– Yo Rasulalloh, siz ta’rif etgan bu muborak zotlar kimlardir?
Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
– Bular bir-birlarini Alloh uchun, Alloh yo‘lida sevib-yaxshi ko‘rib, muhabbat
bog‘lab, do‘st bo‘lgan kishilardir, muhabbatlashgan kishilardir.
Payg‘ambar emas, shahid emas... Ammo hamma ularning yuksak martabalariga havas
qilgay. Bular Arshi A’loning soyasida, nurdan bo‘lgan minbarlarda o‘tirgaylar; insonlar
izdihomli, qiynalgan, terlarga botgan; bular soyada; boshqa insonlar qiynoqda, bular
minbar ustida, Allohning ikromiga sazovor! Haligilar ellik yil kutmoq qiyinchiligi ichida
ekan, Alloh ularga bu qiynoqli, uqubatli vaqtni hech sezdirmaydi. Pastdagilarga juda
og‘ir, qiyin bo‘lgan bunday vaqt bular uchun bir namoz o‘qib olgulik fursat kabi g‘oyat
oson, yengil kechadi.
Albatta, bular jannatga kirgaylar va mehr-muhabbatlari, do‘stlik va birodarliklari tufayli
jannatda Alloh taolo hazratlari bularga shundoq istisno ikromlar qo‘rsatgayki, shundoq
ko‘shklar baxsh etgayki, aslo ta’riflarga sig‘mas... Bu muboraklar ko‘shklarning
ayvonlariga chiqqan paytlarida jannat yorishgay.
Aytiladi-ku, jannatda soyalar ostida hamma shunday safo qilgay. Ammo bular ayvonga
chiqqanlarida, yuzlarining nuridan jannat yorishgay. Qorong‘u bir kechada oy yoritgan
bir pallani yoki dunyoda shunga o‘xshash bir narsalarni eslashimiz mumkin. Shundoq,
bular «ayvonga chiqdi» deb jannatning har tomoni yorishgay va jannat ahli bir-birlariga
degaylarki, «Bir-birlarini Alloh uchun sevganlar bir muborak ayvonga chiqibdi, qani
yurgil, ularni tomosha qilamiz». Ya’ni, tomoshasi ham bir safo! Demakki, yoqimli bir
manzara: ularni ko‘rmoq uchun jannatdagi insonlar to‘planishadi, «Bularni tomosha
qilgani boramiz», deyishadi.
Xuddi porloq yulduzlarni yerdagi insonlar tomosha qilgani kabi, yuksaklarga boqgaylar.
Ul muboraklarning siymolarini tomosha qilmoqlikda boshqacha bir zavq, ayricha bir
lazzat bo‘lgaydir, demak...
Do'stlaringiz bilan baham: |