1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu. Logistikaning asosiy qonuniyat va tamoyillari Qadimgi Yunonistonda logistics –«hisob-kitob san’ati»
Download 366.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-2-Amaliy mashgulot
1-AMALIY MASHG‘ULOT. Mavzu. Logistikaning asosiy qonuniyat va tamoyillari Qadimgi Yunonistonda logistics –«hisob-kitob san’ati» yoki «fikrlash, hisoblash san’ati» deb yuritilgan. Rim imperiyasida logistika deganda oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash nazarda tutilgan. Vizantiya imperatori Leon VI (866-912yy.) davrida logistika armiya ta’minoti va uning harakatini boshqarish san’ati sifatida qaralgan. Nemis tadqiqotchisi G.Pavellakning ta’kidlashicha, Vizantiya imperiyasida logistikaning vazifasi «armiyaga maosh to’lash, uni kerakli tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida o’z vaqtida g’amxo’rlik qilish, ya’ni shaxsiy qurolli kuchlar harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan iborat» bo’lgan. Logistikaning fan sifatida rivojlanishi bu atamaning ikki xil ta’riflanishi bilan tavsiflanadi. Birinchi ta’rif logistikaning harbiy sohada qo’llanishidan kelib chiqqan. Harbiy logistikaning rivojlanishiga frantsuz nazariyotchisi Antuan Anri Jomini (1779-1869 yy.) katta hissa qo’shgan. Uning fikricha logistika – qo’shinlarni boshqarishning amaliy san’ati bo’lib, qo’shinlarni joylashtirish, rejalashtirish, boshqarish va ta’minlash, armiyaga transport xizmati ko’rsatishni nazarda tutadi. Logistikaning dastlab harbiy sohada rivojlanishiga sabab shundaki, aynan qat’iy intizomga va aniq tarkibiy tuzilmaga ega harbiy qismda individual va guruh manfaatlari butun harbiy tizim manfaatlariga bo’ysinadi Tizim manfaati uning elementlari manfaatlaridan ustunligi logistika kontseptsiyasini belgilab beradi. Ikkinchi ta’rif nemis matematigi Gotfrid Vilьgelm Leybnits (1646-1716 yy.) tomonidan berilgan bo’lib, u bu atamadan «xulosalarni hisoblash» yoki «matematik mantiq» ma’nosida foydalangan. Transport – transport logistikasi ob’ekti bo’lib, asosiy vazifasi – yuk va yo’lovchi tashish. Uni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: - ommaviy foydlanish transporti – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholining yuk va yo’lovchilarni tashishga bo’lgan talabini qondiradi. Ommaviy foydalanish transporti aholi va muomala sohasiga xizmat ko’rsatadi. Uni ko’pincha magistral (magistral – asosiy, bu holatda esa aloqa yo’llari tizimidagi bosh yo’nalish,)transporti ham deyiladi. - noommaviy foydalanish transporti – ishlab chiqarish tizimining qaysidir tarkibiy qismi hisoblanib, notransport korxonalariga tegishli barcha turdagi transport vositalari – ishlab chiqarish ichida harakatlanuvchi transport. Logistika fani o’zining rivojlanish davrida bir necha bosqichlardan o’tgan. Hozirda logistikaning quyidagi turlari mavjud: - xarid logistikasi; - ishlab chiqarish logistikasi; - taqsimot logistikasi; - transport logistikasi; - axborot logistikasi; - zahiralar logistikasi; - servis logistikasi. Logistikaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. O’zini o’zi tartibga solish (ishlab chiqarishning mutanosibligi). 2. Moslashuvchanlik (xarid va yetkazib berish jadvalriga o’zgartirish kiritish mumkinligi). 3. Zahira hajmini minimallashtirish. 4. Tovar harakatini modellashtirish. 5. Yangi axborot tizimlaridan maksimal foydalanish (kompьyuterlashtirish). 6. Resurslar bilan ta’minotdagi ishonchlilik. 7. Tejamkorlik (iste’molchida mavjud mahsulot zahirasi darajasini 30-40 foizgacha kamaytirish, axborot xizmati darajasini oshirish). 1-AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIG‘I Logistik oqimlar va logistik zanjir chizmasi Download 366.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling