Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 Fath muhojirlaridan ikkovining ham gapi bir joydan chiqdi: «Odamlar bilan orqaga qaytishni, vabo tarqagan joyga bormaslikni maslahat beramiz!» Nihoyat, hazrati Umarning ko‘ngli taskin topdi. U odamlar orasiga jarchi yubordi: «Hammaga ma’lum qil, erta tong chog‘i ulovimga minurman, orqaga qayturmiz!» Shunda Abu Ubayda shunday deb qoldi: – Allohning qadaridan qochibmi? Shom voliysining bu gapi hazrati Umarga malol keldi, og‘ir botdi. Ammo sirtiga chiqarmadi. Chunki xalifa shunday mashhur sahobiyni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqardi. Buni Rasuli Akramga (s.a.v.) xiyonat deb tushunardi. Lekin baribir biroz og‘ringanlarini izhor qilib qo‘ydi: – Bu gapni sendan kutmagandim, ey Abu Ubayda. Ha, Allohning qadaridan Allohning qadariga qochyapmiz. Mana sening bir qancha tuyang bo‘lsa-yu ularni ikkiga bo‘lingan vodiyda o‘tlatayotgan bo‘lsang. Bo‘laklarning birinchisida o‘t-o‘lan mo‘l-ko‘l, ikkinchisi esa qup-quruq, qovjiragan. Tuyalarni u o‘tloqda ham Allohning qadari bilan boqasan, bunisida ham Allohning qadari bilan boqasan... Shu payt allaqayoqqa hojati bilan ketib qolgan Abdurahmon ibn Avf kelib qoldi-yu tortishuvga nuqta qo‘yildi. Hazrati Umar tortishuvga sabab bo‘lgan vabo haqida so‘radi. Abdurahmon ibn Avf shunday dedi: – Bu haqda menda ilm bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qachon biror yerda vabo chiqqanini eshitsangiz, u yerga bormang, qachon siz turgan yerga vabo tarqasa, undan qochib chiqmang», deganlarini eshitganman. Hazrati Umarning yuzlariga tabassum qalqdi: «Allohning Rasuli, Payg‘ambarlarning sayyidi shunday deb ko‘rsatma bergan ekanlar-u boyadan beri nega behuda tortishib o‘tiribmiz». U kishi hamrohlariga buyurdilar: – Qani otlarga mining! Hijozga keturmiz. Shomga esa keyinroq kelurmiz. Xush qol, ey Abu Ubayda! Xush qoling, Ajnod amirlari!
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling