Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
«Fala udvana illa ‘alaz-zolimiyn»
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bir kishining birodariga shavq bilan boqmog‘i mening ushbu masjidimda bir yil e’tikof o‘tirmoqdan ko‘ra yaxshiroq, xayrliroqdir».
«Fala udvana illa ‘alaz-zolimiyn».
«Faqat zolimlarga dushmanligimiz bor, zulm qilgani uchun...» Yo gunohlar qilib, o‘z-o‘ziga zulm etgani uchun va yo boshqalarning haqini bosib olib, talab, egallash tarzida unga zulm qilgani uchun... Faqat zulmga nisbatan dushmanlik saqlagaymiz. Mazlumning do‘stimiz, ammo zolimning omonsiz raqibi bo‘lgaymiz. Shunday bir g‘oyamiz bor. Aslida bu jahonni qutqaradigan bir fikrlash tarzidir. Abdulloh ibni Amr (roziyallohu anhumo) otasi ham, o‘zi ham sahoba, Payg‘ambarmizdan rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) bundoq deb marhamat etdilar:
«Odamning birodariga boqmog‘i» – o‘z aka yoki ukasiga emas, musulmon birodariga qaramog‘i deganidir. Shu hol ayollarga ham tegishli. Xo‘sh, qanday boqish ekan? «‘ala shavqin» – shavq tuyib, ishtiyoq tuyib, havas bilan, mehr-muhabbat bilan boqish demakdir. Shunday tuyg‘ular bilan bir marta boqmog‘i, deydilar hazrati Payg‘ambarimiz, «Mening shu masjidimda bir yil e’tikofda bo‘lmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir». «Mening shu masjidimda» deyishlariga ko‘ra, Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirmoq mavzuyi o‘rtaga chiqadi. E’tikofni ayrimlar bilmasligi mumkin... E’tikof – kishining uyga bormasdan, yotib qolib, ibodat qilmoq niyati bilan biror jome’da iqomat etmog‘idir. Buni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida ado etgaymiz, Payg‘ambar janobimiz ham shunday qilganlar, deb. E’tikof sunnati kifoyadir, ammo kuchli bir sunnatdir (sunnati mu’akkadadir). Albatta, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof o‘tirmoq xiyla yaxshiroq. Chunki jum’a namozi vaqti kelganida bu masjidni tark etib, boshqa jomega namoz o‘qishga borishga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘ra, jum’a namozi o‘qiladigan biror masjidda e’tikof o‘tirmoq afzalroq. Masalan, Iskandarposho jomesida e’tikof qilishni o‘ylasak bo‘ladi. Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Savob. Chunki, odam uyiga bormaydi, kechayu kunduzi toat-ibodat bilan, Qur’on va zikr bilan kechadi. Ajoyib, ammo Payg‘ambar janobimizning masjidlarida e’tikof o‘tirsa yanada go‘zalroqdir. Qay darajada ajoyib? Buni shundan bilamizki, bir kishi oddiy bir masjidda namoz o‘qiganda bir mukofot – bir savob olsa, Payg‘ambar janobimizning masjidida namoz o‘qiganda ming barobar ko‘p savobga ega bo‘ladi. Faqat Masjidi Harom, ya’ni Ka’bada yuz ming barobar savob bor. Payg‘ambar janobimizning masjidida – 1000, Quddusdagi Masjidi Aqsoda 500 barobar savob bor. Shuning uchun qilingan e’tikoflarning boshqa oddiy masjidlarda qilingan e’tikoflardan ko‘ra savobliroq ekanini namozlar savobining farqlaridan anglab olamiz. Albatta, e’tikofni ramazon oyining oxirgi o‘n kunida sunnat deb ado etamiz. Bir oyga cho‘zsak, ziyoda bir muddat bo‘lgay, qirq kun cho‘zsak, xilvat bo‘lgay – chilla bo‘lgay. Yana ajoyibroq bo‘lgay!
Shu kunlarda yodimizga kelgan, jome’da ham, turli majlislarda ham aytganimiz sahih bir hadisi sharif bor: Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling