• axborotni yigʻish va saqlash; • axborot oqimini filtrlash, ya’ni boshqaruvning u yoki bu darajalariga zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni tanlab olish; • axborot oqimlarini birlashtirish va ajratish; • elementar-axborot qayta shakllantirishlarni amalga oshirish; • axborot oqimini boshqarish. Alohida korxona darajasida axborot logistik tizimlari uchta guruhga ajratiladi. Rejali axborot tizimlari logistik tizimlari boshqarishning yuqori darajasida tashkil etiladi hamda strategik xarakterga ega boʻlgan qarorlarni tayyorlash va qabul qilish uchun xizmat qiladi: -logistik zanjir boʻgʻinlarini tashkil etish va optimallashtirish; -zahiralar va zahiralarning umumiy boshqaruvi va boshqalar. Dispozitiv yoki dispetcher tizimlar ombor yoki sexni boshqarish maqsadida tashkil etiladi va bu logistik tizimlarining samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu yerda quyidagi masalalar hal qilinadi: -ombor va sexlarda zahiralarni boshqarish; -yuklarni tanlash va komplektlash; -joʻnatilgan tovarlar hisobi va boshqalar. Bajaruvchi yoki operativ tizimlar boshqaruvning u yoki bu organlari asosida tashkil etiladi va moddiy oqimlarni operativ boshqarish, ular harakatining grafik va rejalari bajarilishi ustidan nazorat, yuklar harakatini boshqarish va boshqalar bilan bogʻliq masalalarni yechadi. Axborot logistik tizimlari korxonani boshqarish tizimining ierarxik strukturasiga mos keladi va uchta darajadan iborat boʻladi: Ikkinchi daraja — ish joylari joylashgan va yuklarni tashish amalga oshirilayotgan uchastka, sex, omborlar. Uchinchi daraja — xom ashyoni tushirib olishdan tayyor mahsulotni yetkazib borishgacha boʻlgan voqealar zanjirini qamrab oluvchi transport va yuklarni tashish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |