Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

4.  Muhtojlar kelganda, hech qachon eshikni yopib olmaslik va tashrifchilarni qabul 



qiluvchi hojib (maxsus xodim) tutmaslik. 

Umar ibn Xattob bir qo‘llarida darra, ikkinchi qo‘llarida adolat shamshirini mahkam 

tutib, idora etganlari bois u zot nohaq biror kishiga zulm yetkazmadilar, noo‘rin 

jazolamadilar. Aksincha, gunoh ish qilgan kimsa o‘zining boyligi, nasl-nasabi, 

martabasiga qaramay, xalifaning dargohlaridan qochib qutula olmadi. 

Hazrati Umar (r.a.) amaldorlar pora olishmasin, deb ularni biror yerga ishga 

yuborishdan oldin barcha mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach, ana shu 

mulkni taftish qilib, tekshirtirardilar. Agar tekshiruvda mulk avvalgisidan ko‘proq chiqib 

qolsa, ortiqchasini davlat xazinasiga – Baytul-molga oldirib qo‘yardilar. Masalan, Kanona 

arablari huzuriga zakot omili (yig‘uvchi) bo‘lib borgan Utma ibn Abu Sufyon Madinaga 

qaytib kelganida, uning ortiqcha mol-mulki Baytul-molga qo‘shib olingan. Uning «Men 

buni savdogarchilik qilib, halol yo‘l bilan ko‘paytirganman», degan bahonalari ham 

inobatga o‘tmagan. 

Shuningdek, Umar ibn Xattob (r.a.) Xolid ibn Validning Ash’as ibn Qaysga o‘n ming 

dirham mukofot berganlarini eshitib qolib qattiq g‘azablandilar. Xolid ibn Validni 

vazifasidan bo‘shatdilar va barcha pulni xazinaga musodara qilib olib qo‘ydilar. 

Keyinchalik Usmon ibn Affon davrlarida xazina molini o‘z manfaati yo‘lida tasarruf qilib

ba’zi amaldorlarni mukofotlar evaziga o‘z tomoniga og‘dirib olgan Muoviya kabi zotlar 

ham hazrati Umar davrlarida bunday yaramas ishlarga qo‘l urishga botina olmagan 

edilar. 


Hazrati Umar (r.a.) qo‘l ostilaridagi voliylarga xalq orasida adolatni mahkam 

ushlashga, katta-kichik, boy-kambag‘al, aslzoda-oddiy fuqaro orasini ayirmasdan, 

hammaga bir tekis ko‘z bilan qarashni buyurdilar. Qaysi bir o‘lkadan elchi yoki 

shikoyatchi kelsa, eng avvalo voliylar haqida so‘rar edilar: «Kasallaringizni borib 

ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif, bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada 

bo‘ladimi? Muhtoj, nochorlar holidan xabardormi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun 

eshigi doimo ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar biror savolga «yo‘q» degan 

javob olsalar va bu dalil tekshirib ko‘rilganda isbotini topsa, o‘sha voliyning holiga voy, 

deyavering, u to‘xtovsiz ishdan bo‘shatilardi. Hazrati Umar adolat buzilmasin, degan 

maqsadda dalillarini juda mukammal tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi voliyni 

bo‘shatishni taqozo etsa, qanday martabali kishi bo‘lmasin, uni vazifasidan to‘xtovsiz 

olib tashlardilar.  




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling