Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Allohning qadaridan... 

Umar (r.a.) bir necha mulozimlar bilan Shom safariga chiqdi. Maqsad – u yerdagi 

musulmonlarning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, holidan xabar olish, Shom voliysi, 

mashhur sahobiy Abu Ubayda ibn Al-Jarrohning arzi-iltimoslariga quloq osish edi. O’nlab 

otlar karvoni kechga yaqin Hijozdan keladigan yo‘lda birinchi bo‘lib to‘qnashiladigan 

Shom qishlog‘i – Sirg‘ga yetib keldi. Bu yerda xalifa Umar va uning yo‘ldoshlarini Ajnod 

(Falastin, O’rdun, Damashq, Xims, Qunsurayn) amirlari Shom voliysi boshchiligida kutib 

olgani chiqqan ekanlar. 

Abu Ubayda hazrati Umar otining jilovidan ushlab, xalifaning egardan tushishiga 

yordamlashdi. Ikkovlon quchoqlashib ko‘rishishdi. Hol-ahvol so‘rashildi. Xalifa Umar 

Rasulullohning mashhur sahobalaridan dono va jasur Abu Ubaydani juda hurmatlar, 

uning dilini ranjitmaslikka tirishardi. Abu Ubayda gap orasida Shomda vabo tarqaganini 

aytib qoldi. Hazrati Umar bir sapchib tushdilar. Vabo davosi mushkul, o‘ta yuqumli 

kasallik bo‘lganidan biror tadorikini topish lozim edi. Hazrati Umar ibn Abbosga yuzlanib 

buyurdilar: 

– Ey Abbosning o‘g‘li, menga birinchi muhojirlarni chaqirib kel. 

Ibn Abbos hamsafarlaridan bir necha kishini boshlab keldi. Hazrati Umar ularga 

maslahat soldilar: «Shomda vabo tarqalibdi. Nima qilamiz – kirib boraveramizmi yoki 

ortga qaytamizmi?» Muhojirlar tortishib qolishdi. Birlari Shomga boraverishni maslahat 

berishsa, boshg‘alari behuda halok bo‘lmaslik uchun Hijozga qaytmoqni maqbul 

ko‘rishardi. Har ikkovi tomonning gaplari ham jo‘yaliga o‘xshab ko‘rinardi: 

– Shomlik musulmon birodarlarimizning holidan xabar olgani chiqqan edik. Bu xabarni 

hamma eshitgan, do‘st-dushman qarab turibdi. Do‘stlarimizni hafa qilib

dushmanlarimizni shod qilib, ortga qaytsak, qandoq bo‘larkin? 

– Sen bilan shuncha odam Shomga ketyapti. Ular orasida Rasulullohning sahobalari

Yasribning mashhur a’yonlari ham bor. Shuncha odamni vabo tarqagan joyga olib borish 

ularni o‘limga mahkum qilmoq ila barobar emasmi? 

– Jo‘nanglar oldimdan, – dedi hazrati Umar ularning ixtilofga borayotganlaridan 

tutog‘ib. So‘ng Abbosga buyurdilar: 

– Menga ansoriylarni chaqirib kel! 

Ular ham muhojirlar kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vabo haqidagi 

ko‘rsatmalaridan bexabar ekanlar. Ansorlar ham ikkilanib qolishdi. Umar noiloj 

hamsafarlaridan boshqa bir guruhni chorlashga jazm etdi: 

– Menga huv anavi yerdagi Quraysh shayxlaridan fath muhojirlarini chaqirib kel! 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling