Mavzu: Axborot logistikasi Reja: Axborot logistikasi va uning tizimlari
Download 54 Kb.
|
ASILBEK.logistika
Moddiy-texnika ta’minoti tizimini axborot xizmati bilan ta’minlash uchun quyidagi toʻqqizta element mavjud boʻlishi kerak: 1) ta’minot predmeti turi; 2) miqdor yoki hajm; 3) ta’minot predmetining kelib chiqishi; 4) uning joylashuvi; 5) joylashuv punktiga yetib kelish vaqti; 6) joylashuv punktidan joʻnash vaqti; 7) joʻnatish (transportirovka) tizimi; 8) joʻnatish (transportirovka) vaqti; 9) zahiralash. Sanab oʻtilgan ma’lumot guruhlari har bir joylashtirish oʻrni va tashilayotgan ob’ekt uchun tuziladi. Shu maqsadda axborotni oʻqish va uzatish punktlari har bir joyda oʻrnatiladi. Korxonaning sotuv faoliyatini axborot bilan qoʻllash uchun avtomatlashtirilgan axborot tuzilmalarining xotirasida saqlanayotgan quyidagi axborotning asosiy turlarini ishga solish kerak: 1) sotuv bozori tarixi (jumladan hududlar boʻyicha tahlil ham), sotish operatsiyalari turlari; 2) bozor va sotuv istiqbollari; 3) raqobat: tarix, holat, istiqbollar; 4) bozordagi ulushi: tarixi va tahlili; 5) narxlar va baho belgilash; 6) xarajatlar; 7) bozor (sotuv) modellari; 8) xodimlar faoliyatining nazorati; 9) joylarda rejalashtirish, ish safarlari davri, xodimlar oʻrtasida sarflarni taqsimlash; 10) yangi mahsulotga oʻtish boʻyicha talablarning manbasi; 11) xaridorlarning roʻyxati; 12) chiquvchi va kiruvchi axborot; 13) pechatlash va pochta joʻnatish; 14) reklama faoliyatining natijalari tahlili va javoblar nazorati; 15) sotuv faoliyatining hisoboti; 16) buyurtma harakati, schyotlarni toʻlashga qoʻyish, smeta va hisobot tuzish; 17) ichki va tashqi axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish.Joriy ishlab chiqarish va tijorat jarayonlariga integratsiyalashuvga sharoit yaratilgandagina korxonada logistik tizim samara beradi. Bu muammo tegishli axborot bazasini yaratish bilan yechiladi. Bunga fondlarni “aktual kuzatish” (amaldagi va rejadagi buyurtmalarning mavjudligi, asosiy va oraliq omborlarni ta’minlash) va muddatlari “aktual kuzatish” (yetkazib berish, qayta ishlash, kutish, toʻxtab qolishlar, muddatiga rioya qilish)lar kiradi. Bu ma’lumotlarni yigʻish uchun ishlab chiqarish tizimi korxona boʻyicha “datchik (qabul qiluvchi qurilma) va oʻlchagich asboblar” ga ega boʻlib, ular yordamida joriy jarayonlarning hajm va muddatlarini nazorat qiladi va bu ma’lumotlarni sharxlashga uzatishadi.Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling