Logistik tizim oʻzining oʻlchash tarmogʻiga quyidagi talablarni qoʻyadi: • tez va ishonchli, qo’lda yoki avtomatlashtirilgan transportga ishlab chiqarish vositalari toʻgʻrisida ma’lumot to’plash; • har bir onda har bir joyda ishlab chiqarish jarayonlarining ketishi xususida aktual axborotga ega boʻlib, ichki axborot tizimida qaror qabul qilishga yondashish. Hozirgi paytda qogʻozsiz axborot almashish keng tarqalmoqda. Transportda juda koʻp hujjatlar yuk bilan birga ilova qilish oʻrniga har bir tovar birligiga tegishli tavsiflovchi rekvizitlarga ega axborot yuk bilan sinxron ravishda aloqa kanallari orqali uzatiladi. Bunday tizim orqali yoʻnalishning (marshrut) har bir uchastkasida istalgan vaqtda 501k haqida axborot olish mumkin va uning asosida qarorlar qabul qilinadi. Bir qator holatlarda yuk joʻnatuvchilar transport xizmatlari holatini va transportga joylashtirish jarayonlarni koʻrsatuvchi fayllarga kirish imkoniga ega boʻlishdi. Qogʻozsiz axborot almashish texnologiyasi yordamida xaridor xarid uchun bevosita buyurtma qilishi mumkin. Ushbu elektron almashish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun korxonalar standart almashinuv bayonnomalarini qoʻllaydilar va oʻzaro tijorat bitimlarini tuzadilar. Quyidagi operatsiyalar boʻyicha standart kompyuter bayonnomalari ishlab chiqilgan: • yuklarning partiyasini joʻnatish uchun buyurtma; • schyot-fakturalarni toʻldirish; • har xil toʻlovlar oʻtkazish; • tashilayotgan tovarlar toʻgʻrisida axborot olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |