«Aksaru ma yudxilunnasa-l jannata taqvolloh va husnul xuluq» «Aksariyat
insonlarning jannatga kirishi sababi taqvosi va go‘zal xulqidir». Ko‘p namoz
o‘qishi emas, ibodatning ko‘pligi emas, axloqan go‘zalligidir!.. Biz kam ahamiyat
beradigan bir narsadir bu. Biz axloqni go‘zallashtirishga ko‘p g‘ayrat qilmayotirmiz.
Turkiyada ham, boshqa Islomiy o‘lkalarda ham axloqqa jiddiy intilish yo‘q!..
Jiddada bir gal bir birodarlarimizning uyida bo‘ldik. U yerdagi bir jomeda namozlarni
o‘qidik. Pokistondan, balki boshqa bir mamlakatdan bir kishi bor edi, u bilan avval ham
bir necha marta ko‘rishib, salomlashganmiz, gaplashganmiz. Shu odam men bilan
gaplashmay qo‘ydi. Qoshlarini chimirib, xusumat ko‘rsata boshladi. Salom beraman, alik
olmaydi... Chiday olmadim. Albatta, mening unda ehtiyojim yo‘q, uning ham menda
ehtiyoji yo‘q. Ehtiyoji bo‘lsa, zero bunday qilmaydi. Ta’sirlandim, dedimki, «Sen menga
bir oz qo‘rs muomala qilyapsan, yoqtirmagandek bo‘lyapsan. Nega?» dedim. Nima
emish, «Sening kasb-koring nima?» deb so‘raganida, men «Diniy turk adabiyotini
o‘rgataman», degan ekanman. Ilohiyot fakultetida bo‘lganim uchun mening o‘tadigan
kursim shu: diniy Turk adabiyoti, Turk-Islom adabiyoti... Shundan dars beraman, deb
aytgandim. U esa buni irqchilik, ma’nosida tushunib, mendan achchiqlanibdi...
«Ayirmachilik qilyapti» debdi... Ayirmachilik emas, olti-etti asrlik Usmoniy adabiyoti,
kitobiyati bor... Bu merosdan Ilohiyot fakulteti bitiruvchilari foydalansinlar, deb qo‘yilgan
bir dars bu. Usmoniy yozuvini, o‘qishini o‘rganishga; yozishga, o‘qishga, matnlarni
tanlash-saralashga, adabiyot tarixini, mualliflarni, asarlarni bilmoqqa mo‘ljallangan bir
ilm sohasi bu... Bu birodarimiz esa meni irqchilik qilyapti, deb o‘ylabdi. Shundan
ranjibdi, tushunmay-netmay... Ranjitmoq oson, sevmoq qiyin!..
Do'stlaringiz bilan baham: |