Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 «Inglizchani biladigan ikki nafar din odamini izlaymiz» degan. Bular qidirib, Turkiyada o‘zlariga foydali bo‘lgan din odamini topa olishmabdi!.. 55 millionlik Turkiya mamlakatida, Dorul Xilofoti Oliyaning vorisi bo‘mish Turkiyada, 99 foiz aholisi musulmon bo‘lgan Turkiyada inglizchani biladigan bitta domla topilmabdi!..
Domlalar ham oz emas edi, Turkiyada inglizcha so‘zlashadigan faqat men emasman, ya’ni... Men go‘yo professorman, imtihonldardan o‘tdik. Bir emas, ikkita g‘arb tilini, peshonamiz sho‘ri bilan o‘tdik. Terlab, haq bergaymiz. Buning uchun ayrim birodarlarim tabassum bilan qarshilagan bir nazariyam va taklifim bor mening: «Yoshlardan bo‘ydoqlari bo‘lsa, borsinlar, u yoqlardan qiz olsinlar, u yoqlardan qarindoshlik tuzsinlar!» degan edim. Muhimi – Islom o‘lkalari bilan bo‘lgan aloqalar quvvatlanmog‘idir. Masalan, bir yurtdoshingiz Sudanlik bir qizga uylanib, o‘sha yerda yashayotgan bo‘lsa, sizning ham u yurtlarga borishingiz qulay bo‘ladi... Qiyin bir ish bo‘lmaydi. Misrga bemalol borgaysan. Pokistonga va hokazo joylarga bemalol borgaysan. Bularning tashqi do‘stliklari va ichki do‘stliklarini – ish birligini butkul ta’minlagaymiz. Bunday munosabatlar, rivojlanishlar Bolqonlarga nisbatan, Yugoslaviyaga, Bulg‘oristonga, Yunonistonga, Ruminiyaga, Markaziy Osiyoga nisbatan, Kavkaziyaga nisbatan, O’rta Sharq o‘lkalariga nisbatan, Janubiy Osiyoga nisbatan bo‘ladigan bir qancha vazifalarga bizni tortgaylar. Chegaralar kengayadi, kelib-ketish imkoniyatlari ortadi; biz bu qardosh birodarlarimizga xizmat qilishga mas’ul bir holatga yetgaymiz. Ma’naviy mas’uliyatimizning saxosi ochilgay: xizmat sohamiz ochilgay. Bir zamonlar kelib, Yugoslaviyaga bormog‘imiz lozim bo‘lur... Bir zamon o‘tib, Kavkaziyaga bormog‘i lozim bo‘lgay domla birodarlarimizning... Hozirdan esa, faqat ziyoratlar bo‘lgay. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarini kezmoq lozim bo‘lgay... Tujjor birodarlarimiz borib kelmoqlari kerak... O’shal istiqbolli munosabatlar uchun hozirdan hozirlanmog‘imiz lozim. Domla birodarlarimizdan bir qismi, masalan, qozoqchani o‘rganmog‘i lozim!.. Bir qismi: masalan, turkmanchani o‘rganmog‘i lozim. O’zbekchani o‘rganmog‘i lozim!.. Jindak farqlari bor, u kitoblarni olmog‘i lozim, o‘qimog‘i lozim!.. Qaerda xizmat ko‘rsatsa, qaerda ish qiladigan bo‘lsa, u yerning tilini, madaniyatini o‘rganish ishlarini qilmog‘i lozim, mening ojizona fikrimga ko‘ra... «Musulmonlarning tashvishiga sherik bo‘lmagan, dardlari bilan og‘rimagan (kishi) bizdan emas!» deydilar Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.).Bir kishini hazrati Rasululloh (s.a.v.): «Sen bizdan emassan», desalar, ul kishi ne ish qilsin?! Ado bo‘ladi, xarob bo‘ladi... Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kelma yonimga, ushlama qo‘limni! Sen bizdan emassan!..» desalar, ne qilgaymiz?!.
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling