Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

4

shu payt ko‘zi sal nariroqda otdan tushmay, o‘g‘lining olishuvini tomosha qilib o‘tirgan 



otasiga tushdi. 

Yuragini vahima chirmadi. Tuyalarni o‘z holiga tashlab, kurash tushayotganidan 

otasining jahli chiqishini o‘ylab, oyoq-qo‘liga titroq kirdi. Qattiqqo‘lligi, toshbag‘irligi, 

qahri kuchliligi bilan butun Makkaga dovrug‘i ketgan Xattobdan o‘g‘li u yoqda tursin, 

hatto kattalar ham hayig‘ib yurishardi. Uning jahli chiqib qolganida yoki biror narsadan 

achchiqlanganida ro‘para bo‘lishdan Xudoning o‘zi asrasin. U nafaqat qullarning, balki 

kichkina Umarning yelkasida ham qamchisini tez-tez sinab ko‘rar, jonidan yaxshi ko‘rgan 

o‘g‘lini ayovsiz kaltaklab turar, buning sababini so‘raganlarga yoki o‘rtaga tushmoqchi 

bo‘lganlarga: «Qo‘yaver, mayli pishisin, Xattobning o‘g‘li bo‘shang, qo‘rqoq va noshud 

bo‘lib o‘sishini xohlamayman», deb o‘zini ovutardi. Shuning uchun Umardan kaltak 

yegan yoki kurashda yengilgan bolalar uning badanidagi, oyoq-qo‘lidagi kaltak, qamchi 

izlarini ko‘rib tasalli topishardi. Hozir ham unga qamchi tushib qolishi hech gap emasdi... 

Umar qo‘rqa-pisa otasiga qaradi. Ammo uning vajohatli yuzida qahr-g‘azab 

alomatlarini emas, nimtabassum va mamnunlik ko‘rinishlarini o‘qidi. Vujudidagi 

taranglik, zo‘riqish bo‘shashdi. U ham otasiga jilmayib boqdi. 

– Yasha, o‘g‘lim, mening arslon o‘g‘lim, - degan xitoblar bilan Xattob otdan tushdi, 

o‘g‘lining yelkasiga zalvorli qo‘llari bilan bir-ikki urib qo‘ydi. Umar munkib ketay dedi. 

Otasi yana uni rag‘batlantirib qo‘ydi: «Bolalar bilan kurash tushganingni ko‘rdim. Har 

g‘alay tarbiyam behuda ketmabdi. Chavandozlik va merganlikda qanchalik ilgari 

bo‘lsang, kurashda ham shunaqa maqomga ega bo‘libsan. Xattoblar xonadoniga, Bani 

Maxzum qabilasiga munosib o‘g‘lon bo‘libsan!» 

O’g‘li tuyalarni qaytarish uchun chopib qolarkan, Xattob u tug‘ilgan paytni xotirlab, 

jilmayib qo‘ydi. Xotini Xontamaning oy-kuni yaqinlashganida unga: «Qiz tug‘ishni 

xayolingga keltira ko‘rma, Makkada hech kimga gap bermaydigan Xattobning qiz farzand 

ko‘rishi mumkin emas, agar shu safar o‘g‘il tug‘sang, keyinchalik qancha qiz ko‘rsang 

ham roziman», deb dag‘dag‘a qilganlarini esladi. O’shanda Alloh unga o‘g‘il ato etdi. 

O’sha o‘g‘li Umarni endi o‘ziga o‘xshash botir, shijoatli, haybatli bo‘lishini orzu qilardi. 

Umarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, ana shu niyat yo‘lida uni kaltaklashdan ham o‘zini 

tiya olmasdi. Umar ham otasining yuzini, qabilaning yuzini yerga qaratadigan bola bo‘lib 

ulg‘aymayotgandi. 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling