Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
ko‘rsatmoqqa urinadilar. Ovruponing usuli shudir. Bizning usulimiz bu emas!
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
ko‘rsatmoqqa urinadilar. Ovruponing usuli shudir. Bizning usulimiz bu emas!..
Bolqonlarning futuhoti muhabbat bilan bo‘lgan, darvishlar bilan bo‘lgan... O’rta Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Osiyoning futuhoti muhabbat bilan bo‘lgan... Qurol-aslaha bilan bo‘lgan emas. Qurol bilan, harb bilan bo‘lgani yo‘q. Bizning yo‘limiz muhabbatdir. Sevmoqni o‘rgangaysiz, sevgi bilan – mehr-muhabbat bilan harakat qilmoqni o‘rgangaysiz!.. Muhabbat bir qancha jarohatlarni davolagay... Muhabbat bir qancha mushkullarni hal etgay... Muhabbat ko‘plab eshiklarni ochgay... Muhabbat bilan rohib (pop) musulmon bo‘lgay... Mehr-muhabbat bilan harakat qilganingda, axloqi hamida bilan harakat qilganingda har kimning ko‘ngliga yo‘l topgaysan... ko‘nglini olgaysan... Qo‘pol-qo‘rs bo‘lsa, insonning atrofida biror kimsa qolmas.
Saudiyada mendan so‘radilar... Jiddada bir nahoriy nonushta tashkil etib, bizni to‘plashdi. Turkiyadan borgan boshqa professorlar ham taklif etilgan... Dedilarki, «Turkiyada 99 foiz musulmon bor, ammo nechun ulkan Islomiy bir taraqqiyot yo‘q...» Aytdimki, «Yuksalish, taraqqiyot, yordam faqatgina Allohdandir. Allohga tayanmagan bir ishning foydasi bo‘lmas, shu ma’lum bo‘lsin!..» Alloh xohlamasa, bo‘lmas. Allohdan so‘ramog‘imiz lozim, duo qilmog‘imiz lozim... Duo qildik, qara, qandoq yomg‘ir yog‘di!.. Demakki, bunday diyorlarda, bunday mamlakatlarda hali duogo‘y insonlar bor ekan-ku! Nega yomg‘ir uchun duo qilindi-yu, Islomiy yuksalish, rivoj uchun duo qilinmaydi?.. Nega Fotih jome’sida hozirga qadar hech: shu musulmonlik rivoj topsin, deb duo qilinmagan?.. Qanday materialist (moddiyunchi) insonlarmiz biz?.. Qanday moddaparast insonlarmiz!.. Yomg‘ir yog‘may qolsa, o‘n besh ming kishi Fotih jome’sida to‘planadi, yig‘lashadi: «Yo Rabbiy, yomg‘ir yubor!» deb. Islom ketyapti, ammo hech kimning tuki qimirlamaydi!.. Ketsa ketaversin, deydi. Chunki uyida o‘zi Qur’on o‘qiydi, tasbih o‘giradi, yotadi!.. Shundoq beparvolik qilish mumkinmi?.. Yomg‘ir umumiy yog‘ganidek, Islomning rivojlanmog‘i uchun, musulmonning qutulmog‘i uchun nega duo qilmaysan?.. Rivoj bergay!.. Alloh kimning duosini qabul etadi?.. Albatta, sevgan qulining duosini qabul etadi. Eng birinchisi shu! Ikkinchidan, Qur’oni karimda Alloh taolo hazratlari Payg‘ambar janobimizga buyurgayki:
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling