Xattobning o‘g‘li
Makkadan Madinaga boradigan karvon yo‘lining ikki tomonida keng va bepoyon
o‘tloqlar bo‘lardi. Bolalar u yerlarda tuya va qo‘ylarini boqar, hayvonlarni yaylovga qo‘yib
yuborib, o‘zlari ertadan-kechgacha bolalarga xos o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishardi.
Xattob ham o‘n uch yoshli Umarni tuya boqishga qo‘ygandi. U Bani Maxzum
qabilasidagi boshqa oilalarning tuyalarini ham qo‘shib boqar, erta tongdan to qosh
qorayguncha kunni hayvonlar ortida yurib o‘tkazardi. Uzun bo‘yli, chayir, baquvvat,
xiylagina jahldor Umar qat’iyat, jasurligi va mehnatsevarligi bilan alohida ajralib turardi.
Hozir ham hayvonlarni yantog‘, shuvoq kabi ko‘katlar Arabiston quyoshida qovjirab
yotgan sayxonlikka qo‘yib yuborib, bir necha tengdoshlari bilan kurash tushishga
kirishdi. U o‘zidan ham kattaroq bolalarning uchtasiga teng kelayotgandi. Bolalar
Umarga har tomondan tashlanishar, biri oyog‘iga yopishsa, ikkinchisi belidan ushlab,
tortib yig‘itishga urinardi. Ammo Umar aslo ularga taslim bo‘lishni istamasdi. Ajib bir
epchillik bilan ikkitasini chalqancha ag‘dardi. Vaziyatning qaltisligini ko‘rgan uchinchi
bola tirqirab qochib qoldi. Umar g‘olib chiqqanidan shodlanib, u yer-bu yerini qoqarkan,
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |