Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Zo‘ravonlik ketmaydi 

Mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob (r.a.) bir gal Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) 

hovlisining hisobiga Masjidul Haromni kengaytirmoqchi bo‘ldilar. Abbos ibn 

Abdulmuttalibning hovlilari masjidga qo‘shni edi. Hazrati Umar (r.a.) undan hovlisining 

bahosini so‘radilar. Ammo Abbos hovlini sotishga ko‘nmadi: 

– Yo‘q, amiral mo‘minin, bu narsaga ruxsat etmayman. Umid qilamanki, xalifa sifatida 

zo‘rlik bilan tortib ham olmaysiz. 

– Xo‘sh, unda nima qilay? – so‘radilar hazrati Umar (r.a.). 

– Ey amiral mo‘minin, unda ikkovimizning o‘rtamizni adl ajrim qilib beradigan odil 

qozini tanlang, – dedi Abbos. 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

– Qozini sen tanlashing kerak, toki mansabidan foydalanib, menga zulm ko‘rsatdi, 



deya ta’na-malomat qilmasliging uchun sen tanlaganing ma’qulroq, – dedilar hazrati 

Umar (r.a.). 

Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) Shurayx ismli qozini tanladi. Uning taklifiga xalifa ham 

rozi bo‘ldi. 

– Unda Shurayhga odam jo‘nating, huzuringizga yetib kelsin, - dedi Abbos. 

– Yo‘q, u kelmaydi, bil’aks biz uning huzuriga boramiz, - dedi Umar ibn Xattob (r.a.). 

Shundan so‘ng ikkovlon qozining mahkamasiga yo‘l olishdi. Hazrati Umar (r.a.) u 

yerda Abbos (r.a.) bilan yonma-yon tik turdilar. Qozi esa o‘tirgan holatda voqeani 

batafsil diqqat bilan eshitdi. Nihoyat, u hukm qilish oldidan: 

– Ey amiral mo‘minin, – deya hazrati Umarga (r.a.) iltifot bilan murojaat qildi. Hazrati 

Umar (r.a.) bundan narozilandilar: 

Menga bunday murojaat qilmang, zero, qozi xuzurida hamma teng huquqli bo‘lishi 

kerak. Shundoq ekan, nomimni atab gapiravering. 

– Ey Umar, menga quloq soling, - dedi qozi. 

– Nima deysiz, ey Shurayh? 

Shubhasiz, Allohning nabiyi bo‘lmish Dovud alayhissalom ham  Masjidul Aqsoni 

yonidagi hovli hisobiga kengaytirmoqchi bo‘lganlarida, Alloh taolodan shunday vahiy 

kelgandi: «Ey Dovud, Mening Uyimga boshqaning uyini qo‘shib kengaytirmagin. 

Haromdan eng uzoq uy Mening Uyimdir». 

Qozi shunday dedi-yu hazrati Umarning (r.a.) da’vosini rad etuvchi hukm chiqarib 

berdi. 

Mahkamadan qaytishayotganda, Abbos (r.a.) birdan hazrati Umarga (r.a.) shunday 

deb qoldilar: 

– Ey amiral mo‘minin, Alloh taolo nomiga qasamki, qozi chiqargan hukmni 

eshitgandan so‘ng rizoi nafs bilan Allohning bayti uchun uyimni qo‘shib berishga rozi 

bo‘ldim. Albatta, kimniki bo‘lishidan qat’iy nazar, birorta uy pul yoki zo‘ravonlik evaziga 

olinmaydi. Haqlar ham tortib olinishi lozim emas. Haq-huquqlar har qanday holatda ham 

rizolik va adolat bilan hal etiladi. 

Hazrati Umar (r.a.) Abbos ibn Abdulmuttalibning (r.a.) bu gaplarini tasdiqlashdan 

boshqa iloj topolmadilar. 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling