HAZRATI UMARNING ADOLATI
Odillik shamshiri
Hazrati Umar (r.a.) ra’iyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalar-da, mo‘min-musulmonlar
ham, hattoki zimmiylar ham u kishidan norozi bo‘lmasdilar. Chunki Umar ibn Xattob
adolat bilan ish tutardilar. Hukm chiqarganda ikki tomonning obro‘-martabasi-yu boy-
kambag‘alligi, hukmdoru-qul ekanligini hisobga olmas, Islom shariatiga, Allohning
buyrug‘i-yu Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga amal qilardilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlarida Islom davlati bir necha viloyatlarga bo‘lingan,
ularning har biriga alohida voliy (hokim) tayin etilgan edi. Xalifaning o‘zlari Madinada
voliy edilar. Makkada Nofi’ ibn Abdulxoris Huzoiy, Toifda Sufyon ibn Abdulloh, Basrada
Abu Muso al-Ash’ariy, Damashqda Muoviya ibn Sufyon, Misrda Amr ibn Os, Falastinda
Alqama ibn Muhazzaz voliy edilar. Ular xalqqa ham, armiyaga ham, din ishlariga ham
rahbar edilar.
Xalifa davlat amaldorlari uchun quyidagi to‘rt qoidani ishlab chiqqandi:
1. Hech qachon ot yoki izvoshda yurmaslik;
2. Hech qachon nafis, go‘zal matodan kiyim kiymaslik;
3. Hech qachon lazzatli taom yemaslik;
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |