Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Bola bilan suhbat Hazrati Umar (r.a.) erta tongda masjidga borishni odat qilgandilar. U kishi hali azon aytilmasdan masjidga kirib, namoz vaqti bo‘lishini kutib o‘tirardilar. O’sha kuni ham tong otmay, masjidga otlanib, yo‘lga chiqdilar. Ko‘chada shoshilinch ketib borarkanlar, bir bolaga ko‘zlari tushdi. U ham qayoqqadir shoshilib ketayotgandi. Hazrati Umar (r.a.) qiziqsinib bolakaydan so‘radilar: – Ey bolam, erta tongda bunchalik shoshilib qayoqqa ketyapsan? – Namoz o‘qish uchun masjidga boryapman, – burro javob qildi o‘sha bola, – namoz vaqti yaqinlashib qoldi. Mening esa tahoratim yo‘q edi, shuning uchun azon aytilmay turib, tahorat olishim va namoz vaqtini kutishim kerak. Shuning uchun shoshilyapman. Hazrati Umar (r.a.) bolaning javobidan suyundi, ammo uni bir sinab ko‘rish uchun yana savolga tutdi: Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 27 – Bolam, hali juda yosh ko‘rinasan, hatto namoz ham farz bo‘lmagan, senga qiyin bo‘lmayaptimi? Ammo bola savolga dovdirab qolmadi, aksincha, bir hayajon ichida qizg‘in javob qildi: – Hazratim, nahotki, bu ishda yoshning ahamiyati bo‘lsa? Kecha mahallamizda mendan ham yoshroq bir bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, deb kafolatlab qo‘yilmagan. Shuning uchun ibodat qilishga oshiqaman. Hazrati Umar (r.a.) bolaning bu qadar zukkolik bilan aytgan javobidan hangu-mang bo‘ldi, ikki qarama-qarshi tuyg‘u oQushida qoldi. Bir tomondan bolaning kichik yoshdayoq Allohdan qo‘rqib, uning ibodatiga shoshganidan quvongan bo‘lsa, ikkinchi tomondan aqlini tanigan kap-katta odamlarning g‘aflatda, jaholatda yurganidan mutaassir bo‘lib, qayg‘u chekdi.
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling