Mavzu: Axborot logistikasi Reja: Axborot logistikasi va uning tizimlari


Download 54 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi54 Kb.
#1751958
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASILBEK.logistika

Bu uchta darajalardan keladigan axborot bitta axborot tizimiga integratsiyalashadi. Vertikal va gorizontal integratsiyalar ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va bajaruvchi tizimlar orasida aloqani vertikal axborot oqimlari orqali ta’minlaydi. Gorizontal integratsiya deb dispozitiv va bajaruvchi tizimlarning alohida komplekslari orasida aloqaning gorizontal axborot oqimlari orqali ta’minlashiga aytiladi.

Axborot logistik tizimlarning shakllanishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: tizim shunday tuzilishi kerakki, axborotni uzatish, uni qayta ishlash, saqlash va qoʻllashda korxonaning har qanday boʻlinmalari ehtiyojlari hisobga olinsin; axborot tizimi korxonaning yetkazib beruvchilar, xaridorlar hamda joʻnatuv, oraliq omborxonalari va iste’molning hamma nuqtalari bilan zarur o’zaro aloqalarini ta’minlab berishi kerak:

- logistik tizimiarning darajalari oʻrtasida axborot almashinuvi minimal, lekin boshqaruv ehtiyojlarini ta’minlaydigan boʻlishi kerak;

-axborot xarakteri boshqaruv tizimidagi aniq bir iste’molchiga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;

- tizimni qurishda apparat va dastur modellar tamoyili hisobga olinishi zarur; - muhim talab boʻlib, tizimda qoʻllanilayotgan hujjatlarni soddalashtirish va standartlash hisoblanadi.

Axborot infratuzilmasi axborot logistikasi ta’minot, ishlab chiqarish va sotuvni birlashtirib turuvchi boʻgʻindir. Axborot toʻliqligi va ma’lumotlarning qayta ishlash tezkorligining oʻsib borishi bilan barobar, rejalashtirish sifati ortib borishi tufayli ishlab chiqaruvchi korxonalarning moddiy ta’minot xizmatlari internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan yagona tarmoqni tashkil etuvchi zamonaviy hisoblash texnikasi bilan ta’minlanishi kerak.

Ishlab chiqarishdan qo’shimcha foyda keltiruvchi zamonaviy axborot texnologiyalarini ishga solishga ketgan xarajatlarning oʻrnini toʻldirgan holda ulardan foydalanish natijasida iqtisod qilingan mablagʻ amalda uch taraf - ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va transport kompaniyasi oʻrtasida ma’lum bir nisbatlarda (proportsiyalarda) boʻlinadi.


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling