Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
ALLOHNI VA UNING RASULI ADIBINI SEVMOQ
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
ALLOHNI VA UNING RASULI ADIBINI SEVMOQ
Dinning o‘zagi sog‘lom va to‘g‘ri iymon, iymoning o‘zagi – Hubbi Rahmon, ya’ni akramul akramin va arhamur rohimiyn bo‘lgan yuksak Allohni sevmoqdir... U holda bizning asl ishimiz, juda latif, juda zarif, juda nozik, juda shirin tuyg‘u bo‘lmish sevmoqdir. Boshqa fikr va tuyg‘ular, ibodat va toatlar, xayrot va hasanotlar uning ortidan keladi. Alloh taoloni sevmoq u qadar qiyin, u qadar erishib bo‘lmaydigan va qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan bir ish emas. Chunki qul o‘zini kim yaratganini, kim ulg‘aytirganini, bu mukammal vujudni, aqlni, fikrni, foydalanayotgan turli ne’matlarini... unga kim berganini; koinotning bu mo‘‘jiza nizomini, yerlarni, osmonlarni, fazolarni, yulduzlarni, fizika, kimyo, biologiya va tabiat qonunlarini kim tuzganini o‘ylagan taqdirda, shukran, hayrat va hayronlik tuyg‘ulariga g‘arq bo‘lmasligi mumkin emas. Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 4 Alloh taolo Qur’oni karimda bizga, O’zining rasuli Muhammad Mustafoga bog‘lanmoqni, ergashmoqni, tobe’ bo‘lmoqni amr etadi. Rasulullohni qabul etmasdan musulmon bo‘lmoq imkonsizdir. Tugal qabul etmoq lozimdirki, to‘g‘riligi aniq bo‘lgan bitta hukmini, bitta hadisi sharifini, bir sunnati saniyyasini ham o‘z aqlicha, o‘z kayfiyati tufayli rad etgan kimsa kofir bo‘lgay, munkir qolgay, iymonsiz ketgay. Alloh jalla jaloluhu, o‘z elchisi va sevikli bandasi, ashrafi maxluqot bo‘lmish inson jinsining cho‘qqisi – eng yuksagi, payg‘ambarlarning sarvari, insu jinning janobi, jannatning eng yuqori rutbasi bo‘lgan Maqomi Mahmudning sohibi Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ishonib ummat bo‘lmagan kimsani mutlaqo rahmatiga erishtirmas, jannatiga kiritmas, aksincha eng qattiq jazolar bilan jazolar.
Bir sahih hadisi sharifida Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilarki: «Nafsim Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling