«Nafsim (jonim, ruhim) qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamyod qilurmanki, jannatga
kira olmaysiz, toki mo‘‘min bo‘lmaguncha!»
Birinchi bosqich, birinchi jumla shu. Ikkinchi bosqich esa bu:
«Mo‘min bo‘la olmaysiz, toki bir-birlaringizni sevmaguncha (yaxshi
ko‘rmaguncha)!» Demakki, chin musulmon bo‘lmoq uchun bir-birimizni sevmoqqa,
yaxshi ko‘rmoqqa majburmiz. Jannatga kirmoq uchun esa chin musulmon bo‘lmoqqa
majburmiz.
Demakki, bir-birimizni sevmaguncha, jannatga kirmoq imkonimiz oz bo‘lgay,
qiyinlashgay. Shuning uchun bu hadisi sharifni har joyda aytamiz. Chunki atrofimizdagi
voqea-hodisalar diqqatimizni tortadi. Dunyoda buyuk o‘zgarishlar bor. Ruslar istibdodi
ostidagi o‘lkalarda bir ozodlik sodir bo‘ldi. Turk-musulmon diyorlari qisman ozodlikka
erishdi. U yoqlarga borib kelish boshlandi. Sayohat imkonlarimiz ochildi. Bu imkonlar
tufayli musulmonlarning qardoshlik-birodarligini, birligi va birdamligini ko‘proq
o‘ylaydigan bo‘ldik. Bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunmog‘imiz lozimligini
so‘zlamoqqa zo‘r ehtiyoj bor, buni teranroq his eta boshladik. Shuning uchun biz
gapirmoqdamiz. Bu hadisi sharif masalani boshqa bir tomondan mustahkamlaydi.
Bir musulmonning boshqa bir musulmon yuziga shavq bilan, ishtiyoq bilan nazar
qilmog‘i, mehr-muhabbat bilan boqmog‘i Payg‘ambar janobimizning masjidlarida bir yil
uyga bormasdan, kecha-kunduz o‘sha yerda yotib, toat-ibodat qilib, Qur’on o‘qib, zikr
qilib yashamog‘idan savobliroq, xayrliroq ekan!
Do'stlaringiz bilan baham: |