shekilli. Shunga suv olib kelib bergin.  

Qizi hayratlanib: «Voy onajon, nimalar deyapsiz? Amiral-mo‘minin sutga suv 

qo‘shmanglar, deb buyurgan edi-ku, - dedi. Onasi unga javoban: 

– Qizim, bilasanki, tirikchiligimiz sut bilan o‘tadi. Men bir beva ayolman, boshqa 

daromadimiz yo‘q. Sutga biroz suv qo‘shsak, ko‘payadi, ehtiyojimizga ishlatamiz, - dedi. 

Allohdan qo‘rqish qalbiga jo bo‘lgan odobli qiz: 

– Onajonim, bugun sizga nima bo‘ldi? Sizning bunday deganingizni xalifa eshitsa

nima bo‘ladi? - dedi. 

– Qizim, kechasi bu vaqtda xalifa uxlab yotibdi. Bizning bu yerda sutga suv 

qo‘shganimizni qanday biladi, qanday ko‘radi?! - dedi. 

Ul muborak qiz onasini gunohdan qaytarishga harakat qilib: 

– Onajon! Bugun sizga bir narsa bo‘libdi! Siz shunday nomaqbul so‘zlarni 

aytmoqdasiz! Siz aytgan hiylani agar xalifa ko‘rmasa, hamma narsani biluvchi Alloh 

biladi va ko‘radi! Sutga suv qo‘shish – gunohdir! – deb onasini gunohdan saqlab qoldi. 

Hazrat Umar bu suhbatni oxirigacha eshitdi. Ertasiga ertalab bu yerga kelib, Allohdan 

qo‘rquvchi, go‘zal axloqli, yaxshi fazilatli, iffatli va tarbiyali qizni o‘g‘liga so‘radi. Hazrat 

Umar o‘g‘lini shu faqir qizga uylantirdi. Hazrat Umarning o‘sha muborak kelinidan 

shunday avlodlar – farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri hazrat Umar kabi adolatli 

bo‘lib, tarixda ikkinchi Umar ismini oldi. Bu zot Umar ibn Abdulazizdir. Umar ibn 

Abdulaziz bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo‘rqib yashaydigan muhtaram bir 

zotdir. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling