Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
HAQIQIY SEVGI
Shayx Mahmud As’ad Jo’shon *************************************************
Sevgilarning eng oldinda keladigani, eng keraklisi, eng go‘zali, eng yuksagi Alloh sevgisidir. Chunki Alloh eng go‘zal sifatlarning sohibi, har turli go‘zalliklarning mujidi- ijodkori, soni’i – san’atkori, foili – bajaruvchisi va xoliqidir! Inson yaxshiroq va teranroq o‘ylasa, o‘zi sevgan barcha go‘zalliklarning ortida mulkning mutlaq sohibi, butun olamlarning Rabbisi – Parvardigori – Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko‘rgay. Alloh muhabbati banda uchun har turli xayrning, yaxshilikning va go‘zallikning asli, bosh manba’i, bitmas-tuganmas shavq, zavq va kuch-quvvat omili bo‘lgaydir. Alloh sevgisiga erishgan qul avliyo bo‘lgay, olim bo‘lgay, fozil bo‘lgay, komil bo‘lgay, xayrli inson bo‘lgay, xayrli farzand-avlod bo‘lgay, xayrli ota-ona bo‘lgay, xayrli qo‘shni bo‘lgay, xayrli do‘st bo‘lgay... Alloh sevgisiga erishmagan qul ham bo‘ladi, ammo bemaza bo‘ladi, qabih bo‘ladi, qo‘rs- qo‘pol bo‘ladi, buzg‘unchi bo‘ladi, osiy bo‘ladi, g‘addor bo‘ladi, fosiq bo‘ladi, fojir bo‘ladi, muzir – zararli bo‘ladi... Islomning mohiyati Alloh sevgisidir, shundan Rasululloh sevgisi, Qur’on sevgisi, iymon sevgisi, ibodat sevgisi, xayrot va hasanot sevgisi, musulmon sevgisi, ixvon – qardoshlik, birodarlik sevgisi, inson sevgisi, san’at sevgisi chiqgay.
Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 2 Tasavvufning asosi – qullarga Allohni, Allohga qullarni sevdirmoqdir. Tasavvuf buni juda zarif, juda nozik, juda teran usullar bilan ta’minlagay; qulni oshig‘i sodiq va muhibbi Xoliq holiga keltirgay. Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si ishqdir, nayning navosi ishqdir, Fuzuliyning she’ri ishqdir, Yassaviyning «Hikmat»i ishqdir, Ibrohim Haqqiyning «Ma’rifatnoma»si ishqdir, Yunusning «Ilohiy»lari ishqdir, Itriyning bastalari ishqdir, obidning xilvati ishqdir, darvishning zikri ishqdir, mujohidning jihodi ishqdir, muhoribning «Alloh, Alloh», deb yovga qarshi qilgan hamlasi ishqdir, shahidning jon bermog‘i ishqdir, g‘oziyning g‘azo rutbasi – g‘oziylik martabasi ishqdir...
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling