Mavzu: Axborot logistikasi Reja: Axborot logistikasi va uning tizimlari


Download 54 Kb.
bet1/5
Sana06.11.2023
Hajmi54 Kb.
#1751958
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ASILBEK.logistika

Mavzu: Axborot logistikasi

Reja:

1. Axborot logistikasi va uning tizimlari.

2. Logistik axborot tizimlarining tuzilishi va faoliyati.

3. Axborot infratuzilmasi.

Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali doimiy tarzda kuzatish va ta’sir koʻrsatish zarur. Bu holatda boshqaruv ishlab chiqarishda va mahsulot sotishda band boʻlgan hamma boʻlinmalarning faoliyatini bir-biriga moslashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Bunday birlashuvning asosi boʻlib axborot ta’minoti xizmat qiladi. Axborot oqimlari logistik tizimning hamma elementlarini birlashtiruvchilari sifatida namoyon boʻladi. Axborot turli xil logistik operatsiyalarni bajarish davomida yuzaga keladi va moddiy oqim harakatining hamma bosqichlarida ishini kuzatib boradi. Logistik tizimda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va qabul qilishda axborot qoʻllaniladi. Axborot logistikasi moddiy oqimlarni kuzatib boruvchi berilganlar oqimini tashkil etish va korxonada ta’minoti ishlab chiqarish, sotuv boʻlimlarini bogʻlovchi muhim boʻgʻin hisoblanadi. Axborot logistikasining maqsadi boʻlib boshqaruv tizimini axborot bilan toʻldirishning yuqori darajasini ta’minlash hamda logistik tizim boshqaruv ierarxiyasining har bir darajasiga zarur axborotni soʻralgan sifatda va aniq muddatlarda yetkazib berish hisoblanadi. Axborot logistikasi logistik tizimda oʻtadigan axborot oqimlarini tashkil etadi va axborot jarayonlarini amalga oshiradi. Axborot oqimi — bu ma’lum ketma-ketlikda, belgilangan yo’nalishda harakatlanayotgan hamda boshlangʻich, oʻrta va oxirgi nuqtalari belgilab qoʻyilgan axborotdir. Axborot jarayoni — bunda axborot oʻzgarishlarining aniq ketma-ketligiga ega boʻlgan asosiy ob’ekt sifatida koʻrib chiqiladi. Bu holatda axborotni yigʻish, tahlil qilish, qayta shakllantirish, saqlash, qidirish va tarqatish muhim oʻrin tutadi. Logistik tizimda oʻtadigan axborot jarayoni davomida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi:

• Axborotni vujudga kelish joylaridan yigʻish;


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling