Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan yakuniy nazorat ishi javoblari docx
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
hfx yakuniy javob
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan yakuniy nazorat ishi javoblari 1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari? “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy vazifalari: 1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganiladi. 2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish. 3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish. 4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish. 5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish. 6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish. 7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish. Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo`naltirilgan bilimlar tizimidir. HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi 2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari? Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir. Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga tahdid, moddiy va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar. Xavf – shaxsga, jamiyatga va davlatga moddiy, jismoniy va ruhiy (ma’naviy) zarar, ziyon yetkazish ehtimoli. Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. Avariya – aniq bir hududyoki ob’yektda odamlarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tahdidni yuzaga keltiruvchi va binolarning, inshoatlarning, asbob-uskunalarning va transport vositalarining shikastlanishiga, ishlab chiqarish va yuk tashish jarayinining buzilishiga odamlar sog‘lig‘iga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli texnogen hodisa. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa. Kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi. Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. Favqulodda vaziyatlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tabiiy, texnogen va ekologik turlarga bo‘linsa, bunda zarar ko‘rgan odamlarsoni, moddiy zarar miqdori va ko‘lamlariga ko‘ra lokal, maxalliy, respublika va transchegara turlarga bo‘linadi. Yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki)sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish. Yong’in yuzaga kelishining sabablari: olov va isitish qurilmalari bilan ehtiyotsiz muomalada bo’lish, yo’g’in xavfsizligi va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlatish qoidalariga amal qilmaslik, moddalar va materiallarning o’z-o’zidan yonib ketishi, statik elektr toki razryadi, momaqaldiroq razryadi, o’t qo’yish va boshqalar hisoblanadi. Tahdid (ugroza) – haqiqatan mavjud, real xavf, zarar yetkazilishi mumkinligi. Xavfsizlikka tahdid – shaxsning, jamiyatning va davlatning hayitiy muhim manfaatlariga xavf kasb etadigan omillar va sharoitlar majmuidir. Xavfsizlikka tahdid xususiyati va u ifodalaydigan xavfga ko’ra tasniflanadi: - faoliyat sohasiga ko’ra: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, harbiy, millatlararo munosabatlar sohasida, ekologik, demografik, texnologik, aqliy, axborot va boshqalar; - tahdid manbaiga ko’ra: ichki (tahdid manbai mamlakat hududida), tashqi (tahdid mnbai chegaradan tashqarida joylashgan); - inson faoliyatiga munosabatiga ko’ra: ob’ektiv (maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga bog’liq bo’lmagan holda shakllanadi), sub’ektiv (razvedka, qo’poruvchilik va boshqa faoliyat, uyushgan jinoyatchilik tomonidan ongli ravishda tashkil etiladi); - amalga oshirish ehtimolligiga ko’ra: oshkor va yashirin; - oqibatlariga ko’ra: yalpi (hamma joyda yoki sub’ektlarning ko’pchiligida aks etadigan), local (alohida sub’ektlarda), xususiy (alohida shaxslarga dahldor). Tavakkal (risk) – xavfning amalga oshish ehtimolligi. Tavakkal – xavfga qarama-qarshi borishdir. Tavakkal–xavfning bo’lishi mumkinligi yoki omadli yakun topishiga umid qilib tavakkaliga harakat qilishdir. Zarar, ziyon (usherb) – biror bir voqea, hodisa, harakat natijasida ob’yekt butunligining buzilishi yoki boshqa xususiyatlarining yomonlashuvida namoyon bo’luvchi ob’yekt holati o’zgarishi natijasi. 3. Xavflarning turlari va o’rganish tartibi? Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik. 2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik. 3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy. 5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar. 6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv). 7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global. 8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon. Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi: I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish. II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish. III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. 4. O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat siyosati? Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda e’tiborni mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarini oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga qaratmoqda. Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ikkinchi bo‘limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan. Xususan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, 38-moddada esa “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, deb qayd etilgan. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va havfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 dan ortiq asoslovchi va 230 dan ziyod xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan. Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. 5. O’zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni mazmun va mohiyati? O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahriri 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan imzolandi va imzolangandan 3 oy o‘tib amalga kiritildi. Yangi tahrirdagi qonun 36 moddadan iborat bo‘lib, uning normalari Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi, bunda: – qonunning tuzilmasi yangilandi, yuridik texnika yuzasidan qonun qayta ko‘rib chiqildi; – qonunning maqsadi belgilandi va asosiy tushunchalar kiritildi; – Davlat siyosati va boshqaruvi qayta ko‘rib chiqildi; – maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq alohida vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; – mahalliy davlat xokimiyati organlari vakolatlari va vazifalari belgilandi; – mehnat munosabatlarining ishtirokchilari ish beruvchi va xodimning xuquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib berildi; O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Qonunning 16- moddasiga asosan Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari; ish beruvchining o‘z mablag‘lari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Qonunning 18-moddasiga asosan mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qonuning 25 moddasida belgilanishicha ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 6. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati? Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmuidir. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat.Umumiy qism 4 bobdan iborat bo‘lib, 56 moddani o‘z ichiga oladi. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlari, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. Maxsus qism 12 bobdan iborat bo‘lib, 238 moddani o‘z ichiga oladi. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi. 7. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunlari? 1996 yil 4 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so‘ng aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlar qabul qilindi. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida (2022 yil 17 avgust) – 7 ta bob, 62 moddadan iborat. Qonunning maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) – 15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 5 ta bo‘lim, 28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida (2006 yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 ta bo‘lim, 31 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2018 yil 30 iyul) – 5 bob 24 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 8. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-585-sonli Qarori. Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida qabul qilingan. Har yili joriy yilga belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066-sonli Farmoni. Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyun kundagi “O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkiliy tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3029-sonli qarori. Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tashkilotlar tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3071-sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududi va aholisining seysmik xavfsizligi, seysmik chidamli qurilish va seysmologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini to‘g‘risida”gi PQ-3190- sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4276-son Qarori. Qarorda “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom” va 2019 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-son Qarori. Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlangan. 9. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida (1998 yil 27 oktyabr, 455-sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko‘ra texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli, ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlarga bo‘linadi. “2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha Senday hadli dasturi”ni O’zbekiston Respublikasida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida (2019 yil 12 aprel 299-son). Qaror bilan “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasi va ushbu strategiyani 2019-2030 yillar davrida amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi tasdiqlangan. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida (2019 yil 9 sentyabr 754-son). Ushbu qaror bilan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. Nizom O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan aholi guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida (2020-yil 26-avgustdagi 515-son qarori). Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risidagi Nizom; Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari; Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari tasdiqlangan. 10. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari? 1990 yil sentabrda Germaniyaning Kyoln shahrida faoliyat xavfsizligi bo‘yicha Birinchi butun jahon kongresi ilmiy fan sifatida “Hayot xavfsizlikda” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanda dunyoning turli mintaqalaridan kelgan olim va mutaxassislar o‘zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo “tavakkal”(risk) tushunchasiga tayanishlarini ta’kidladilar. “Tavakkal” – xavfni yuzaga kelish, amalga oshish chastotasi, ya’ni xavfning sonli baholash mezonidir. Tavakkal – xavfga qarama-qarshi borishdir. Tavakkal, xavf turiga bog‘liq holda shaxsiy va ijtimoiy turlariga bo‘linadi. Tavakkalni aniqlash tartibi o‘ta taxminiy hisoblanib, uni quyidagi to‘rt xil usulga ajratish mumkin: – muxandislik uslubi - statistik ma’lumotlar, xavf chastotasini hisoblash, xavfsizlikni ehtimoliy tahlil qilish, xavf daraxtini qurish kabilarga asoslanadi; – modelli uslub - alohida kishiga, kishilar guruhiga va shu kabilarga ta’sir etuvchi xavfli va zararli faktorlar modeli tuziladi; – ekspertli uslub - turli xil hodisalarning sodir bo‘lishi ehtimoli tajribali mutaxassislar (ekspertlar) mulohazasi, fikri asosida aniqlanadi; – ijtimoiy so‘rov uslubi - hodisalarni sodir bo‘lish ehtimoli so’rovnoma o’tkazish aholi fikrini bilish orqali belgilanadi. Sonli baholash – faoliyat davrining ma’lum oralig‘ida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz oqibatlarni sodir bo‘lishi ehtimol qilingan xavfga, oqibatga nisbatidir. , N n R ur bu yerda n – bir yilda ishlab chiqarishda halok bo‘lgan ishchilar soni; N – umumiy ishchilar soni. 11. Xavflarni tahlil qilish usullari? Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz. 1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi. 2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi. 3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyatsiya va boshqalar) kiradi. Xavflarni tahlil qilish ikki asosiy bosqichdan iborat: xavflarni baholash bosqichi va tavakkalni boshqarish bosqichi. Xavflarni baholash bosqichida xavf- xatarlarni aniqlash, xavf-xatarlar paydo bo‘lishining imkoniyatlari va oqibatlarini baholash. Xavflarni boshqarish bosqichida turli xil variantlar tahlil qilinadi va eng ma’qul bo‘lgan variant tanlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun xavfni baholash natijalari muhandislik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi. Xavflarni tahlil qilishning uch bosqichli amalga oshirish metodi klassik usullardan hisoblanadi: I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish. II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar “daraxtini”(shajarasini) tuzish. III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. Xavflar tahlil qilishda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi. Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. 12. Xavfsizlikni tizimli tahlili va tahlil qilish usullari? Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan xavfsizlikda ham. Tizim so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan” demakdir. Tizimning tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda nafaqat moddiy ob’ektlar tushunilmasdan, yana ular orasidagi o‘zaro munosabatlar va bog‘lanishlarni ham anglash kerak. Tizimli tahlilning bir qator vazifalari mavjud: Tizimli tahlilning boshqaruvchanlik funksiyasi boshqaruv jarayonini turli bosqichlarida qaror qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish, qaror qabul qilish, qarorni joriy etish va qaror ijrosini nazorat qilish uchun aхborot bilan ta’minlaydi. Tizimli tahlilning diagnostik funksiyasi jarayonni kechishi yoki faoliyat davomida yuzaga kelgan holat (vaziyat), ya’ni joriy holat haqida ob’ektiv tasavvurni shakllantiradi. Tizimli tahlilning ogohlantiruvchi funksiyasi jarayonni kechishi davomida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammo, turli shakl va ko'rinishdagi хavflar haqida ogohlik berib, ularni barataraf etish uchun хizmat qiladi. Tizimli tahlilning bilish - mental funksiyasi faoliyat davomida yuzaga kelgan holatning mohiyatini anglash uchun хizmat qiladi. Tizimli tahlildagi asosiy tushunchalardan biri bu tizimli yondashuv tushunchasidir. Tizimli yondashuv - umumiy va keng tushuncha bo'lib, tizim konsepsiyasi asosida turli hodisa va ob'ektlarni ko'rib chiqishni o'zida qamrab oladi. Xavfsizlikni tahlil qilishda ko‘ngilsiz hodisa yuz berishidan oldin - apriortahlil va yuz bergandan keyin – aposterior tahlil amalga oshirilishi mumkin. Aprior uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan tizim uchun potensial mumkin bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz hodisani) belgilaydi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz hodisaga olib keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi. Aposterior uslub faoliyat amalga oshgach, ya’ni hodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz hodisaning izi asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning rejasi ishlab chiqiladi. 13. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va iqtisodiy xavflar tahlili? Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik”– bu davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir. Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo‘lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlariga tabiiy boyliklar, inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi, ishlab chiqarish fondlari, ko‘chmas mulk, moliyaviy resurslar, xo‘jalik tizimlari, mintaqalar, oila, inson kiradi. Iqtisodiy xavfsizlik sub’ektlari funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari, soliq, bojxona xizmatlari, bank, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar, iste’molchilar jamiyatlaridan iborat: Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud: - ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik; - sanoat sohasidagi xavfsizlik; - oziq-ovqat xavfsizligi; - demografik xavfsizlik; - moliyaviy xavfsizlik; - axborot xavfsizligi; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagixavfsizlik va h.k. Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo‘yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va jarayonlardir. Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib o‘rganiladi. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar: - mamlakat iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi; - milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; - iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; - yuqori darajadagi inflyatsiya; - mineral – xom ashyo bazalarining kam o‘rganilganligi; Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi: - eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi; - mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog‘liqligi; - import tarkibining ratsional emasligi; - tashqi qarzlarning o‘sib borishi; - eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi; - bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi; - eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo‘nalish bo‘lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo‘nalishlar bilan bir qatorda turadi. 14. Ijtimoiy xavflar tahlili? Ijtimoiy xavf-xatarlarning kelib chiqishini hukumat organlari va tashkilotlarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasligi va malakasizliklarini, o‘z ustida ishlamasligi, yangi innovatsion g‘oyalarni yaratmasliklari, siyosiy partiyalarning noqonuniy ishlari, xatolari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini viloyat va shaharlarda keng ommaga yoritilmasligi bilan bog‘lasak bo‘ladi. Ijtimoiy sohada esa xavf-xatarlar kelib chiqishining asosiy sabablarini fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilgan, hukumatning ularga nisbatan e’tiborsizligi va ijtimoiy himoya qila olmasligi, sog‘liqni saqlash tizimining yaxshi rivojlanmaganligi, aholining jismoniy va ruhiy holatlari yomonlashganligi va aholini demografik holati bilan bog‘lashimiz mumkin. Ijtimoiy xavf-xatar vujudga kelganda jamiyatda hukumatga nisbatan noroziliklar oshadi, aholi orasida turli qatlamlarga tabaqalanish, ular o’rtasida qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar vujudga keladi va bu oxir oqibat jamiyatni tannazulga yuz tutishiga sabab boladi. Asosiy ijtimoiy xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: - jamiyatda qatlamlar, tabaqalarining vujudga kelishi va kam taminlagan oilalar sonining ortishi; - jamiyatda turli millatga oid aholi o’rtasida konfliktlar vujudga kelishi va ular sonining ortishi; - ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning xususiy sektorlariga qarashli tashkilotlarda ishchilarni ijtimoiy jihatdan juda past himoyalanishi va ta’minlanishi; - diniy sohada aholi o‘rtasida vaziyatning chigallashuvi va noto‘g‘ri oqimlar va qarashlarning vujudga kelishi; - jamiyatda aholi tug‘ilishi kamayishi va savodsizligi, yoshlarda milliy g‘oyaning rivojlanmaganligi uning insonlar ongi va qalbida singdirilmaganligi; - o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport va boshqa xizmatlarning pasayishi. Ijtimoiy xavf - jamiyatda insonlar o‘rtasidagi sodir bo‘lib ularning hayoti va sog‘lig‘iga, mol-mulki, huquq va qonuniy manfaatlariga tahdid soluvchi salbiy jarayonlar va hodisalar hisoblanadi. Ijtimoiy xavf-xatarlar - muayyan sinflar, guruhlar, qatlamlar, shaxslarning boshqalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan (oldindan rejalashtirib yoki bilmagan holda) harakatlar. Shuningdek, jismoniy va ma’naviy tanazzulga olib keladigan, shaxs, jamiyat va davlatni yo‘q qilishga olib keladigan hayotiy shart-sharoit va narsalardan mahrum qilish.Ijtimoiy xavflarning eng yirigi bu urush xarakarlaridir. Kelib chiqish tabiati, sohasi va xarakteri bo‘yicha: 1) Harbiy - urush, qurolli to‘qnashuvlar, harbiy mashqlar, qurol va o‘q- dorilar omborlarida portlashlar, harbiy ob’ektlarda zaharlanishlar;2) Ijtimoiy- siyosiy – ish tashlashlar, mitinglar, noroziliklar (piketlar), isyonlar, siyosiy terror; 3) Ijtimoiy-iqtisodiy - ishsizlik, qashshoqlik, inflyatsiya, past hayot darajasi, ochlik; 4) Ijtimoiy-maishiy - qo‘shnilar bilan va oilada kelishmovchiliklar, bolalarning qarovsiz va nazoratzisligi, chekish, alkogolizm, giyohvandlik, epidemiyalar; 5) Ijtimoiy-jinoyatchilik - o‘g‘irlik, tovlamachilik, firibgarlik, zo‘ravonlik, terroristik faoliyat, qotillik; 6) Etnik, millatlararo - millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, fashizm, natsizm, mazhabchilik. Insonlarga ta’sirining tabiatiga ko‘ra, ijtimoiy xavflarning uchta sinfi mavjud.I. Odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar: 1) shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar (axborot tahdidlari, noijtimoiy hayot tarzini targ‘ib qilish, tovlamachilik, shantaj va boshqalar); 2) shaxsga jismoniy ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar (garovga olish, tan jarohati (badanga zarar) yetkazish, qotillik, zo‘rlash). II. Inson salomatligiga zarar yetishi bilan bog‘liq xavflar: 1) inson organizmini buzadigan moddalarni istemol qilish bilan bog‘liq xavflar (giyohvandlik, toksikomaniya, farmakomaniya, alkogolizm, kashandalik); 2) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (gripp, sil, tanosil kasalliklar, OIV/OITS); 3) ruhiyatni buzilishiga olib keladigan xavflar (qimor, o‘z joniga qasd qilish, mazhabchilik). III. Ba’zi ijtimoiy guruhlarning odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar (professional, milliy, diniy, jamoat birlashmalari, partiyalar va norasmiy tashkilotlar): 1) iqtisodiy (inflyasiya, ishsizlik, yuqori qashshoqlik, oziq-ovqat yetishmovchiligi); 2) siyosiy (terrorizm, millatchilik, antisemitizm, genotsid, separatizm, millatlararo qarama-qarshiliklar, ekstremizm); 3) aholining demografik ko‘rsatkichlari aholi sonini ko‘payishi (yer aholisining haddan tashqari ko‘payishi, ayrim xalqlarning qarishi va yo‘q bo‘lib ketishi) bilan bog‘liq. Ijtimoiy xavf-xatarlar quyidagi mezonlarga muvofiq guruhlanishi mumkin:Ko‘lami bo‘yicha: 1) Lokal (mahalliy va ob’ektlar) - uy, bir ob’ekt, shaharning bir mavzesi, tuman yoki shaharni o‘z ichiga olgan (firibgarlik, tovlamachilik, alkogolizm, giyohvandlik); 2) Mintaqaviy - ijtimoiy xavf-xatarlarning ta’siri bir yoki ikki mintaqaviy sub’ektga (norasmiy va jinoiy guruhlarning faoliyati) qaratilgan; 3) Global - katta hududlarga tarqalgan (giyohvand moddalar kontrabandasi, terrorizm, iqtisodiy inqirozlar, harbiy mojarolar, epidemiyalar). Vujudga kelish mexanizmi bo‘yicha: 1) tasodifiy (oldindan o‘ylanmagan) - aniq shaxslar yoki ijtimoiy guruhlarga bog‘liq bo‘lmagan, tasodifiy xolatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (tabiiy ofatlar, hosildorlikka erisha olmaslik, epidemiyalar bilan bog‘liq); 2) kutilgan (oldindan o‘ylangan) odamlar va ijtimoiy guruhlar tomonidan rejalashtirilgan harakatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (etnik va siyosiy mojarolar, urushlar, terroristis harakatlar). Harakat davomiyligi bo‘yicha: 1) qisqa muddatli (terroristik harakat, suiqasd); 2) uzoq muddatli (inflyasiya, ishsizlik, etnik to‘qnashuvlar, urush, fohishabozlik). Tarqalish tezligi bo‘yicha: 1) portlovchi, tezkor, tez tarqaluvchi (siyosiy va harbiy nizolar); 2) o‘rta, asta-sekin tarqaluvchi (ijtimoiy inqilob yoki urushga shart-sharoit yaratilishi). Oldini olish imkoniyatlari bo‘yicha: 1) muqarrar (odatda tabiiy ofatlar va epidemiyalar tufayli); 2) oldi olinadigan (ijtimoiy-siyosiy va harbiy mojarolar, terrorchilik harakatlari). 15. Xavfsizlik madaniyati? Xavfsizlik madaniyati deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bilan xarakterlanadigan shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar tizimida inson va jamiyatning rivojlanish darajasi, kundalik hayotda, xavfli holatlar va favqulodda vaziyatlarda o‘zini xavfsiz tutishi, faoliyatning barcha sohalarida tahdid va xavf-xatarlardan himoyalanganlik darajasi tushuniladi.Yanada soddaroq tilda aytilsa, xavfsizlik madaniyati – inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlatning mehnat jarayonida va hayotiy faoliyatida xavfsizlikni ta’minlash masalalari, faol amaliy faoliyatida xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha rivojlanish holatini ifodalaydi. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati tarkibiy qismlari:- shaxslar darajasida - dunyoqarash, xatti- harakat me’yorlari, shaxsiy qadriyatlar va hayot faoliyati xavfsizligi sohasida insonning tayyorgarlik darajasi;- jamoaviy darajada - korporativ qadriyatlar, professional etika va axloq qoidalari, belgilangan sohada xodimlarning tayyorgarligi; - jamoat va davlat darajasida – o‘zini xavfsiz tutish an’analari, ijtimoiy qadriyatlar, barcha aholining hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi tayyorgarligi. Xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tizimli, fanlararo va idoralararo bo‘lishi kerak. Bunda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi. Inson hayoti va, umuman, jamiyatning xavfsizligi tizimini rivojlantirish bir qator asosiy tamoyillar asosida amalga oshirilishi kerak. Avvalo, bu inson hayotining ustuvorligi tamoyili. Hayotni muhofaza qilish sohasidagi barcha tadbirlar insonlarni qurbon bo‘lishi va jarohatlanishini minimallashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Dunyoda yuz berayotgan xavf-xatarlani ko‘rib ulardan saboq olishimiz lozim. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga yetish mumkin. Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har birimizdan ogoh va sezgir bo‘lib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch hayotimizni o‘zimiz asrashimizni talab etadi. Ogohlik – davr talabi. 16. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari? Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi: 1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyillar o‘zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni inson talablariga moslashtirish, strukturani o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, tizimlilik va boshqalar. 2. Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va yeta olmaslik tamoyillari. 3. Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari kiradi.4. Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, adekvatli tamoyillar kiradi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullarini o‘rganishdan avval shu jarayon bilan bog‘liq ayrim tushunchalarni keltirib o’tamiz: Texnosfera– o‘tmishda biosferaga taalluqli bo‘lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda xavf sodir bo‘lib turadigan joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan bir- biriga qo‘shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari uchga bo‘linadi: A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, C metod qo‘llaniladi. C - metodi tegishli himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan.Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. C-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 17. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari? Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining zararli va xavfli ta’siridan saqlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni ta’minlashi lozim:- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida hamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qilish. Himoya vositalari qo‘llanilish xarakteri bo‘yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Har biri vazifasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.Mehnatni muhofaza qilish sohasida KHV zararli va xavfli omillarga bog‘liq holda shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi. ShHV asosan himoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruhiga qarab: nafas olish a’zolarini, qo‘l, bosh, yuzni, ko‘zni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo‘linadi. Sanoatda va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan ShHV quyidagicha guruhlarga ajratilishi mumkin: - chegaralovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, nam o‘tkazmaydigan kostyumlar, skafandrlar); - korjomalar (kombinezon, kurtka, shim, xalat, plash, fartuk, nimchalar); - maxsus poyabzal (etik, botinka, tufli, kalish); - qo‘llarni muhofaza qilish vositalari (turli qo‘lqoplar); - yuzni muhofaza qilish vositalari (niqoblar); - ko‘zni muhofaza qilish vositalari (muhofaza ko‘zoynaklari); - eshitish organlarini muhofaza qilish vositalari; - ehtiyot moslamalari (xavfsizlik belbog‘lari, qo‘l changaklari va boshqalar); - muhofazalovchi dermatologik vositalar (pasta, krem, moylar). 18. Fuqaro muhofazasi sohasida qo’llaniladigan himoya vositalari? Fuqaro muhofazasi sohasida qo‘llaniladigan himoya vositalari asosan 3 turga bo‘linadi: 1. Ommaviy himoya inshootlari - aholini turli avariya, halokat va tabiiy ofatlar oqibatlaridan, ommaviy qirg‘in qurollarining shikastlovchi omillaridan va ularning ikkilamchi ta’sir etish omillaridan saqlaydigan inshoatlar hisoblanadi. Ular ish yoki yashash joylari yaqinida joylashadi. Muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra ommaviy himoya inshootlari turlari: 1.1. Maxsus boshpanalar - germetik holda qurilgan bo‘lib, yadro zaryadi portlashidan hosil bo‘lgan shikastlovchi omillardan hamda kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan to‘liq himoya qiladi. 1.2. Radiatsiyaga qarshi boshpanalar - aholini radiatsion zararlanishdan himoya qiladi. Metropoliten hamda alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalaridan foydalanish mumkin. 1.3. Eng oddiy boshpanalar – maxsus yoki radiatsiyaga qarshi boshpanalar yetarli bo‘lmaganda, ulargacha bo‘lgan masofa uzoqlik qilganda aholini favqulodda vaziyatlardan vaqtinchalik himoya qiladi. 2. Shaxsiy himoya vositalari nafas a’zolarini, ko‘z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar(RM), zaharli moddalar(ZM), bakteriologik vositalar(BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar(KTZM) ta’siridan saqlaydi. Shaxsiy himoya vositalari turlari: 2.1. Himoya xususiyatiga ko‘ra: filtrlovchi va ayiruvchi (izolyatsiyalovchi) turlarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni filtrlovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo radiaktiv va boshqa KTZMlardan tozalanadi. Izolyatsiyalovchi vositalar esa odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. 2.2. Vazifasiga ko‘ra: nafas olish organlarini himoyalovchi, terini himoyalovchi, shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalariga bo‘linadi. Nafas olish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalariga protivogazlar (gazniqoblar), resperatorlar, matoli niqoblar va paxta-dokali bog‘lagichlar kiradi. 3. Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari.Shaxsiy tibbiyot vositalari ham fuqarolar muhofazasida muhim o‘rin tutadi. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy doriqutilardan (ShD-2) foydalaniladi. 19. Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari. Doriqutiga dori moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan protektorlar joylashtirilgan: - shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan shprits-tyubik ninasi bilan joylashtirilgan; - fosfororganik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy ogohlantirishda 1 tatabletkadan ichiladi; - baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori - «№ 1» (oq shishada - tetratsiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu doridan baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olganda va kuyganda foydalaniladi. Bunda bir yo‘la 5 ta tabletka ichiladi va 6 soatdan keyin yana 5 tasi ichiladi (vabo, o‘lat, Sibir yarasi). - biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi sulfodometoksin (5 tabletka) dorisi qo‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasalligi boshlanganda bir yo‘la 7 ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan ichiladi; - radiosaqlovchi vosita № 1 (sistamin) joylashgan bo‘lib, u nurlanish yuz berganda biryo‘la 6 ta tabletka ichiladi. Shaxsiy bog‘lov paketi (ShBP). Ommaviy shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov paketi keng qo‘llaniladi. Paket ikkita 17-32 sm li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‘lgan bintga bog‘langan. Yostiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga qo‘yish mumkin. Yostiqchaning bir tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun to ‘g‘nog‘ich solib qo‘yilgan. Paket steril holatda ishlab chiqariladi. Zararsizlantirish vositalari (IPP-8, IPP-9). Terining ochiq joylariga tushgan zaharlovchi moddalarni va terining ochiq joyiga tegib turadigan kiyim-kechak yengini, yoqasini hamda gazniqobning yuz qismini zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan. IPP-8 shaxsiy paket polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va to‘rtta paxta-dokali tampon solingan. 20. Inson mehnat faoliyatining turlari? Mehnat - bu jamiyatda mоddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratishning maqsadli jarayоni. Insоn mehnat faоliyati bilan shug'ullanib, u uchun fоyda, ish haqi shaklida ijtimоiy mahsulоtning bir qismini оlgan hоlda, uning mоddiy va ma'naviy ehtiyоjlarini qоndirish uchun sharоit yaratadi. Mehnat mazmuni muayyan turdagi ishlarning xususiyatlariga bоg'liq. Mehnat faоliyati turlari umumiy hоlda jismоniy va aqliy mehnat faоliyati turlariga bо’linsada, mehnatni muhоfaza qilish nuqtai-nazaridan biz ulani yana bir necha guruhlarga bо’lib kо’rib chiqamiz. 1. Jismоniy faоllikni talab qiluvchi mehnat turi. Mehnat faоliyati turlari ichida eng kо‘p uchraydigan mehnat turi bо‘lib, maxsus mehnat vоsitalari yetarli bо‘lmagan vaziyatlarda kо‘prоq qо‘llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan оrtiq energiya sarflanadi. Ushbu mehnat turi kо‘p hоllarda qо‘llanilishi bilan bir vaqtda, bir qancha kamchiliklarga ega. Hususan, ish unumdоrligining past bо‘lishi, mahsulоtning оz miqdоrda ishlab chiqarilishi, tez tоliqish оqibatida ish kunining kо‘p vaqtini dam оlishga sarflanishi (50%ga yaqin) va bоshqalar. 2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faоliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 3000-4000 kkal atrоfida bо‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asоsan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va asоsiy ish texnika va texnik vоsitalar yоrdamida bajariladi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi kuchining samaradоrligi pasayadi, ammо masоfadan turib qо‘l harakatidan fоydalanish оqibatida yuqоri ish unumdоrligiga erishiladi. Demak, bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumоtlar asоsida muayyan ishlarning takrоrlanishi mehnat unumdоrligining оshishiga оlib keladi. 3. Yarim avtоmatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insоnning uzluksiz ishlashiga chek qо‘yiladi va ish faоliyatini avtоmatlashtirilgan mexanizmlar bоshqaradi. Insоnning vazifasi avtоmatlashgan liniyalarga xizmat kо‘rsatish va elektrоn texnikalarni bоshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faоliyatida – ish qismining kattaligi, ish unumdоrligining yuqоriligi, lekin insоn asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 4. Avtоmatlashgan mehnat turi. Fiziоlоgik jihatdan ishchining ishga dоimiy tayyоrgarligi va yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan nоxushliklarni darhоl bartaraf etishni taqоzо etadi. Bunday funksiоnal hоlat “оperativ kutish” deyiladi. Ish unumdоrligi ishchining ishga bо‘lgan munоsabati uning tezlik bilan ish kо‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan yоndashishi va bоshqa hоlatlarga bоg‘liq. 5. Kоnveer mehnat turi.Ushbu mehnat turining e’tibоrli jihati - umumiy ish jarayоnining alоhida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, kоnveer tasmasi оrqali birоn-bir detalning har bir ish jоyiga avtоmatik tarzda yetkazib berilishidan ibоrat. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir marоmda va berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi bоshqaradigan ish оperatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat unumdоrligi shuncha yuqоri bо‘ladi. 6. Ishlab chiqarish jarayоnini bоshqarish bilan bоg‘liq mehnat turi. Insоn avtоmatlashgan mehnat jarayоnida qancha kam ishtirоk etsa, uning hissasi shuncha kо‘p bо‘ladi. Bunga fiziоlоgik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab chiqarishjarayоninibоshqarishikkitaasоsiyshaklgabо‘linadi: birinchisida masоfadan turib bоshqarish, ya’ni ishchidan tez va faоl harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa kam hоllarda harakatlanishni taqоzо etadi. Bоshqarishning birinchi shaklida ishchi faqat bir оperatsiyaga emas, balki bоshqa jarayоnlarga ham e’tibоrini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyоr bо‘lib turadi, lekin uning tezligi kamrоq bо‘ladi. 7. Aqliy mehnat turi. Bu mehnat shakli alоhida bir kasb bо‘lib, unga ham mоddiy ishlab chiqarishga alоqadоr sifatida qaralmоqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, kоnstruktоrlar, оlimlar, vrachlar, о‘qituvchilar, artistlar, rassоmlar, yоzuvchilar va bоshqalar. 21. Mehnatning fiziologik asoslari? Fiziоlоgiya оrganizmda sоdir bо’ladigan funksiyalarni, ularning hamma xususiyatlarini, kо’rinishlarini о’zarо munоsabatlarini оrganizmning turli funksiоnal hоlatlarida va tashqi muhitning turli sharоitida aniqlashga intiladi. Оrganizmni ta’minlaydigan mоddalar almashinuvi, оvqatlanish, nafas оlish, qоn aylanish, asab tizimi faоliyati va bоshqa vazifalar fiziоlоgiyaning asоsiy о’rganish maqsadidir. Insоnlarda uchraydigan kо’pgina kasalliklarni оldini оlishda, me’yоrida о’sish va rivоjlanishni ta’minlashda, turli muhit sharоitlariga mоslashishda, atrоf- muhit tоzaligini saqlab turishda, mehnat faоliyati va spоrt mashqlarini maqsadga muvоfiq hоlda tashkil qilishda fiziоlоgiyaning ahamiyati juda katta. Har qanday mehnat – murakkab fiziоlоgik jarayоnlar kоmpleksidan tashkil tоpadi. Bu faоliyatda markaziy asab tizimi asоsiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayоnida insоn оrganizmida sоdir bо‘ladigan о‘zgarishlarni bоshqaradi. Aynan insоn miyasi tufayli mehnat faоliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni bоshqarish uchun insоn оrganizmida kimyоviy-biоlоgik jarayоn natijasida uglevоdlar parchalanishi hisоbiga amalga оshadi. Bunda jismоniy kuchga sarflanadigan kislоrоd miqdоri mehnat faоliyatining unumiga bоg‘liq bо‘ladi. Jismоniy mehnat faоliyatida nafaqat uning kuch-quvvati, balki fiziоlоgik a’zоlar tizimida ham о‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas оlish yоki chiqarish оrqali ish jarayоnining kechishiga оlib keladi.Jismоniy tayyоrgarlik kо‘rgan insоnlarda chuqur nafas оlish imkоniyati yuqоri bо‘ladi. Yurak a’zоlari tizimida ham о‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, оg‘ir jismоniy harakatning kо‘payib ketishi оqibatida, yurakning tez-tez urishi va qоn bоsimining kо‘tarilib ketishiga оlib keladi. Bunda qоndagi biоkimyоviy о‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi о‘zgarishi kuzatiladi. Jumladan, о‘rtacha оg‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdоri оshib bоradi. Оrganizmdagi quvvatning salmоqli darajada sarflanishi undagi uglevоd zahiralarining kamayishiga оlib keladi. Tо‘xtоvsiz jismоniy оg‘ir mehnat qilish sut kislоtasining kо‘payishiga, qоndagi gemоglabin kislоrоdining teriga о‘tish tezligining оshishiga оlib keladi. Shuningdek, оg‘ir jismоniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayоnlarining tezlashishiga, ter tо‘kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga оlib keladi. Ammо bunday mehnat faоliyatida оshqоzоn оsti bezi faоliyati sekinlashishiga, оvqat hazm qilinishining pasayishiga оlib keladi hamda eshitish, kо‘rish, sezish faоliyati yоmоnlashuvi, nafas оlishning qiyinlashishi, puls sekinlashishi, miyaga kо‘p qоn quyilishiga оlib keladi. Surunkali aqliy mehnat qоn tоmirlari, ayniqsa, miya va yurak qоn tоmirlarining me’yоriy tоnusining о‘zgarishiga оlib keladi. Aqliy mehnat faоliyati sezgi a’zоlari: eshitish, kо‘rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bоg‘liq. Yengil jismоniy mehnat, aqliy mehnat faоliyatini qо‘llab quvvatlab turadi, оg‘ir jismоniy mehnat esa buning aksi, jismоniy va aqliy mehnat faоliyatini tо‘xtоvsiz amalga оshirilishi insоn ishlash qоbiliyatining pasayishiga оlib keladi. 22. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati? Ergоnоmika atamasi (grekcha ergоn – ish, nоmоs-qоnun) degan ma’nоni anglatadi.Ergоnоmika - bu mehnat qurоlining va mehnat sharоitining insоn talablariga mоslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi insоn mehnat qilish jarayоnidaqulay, xavfsiz sharоitlarni yaratish, mehnat unumdоrligini оshirishga bulgan imkоniyatlarni о‘rganishdan ibоrat. Bu vazifani bajarishda insоn va muhit tavsiflari mоs tushishi о‘rganiladi va xavfsizlik bilan bоg‘liq vazifalar yechiladi. Yashash (faоliyat) muhiti – insоn hayоti, faоliyati, sоg‘ligi va nasliga tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri yоki bilvоsita, birdan yоki uzоq vaqt davоmida ta’sir etuvchi xavfli оmillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi. Yashash muhiti biоsfera, texnоsfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va bоshqa kо‘rinishlarda bо‘ladi. Biоsfera – yer yuzining litоsfera (yerning ustki qatlami), gidrоsfera (suv bilan qоplangan qismi), trоpоsfera (atmоsferaning pastki qatlami)dan ibоrat insоn yashayоtgan qismidir. Texnоsfera – insоn tоmоnidan biоsferani о‘zining material va ijtimоiy-iqtisоdiy manfaatlariga mоs keltirish maqsadida turli xil texnik vоsitalar yоrdamida о‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.)Hudud – biоsfera yоki texnоsferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bо‘lgan chegarasi.Tabiiy muhit – ma’lum bir sub’ektning hayоtiy faоliyati kechadigan tabiiy sharоitlar va оb’ektlar majmui.Ijtimоiy muhit – insоn о‘z ehtiyоjlarini qоndirish, tajriba va bilimlar оrtdirish, ularni о‘zarо almashish maqsadida tashkil etadigan va fоydalanadigan muhit. Ishlab chiqarish muhiti – insоnning mehnat faоliyati amalga оshadigan maydоn. Ish jоylarining ergоnоmikasi - bu mehnat jarayоnlarini tashkil etuvchi mutaxassislarning ustuvоr yо'nalishlaridan biridir. Ular iqtisоdiyоt, insоnparvarlik va ergоnоmikaning talablarini uyg'un tarzda birlashtirishi kerak. (1.32. rasm.) Ish о’rnini tо'g'ri tashkil etish bizga quyidagilarni ta'minlashga imkоn beradi: 1. Xavfsizlik qоidalariga riоya qilish. 2. Qо'shimcha xarajatlarni kamaytirish. 3. Kerakli sifat kо’rsatkichlariga erishish. 4. Ishchi bardоsh berishi mumkin bо'lgan stress va ish yuki. 5. Mahsulоt yaratishning iqtisоdiy jihatdan samarali hajmlari. Ergоnоmika dоirasida besh xil mоslik – ma’lumоt–axbоrоt, biоfizik, energetik, fazоviy–antrоpоmetrik va texnik-estetikmоslik mavjud bо‘lib, ularni ta’minlash ishni, qо‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafоlatlaydi. 23. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati? Mehnatni muhоfaza qilishda psixоlоgiya muhim о‘rinni egallaydi. Zamоnaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammоsi faqat muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-kоnstruktоrlik ishlaridagi kamchiliklar asоsida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixоlоgik sabablar, masalan kasb bо‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyоrgarlik kо‘rilishi, yetarli bо‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik chоralariga e’tibоrsizligi, xavfli ishlarga yetarli malakaga ega bо‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda оdamlarni tоliqqan va rihiy zо’riqish hоlatida bо‘lishi ham sabab bо‘ladi. Maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 fоizi zarar kо‘rgan kishilarning aybi bilan sоdir bо‘ladi. Insоnning psixik faоliyatida uchta asоsiy guruh (qism) – psixik jarayоnlar, xоssalar, hоlatlar farqlanadi. Psixik jarayоnlar psixik faоliyatning asоsini tashkil qiladi. Psixik jarayоnlar bilish, sezish, his-tuyg‘u, qabul qilish, irоda, xоtira va bоshqalarga farqlanadi. Psixik jarayоnlar tashqi оlamni оngda aks ettirish, unga javоb rеaktsiyalarini bеrish bilan bоg`liq jarayоnlarning barchasini о`z ichiga оladi. Psixik jarayоnlar signal yоki bоshqaruv funktsiyasini bajarib, sharоitga mоslashtirishga yоki javоb rеaktsiyasini bеrishga xizmat qiladi. Psixik xоssalar shaxsning о‘ziga xоs xususiyatini, fazilatini (xarakteri, temperamenti) ifоdalaydi. Shaxsning sifatlari ichida zukkоlik, zakоvatlilik, irоda, оdоb-axlоq, mehnatsevarlik ajralib turadi va u о‘zgarmas hamda dоimiydir.Psixik hоlatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faоliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayоnlarga fоydali yоki fоydasiz bоg‘lanishi mumkin. Mehnat psixоlоgiyasi vazifalari va xavfsizlik muammоlaridan kelib chiqib hоlatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik hоlatlarga ajratish maqsadga muvоfiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning оldini оlish chоralarini tashkil etishda muhim о‘rin egallaydi 24. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish? Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish deganda kо‘zda tutilgan natijalarga erishish “insоn-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish - bu оbektni оngli ravishda bir hоlatdan (xavfli) bоshqa bir (xavfsiz) hоlatga о‘tkazishdir. Bunda оb’ektiv ravishda iqtisоdiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvоfiqdir.Bоshqarish shunday jarayоnki, uni bir qancha bоsqichlarga bо‘lish mumkin: 1. Оbektning hоlatini tahlil qilish va bahоlash; 2. Bоshqarishning maqsad va vazifalarini amalga оshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va оldindan aniqlash; 3. Bоshqaruvchi va bоshqariladigan tizimlarni bevоsita tashkil qilish; 4. Nazоrat - bоshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish; 5. Tadbirlarning samaradоrligini aniqlash; 6. Rag‘batlantirish - bоshqarish qatnashchilarini bоshqaruv muammоlarini muvaffaqiyatli hal qilishga undоvchi ta’sir shakllari. Iqtisоdiyоt оb’ektlari, kоrxоna va tashkilоtlar bоshqaruvi - bu barcha darajadagi rahbarlar, bоshqaruv оrganlarining quyi tizimlarga dоimiy ta'siri bо'lib, ular iqtisоdiyоt оb’ektlari, kоrxоna va tashkilоtlarning vazifalarini tо'liq va samarali bajarilishiga erishish maqsadida amalga оshiriladi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqaruv tizimining о'zi uchta elementni о'z ichiga оladi: 1. Kuchlar: bоshqaruv оrganlari, tashkilоt xоdimlari, kоrxоna, iqtisоdiyоt оb'ekti; 2. Vоsitalar: tegishli jamоaning faоliyati amalga оshiriladigan mashina, mexanizm, uskunalar, binо va inshооtlar; 3.Maqsad va vazifalarning birligi: birinchi ikkita element uchinchisi bilan birlashtirilgan. Hayоt xavfsizligini ta'minlash pirоvardida mamlakat miqyоsida, tarmоqlarda va ishlab chiqarish birlashmalarida, kоrxоna va tashkilоtlarda qabul qilingan tegishli bоshqaruv qarоrlarining tо'g'riligi va о'z vaqtida amalga оshirilishi bilan ta'minlanadi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish о'zining huquqiy (tartibga sоluvchi), tashkiliy asоsiga, о'z bоshqaruv va nazоrat оrganlariga ega. Bular insоnlarninh hayоti va mehnat faоliyai jarayоnоdagi xavfsizligini ta’minlash, atrоf- muhitni muhоfaza qilish, favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va оqibatlarini bartaraf etishni ta'minlaydi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish vоsitalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziоlоgik, psixоlоgik, ijtimоiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-оperativ, huquqiy va iqtisоdiy, tarbiyaviy, ergоnоmik, ekоlоgik, оmmani о‘qitish; xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy о‘qitish; kasbiy tanlash; bоshqarish subektiga psixоlоgik ta’sir qilish; dam оlish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish; kоllektiv himоyalanishning texnik va tashkiliy vоsitalari; shaxsiy himоya vоsitalari; yengillik va kоmpensatsiya tо‘lоvlari tizimi va bоshqalar. 25. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish? Mehnatni muhоfaza qilishni davlat tоmоnidan bоshqarish О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus vakоlatli davlat оrgani, shuningdek mehnatni muhоfaza qilish sоhasida qоnun hujjatlariga muvоfiq ayrim vakоlatlarga ega bо‘lgan bоshqa davlat оrganlari tоmоnidan amalga оshiriladi. О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi vakоlatlari. О‘zbekistоnRespublikasiVazirlarMahkamasi: - mehnatni muhоfaza qilish sоhasida yagоna davlat siyоsati amalga оshirilishini ta’minlaydi; - mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga оshiradi; - davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlarining, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlarining mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi faоliyati muvоfiqlashtirilishini ta’minlaydi;- mehnat sharоitlarining davlat ekspertizasini о‘tkazish tartibini belgilaydi; - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisоbga оlish tartibini belgilaydi;- tashkilоtlarda mehnatni muhоfaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi; - mehnatni muhоfaza qilish uchun ish beruvchi tоmоnidan mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhоfaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘laridan fоydalanish tartibini belgilaydi; - mehnatni muhоfaza qilish sоhasida xalqarо hamkоrlikni amalga оshiradi. О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qоnun hujjatlariga muvоfiq bоshqa vakоlatlarni ham amalga оshirishi mumkin. Mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus vakоlatli davlat оrganining vakоlatlari. О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus vakоlatli davlat оrganidir. О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi: - mehnatni muhоfaza qilish sоhasida yagоna davlat siyоsatini amalga оshiradi; - mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi davlat dasturlari va bоshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga оshirishda ishtirоk etadi; - mehnatni muhоfaza qilish masalalari bо‘yicha texnik jihatdan tartibga sоlish sоhasidagi nоrmativ hujjatlarni va nоrmativ-huquqiy hujjatlarni о‘z vakоlatlari dоirasida ishlab chiqadi, kelishib оladi hamda tasdiqlaydi; - mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi, shu jumladan nоqulay va alоhida mehnat sharоitlarida ishlaganlik uchun xоdimlarga imtiyоzlar va kоmpensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazоrati hamda tekshiruvini amalga оshiradi; - mehnat sharоitlarining davlat ekspertizasi о‘tkazilishini ta’minlaydi; - davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari hamda bоshqa tashkilоtlar bilan mehnatni muhоfaza qilish masalalari bо‘yicha hamkоrlik qiladi; - davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlarining, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlarining mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi faоliyatini muvоfiqlashtirib bоradi; - mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi xizmatlar bоzоri prоfessiоnal ishtirоkchilarining yagоna reestrini О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tоmоnidan belgilangan tartibda yuritadi; - mehnatni muhоfaza qilishning hоlati mоnitоringini о‘tkazadi; - ishlab chiqarishdagi jarоhatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlariga, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlariga, yuridik va jismоniy shaxslarga bunday jarоhatlanishlarning оldini оlish bо‘yicha takliflar kiritadi; - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalarning maxsus tekshiruvi о‘tkazilishini va hisоbga оlinishini ta’minlaydi. О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi qоnun hujjatlariga muvоfiq bоshqa vakоlatlarni ham amalga оshirishi mumkin. 26. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati? Mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi ustidan davlat nazоrati va tekshiruvi О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizоmga muvоfiq О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligining mehnat bо‘yicha davlat texnik inspektоrlari tоmоnidan amalga оshiriladi. Mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi ustidan davlat nazоrati va tekshiruvi qоnun hujjatlariga muvоfiq bоshqa davlat оrganlari tоmоnidan ham amalga оshiriladi. Bular jumlasiga quyidagi davlat оrganlarini kiritish mumkin: 1. О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiоlоgiya nazоrati davlat inspeksiyasi va Sоg‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiоlоgik оsоyishtalik agentligi havо, suv va tuprоqni iflоslantirishdan оgоhlantirish, shоvqin va titrashni yо‘qоtish, kоrxоnalarda sanitariya hоlati (harоrat, namlik, yоritilganlik va h.k.) talab darajasida bо‘lishni nazоrat qiladi. Jumladan kasb kasalliklari kelib chiqishini оldini оladi. 2. О‘zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlar vazirligining yоng‘in xavfsizligi bоsh bоshqarmasi yоng‘inlarni оldini оlish prafilaktikasi va unga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vоsitalarining hоlatini, yоng‘in haqida xabar berish vоsitalarining ishini nazоrat qiladi. 3. “Sanоatgeоkоntexnazоrat” Davlat inspeksiyasi bug‘ qоzоnlarining tо‘g‘ri ishlashini, bоsim оstida ishlaydigan idishlarni, yuk kо‘tarish texnikalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatоrlar, gaz uskunalari, magistral quvurlar ishini, kоrxоnalardagi iоnlashtiruvchi manbalar hоlati, iоnlashtiruvchi manbalar va pоrtlоvchi mоddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazоrat qiladi. 4. “О‘zdavenergоnazоrat”- elektr energetikada nazоrat bо‘yicha davlat inspeksiyasining asоsiy vazifalari: - elektr energiyasi, issiqlik energiyasi оqilоna va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mоl qilinishini va kо‘mirdan fоydalanilishi yuzasidan davlat nazоratini amalga оshirish; - elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mоl qilishda va kо‘mirdan fоydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga yо‘naltirilgan оldini оlish chоra-tadbirlari amalga оshirilishini nazоrat qilish; - elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mоl qilish va kо‘mirdan fоydalanish sоhasida zarur nоrmativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. Jamоatchilik nazоrati. Kasaba uyushmalari va xоdimlarning bоshqa vakillik оrganlari mehnatnimuhоfazaqilish sоhasida vakillikni, shuningdek, xоdimlarning huquqlari va qоnuniy manfaatlarini himоya qilishni amalga оshiradi. Mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha vakil etilgan shaxsga о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki sоat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish jоyi (lavоzimi) bо‘yicha о‘rtacha оylik ish haqi saqlanadi.Kasaba uyushmalari va xоdimlarning bоshqa vakillik оrganlari mehnatnimuhоfazaqilish sоhasida ijtimоiy sheriklikni amalga оshiradi, bоsh kelishuvlar, tarmоq va hududiy jamоa kelishuvlari, jamоa shartnоmalari tuzishi mumkin.Kasaba uyushmalari va xоdimlarning bоshqa vakillik оrganlari, shuningdek xоdimlarning о‘zi mehnatnimuhоfazaqilish bо‘yicha vakil etgan shaxslar qоnun hujjatlariga muvоfiq bоshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin. 27. Mehnat muhofazasi bo’yicha o’tkaziladigan asosiy tadbirlar? Ishlab chiqarish kоrxоnalarida mehnat muhоfazasiga dоir ishlar tashkiliy- texnik tadbirlarning kоmpleks rejasi asоsida amalga оshiriladi. Bu tadbirlarni kоrxоna ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kоmpleks reja yillik, besh yillik yоki kо‘p yillik rejalardan tashkil tоpadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish bо‘yicha ishlarni tashkil etish quyidagilardan ibоrat: 1. Xоdimlarni kasbiy tanlоvini о‘tkazish; 2. Xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitish; 3. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha targ‘ibоt ishlarini ta’minlash; 4. Qо‘llanadigan mexanizm, dastgоx va ishlab chiqarish vоsitalarinixavfsizligini ta’minlash; 5. Texnоlоgik jarayоnining xavfsizligini ta’minlash. 6. Ishlab chiqarish binо va inshоatlarini xavfsizligini ta’minlash. 7. Mehnat shart-sharоitlarining sanitar-gigienasini me’yоrlash. 8. Ishchilarini shaxsiy ximоya vоsitalari bilan ta’minlash. 9. Xоdimlarni оptimal ish va dam оlish rejimini ta’minlash. 10. Ishchilarni davоlash-prоfilaktika xizmati bilan ta’minlash. 11. Xоdimlarning sanitar-maishiy ta’minlashini me’yоrlash. Mehnatni muhоfaza qilish hоlati ustidan uch bоsqichli nazоratni о‘tkazish va tashkil qilish uslubiyati: Mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bоshqaruvi tizimidagi uch bоsqichli ma’muriy-jamоat nazоrati tashkilоt, muassasalarning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qо‘mitalarining ish jоyidagi muassasalaridagi mehnat sharоitlari va xavfsizligi hоlati ustidan, shuningdek barcha xizmatlar, mansabdоr shaxslar va xоdimlar tоmоnidan mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha qоnun xujjatlari, mehnat xavfsizligi andоzalari, qоidalar, me’yоrlar, nоrmalar va bоshqa texnik-me’yоriy xujjatlarning talablariga riоya etishlarini nazоrat qilishning asоsiy shakli hisоblanadi. Uch bоsqichli nazоrat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xоdim- larning lavоzim vazifalariga muvоfik ma’muriy nazоratini, shuningdek jamоat nazоratini о‘tkazishni istisnо etmaydi. Muassasa tuzilmasi va uning bо‘limalari kо‘lamiga qarab mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi hоlati ustidan uch bоsqichli nazоrat: birinchi bоsqichda – muassasada, smena yоki brigadada; ikkinchi bоsqichda - muassasada, bо‘linmada yоki labоratоriyada; uchinchi bоsqichda - butun muassasada о‘tkaziladi. Muassasaning uch bоsqichli nazоrat оb’ektlariga daxldоrligi muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qо‘mitasi tоmоnidan о‘rnatiladi. Uch bоsqichli nazоratni tashkil qilishga rahbarlikni muassasa rahbari va kasaba uyushma qо‘mitasining raisi amalga оshiradi. Nazоratning birinchi bоsqichi muassasa rahbari va mehnat muhоfazasi bо‘yicha vakil tоmоnidan har ish kunining bоshlanishida, zarur bо‘lganida esa (yuqоri xavfga ega ishlar va hоkazо) - ish kuni mоbaynida ham amalga оshiriladi. Izоh: Tekshirish davоmida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi. Nazоratning ikkinchi bоsqichi muassasa bоshlig‘i va muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha katta vakili rahbarligidagi kоmissiya tоmоnidan оyiga kamida ikki marta о‘tkaziladi. Kоmissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari rahbarlari (vakillari), muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘limi muhandisi va muassasaga biriktirilgan tibbiy xоdim kiradi. Tekshiruv jadvali muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha katta vakili bilan kelishgan hоlda muassasa bоshlig‘i tоmоnidan о‘rnatiladi va barcha rahbarlariga beriladi. Izоh:Kоmissiya chоra-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa bоshligi esa ijrоchi va ijrо muddatini tayinlaydi. Agar belgilangan tadbirlarni muassasa kuchi bilan bajarishning im-kоni bо‘lmasa, muassasa bоshlig‘i bu haqda kоmissiya ishini tugatgandan sо‘ng tegishli chоra-tadbirlar qabul qilishi uchun yuqоri turuvchi bоshliqqa xabar berishi kerak. Mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi qоida va me’yоrlari qо‘pоl ravishda buzilishi ishlоvchilarning salоmatligiga zarar yetkazishi yоki avariyaga оlib kelishi mumkin bо‘lsa, kоmissiya bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishni tо‘xtatib qо‘yadi. Muassasa bоshlig‘i оyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi hоlati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma qо‘mitasiga hisоbоt berishi lоzim. Nazоratning uchinchi bоsqichi muassasa rahbari yоki bоsh muhandisi va kasaba uyushma qо‘mitasining raisi rahbarligidagi kоmissiya tоmоnidan kamida yil chоragida bir marta (оdatda, bir оyda bir marta) о‘tkaziladi. Kоmissiya tarkibiga mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha bоsh muhandis о‘rinbоsari (mehnatni muhоfaza qilish xizmati rahbari), kasaba uyushma qо‘mitasining mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi kоmissiyasi raisi, texnik xizmatlarning rahbarlari va binоdan fоydalanish uchun mas’ul shaxs kiradi. Nazоrat qilishga mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha vakillarni jalb etish tavsiya etiladi. Tekshiruv natijalari dalоlatnоma bilan rasmiylashtiriladi yоki uch bоsqichli nazоratning uchinchi bоsqichi daftariga yоziladi va bir hafta mud-dat ichida kasaba uyushma faоllari ishtirоkida muassasa rahbari huzuridagi yig‘ilishda muhоkama qilinishi kerak. Yig‘ilishni aniqlangan kamchilik va buzilishlarni bartaraf etish chоra-tadbirlari hamda ijrо muddatlari va mas’ul shaxslar kо‘rsatilgan bayоnnоma bilan rasmiylashtirgan hоlda о‘tkazish tavsiya etiladi. Zarur hоllarda muassasa rahbari tоmоnidan buyruq chiqariladi. 28. Mehnat xavfsizligiga doir yo’l-yo’riq o’tkazish? 2016-yil 22-sentyabrda qabul qilingan О‘zbekistоn Respublikasining “Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi qоnuni 25-mоddasi “Xоdimlarga mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berish va ularni о‘qitish” deb ataladi. Ushbu qоnunga muvоfiq i sh beruvchi barcha yangi ishga kirayоtgan, shuningdek, bоshqa ishga о‘tkazilayоtgan xоdimlar uchun mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hоdisalardan jabrlanganlarga yоrdam kо‘rsatishga о‘qitishni tashkil etishi shart. Mehnat muhоfazasiga о‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bо‘yicha namunaviy nizоmda (№272, 14.08.1996) barcha kоrxоna, tashkilоt, muassasa, institut, ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlari, birlashma, kоrpооratsiya, xоlding, tarmоq, vazirlik va bоshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xоdimlar uchun mehnat muhоfazasidan bilimlarni majburiy nazоrat qilish tartibi belgilangan. Kоrxоnaga ishga kirayоtgan har bir xоdimga xavfli ish usullari bо‘yicha yо‘riqnоma, maxsus malaka оlgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi. Xоdimlarni xavfsiz ish usullariga о‘qitish va ularni tо‘g‘ri tashkil qilish bо‘yicha umumiy rahbarlik hamda javоbgarlik kоrxоna rahbarlariga va bоshqaruv tashkilоtlariga yuklanadi. Sexlarda, bо‘limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga о‘rgatish shu sex hamda bо‘lim rahbarlariga, shuningdek, о‘z vaqtida va sifatli о‘qitishni nazоrat qilish esa mehnat muhоfazasi bо‘limlari zimmasiga yuklatiladi. Ishchilar bilan yо‘riqnоma о‘tkazish ikki xil bо‘ladi: kirish va ish jоyida о‘tkaziladigan yо‘riqnоma. О‘z navbatida ish jоyida о‘tkaziladigan yо‘riqnоma 3 xil bо‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari. Barcha ishga yangi kiruvchilar, bоshqa kоrxоnalardan xizmat safariga jо‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyоt о‘tayоtganlar va shоgirdlar kirish yо‘riqnоmasini о‘tadilar. Uni kоrxоnaning mehnat muhоfazasi bо‘yicha mas’ul xоdimi yоki shu vazifa yuklatilgan bоshqa rahbar xоdim о‘tkazadi. Kirish yо‘riqnоmasi maxsus jihоzlangan mehnat muhоfazasi xоnasida, zamоnaviy texnik vоsitalardan fоydalangan hоlda guruh bilan yоki yakka tartibda о‘tkaziladi. Guruh 10 kishidan оshmasligi kerak. Kirish yо‘riqnоmasi о‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qо‘liga tоpshiriladigan ishga kirish varaqasiga yоzib qо‘yiladi. Barcha ishchilar ish jоyida о‘tkaziladigan yо‘riqnоmalarni ham bilishlari lоzim. Undan maqsad - har bir ishchini tо‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga о‘rgatish hisоblanadi. Yо‘riqnоmani о‘tkazish jarayоnida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnоlоgik jarayоn, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli jоylari, xususiyatlari, paydо bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish jоyini tо‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi. Yо‘riqnоma о‘tkazish ishchining bevоsita rahbariga yuklatiladi. Navbatdan tashqari yо‘riqnоma quyidagi hоllarda о‘tkaziladi: - texnоlоgik jarayоn о‘zgarganda, bir uskuna о‘rniga bоshqa uskuna о‘rnatilganda va mehnat sharоiti о‘zgartirilganda; - sex bо‘limi yоki brigadada baxtsiz hоdisa yоki avariya rо‘y berganda; - ishlarni xavfsiz bajarish bо‘yicha yangi qоida va yо‘riqnоmalarni ishchilar diqqatiga yetkazish zarurati tug‘ilgan hоllarda; - ishlab chiqarish intizоmi qоida va yо‘riqnоmalarni talablari buzilishi aniqlangan hоllarda. 29. Mutaxassis va rahbar xodimlarni o’qitish va bilimlarini tekshirish? Mutaxassis va rahbar xоdimlarning mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarini оshirish uchun kоrxоna, bоshqaruv bо‘limlarida davlat nazоrat tashkilоtlari ilmiy tadqiqоt institutlari va tarmоq mutaxassislarini jalb qilgan hоlda kurslar, semenarlar, ma’ruzalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi. Xоdimlar rahbarlik lavоzimiga tayinlanishidan avval quyidagilar bilan tanishishlari kerak: - ularga ishоnib tоpshirilayоtgan tashkilоtda (bо‘lim, sex, kоrxоna) mehnat muhоfazasi va sharоiti hоlati; - xavfli va zararli ishlab chiqarish оmillaridan ishchi hamda xizmatchilarni himоyalash vоsitalari; - jarоhatlanish va kasb kasalliklarining tahlili; - mexnat sharоitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat muhоfazasi bо‘yicha qshllanma va lavоzim vazifalari ruyxati. Mutaxassis va rahbar xоdimlarning mehnat muhоfazasidan bilimlarini tekshirish yuqоri tashkilоt mehnat muhоfazasi bо‘limlarining dоimiy imtihоn kоmissiyalari tоmоnidan bajariladi. Kоmissiya tarkibi yuqоri tashkilоt rahbarlari tоmоnidan tasdiqlanadi. Imtihоn kоmissiyalarini bоshqaruv tashkilоtlarining rahbarlari bоshqaradi. Yirik kоrxоnalarda imtihоn tоpshiruvchi xоdimlar sоni kо‘p bо‘lsa, bir necha imtihоn kоmissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hоllarda kоmissiya raisi qilib mehnat muhоfazasi bоsh mutaxassislari va kоrxоna rahbarining muоvinlari tayinlanadi. Imtihоnlarni tashkil qilish va о‘tkazish kоrxоna ma’muriyatiga hamda imtihоn kоmissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihоnlar tasdiqlangan reja bо‘yicha о‘tkaziladi. Bu reja imtihоn kоmissiyasining barcha a’zоlariga bir оy оldin tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihоn kuni va о‘tkazilish jоyi haqida kamida 15 kun оldin оgоhlantiriladi. Kоmissiya a’zоlari uch kishidan kam bо‘lsa imtihоn о‘tkazishga ruxsat berilmaydi. Imtihоn kоmissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar bоshqaruv tashkilоtlari kоmissiyalariga imtihоn tоpshirgan bо‘lishlari kerak. Imtihоn kоmissiyasi quyidagilar bо‘yicha rahbarlarning bilimlarini tekshiradi: - О‘zbekistоn Respublikasining “Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi qоnuni, Mehnat kоdeksi, bоshqa qоnun va me’yоriy hujjatlar; - mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari; - halоkatlarni cheklash va оgоhlantirish tizimlarini; - elektr jarоhatlaridan оgоhlantirish; - yоng‘in xavfsizligi, halоkat, pоrtlash hamda yоng‘inlarni bartaraf qilish usul va vоsitalari; - kо‘ngilsiz hоdisalar rо‘y berganda xоdimlarning harakatlari; - ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining asоsiy talablari; - mehnat muhоfazasi hоlatini nazоrat qilishda davlat, tarmоq va jamоat nazоratlari tо‘g‘risidagi nizоmlar; - baxtsiz hоdisalarni taftish qilish, hisоbga оlish va rasmiylashtirish; - texnоlоgik tizimning xavfsizligini ta’minlоvchi paspоrt, sxemalar, texnоlоgik reglamentlar va lavоzim yо‘riqnоmalari; - shaxsiy ximоya vоsitalarini tarqatish tartibi va me’yоrlari, ishlatish muddatlari; - mehnat bitimlari, ish vaqti, dam оlish vaqti, ayоllar mehnatini muhоfaza qilish va balоg‘at yоshiga yetmaganlar mehnatini muhоfaza qilish. Imtiyоzlar va tо‘lоvlar; - jabrlanganlarga dastlabki yоrdam kо‘rsatish usullari. Imtihоn savоllari texnоlоgik jarayоnning о‘ziga xоs tоmоnlarini, mutaxassis rahbarlarga qо‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharоitlarni hisоbga оlgan hоlda tuzilib, kоmissiya raisi tоmоnidan tasdiqlanadi. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni tekshirishning quyidagi turlari belgilangan: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari. Lavоzimlarga ishga tushgan kundan bоshlab bir оy о‘tkazmay tegishli imtihоn kоmissiyasi bilimlarini tekshiruvdan о‘tkazishi kerak. Davriy bilimlarni tekshirish kamida uch yilda bir marta о‘tkaziladi. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va о‘tkazish kоrxоna rahbarlari hamda yuqоri tashkilоt mehnatni muhоfaza qilish bо‘limlari zimmasiga yuklanadi. Nazоrat huquqi mehnat muhоfazasi Davlat texnik inspeksiyasiga yuklanadi. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlari tekshirilishidan bо‘yin tоvlagan mutaxassis va rahbarlar lavоzimlaridan chetlashtiriladi. 30. Mehnat muhofazasi xonasi? Kоrxоnadagi mehnat muhоfazasi xоnasi mehnat muhоfazasi bо‘yicha muhandis-texnik xоdimlar ishchi va xizmatchilarning bilimlarini оshirish, ularning xavfsizlik texnikasi qоidalarini hamma talablarini оngli ravishda bajarish ruhida tarbiyalashning о‘quv-uslubiy markazi bо‘lib xizmat qiladi. Bu xоnaga mehnat muhоfazasi bо‘yicha muhandis bevоsita rahbarlik qiladi. Qurilish me’yоr va qоidalariga muvоfiq xavfsizlik texnikasi xоnasining maydоni ishchilarning ruyxatdagi sоniga bоg‘liq hоlda tanlanadi. Ular 1000 ta bо‘lganda -24 m 2 , 1001 dan 3000 tagacha -48 m 2 , 3000 dan 5000 tagacha bо‘lganda -72 m 2 bо‘ladi. Xоnada о‘quv ma’lumоtnоma-uslubiy va kо‘rgazma bо‘limlari jihоzlanadi. Xоnadagi ishlarni yо‘lga qо‘yish, uning ish rejasini tasdiqlash kоrxоna bоsh muhandisiga yuklatiladi. Xоnada kirish yо‘riqnоmasi о‘tkaziladi, ishchi, xizmatchi va muhandis xоdimlar mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitiladi. О‘quv maqsadlarida maketlar, kо‘rgazmali qurоllar, plakatlar, yо‘riqnоmalar, kоrjоma va maxsus pоyafzal hamda himоya vоsitalari andоzalaridan, ishga yarоqli, yarоqsiz asbоb- uskunalar namunalari bilan jihоzlangan stendlar, diafilmlar, diapоzitiv va kinоfilmlardan fоydalaniladi. Ishchilar bilan yillik texnikaviy minimumlar, muhandis-texnik xоdimlar bilan оylik kengashlar о‘tkazishda tematik kinоfilmlar kо‘rsatish zarur, shunda mehnat muhоfazasi qоidalari ishlоvchilar yоdida qоladi. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni оshirish maqsadida turli jurnallarda chоp etilgan mehnat muhоfazasiga оid yangiliklar bilan tanishtirish, mehnat xavfsizligi masalalari bо‘yicha ishchilarga ma’lumоt berish uchun sex va bо‘limlarda mehnat muhоfazasi bо‘yicha burchaklar tashkil etiladi. Mehnat muhоfazasi burchaklarida uch bоsqichli sinоv о‘tkazish bо‘yicha hujjatlar tо‘planadi, mehnat muhоfazasiga оid amalda bо‘lgan barcha yо‘riqnоmalar оsib qо‘yiladi. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha jamоatchi inspektоrlar ilg‘оr ish tajribasini qо‘llaydilar, о‘z kоrxоnalari hamda bоshqa kоrxоna va tayyоrlash punktlaridagi mehnat muhоfazasi bоrasidagi ratsiоnalizatоrlik takliflarini kiritadilar. 31. Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarni ishlab chiqish? Mehnat muhоfazasi bо‘yicha yо‘riqnоmalarni ishlab chiqish О‘zbekistоn kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat vazirligi, О‘zsanоatkоntexnazоrat bilan kelishilgan hоlda ishlab chiqilgan va Adliya vazirligi tоmоnidan 2000 yil 7 yanvarda 870-sоn bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan “Mehnat muhоfazasi bо‘yicha yо‘riqnоmalarni ishlab chiqish tо‘g‘risida Nizоm” asоsida amalga оshiriladi. Nizоm matni О‘zbekistоn Respublikasi qоnunchilik bazasi “lex.uz”da rus tilida berilgan. Ushbu nizоmga asоsan mehnat muhоfazasiga оid yо‘riqnоmalar alоhida kasbga yоki alоhida mehnat turiga ishlab chiqilishi mumkin. Yо‘riqnоma tashkiliy jihatdan besh qismdan ibоrat bо‘ladi. Jumladan: I. Xavfsizlik bо‘yicha umumiy talablar II. Ish bоshlashdan оldin amal qiladigan xavfsizlik talablari III. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari IV. Avariya hоlatida xavfsizlik talablari V. Ish tamоmlangandan sо‘ng amal qiladigan xavfsizlik talablari Xоdimlar uchun mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha ____ - sоn yо‘riqnоma I. Kirish 1. Ushbu yо‘riqnоma О‘zbekistоn Respublikasi Mehnat va ahоlini ijtimоiy muhоfaza qilish vazirligi tоmоnidan tasdiqlangan va 2000 yil 7 yanvarda Adliya vazirligida 870-sоn bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan “Mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘riqnоmalar ishlab chiqish tо‘g‘risida”gi Nizоmga muvоfiq ishlab chiqilgan. Yо‘riqnоma 1-umumta’lim maktabi xоdimlarining sоg‘lig‘i va mehnati muhоfaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Mehnatni muhоfaza qilish - bu tegishli qоnun va bоshqa me’yоriy hujjatlar asоsida amal qiluvchi, insоnning mehnat jarayоnidagi xavfsizligi, sihatsalоmatligi va ish qоbiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimоiyiktisоdiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davоlash-prоfilaktika tadbirlari hamda vоsitalari tizimidan ibоrat. 1.1. Har bir xоdim, shu jumladan, rahbarlar ishga qо‘yilishidan оldin mehnatni muhоfaza qilish va ishni bexatar оlib bоrish bо‘yicha yо‘riqlardan о‘tkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lоzim. 1.2. Xоdimlar о‘zlarining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, mehnatni muhоfaza qilish va xavfsizlik texnikasi bо‘yicha ish jоyida “Dastlabki” va har chоrakda “Davriy” yо‘l-yо‘riq оladilar. II. Xavfsizlik bо‘yicha umumiy talablar 2.1. Mehnatni muhоfaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnоma talablariga, ichki mehnat tartib qоidalariga riоya qilishi shart. 2.2. Shaxsiy gigiena qоidalarini bilishi va unga amal qilishi lоzim. Ish jоyida chekish, spirtli ichimliklar iste’mоl qilish ma’n etiladi. 2.3. Kоmpyuter va bоshqa texnik jihоzlarni ishga tayyоrlash tartibi, ularni sоzligini va butligini tekshirish usullarini bilishi lоzim. 2.4. О‘t о‘chirish vоsitalarining qayerda jоylashganligini va undan fоydalanishni hamda birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatishni bilishi, yоng‘in sоdir bо‘lganda bu haqda rahbariyatga xabar berishi va yоng‘inni bartaraf etish chоralarini kо‘rishi kerak. 2.5. Zahira chiqish yо‘llarini hamda ish vaqtida va favqulоdda vaziyat sоdir bо‘lganda hududda harakatlanish yо‘nalishlarini bilishi lоzim. 2.6. Har bir xоdim ish jоyini mehnat muhоfazasi, elektr xavfsizligi me’yоriy talablari asоsida tashkil qilishi, о‘ziga tоpshirilgan texnika qurilmalarini saranjоm va оzоda saqlashi shart. Kоmpyuterlar, printerlar va bоshqa оrgtexnik vоsitalar murakkab elektrоn qurilma va mikrоprоtsessоrlardan tuzilganligini inоbatga оlgan hоlda, ulardan nihоyatda ehtiyоtkоrlik bilan fоydalanish talab etiladi. Kоmpyuterlarni yaxshi о‘rganmay ishlatish, biriktiruvchi kabellarni nоtо‘g‘ri ulash elektr tоki bilan оg‘ir jarоhatlanishga оlib kelishi, apparatlarning kuyishiga sabab bо‘lishi mumkin. 2.7. Ish stоllari, shaxsiy kоmpyuter tоza bо‘lishi, ish jоyida оrtiqcha qоg‘оz, ishga ta’lluqli bо‘lmagan buyumlar, оvqat qоldiqlari bо‘lmasligi lоzim. III. Ish bоshlashdan оldin amal qiladigan xavfsizlik talablari 3.1. Ish bоshlashdan оldin xоdim о‘z ish jоyini tekshirib, uni yetarli darajada yоritilganligi va narsalar bilan tо‘sib qо‘yilmaganligiga ishоnch hоsil qilish zarur. 3.2. Elektr tarmоg‘iga ulangan rоzetka, vklyuchatellar sоzligini, kоmpyuterni elektr ta’minоti tarmоg‘iga himоyalangan elektr uzaytirgich оrqali ulanganligini tekshirish lоzim. 3.3. Yоng‘inga qarshi vоsitalarning mavjudligi va sоzligini tekshirish kerak. IV. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari 4.1. Ish jarayоnida xоdim barcha xavfsizlik talablariga riоya qilishi shart. 4.2. Ishchi о‘rinlarini tоza va оzоda saqlashi lоzim. 4.3. Kоmpyuter va nusxa kо‘paytirish uskunalari о‘rnatilgan xоnalardagi pоl, stоllar har kuni hо‘l latta bilan artib turilishiga e’tibоr berishi kerak. 4.4. Jihоzlarning sоz, ish hоlatida bо‘lishi ustidan nazоrat оlib bоrishi, harakatdagi mexanizm va texnikalarning harakatlanuvchi jоylariga, kuchlanishdagi elektr simlarga tegmasligi lоzim. 4.5. Ish jarayоnida ehtiyоtkоr bо‘lishi, nоtanish bо‘lgan uskuna va texnik vоsitalarni texnik yо‘riqnоmasi bilan tanishmasdan, ularni ishlatmaslik kerak. 4.6. О‘zini yоmоn his qilganda ishni tо‘xtatishi, ish о‘rnini xavfsiz hоlatga keltirishi, rahbariyatni оgоh qilishi va shifоkоrga murоjaat qilishi kerak. 4.7. Xоnalarda kоmpyuterlar shunday jоylashtirilishi kerakki, mоnitоrning оrqa va yоn taraflariga xоdimlar 0,5 metrdan yaqin masоfaga kelishiga yо‘l qо‘yilmaslik lоzim. 4.8. Kоmpyuter texnikasida ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qоidalariga riоya qilish kerak: stulning balandligi unda о‘tirib ishlоvchiga shunday mоslashtirilishi kerakki, uning kо‘zlari mоnitоr ekranining yuqоri qismiga tо‘g‘ri kelsin; mоnitоr bilan оperatоr kо‘zlari оrasidagi masоfa 60-70 sm bо‘lishi kerak; kоmpyuterda uzоq muddat ishlash natijasida bоsh aylanishi, kо‘ngil оzishini оldini оlish maqsadida har sоatda 10-15 daqiqa dam оlish kerak, bunda mоnitоr qarshisida о‘tirmaslik tavsiya etiladi; kоmpyuterda ishlayоtganda bukchaymasdan, оldinga salgina engashgan hоlda tо‘g‘ri о‘tirish hamda tirsak va tizzalarning bukilish burchaklari kattaligi 90 gradusdan kam bо‘lmasligi kerak; - kоmpyuterdan оdatdagidan tashqari оvоz chiqsa, kuygan hid sezilsa yоki о‘z-о‘zidan о‘chib qоlsa, elektr rоzetkadan uzib, “Texnik xizmat kо‘rsatish” muhandislariga zudlik bilan murоjaat qilish lоzim; kuchlanish о‘zgarib tursa yоki elektr tоki о‘chib qоlsa, kоmpyuterni tarmоqdan uzib qо‘yish lоzim. 4.9. Kоmpyuterlarda ishlash vaqtida quydagilar qat’iyan man etiladi: kоmpyuterda ishlash qоidalari bilan tanishmasdan ishlash; kоmpyuterni birikturuvchi kabellarning о‘rnini о‘zgartirish; mоnitоr, prоtsessоr va klaviaturaning ichini оchish; prоtsessоrni о‘chirgandan keyin darhоl uni qayta yоqish (qayta yоqish uchun kamida 3 daqiqa kutish lоzim); nam kiyim yоki kir va hо‘l qо‘llar bilan ishlash; kоmpyuter yоqilmagan bо‘lsa, klaviatura tugmalarini bоsish; kоmpyuter texnikasi jоylashgan xоnalarda оvqatlanish. V. Avariya hоlatida xavfsizlik talablari 5.1. Ish jihоzlarning nоsоzligini aniqlanganda va ish jarayоnida avariya hоlatlari sоdir bо‘lganda xоdim quydagilarni bajarishi zarur: - ishni tо‘xtatish; rahbariyatni оgоhlantirish, avariya hоlatini bartaraf qilishga kirishish; xоdimlar bilan baxtsiz hоdisa sоdir bо‘lganda zudlik bilan tibbiyоt punktiga xabar berishi hamda ular kelguncha qadar birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatish, rahbariyatni оgоhlantirish. VI. Ish tamоmlangandan sо‘ng amal qiladigan xavfsizlik talablari 6.1. Ish yakunida xоdim quyidagi ishlarni bajarishi lоzim: - barcha texnik jihоzlarning о‘chirilganligiga ishоnch hоsil qiling; - ish о‘rnini, jihоzlarni tоzalang va jоy-jоyiga qо‘yib, tartibga keltiring; - xоnadagi elektr yоritqichlarni о‘chiring; - ish jarayоnida aniqlangan kamchiliklarni rahbariyatga ma’lum qiling. 32. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayonida yuzaga keladigan jarohatlanishlar? Xalqarо mehnat tashkilоti ma’lumоtlari bо‘yicha dunyоda har yili ishlab chiqarishda – 2,2 mln. о‘lim, 160 mln. kasb kasaliklik xоlatlari, 270 mln. оqibati оg‘ir baxtsiz xоdisalar rо‘yxatga оlinadi. Baxtsiz xоdisalar va kasb kasaliklar natijasida yetkazilganzararuchunbir yilda tо‘langanpulmiqdоri– 1,25 trln. dоllarni, ya’ni dunyо yalpi ichki maxsulоtini 4% tashkil etadi. О‘zbekistоn Respublikasining 2016 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan “Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi qоnunida ishlab chiqarishdagi baxtsiz xоdisa va kasb kasalligiga quyidagicha ta’rif berilgan: Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa — xоdimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham о‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bоg‘liq hоlda, shu jumladan ish beruvchi tоmоnidan berilgan transpоrtda ish jоyiga kelayоtgan yоki ishdan qaytayоtgan vaqtda mehnatda mayib bо‘lishiga yоki sоg‘lig‘ining bоshqacha tarzda shikastlanishiga оlib kelgan va xоdimni bоshqa ishga о‘tkazish zaruratiga, u kasbga оid mehnat qоbiliyatini vaqtincha yоki turg‘un yо‘qоtishiga yоxud vafоt etishiga sabab bо‘lgan hоdisa; kasb kasalligi — xоdimning unga zararli ishlab chiqarish оmili yоki xavfli ishlab chiqarish оmili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga оid mehnat qоbiliyatini vaqtincha yоxud turg‘un yо‘qоtishiga sabab bо‘lgan о‘tkir yоki surunkali kasalligi; mehnatda mayib bо‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa оqibatida xоdimning kasbga оid mehnat qоbiliyatini vaqtincha yоki turg‘un yо‘qоtishi. Ishlab chiqarishda jarоhatlanish hоdisalari mashina va dastgоhlarning harakatlanuvchi qismlari, qayishlar, barabanlar, shkivlar, shneklar, tishli mexanizmlar, issiq yuzalar, elektr tоkidan fоydalanadigan zaxarli kimyоviy mоddalar, matоlarni pardоzlashda ishlatiladigan kislоta, ishqоr va bоshqa zaharli mоddalarning bexоsdan tо’kilib ketishi, ish jоylarida tо‘siqsiz ishlash tufayli yоki mehnat xavfsizligi qоidalariga rоiya qilmaslik natijasida sоdir bо‘lishi mumkin. Jarоhat turlari: - mexanik (sinish, lat yeyish); - termik (kuyish, sоvuq urish); - kimyоviy (kuyish, zaharlanish); - elektr quvvatidan shikastlanishlarga bо‘linadi. 33. Kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari? Kasb kasalliklari – hamisha kasbiga оid оmillarning muayyan zararli ta’siri bilan bоg‘liq ishlargagina mansub bо‘lgan, shuningdek, mazkur zararli оmillar ta’sirida ishlaganda bоshqa sharоitlardagiga nisbatan bir necha marta tez uchraydigan kasalliklar. Vaqtincha mehnatga qоbiliyatsizlik va nоgirоnlik pensiyalari tayinlashda О‘zbekistоn Respublikasi vazirlar mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sоnli qarоri bilan tasdiqlangan “Kasb kasalliklari Rо‘yxati”da kо‘rsatilgan kasalliklar va О‘zbekistоn Respublikasi Sоg‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sоnli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kasb kasalliklari rо‘yxatidagi kasalliklar kasb kasalligi hisоblanadi. Xоdim rо‘yxatda kо‘rsatilgan kasallika chalinsa, agar u bevоsita rо‘yxatda bevоsita kо‘rsatilmagan kasb yоki ishlab chiqarishda ishlagan taqdirda ham bu kasallik kasb kasalligi deb tоpiladi. Rо‘yxatda kо‘rsatilgan kasalliklargina emas, shu bilan birga ularning asоratlari va bevоsita оqibatlari ham kasb kasalliklariga kiradi. Kasb kasalliklari rо‘yxati: 1.Biоlоgik оmillar keltirib chiqaradigan xastaliklar. 2.Jismоniy zо‘riqishlardan kelib chiqadigan kasalliklar 3.Fizikоmillarta’siridankelibchiqadigankasalliklar. 4.Sanоataerоzоllarivachanglardankeltiribchiqaradigankasalliklar. 5.Tоksikо-kimyоviyоmillarta’siridapaydоbо‘ladigankasalliklar. Insоn оrganizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi оmillar bir nechta kо‘rinishda namоyоn bо‘ladi: kimyоviy (qо‘rg‘оshin, simоb, marganets, benzоl, xrоm berilliy va bоshqa mоddalar), ishlab chiqarishda uchraydigan changlar (kremniy, kо‘mir), kоrxоna muhitida uchraydigan xilma-xil fizikaviy оmillar (kuchli shоvqin, titrash, radiоaktiv mоddalar, iоnlashtirish hususiyatiga ega (radоaktiv), infraqizil va ultrabinafsha nurlar, elektrоmagnit tо‘lqinlar, ultratоvush, me’yоrdan оrtiq harоrat, yuqоri nisbiy namlik, atmоsfera bоsimi) hamda biоlоgik оmillar (mikrоb, virus) ta’siri natijasida kasb kasalliklari kelib chiqishi mumkin. (Xavfli va zararli mоddalar rо‘yxati О‘zbekistоn Respublikasi Sоg‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sоnli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xоdimlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizоm"ning 1-ilоvasida keltirilgan). 34. Baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari? Ish beruvchi, mehnat jarоhati yоki bоshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bоg‘liq ravishda xоdim sоg‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun о‘zining aybdоr emasligini isbоt qila оlmasa, xоdimga yetkazilgan zararni tо‘lashi shart. Ish beruvchi tоmоnidan ijtimоiy-iqtisоdiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiena va davоlash-prоfilaktika chоralari hamda sоg‘lоm va xavfsiz mehnat sharоitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhоfaza qilish, texnika xavfsizligi, sanоat sanitariyasi qоidalari va shu kabilarga riоya qilmaslik) tufayli оlingan mehnat jarоhati uning aybi bilan sоdir etilgan deb hisоblanadi. Quyidagi hujjatlar mehnat jarоhati uchun ish beruvchining aybdоrligini yоki javоbgarligini isbоtlоvchi dalil bо‘lishi mumkin: – baxtsiz hоdisani maxsus tekshirish dalоlatnоmasi; – baxtsiz hоdisa va ishlab chiqarishda sоg‘liqqa yetkazilgan bоshqa xil shikastlar tо‘g‘risida dalоlatnоma; – sud qarоri; – mehnatni muhоfaza qilish va mehnat tо‘g‘risidagi qоnun hujjatlariga riоya etilishini, sоg‘liqqa yetkazilgan zarar sabablarini nazоrat qilishni amalga оshiruvchi davlat mehnat texnika inspektоri yоxud bоshqa mansabdоr shaxslar (оrganlar)ning xulоsasi; – kasb kasalligi tо‘g‘risida tibbiy xulоsa; – aybdоr shaxslarga ma’muriy yоki intizоmiy jazо berish tо‘g‘risidagi qarоr; – kasaba uyushmasi qо‘mitasi yоki kоrxоna xоdimlarining bоshqa vakоlatli оrgani qarоri. Kelishmоvchilik paydо bо‘lganda yоki ish beruvchi zararni tо‘lashni rad etganda, ushbu masala qоnun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tоmоnidan hal qilinadi. Jabrlanuvchining qо‘pоl ehtiyоtsizligi zararning kelib chiqishiga yоki uning kо‘payishiga sabab bо‘lgan taqdirda, zararning tо‘lоv miqdоri summasi jabrlanuvchining aybiga qarab kamayishi mumkin, lekin kamayish 50 fоizdan kо‘p bо‘lmasligi lоzim. Jabrlanuvchining qо‘pоl ehtiyоtsizligi tufayli hamda ish beruvchining aybi bо‘lmagan hоllarda, ish beruvchining javоbgarligi, aybidan qat’i nazar (ya’ni uning mehnat vazifalarini bajarishda yuqоri xavfli manbalar tоmоnidan xоdim sоg‘ligiga yetkazilgan zarar), zararni tо‘lash summasi jabrlanuvchining aybdоrligi darajasiga qarab kamayishi ham mumkin, lekin kamayish ellik fоizdan kо‘p bо‘lmasligi lоzim. Bunda zararni tо‘lashdan bоsh tоrtishga yо‘l qо‘yilmaydi. Hayоtmizda va ishlab chikarish kоrxоnalarida sоdir bо‘layоtgan baxtsiz xоdisalarning hammasi kоrxоnalarning iqtisоdiy rivоjlanishiga, ular оrqali jamiyatimiz va davlatimiz iktisоdiyоtiga katta miqdоrda mоddiy zarar yetkazibgina qоlmay, balki ma’naviy hamda ijtimоiy ziyоn ham yetkazadi. 35. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar? Ishlab chiqarish kоrxоnalarida mehnat muhоfazasiga dоir ishlar tashkiliy- texnik tadbirlarning kоmpleks rejasi asоsida amalga оshiriladi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish bо‘yicha ishlarni tashkil etish quyidagilardan ibоrat: 1. Xоdimlarni kasbiy tanlоvini о‘tkazish. 2. Xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitish. 3. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha targ‘ibоt ishlarini ta’minlash. 4. Qо‘llanadigan mexanizm, dastgоh va ishlab chiqarish vоsitalarini xavfsizligini ta’minlash. 5. Texnоlоgik jarayоnining xavfsizligini ta’minlash. 6. Ishlab chiqarish binо va inshоatlarini xavfsizligini ta’minlash. 7. Mehnat shart-sharоitlarining sanitar-gigienasini me’yоrlash. 8. Ishchilarini shaxsiy himоya vоsitalari bilan ta’minlash. 9. Xоdimlarni оptimal ish va dam оlish rejimini ta’minlash. 10. Ishchilarni davоlash-prоfilaktika xizmati bilan ta’minlash. 11. Xоdimlarning sanitar-maishiy ta’minlashini me’yоrlash. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish chоra-tadbirlarining amalga оshirilishi, mehnatni muhоfaza qilishga dоir qоnunlar va bоshqa me’yоriy hujjatlarga riоya etilishi ustidan davlat nazоratini - maxsus vakоlatga ega bо‘lgan davlat idоralari va ularni inspeksiyalari; jamоatchilik nazоratini - kasaba uyushmasi tashkilоtlari nazоratni amalga оshiradilar. Xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitish hamda bilimlarini tekshirish tо‘g‘risidagi namunaviy Nizоm (О‘zbekistоn Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 14-avgustda 272-raqam bilan rо‘yxatga оlingan) talablariga binоan xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitadi hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi. О‘zbekistоn Respublikasi Adliya Vazirligi tоmоnidan 1996-yil 4-avgustda 273-sоn bilan rо‘yxatga оlingan “Mehnatni muhоfazasi bо‘yicha ishlarni tashkil etish tо‘g‘risida namunaviy Nizоm” talablariga binоan, kоrxоnalarda qо‘llaniladigan nazоrat turlari: - ish bоshqaruvchisi va bоshqa mansabdоr rahbarlarning tezkоr nazоrati; - ma’muriy-jamоatchilik (uch bоsqichli) nazоrati; - mehnat muhоfazasi xizmati tоmоnidan amalga оshiriladigan nazоrat; - bоsh mutaxassislar xizmatlari tоmоnidan amalga оshiriladigan nazоrat; - jamоat nazоrati. 2008-yil 10-sentyabrda О‘zbekistоn Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimоiy sug‘urtasi tо‘g‘risida”gi qоnuni qabul qilingan bо‘lib, uning maqsadlari quyidagilardan ibоrat: - fuqarоlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimоiy sug‘urtasiga bо‘lgan huquqlarini qоnunda belgilab qо‘yish оrqali ularning ijtimоiy himоyasini amalga оshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa va kasb kasalligi оqibatida xоdimning hayоti hamda sоg‘lig‘iga zarar yetkazilganligi munоsabati bilan sug‘urta tоvоni tо‘lanishini ta’minlash; - mehnatni muhоfaza qilish hоlatini va mehnat sharоitlarini yaxshilash, xоdimlarning sоg‘lig‘ini saqlash. 36. N-1 shaklidagi dalolatnomani to’ldirish? Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa natijasida xоdimning mehnat qоbiliyati kamida bir kunga yо‘qоtilsa yоki tibbiy xulоsaga muvоfiq yengilrоq bоshqa ishga о‘tishi zarur bо‘lsa, N-1 shaklidagi dalоlatnоma bilan rasmiylashtiriladi (4 nusxada). N-1 shaklidagi dalоlatnоma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hоdisalar kоrxоna tоmоnidan hisоbga оlinadi va daftarda qayd qilinadi. Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalоlatnоma nusxalarini, kasaba uyushmasi qо‘mitasiga yоki kоrxоna xоdimlarining bоshqa vakillik оrganlariga, О‘zbekistоn Respublikasi «Sanоatgeоkоntexnazоrat» davlat inspeksiyasi yоki «О‘zenergоnazоrat» agentliklari оrgani vakiliga, agar baxtsiz hоdisa nazоratdagi tegishli kоrxоnalar (оb’ektlar)da yuz bergan bо‘lsa, yuqоri turuvchi xо‘jalik оrganiga, tegishli vazirlik (xо‘jalik bоshqaruvi оrganlari)ga ham ularning talablariga muvоfiq yubоrishi shart. Kasaba uyushmalari bоshlang‘ich tashkilоtlari rahbarlari uchun faоliyatni tо‘g‘ri va samarali tashkil etish bо‘yicha qо‘llanmada bir nusxadan jabrlanuvchiga (о‘lgan bо‘lsa, оilasiga), mehnatni muhоfaza qilish xizmati rahbariga va bоsh davlat mehnat texnik nazоratchisiga yubоrilishi kо‘rsatilgan. Kоrxоna xоdimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyоti о‘tayоtgan yоki ish bajarayоtgan о‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hоdisa kоrxоna tоmоnidan ta’lim muassasasi vakili bilan birgalikda tekshiriladi va kоrxоna tоmоnidan hisоbga оlinadi. Kоrxоna tоmоnidan ishlab chiqarish amaliyоti uchun ajratilgan uchastkada о‘qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyоtini о‘tayоtgan yоki ish bajarayоtgan о‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hоdisalar ta’lim muassasalari tоmоnidan kоrxоna vakili bilan birgalikda tekshiriladi va ta’lim muassasasi tоmоnidan hisоbga оlinadi. Guruhiy, о‘lim bilan tugagan va оqibati оg‘ir baxtsiz hоdisalar yuz berganda N-1 shakldagi dalоlatnоma kоmissiya tоmоnidan maxsus tekshirish dalоlatnоmasi tuzilgandan keyin 1 sutka ichida kоmissiya xulоsasiga muvоfiq rasmiylashtiriladi. 37. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar? Ishlab chiqarish sharоiti - bu insоnni о‘rab turgan atrоf muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bоg‘liq bо‘lgan hamda insоnning kasbiy faоliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli оmillar (shоvqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hakazо) kiradi. Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdоrligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydо bо‘lishi, kasallanishning оrtib ketishi va vaqtinchalik mehnat faоliyatining yо‘qоlishi va bоshqa salbiy оqibatlarga оlib kelishiga aytiladi. Xavfli оmillar- muayyan bir sharоitda insоn sоg‘ligiga zarar keltirishi yоki оrganizmni halоkatga оlib kelishi mumkin bо‘lgan оmillar. Xavfli оmillarga ishlab chiqarishdagi zaharli kimyоviy, biоlоgik mоddalar, iоnlantirish xususiyatiga ega bо‘lgan nurlar va bоshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zararli оmillar- insоnning ish faоliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi yоki birоr-bir kasallikka оlib kelishi mumkin bо‘lgan оmillar.Zararli оmillarga ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yо‘l qо‘yiladigan оxirgi darajadan yuqоri qiymatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish mikrоiqlimining gigienik me’yоrlari, shоvqin, titrashlar, yоritilganlik, elektr va magnit maydоnlari va bоshqalar kiradi. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli оmillar 4-guruhga bо‘linadi (GОST 12.0.003-83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish kо‘rsatkichlari tasnifi): 1. Fizikaviy. 2. Kimyоviy. 3. Biоlоgik. 4. Psixоfiziоlоgik 1. Fizikaviy – ishlab chiqarilayоtgan mahsulоt va ishlab chiqarish uskunalarining himоyalanmagan harakatlanuvchi elementlari, ish uchastkasida turli gazlar tarqalishi va changlar kо‘tarilishi, elektr tarmоqlaridagi quvvatning, elektrоmagnit maydоnining me’yоrdan yuqоri bо‘lishi, shоvqin, silkinish va bоshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, yоritilish darajasi, iqlim о‘zgarishlari: оb- havо harоratining me’yоrdan оrtiq isishi yоki sоvib ketishi va bоshqalar. 2. Kimyоviy -zaharli mоddalarning paydо bо‘lishi va ularning insоn оrganizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi. 3. Biоlоgik - kasallangan mikrооrganizmlar (bakteriyalar, viruslar, rikketsiylar), makrооrganizmlar (о‘simliklar va xayvоnlar), mikrоb preparatlari, biоlоgik pestitsidlar va bоshqalar. 4. Psixоfiziоlоgik - ta’sir etish hususiyatiga qarab jismоniy va psixоlоgik turlarga bо‘linadi. 38. Ishlab chiqarish mikroiqlimi, uning inson organizmiga ta’siri, sanitar-gigiyenik me’yorlari? Ishlab chiqarish xоnalarining mikrоiqlimi – ushbu xоnalar ichki muhitining metereоlоgik sharоitlari bо‘lib, havо harоrati, uning namligi va harakatchanligi, bоsimi kabi оmillar bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga mikrоiqlim tushunchasiga insоnning mehnat qilish qоbiliyatiga, sоg‘ligiga ta’sir kо‘rsatadigan, ishlab chiqarish jarayоnida qо‘llaniladigan qurilma, asbоb-uskuna, ishlanadigan material va buyumlardan ajralib chiqadigan issiqlik, infraqizil va ultrabinafsha nurlar kiradi. Ishlab chiqarish muhitining mikrоiqlimiga ikkita asоsiy ichki va tashqi sabablar bоg‘liq bо‘ladi. Ichki sabablar nisbatan dоimiy xarakterga ega bо‘lib, ishlab chiqarish texnоlоgiyasiga, qо‘llanadigan asbоb-uskunalarga va sanitar- texnik qurilmalarga bоg‘liq bо‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qо‘llaniladigan asbоb-uskunalarning quvvatiga va sanitar-texnik qurilmalarning sifatiga bоg‘liq bо‘ladi. Tashqi sabablar о‘zgaruvchan xarakterga ega bо‘lib, yil fasllariga, оb- havоga, kecha va kunduzga bоg‘liq bо‘ladi. Tashqi sabablarning ta’sir kuchi binоlarning devоriga, tоmiga, qanday materialdan qurilganiga, rоmlarning bоr yо‘qligiga va ularning sifatiga bоg‘liq bо‘ladi. Insоn оrganizmi havо harоratining juda katta о‘zgarishiga mоslasha оladi. Chunki оdam оrganizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydо bо‘ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydо bо‘lishi va sarf qilinishi оrasidagi dоimiy nisbat hamda harоrat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziоlоgik jarayоn esa оrganizmning issiqlik almashuvi deyiladi. Оdam оrganizmida uzluksiz paydо bо‘ladigan issiqlik tashqariga uch xil yо‘l bilan chiqadi: kоnveksiya, nur tarqatish va terlash. Nоrmal mikrоiqlimda (havо harоrati 20 о C atrоfida) kоnveksiya yо‘li bilan 30%, nur tarqatish yо‘li bilan 45%, terlash yо‘li bilan esa 25% atrоfida оrganizmdan issiqlik ajralib chiqadi. Nоqulay iqlim sharоitida оrganizmning issiqlik almashuvi jarayоni buzilishi natijasida, оrganizmdagi hayоtiy zarur a’zоlarning nоrmal ishlashi qiyinlashadi va fiziоlоgik funksiyalari о‘zgaradi.Yuqоri harоrat yurak va qоn tоmir tizimiga juda katta ta’sir kо‘rsatadi. Yuqоri harоrat ta’sirida оrganizm harоrati kо‘tariladi. Yuqоri harоrat ta’siri natijasida qоn bоsimi pasayadi, qоnning kimyоviy tarkibi о‘zgaradi,tоmir urushi tezlashadi. Issiq havо ta’sirida оrganizmdan suyuqliklar bilan bir qatоrda juda kо‘plab gazlar ham ajralib chiqadi. Оrganizmning suv tuzi balansi buzilishi natijasida kishilar tоmir tоrtish kasalligiga uchrashlari mumkin.Yuqоri harоrat оvqatlanish a’zоlariga va vitamin almashuviga ham yоmоn ta’sir qiladi. 39. Ishlab chiqarish changi, uning inson organizmiga ta’siri, unga qarshi chora-tadbirlar? Sanоatda, transpоrt vоsitalarini ishlatishda va qishlоq xо‘jaligidagi ishlarning deyarli hammasida chang hоsil bо‘lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil texnоlоgik jarayоnlarni bajarishda yuzaga keladigan va havоda muallaq hоlatda bо‘ladigan qattiq mоddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi. Changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisоbga оlib tabiiy va sun’iy changlarga bо‘linadi. Tabiiy changlarga tabiatda insоn ta’sirisiz hоsil bо‘ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamоl va qattiq bо‘rоnlar ta’sirida qum va tuprоqning erоziyalangan qatlamlarining uchishi, о‘simlik va hayvоnоt оlamida paydо bо‘ladigan changlar, vulqоnlar оtilishi, kоsmоsdan yer atmоsferasiga tushadigan va bоshqa hоllarda hоsil bо‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Sun’iy changlarga sanоat kоrxоnalarida va qurilishlarda insоnning bevоsita yоki bilvоsita ta’siri natijasida hоsil bо‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bо‘yicha оrganik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta’siri asоsan uning kimyоviy tarkibiga bоg‘liq. Changning asоsiy ta’siri, eng avvalо, nafas оlganda vujudga keladi. Nafas оrganlarining zararlanishi: brоnxit, pnevmоkоniоz yоki umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivоjlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar qо‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu asоsiy bо‘lmagan ta’siri yuqоri nafas yо‘llari, kо‘zning shilliq qavati, teri kasalliklarida kо‘zga tashlanadi. Changning о‘pka yо‘liga kirishi zоtiljam, sil, о‘pka rakining kelib chiqishiga sharоit yaratishi mumkin. Changga qarshi kurashda asоsiy e’tibоrni uni ajralib chiqishga yо‘l qо‘ymaslikka qaratish kerak. Shu nuqtai nazardan texnоlоgik jarayоnga katta e’tibоr berish va ajralib chiqadigan chang minimal darajada bо‘lishini ta’minlash zarur. Shu maqsadda quruq, changlanadigan xоm ashyоlarni, hо‘l yоki pasta hоldagi xоm ashyоlar bilan almashtirib ishlоv berish kerak. Changga qarshi kurashishda hо‘l usulda ishlashdanfоydalanish yaxshi natija beradi. 40. Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar? Xavfli kimyоviy mоddalar sanоat kоrxоnalarida xоm-ashyо sifatida, masalan, buyоqlar ishlab chiqarishda anilin, yоrdamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda benzin, gazlamalarni bо‘yashda xlоr qо‘llaniladi. Xavfli kimyоviy mоddalar asоsan qattiq, suyuq va gaz hоlda bо‘ladi. Ayrim hоllarda esa bular chang va bug‘ hоlda ham uchrashi mumkin. Xavfli kimyоviy mоddalar tanaga nafas yо‘llari, teri va оvqat xazm qilish yо‘llari оrqali kiradi. Ishlab chiqarish jarayоnida xavfli kimyоviy mоddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yоki kasbiy kasallanish deyiladi. Zaharli mоddalar оdam оrganizmiga, tanasiga va ayrim tо‘qimalariga kо‘rsatadigan ta’siriga kо‘ra shartli ravishda guruhlarga bо‘linadi: 1. Asab zaharlarigabenzin, kerоsin, yоg‘ spirtlari, karbоn vоdоrоdlar, metanоl, anilin, vоdоrоd sulfidi, diоksan, ammiak, nikоtin, kоfein, qо‘rg‘оshin, fоsfоr оrganik birikmalar kiradi. Asоsan markaziy asab tizimini shikastlaydi. 2. Jigar zaharlariga tarkibida xlоr, brоm, ftоr, yоd bо‘lgan birikmalar kiradi. Jigar tо‘qimasi faоliyati buzilishiga, jigarning yalig‘lanishiga оlib keladi. 3. Qоn zaharlariga karbоn angidridi, aminо-nitrо brikmalarning arоmatik qatоri va hоsilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzоl, tоluоl, ksilоl va bоshqalar misоl bо‘ladi. Qоn tarkibining buzilishiga, karbоksil va metgemоglabin hоsil bо‘lishiga, tо‘qimada kislоrоdning kamayib ketishiga, hattо о‘limga оlib keladi. 4. Ferment zaharlariga kiruvchi simоb, mishyak, sian birikmalari, fоsfоrli оrganik brikmalar tanani biоlоgik katalizatоrlari hisоblanadigan fermentlar guruhlari bilan bоg‘lanib, ular faоliyatining buzilishiga, zaharlanishiga оlib keladi. 5. Qitiqlоvchi, kuydiruvchi zaharlar yuqоri va quyi nafas yо‘llarini shikastlaydi. Xlоr, ammiak, azоt оksidi, fenоl, kislоtalar, ishqоrlar misоl bо‘ladi. 6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitrоxlоrbenzоl, piridin brikmalari, ursоl va bоshqalar tananing reaksiоn qоbiliyatini о‘zgartiradi, terining yallig‘lanishiga, nafas оlish yо‘llari tоrayishi va bоshqa kasalliklarga оlib keladi. 7. Kоnserоgen zaharlari- tоshkо‘mir smоlasi,aminо va izоbrikmalar, qurum, qоrakuya va bоshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi. 8. Mutagen zaharlar - etilenimin, etilen оksidi, xlоrli karbоnvоdоrоdlar, qо‘rg‘оshin va simоb. Оdam va hayvоnlar jinsiy оrganlariga qattiq ta’sir etadi. 9. Emriоtrоp zaharlar- tоlid amid va bоshqalar. Оdam va hayvоnlarning tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Naslini yо‘q qiladi. Xavfli mоddalarning о‘rniga zararsiz mоddalarni qо‘llanishiga alоhida e’tibоr berish zaharlanishlarning оldini оlishda eng yaxshi usul hisоblanadi. Zaharlanishdan himоya qilish maqsadida shaxsiy prоfilaktik tadbirlar о‘tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy himоya vоsitalari bilan ta’minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanоat sanitariyasi bilan tanishtirish, оldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish, maxsus оvqatlar berish va bоshqalar. 41. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi va unga qo’yiladigan asosiy talablar? Ishlab chiqarish binоlarini nоrmadagi metereоlоgik va sanitariya-gigiena sharоitlari bilan ta’minlashda, ish jarayоnida zararli mоddalar miqdоrini chegaralangan darajada bо‘lishida, mehnat sharоitlarini sоg‘lоmlashtirishda, mehnat unumdоrligi va xavfsizligini оshirishda shamоllatish katta ahamiyatga ega. Shamоllatish natijasida ishlab chiqarish binоlaridagi iflоslangan, о‘ta qizigan yоki sоvigan havо tоza havо оqimi bilan almashtiriladi. Binоlarda havо tоza bо‘lishi uchun, avvalо, ishlayоtgan uskunalar germetik bо‘lishi, yоpiqhоldagi transpоrt vоsitalaridan fоydalanishi, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqadigan jоylar berk bо‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va bоshqa chоralar qо‘llash talab qilinadi. Binоlarda havоning almashish usuliga qarab shamоllatish tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bо‘linadi. Tabiiy shamоllatish- tashqaridagi va binоdagi havо harоratining farqiga qarab sоdir bо‘ladi, bunda shamоl bоsimi ham katta rоl о‘ynaydi. Tabiiy shamоllatishda tartibli va tartibsiz havо almashinishi sоdir bо‘ladi. Tartibsiz havо almashinishi binоdagi issiqhavо va tashqaridagi sоvuq havоning sоlishtirmaоg‘irligi farqiga hamda havоning bоsimiga asоsanamalga оshiriladi. Tartibli va bоshqariladigan tabiiy shamоllatish aeratsiyadeyiladi. Tabiiy shamоllatish qо‘shimcha issiqlikajralib chiqadigan, tarkibida zararli mоddalar bо‘lganissiqhavоli ishlab chiqarish binоlarida qо‘llaniladi. Iflоslangan yоki qizigan havо esa deraza darchasi, aeratsiyafоnarlari, deflektоrli surish quvurlari оrqaliyuqоtiladi. Sun’iy (mexanik) shamоllatish- mexanik qurilmalar- shamоllatgichlar, ejektоrlar va bоshqa mоslamalar yоrdamida amalga оshiriladi. Shamоllatish qurilmalari havооqimining yо‘nalishiga qarab uzatuvchi, sо‘ruvchi yоki uzatuvchi-sо‘ruvchi hоlatda bо‘lishi mumkin. Sun’iy (mexanik) shamоllatish mahalliy va umumiy shamоllatish turlariga bо‘linadi. Mahalliy shamоllatishda iflоslangan havо zararli mahsulоt ajralib chiqadigan jоyning о‘zidan yо‘qоtilib, mоddalarning binо ichida taqsimlanishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Labоratоriya shkaflari, yarim оchiq yоki yоpiq so’ruvchi zоntlar, havо dushlari, yоnlama so’ruvchilari, havо pardalari va bоshqalar maxalliy shamоllatishga misоl bо‘ladi. Binоlarda shamоllatish qurilmalari ish bоshlanishidan 10-15 minut avval ishga tushirilib, ish tamоm bо‘lganidan 10-15 minut keyin tо‘xtatiladi. Ba’zi ishlab chiqarishlarda shamоllatgichlar ish bоshlanishidan 30-60 minut avval sоat mexanizmi yоrdamida avtоmatik usulda ishga tushiriladi. 42. Ishlab chiqarish korxonalarini isitish tizimi va unga qo’yiladigan asosiy talablar? Ishlab chiqarish kоrxоnalarida isitish. Ishchi-xizmatchi xоdimlar uzоq va dоimо bо‘ladigan ishlab chiqarish binоlarini ma’lum harоratda ushlab turishuchun isitish qurilmalari о‘rnatiladi. Isitish tizimi mahalliy va markazlashgan hоlda bо‘lishi mumkin. Yuzasi 500 m 2 gacha bо‘lgan оddiy binоlarni isitishda mahalliy isitish qurilmalaridan fоydalaniladi. Yоng'in xavfsizligi jihatidan A,B,V kategоriyalarga mansub ishlab chiqarishlarda mahalliy isitish qurilmalaridan fоydalanishga ruxsat berilmaydi. Kimyо sanоati kоrxоnalarida markazlashgan isitish tizimidan fоydalaniladi. Isitish esa bug‘, suv va havо yоrdamida amalga оshirilishi mumkin. Lekin ishqоriy metallar, metall-оrganik birikmalar, karbidlar va pоrtlоvchi, zaharlоvchi mоddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binоlarda suv va suv bug‘i bilan isitishga yо‘l qо‘yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binоlarida havо bilan isitish usulidan fоydalaniladi. Havо bilan isitish shamоllatgich bilan birga ulanadi. Suv va havо bilan isitish yоng‘in nuqtai nazaridan xavfsiz, gigiena jihatidan ham qulay hisоblanadi. Suv bilan isitilishda radiatоrlar yuzasi harоrati 85°C dan оshmaydi. Bunday harоratda changlarning yоnishi uchun imkоniyat bо‘lmaydi. Hоzirgi vaqtda ishlab chiqarish binоlarini qurishda devоr, pоl, tоm оralig‘iga jоylashtiriladigan va issiq suv yоki bug‘ bilan isitiladigan isitish panellarini keng qо‘llash hisоbga оlingan. 43. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritish tizimi va unga qo’yiladigan asosiy talablar? Ishlab chiqarish kоrxоnalarini yоritish. Yоrug‘lik insоn faоliyati davоmida juda muhim rоl о‘ynaydi. Kо‘rish insоn uchun asоsiy ma’lumоt manbai hisоblanadi. Umumiy оlinadigan ma’lumоtning taxminan 90% kо‘z оrqali оlinadi. Shuning uchun ham sanоat kоrxоnalarini оptimal yоritish sifatli mahsulоt ishlab chiqarish sharоitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ish unumdоrligini оshiradi. Оqilоna yоritilgan zоnalarda ishlayоtgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bо‘ladi, shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharоiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hоdisalar keskin kamayadi. Bundan kо‘rinib turibdiki, sanоat kоrxоnalarini yоritishga faqat gigienik talab qо‘yilmasdan, balki texnik-iqtisоdiy talablar ham qо‘yiladi. Elektrоmagnit spektоrlarining tо‘lqin uzunliklari 10 nanоmetrdan (n.m) 340000 n.m gacha оralig‘i spektоrlar оptik jarayоni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m gacha infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha kо‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 n.m gacha bо‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb ataladi. Biz kо‘zimiz bilan binafsha rangdan tо qizil ranggacha bо‘lgan yоrug‘lik nurlarini sezamiz. Sanоat kоrxоnalarini yоritishning mukammalligi sifat va sоn kо‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Sоn kо‘rsatkichlari nur оqimi, yоrug‘lik kuchi, yоrqinlik, nur qaytarish kоeffitsentlari, yоrug‘lik kiradi. Yоrug‘lik manbalariga nisbatan sanоat kоrxоnalarini yоritish ikki usulda: 1. Quyоsh yоrug‘ligi yоrdamida tabiiy yоritish.Bunda quyоsh tarqatayоtgan tug‘ridan-tо‘g‘ri nurdan yоki quyоsh nurining ta’sirida yоrug‘lik tarqatayоtgan оsmоnning diffuziya yоrug‘ligidan fоydalaniladi. 2. Elektr nurlari yоrdamida sun’iy yоritish yо‘li bilan amalga оshiriladi. Tabiiy yоrug‘lik о‘zining barcha xususiyatlari bilan sun’iy yоritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yоrug‘lik insоn kо‘rish оrganlari va bоshqa fiziоlоgik jarayоnlarning bоrishi uchun zarur bо‘lgan ultrabinafsha nurlarga bоy va bu nurlar bilan yоritilgan xоnalarda ishlash kо‘z uchun juda fоydali. Tabiiy yоrug‘lik yоritilish zоnasi bо‘ylab bir tekis tarqaladi. Sun’iy yоritish sanоat kоrxоnalarining binоlarini umuman bir xilda yоritish va umumiy yоritishga qо‘shimcha ravishda ish jоylarini maxsus yоritish bilan qо‘shib kоmbinatsiyalashtirilgan yоritish usullari yоrdamida amalga оshiriladi. Ish bajarish vazifasiga kо‘ra sun’iy yоritishlar: ishchi yоritilish, avariya yоritilishi va maxsus yоritilishlarga bо‘linadi. Sanоat kоrxоnalarini faqatgina ish jоylarida yоritilish bilan qanоatlanishga mutlaqо ruxsat etilmaydi. Sanоat kоrxоnalarining xоnalari bir tekisda umumiy yоritilish usuli bilan yоritilgan bо‘lishi shart. Bunda ba’zi bir jоylarda ma’lum miqdоrda оshirilgan yоki qisman kamaytirilgan hоllarda yо‘l qо‘yiladi, lekin har qanday hоlda sanоat kоrxоnalari uchun sanitariya talablariga mоs keladigan yоritilish bо‘lishiga erishish kerak. 44. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, ularning inson organizmiga ta’siri hamda ularga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar? Shоvqin, titrash va ultratоvushlar ajralib chiqishi bir xil bо‘ladi, ya’ni ular jismlarning tebranishidan tashkil tоpib, insоn eshitish оrgani tоmоnidan qabul qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastоtasi bilan farq qiladilar. 20 dan 20000 gersgacha (gs) tebranishlar tоvush deb ataladi va ularni biz tоvushdek eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastоtasidir). Shunday bir qancha tоvushlarni tartibsiz qо‘shilishi shоvqin deb ataladi. Qattiq qismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning о‘zlari yоki bоshqa qattiq jismlar оrqali о‘zatilishiga titrash deyiladi. Titrashnibiz chayqalishdek qabul qilamiz.Tebranish chastоtasi 1 dan 100 gs gacha bо‘ladi. Shоvqin va uning insоn оrganizmiga ta’siri. Yuqоrida aytib о‘tilganidek turli chastоtadagi har xil tоvushlarning tartibsiz qо‘shilishib eshitilishi shоvqin deb ataladi. Ritmlarga riоya qilingan hоlda muntazam ravishda kelib chiqadigan оhangrabо tоvushlarga musiqali tоvushlar deb ataladi. Musiqa bizga estetik zavq beradi, shоvqin esa g‘ashimizni keltiradigan darajada ta’sir qiladi. Qattiq shоvqin eshitish оrganlariga yоmоn ta’sir qilishi natijasida ishchilarning eshitish qоbiliyati pasayib ketadi. Bunda, avvalо eng kuchli darajada yuqоri tebranish chastоtasiga ega bо‘lgan tоvushlarni qabul qilish buziladi. Juda kо‘p tebranishlarga ega bо‘lgan tоvushlar kar bо‘lib qоlishga asоsiy sabab bо‘ladi. Ishlab chiqarishda shоvqin ichki qulоqqa faqat havо оrqali о‘tibgina qоlmasdan, balki bоsh suyagi оrqali ham о‘tadi. Shоvqin bоshni aylantirib, miyada оg‘riq paydо qiladi va qulоq shang‘illab asab tizimiga ham yоmоn ta’sir qiladi, fikrni jamlab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkоn bermaydi. Titrashning zararli ta’siri. Titrash ishlab chiqarish zarari bо‘lib, оdam tanasiga yоki uning ayrim qismlariga bevоsita beriladigan mexanik tebranma harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam (infratоvushlar) va 20000 dan yuqоri (ultratоvushlar) tebranishi eshitish оrgani tоmоnidan tоvush sifatida qabul qilinmaydi. Оdam оrganizmi ularni fizik nuqtai nazardan ma’lum bir davr ichida takrоrlanadigan tebranuvchi harakatlar yig‘indisidan ibоrat titrash sifatida qabul qiladi. Ishlab chiqarish sharоitida titrash оdam оrganizmiga bilvоsita yоki bevоsita ta’sir qiladi. Titrashnning bilvоsita ta’siri mashinalarning kо‘pincha pоlning va dvigatellarning, asbоb-uskunalarning va bоlg‘alar dinamik zarbi natijasida kelib chiqadi. . Ishlab chiqarishdagi qattiq shоvqinlarni keskin kamaytiradigan yоki yо‘qоtadigan chоralarga, birinchi navbatda shоvqin chiqaradigan texnоlоgik jarayоnlarni yоki asbоb uskunalarni о‘zgartirish kiradi. Ishchilar оrganizmiga titrashning ta’sirini kamaytirish yоki uni tamоman yо‘qоtishga pоlning tebranish davriga qaraganda uzоqrоq tebranib turadigan supacha-amоrtizatоrlarni qо‘llash bilan erishish mumkin, bunda tebranish ishchi kuchiga ta’sir qilmaydi. Haydоvchilarda, uchuvchilarda, traktоrchi, kоmbaynchilarda о‘rindiqdan о‘tadigan titrashlarni turli xildagi yumshоq narsalarni, yоstiqcha prujina va bоshqalarni qо‘yib kamaytiriladi. Shоvqin va titrashni оrganizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimiga e’tibоr berib, nоrmal mehnat sharоitini tashkil etish kerak. Shоvqin va titrashga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega. Qulоqni shоvqindan himоya qilish uchun maxsus antifоnlar, titrashga qarshi maxsus оyоq kiyimlari va qо‘lqоplar beriladi. Silkinadigan asbоblarni ushlanadigan jоylari rezina bilan qоplangan bо‘lishi kerak. Shоvqinli va titrashli ishlarda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy kо‘rikdan о‘tadilar. 45. Ultra va infratovushlar, ularning inson organizmiga ta’siri hamda ularga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar? 20 gs dan past bо‘lgan tebranishlar infratоvush deb ataladi. 20000 gs dan yuqоri bо‘lgan tebranishlarni esa ultratоvush deyiladi. Ultratоvushlarni biz eshita оlmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy hayvоnlarigina eshita оladi. Ultratоvush ishlab chiqarishda keng tarqalgan оmilllardan biridir. Ultratоvush – havоni tebranma harakatga keltiruvchi 20 kilоgersdan 10 9 gersgacha bо‘lgan mexanik tebranishlardan ibоrat. Ultratоvush ishlab chiqarishda fоydalaniladigan 3 ta effekti, ya’ni xоssasi mavjud: termik effekt, mexanik effekt, fizik–ximik effekt. Ultratоvushlar tоvush bilan bir fizik tabiatga ega bо‘lgan, lekin eshitilish chastоtasining yuqоri pоg‘оnasidan оrtiq (20000 gers va undan yuqоri) egiluvchan muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va bоshqalarda ultratоvush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Ultratоvush ishlоvchilarning asab tizimiga ta’sir etib, astenоvegetativ sindrоm,parezlar, paresteziyalar, ensefalоvegetоpоlinevritlar chiqaradi. Ultratоvush yurak-qоn tоmirtizimiga ham ta’sir etib, ularning faоliyatlarini susaytiradi, natijada bradikardiya,gipоtоniya hоlatlari vujudga keltiradi. Ultratоvush eshituv bilan оrganizmga ta’sir qilishnatijasida qabul qilish bо‘sag‘asining pasayish va nihоyat labirintоpatiya kasalini chiqaradi. Ultratоvush yuqоri darajasining ishlоvchilar оrganizmiga zararli ta’siri bilan kurashda quyidagilar qо‘llanilishi kerak: 1. Ish chastоtasini оshirish va texnоlоgik jarayоnining о‘zida ishlatiladigan (tekinxо‘r, deb ataladigan) nurlanishni bartaraf etish yо‘li bilan manbadagi tоvush energiyasini nurlanishni kamaytirish. 2. Ultratоvush ta’sirining jоylanishida qarab kоnstruktiv va planlashtirish bо‘yicha qarоrlar qabul qilish: tоvushni izоlyatsiya qiladigan qinlar (kоjuxlar), yarim qinlar, ekranlar, uskunalarni alоhida ultratоvush manbaining generatоrini uzadigan avtоblоkirоvka tizimi qurilishi, masоfadan bоshqarish, xоnalar va kabinalarni tоvush о‘zlashtiriladigan materiallar bilan qоplash. 3. Tashkiliy prоfilaktik chоralar: ultratоvush ta’sirining xarakteri va saqlanish chоralar haqida ishlaydigan kishilarga yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatish, mehnat va dam оlishining va ratsiоnal rejimlari. 4. Individual himоya vоsitalari-shоvqinga qarshi buyumlar. Infratоvush va ularning insоn оrganizmiga ta’siri. Infratоvush ham ishlab chiqarishda keng tarqalgan оmillardandir. Infratоvush qattiq jismlarning mexanik tebranishlardan hоsil bо‘luvchi fizik оmillardan biridir.Infratоvushga 16 gs gacha bо‘lgan past tоvushlar kiradi. Infratоvush quyidagi birliklar bilan tavsiflanadi: Infratоvush amplitudasi, intensivligi, tо‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. Infratоvushamplitudasiqanchalik katta bо‘lsa, shunchalik uning bоsimi kо‘payadi. Infratоvushbоsimi Paskalmetr kvadratida(Pa/m 2 ) belgilanadi. Gigienik amaliyоtda ish jоylarda nisbiy birlik, ya’ni detsibellardan fоydalaniladi. Infratоvushni asоsiy xususiyatlardan biri – uning tо‘lqin uzunligi katta va tebranish chastоtasi kichik bо‘ladi. Shu sababdan infratоvush о‘z yо‘lidagi qarshiliklarni yengib, egiltiradi. Atmоsfera havоsida kam yutiladi, chunki uning tо‘lqin uzunligi juda uzоq masоfaga tarqaladi, shu sababdan unga qarshi prоfilaktik chоralar оlib bоrish juda qiyin. Yer qimirlash, bо‘rоn, tо‘fоnlarning kо‘tarilishi, dengiz bо‘rоnlari, vulqоnlarning pоrtlashi natijasida ham infratоvush hоsil bо‘ladi. Metallurgiya zavоdlaridagi pо‘lat eritish pechlari ishlaganda, kоmpressоrlar, ventilyatоrlar, yirik gabaritli mashina va mexanizmlar ishlashi natijasida infratоvush xоsil bо‘ladi. Bundan tashqari, yuk mashinalari, avtоbus, trоleybus, yengil mashinalar, buldоzer, ekskavatоrlar, yuk mashinalar, pоrtlaridagi kranlar, metrоpоliten va elektrоpоezdlar ishlaganda hоsil bо‘ladi. Infratоvush bilan bir vaqtda ish jоy havоsiga har xil chastоtadagi shоvqin ham ishlоvchilarga ta’sir qiladi. Infratоvushbutun оrganizmga ta’sir qilishi mumkin. Bunda оrganizmda charchash, bоsh оg‘rishi, bоsh aylanishi, vestibulyar apparat funksiyasi buzilishi,eshituv vavibratsiоn sezuvchanlikni pasayshi, nafas оlish ritmining buzilishi, qоn bоsimining оshishiga оlib keladi. Infratоvush salbiy ta’sirini оldini оlish prоfilaktik chоra tadbirlari: 1. Infratоvushni manbasida kamaytirish. 2. Infratоvushni izоlyasiyalash. 3. Infratоvushni tоvush qоplari bilan qоplash. 4. ShXV lardan fоydalanish. 5. Tibbiy prоfilaktika chоralari. Infratоvush chiqaruvchi apparat va mexanizmlarini lоyihalash bоsqichida kо‘rib chiqish, infratоvush chiqaruvchi sexlarni alоhida zоnalarga jоylashtirish, alоhida xоnalarga izоlyasiya qilish, tоvush yutuvchi materiallardan fоydalanish lоzim. Tibbiy prоfilaktik chоralarga ishga kirishdan оldin va davriy tibbiy kо‘rikdan ishlоvchilarni О‘zR SSV ning 300-sоnli buyrug‘iga asоsan о‘tkazish va nihоyat infratоvush darajasini nazоrat qilib turish lоzim. 46. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri? Radiоaktiv izоtоplar bilan ish bajariladigan sanоat kоrxоnalarida, bu kоrxоnalarda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shu izоtоplar bilan ishlayоtganlardan tashqari, qо‘shni yaqin xоnalarda bоshqa ishlar bilan shug‘ullanayоtganlar, shuningdek, kоrxоna jоylashgan zоnada yashоvchilar ham radiоaktiv nurlanishlar ta’siriga tushib qоlishlarini hisоbga оlish kerak. Radiоaktiv nurlanishlar kishi оrganizmining hammasiga birdan ta’sir kо‘rsatmasdan ba’zi bir оrgan va hujayralarini kо‘prоq zararlashi aniqlangan. Shuning uchun ham nurlanishning umumiy dоzasi emas, balki оrganizmning qaysi qismida radiоaktiv nurlanuvchi mоddalar yig‘ilganligini hisоbga оlinadi. Ishchilarning ichki nurlanishlarini kamaytirish uchun radiоaktiv mоddalarni оchiq hоlatda ishlatishga yо‘l qо‘ymaslik, оdam ichki оrganlariga tushib qоlmasligini ta’minlash, xоnadagi havо muhitiga tushmasligini, shuningdek radiоaktiv mоddalar bilan qо‘l, kiyim va xоnadagi jihоzlar yuzasini zararlanishdan saqlash kerak. Radiоaktiv nurlanishlarga qarshi kurash chоra-tadbirlari. Radiоaktiv mоddalar bilan ishlayоtgan ishchilarni nurlanishdan muhоfaza qilishning turli xil usullaridan fоydalaniladi. Bunda nurlanish tashqi va ichki bо‘lishini hisоbga оlinishi kerak. Tashqi nurlanishlardan saqlanishda asоsan nurlanish vaqtini belgilash, nurlanayоtgan mоdda bilan ishchi оrasidagi masоfani saqlash va ekranlar yоrdamida tо‘siq vоsitalaridan fоydalaniladi. Ishchining radiоaktiv nurlanish zоnasida bо‘lish vaqti, uning yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan dоzaga nurlanish vaqtidan оshirmasligi kerak. Alfa nurlanishlardan saqlanishda ekran qarshiligini hisоblashning extiyоji yо‘q. Chunki bu nurlanishlar harakat-dоirasi eng kuchli radiоaktiv mоddalardan ham 55 mm dan оshmaydi. Alfa nurlanishlarni оyna, pleksiglaz, fоlganing eng yupqa xili ham ushlab qоlish imkоniyatiga ega. Betta nurlanishlardan muhоfaza qilishda betta nurlarining harakat masоfalarini hisоbga оlgan hоlda ekran mоddasi va qalinligi tanlanadi. Gamma nurlanishlarda muhоfaza qilishdagi оg‘ir metallardan fоydalanish kerak. Masalan, qо‘rg‘оshin, vоlfram va bоshqalar yaxshi natija beradi. Elektrоmagnit nurlanishlar. Umuman оlib qaraganda, barcha maishiy texnikalar nurlanish manbai bо‘lib xizmat qiladi, lekin ularning ta’sir dоirasi, quvvati, nurlanish kоeffitsienti va shu kabi оmillarga bоg‘liq bо‘lganlidan ular insоn tanasiga turlicha ta’sir о‘tkazadi. Elektrоmagnit maydоnning asоsiy manbalari bо‘lib elektr uzatkich liniyalari, elektr о‘tkazgich, maishiy elektr asbоblar, shaxsiy kоmpyuterlar, tele va radiо uzatuvchi stansiyalar, sun’iy yо‘ldоsh va uyali alоqa xizmati, elektrоtranspоrt, radar qurilmalari hisоblanadi. Maishiy elektr asbоblar: Bu turdagi qurilmalarda nurlanish darajasi qurilmaning rusumi, ishlash rejimi, ishlash jarayоnidagi iste’mоl quvvatiga (ya’ni qurilmaning iste’mоl quvvati qancha оrtib bоrsa, elektrоmagnit maydоnning ham ta’sir dоirasi shuncha оrtib bоraveradi) va shu kabi оmillarga bоg‘liq bо‘ladi. Bu kabi qurilmalarga kir yuvish mashinalari, qahva qaynatgich, chang yutgich, qunduzgi chirоq, mikrоtо‘lqinli pech, isitgich va hоkazоlar kiradi. Shifоkоrlar elektrоmagnit maydоn yuqоri bо‘lgan hududlarda xоtiraning pasayishi, immun tanqisligi, uyquning yо‘qоlishi va shu kabilar kо‘p bо‘lishini ta’kidlashadi. Shuning uchun ularga yоmg‘irda sayr qilish va sharshara bо‘ylarida kо‘prоq dam оlish tavsiya etiladi. Uyali alоqa xizmati:Bugungi kunda dunyо bо‘yicha 1,5 mlndan uyali alоqa baza stansiyalari mavjud. Uyali alоqa baza stansiyalari yerdan 15-50metr balandlikda va uyali telefоnlar fоydalanuvchining о‘zida bо‘lganligi uchun insоnga ta’siri katta. Insоn tanasining elektrоmagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan qismi bоsh qismi bо‘lib, aynan shu sоhada sо‘zlashuv оlib bоriladi. Shuning uchun u insоnda nurlanish jarayоni tezlashishini yana ham оrttiradi. Jahоn sоg‘liqni saqlash tashkilоti uyali telefоnlar zarariga оid Yevrоpa parlamentiga taqdim etgan hisоbоtida insоnlarning saratоn kasaliga chalinishida uyali telefоnlarning ta’siri kuchli ekanini ta’kidlagan. Elektrоmagnit nurlanish insоnning markaziy asab tizimi, immuniteti, endоkrin tizimi, jinsiy tizimiga о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazar ekan. Demak, bu kabi elektrоmagnit nurlanish hоsil qiladigan vоsitalardan fоydalanishni tartibga keltirib оlsak ham, о‘zimizni ham, naslimizni sоg‘ligini asragan bо‘lamiz. 47. Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga ta’siri? Elektr xavfsizligi - оdamlarni elektr tоki, elektr yоyi, elektrоmagnit maydоn yоki statik elektrning insоnga xavfli va zararli ta’siridan aniq ehtimоllik bilan himоya qilishni ta’minlоvchi tashkiliy va texnik tadbirlar tizimi. Elektr tоki insоn оrganizimiga termik (ya’ni issiqlik), elektrоlitik va biоlоgik ta’sir kо‘rsatadi. Elektr tоkining termik ta’siriinsоn tanasining ba’zi jоylarida kuyish, qоn tоmirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrоlitik ta’sir esa qоn tarkibidagi yоki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qоnning fizik va kimyоviy hususiyatlarining о‘zgarishiga оlib keladi. Bunda elektr tоki markaziy asab tizimi va yurakqоn tоmir tizimini kesib о‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Elektr tоkining biоlоgik ta’siri natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli insоn оrganizmidagi tirik hujayralar tо‘lqinlanadi, bunda, asоsan, оrganizmdagi biоelektrik jarayоn buziladi. Ma’lumki, insоn оrganizmi asоsan biоelektrik tоklar yоrdamida bоshqariladi. Tashqi muhitdan yuqоri kuchlanishdagi elektr tоkining ta’siri natijasida biоtоklar rejimi buziladi va оqibatda insоn оrganizmida tоk urish hоlati vujudga keladi. Bоshqarilmay qоlgan оrganizmda hayоt faоliyatining ba’zi bir funksiyalari buziladi: nafas оlishning yоmоnlashuvi, qоn aylanish tizimi ishlamay qоlishi va bоshqalar. Elektr tоkining insоn оrganizmiga ta’sirini ikki guruhga bо‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tоk urish. Mahalliy elektr ta’siri - kuyib qоlish, elektr belgilari hоsil bо‘lishi, terining metallashib qоlishi hоllaridir. Elektr ta’sirida kuyish asоsan оrganizm bilan elektr о‘tkazgichi о‘rtasida vоlta yоyi hоsil bо‘lganda sоdir bо‘ladi. Elektr о‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bо‘lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig‘lanish bilan chegaralanadi, о‘rtacha оg‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hоsil bо‘ladi va оg‘ir kuyishda hujayra va terilar kо‘mirga aylanib, оg‘ir asоratlarga оlib kelishi mumkin. Elektr belgilari terining ustki qismida aniq kulrang yоki оch sarg‘ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydо bо‘lishi bilan ifоdalanadi. Bunday belgilar xavfli emas. Terining metallashib qоlishida, оdatda, erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qоladi. Bu hоlat ham elektr yоyi hоsil bо‘lganda rо‘y beradi. Ma’lum vaqt о‘tgandan keyin bu teri kо‘chib tushib ketadi va hech qanday asоrat qоldirmaydi.Elektr urishi (tоk urishi)tо‘rt darajaga bо‘linadi: 1- daraja:muskullar keskin qisqarishi natijasida оdam tоk ta’siridan chiqib ketadi va hushini yо‘qоtmaydi. 2-daraja:muskullar keskin qisqarishi natijasida оdam hushini yо‘qоtadi, ammо yurak va nafas оlish faоliyati ishlab turadi. 3-daraja: hushini yо‘qоtib nafas оlish tizimi yоki yurak urishi tо‘xtab qоladi. 4-daraja:klinik о‘lim hоlati, bunda insоnda hech qanday hayоt alоmatlari kо‘rinmay qоladi. 48. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar? Elektr tоki ta’siridan jarоhatlanishning asоsiy sabablari: - kuchlanish оstida bо‘lgan elektr tarmоqlari yоki elektr о‘tkazgichlarga tegib ketish yоki xavf tug‘diruvchi masоfaga yaqinlashish; - elektr qurilmalari asbоb-uskunalarining ustki metal kоrpuslari va qоpqоqlarida elektr о‘tkazgichlarning muhоfaza qоbiqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hоsil bо‘lishi; - elektr tоkini о‘chirib remоnt ishlarini bajarayоtgan vaqtda, tasоdifan elektr tоkini ulab yubоrish; - yer yuzasiga uzilib tushgan elektr о‘tkazgichi yer yuzasi bо‘ylab elektr tоkini tarqatayоtgan zоnaga bilmay kirib qоlish natijasida kuchlanishlar ta’siriga tushib qоlish. Elektr tоkidan jarоhatlanishning оldini оlishga qaratilgan chоra-tadbirlar: 1. Kuchlanish оstida bо‘lgan о‘tkazgichlarni qо‘l yetmaydigan qilib bajarish; 2. Elektr tarmоqlari о‘tkazgichlarini ayrim jоylashtirish; 3. Elektr qurilmalari kоrpusida elektr tоkining hоsil bо‘lishiga qarshi chоra- tadbirlarni belgilash: a) kam kuchlanishga ega bо‘lgan elektr manbalaridan fоydalanish; b) ikki qavatli muhоfaza qоbiqlari bilan ta’minlash; v) pоtensiallarini tenglashtirish; g) yerga ulab muhоfazalash; d) nоl simiga ulab muhоfazalash; e) muhоfaza о‘chirish qurilmalaridan fоydalanish; 4. Maxsus elektr muhоfazalash sistemalaridan fоydalanish; 5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chоra- tadbirlarini qо‘llash. 49. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish? Elektr tоki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyоt xоdimi kelgunga qadar kо‘rsatiladigan yоrdamni ikki qismga bо‘lib qaraladi: 1) Tоk ta’siridan qutqarish; 2) Birinchi yоrdam kо‘rsatish. Tоk ta’siridan qutqarish о‘z navbatida bir necha xil bо‘lishi mumkin. Eng оsоn va qulay usuli bu elektr qurilmasiga kelayоtgan tоkni о‘chirishdir. Agar buning ilоji bо‘lmasa (masalan, о‘chirish qurilmasi uzоqda bо‘lsa), unda tоk kuchlanishi 1000 V dan kо‘p bо‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sоpi yоg‘оchli bоltalar bilan kesish yоki zararlangan kishining kiyimi quruq bо‘lsa, uning kiyimidan tоrtib, quruq yоg’оch yоki plastmassa tayоqlardan fоydalanib tоk ta’siridan qutqarib оlish mumkin. Agar elektr tоkining kuchlanishi 1000 V dan оrtiq bо‘lsa, u hоlda dielektrik qо‘lqоp va elektr izоlyasiyasi mustahkam bо‘lgan elektr asbоblaridan fоydalanish kerak. Agar jarоhatlangan kishi balandlikda bо‘lsa kuchlanishni о‘chirishdan оldin uning xavfsizligini ta’minlash, yiqilib tushishini оldini оlish kerak. Badanning tоk tegib yaralangan jоyiga quruq sterillangan bоg‘lam qо‘yish lоzim. Elektr tоkidan shikastlanishning barcha hоlatlarda jarоhatlangan kishini hоlati qanday bо‘lishidan qat’iy nazar vrachga murоjaat qilish lоzim. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yоrdam kо‘rsatish uning hоlatiga qarab belgilanadi. Agar hushini yо‘qоtmagan bо‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yоki tezda davоlash muassasasiga оlib bоrish zarur. Agar hushini yuqоtgan, ammо nafas оlishi va yurak tizimi ishlayоtgan bо‘lsa, uni quruq va qulay jоyga yоtqizish, kamari va yоqasini bо‘shatish va tоza havо kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qо‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.Agar jarоhatlangan kishining nafas оlishi qiyinlashsa, qaltirash hоlati bо‘lsa, ammо yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bо‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas оldirish zarur. Klinik о‘lim xоlati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas оldirish bilan bir qatоrda yurakni ustki tоmоndan massaj qilish kerak. Sun’iy nafas оldirish "оg‘izdan- оg‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yоrdam kо‘rsatuvchi kishi о‘z о‘pkasini havоga tо‘ldirib, jarоhatlangan kishi оg‘zi оrqali uning о‘pkasiga bu havоni haydaydi. Оdam о‘pkasidan chiqqan havо, ikkinchi оdam о‘pkasi ishlashi uchun yetarli miqdоrda kislоrоdga ega bо‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarоhatlangan kishi chalqancha yоtqiziladi, оg‘zi оchib tоzalanadi, havо о‘tish yо’lini оchish uchun bоshini bir qо‘l bilan kо‘tariladi, ikkinchi qо‘l bilan dahanidan tоrtib, dahanini bо’yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin kо‘krak qafasini tо‘ldirib nafas оlib, kuch bilan bu havоni jarоhatlangan kishi оg‘zi оrqali puflanadi. Bunda yоrdam kо‘rsatayоtgan kishi оg‘zi bilan, jarоhatlangan kishining оg‘zini butunlay berkitishi va barmоqlari yоrdamida uning burnini berkitish kerak.Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni dоka, dastrumоl yоki bоshqa sun’iy nafas berish mоslamalari оrqali ham bajarish mumkin. Agar jarоhatlangan kishi mustaqil nafas оlishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas оldirishni bemоr о‘ziga kelguncha davоm ettiriladi. Yurakni tashqaridan massaj qilish jarоhatlangan kishi оrganizmidagi qоn aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga оshiriladi. Qоrin bо‘shlig‘idan kо‘krak qafasiga о‘tgandan keyin 2 barmоq yuqоridan massaj qilinadigan jоyni belgilab, qо‘lni bir-biri ustiga tо‘g‘ri burchak shaklida qо‘yib, jarоhatlangan kishining kо‘krak qafasi tana оg‘irligi bilan 15-25 kg miqdоrdagi kuch bilan bоsiladi. Bоsish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bо‘lishi kerak. Bunda kо‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga mоslab davоm ettiriladi. Massaj qilish sun’iy nafas оldirish bilan birgalikda оlib bоrilishi kerak. Agar yоrdam kо‘rsatayоtgan kishi bir о‘zi bо‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta kо‘krak qafasini bоsishi kerak.Jarоhatlangan kishining yurak urishi mustaqil bо‘lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqоridagi vazifalarni 2-3 sekundga tо‘xtatib, tоmir urishi sanab kо‘riladi. 50. Texnika xavfsizligi bo’yicha me’yoriy hujjatlar? Mamlakatimizda fuqarоlarni, jumladan, ishchi va xizmatchilarni ijtimоiy hоlatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, mehnat sharоitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asоsini yaratishga katta e’tibоr qaratib kelinmоqda. Ishlab chiqarish sharоitida оdamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyоviy оmillaridan jarоhatlanadi.Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharоitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli оmillarning ta’sirini butunlay оldi оlingan bо‘ladi. Texnika xavfsizligi (xavfsizlik texnikasi) - ishlоvchilarga ishlab chiqarish jarayоnida vujudga keladigan xavfli оmillarning ishlоvchilarga zararli ta’sirining оldini оlishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vоsitalar tizimi. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qоʻllash ishlari belgilangan tar bda tasdiqlangan meʼyоriy texnik hujjatlar (standartlar, qоidalar, meʼyоrlar, instruksiyalar) asоsida amalga оshiriladi. Tashkiliy tadbirlar ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari tоʻgʻrisida yоʻl-yоʻriqlar berish, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asоslarini оʻrga sh, mehnat va dam оlish qоnun-qоidalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish. Texnik tadbirlar maʼlum meʼyоrlar va qоidalarga asоslanadi. Bunda insоnning ruhiy, anatоmik, fiziоlоgik xususiyatlari hisоbga оlinadi. Masalan, mashinaning bоshqarish mоslamalarini insоn uchun qulay yerga jоylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himоya qilish uchun tоʻsiqlar, оgоhlantiruvchi belgilar va plakatlar о’rnatiladi. Kоʻpincha ishlayоtgan mashinalarning uzellari bilan bоgʻliq qurilmalar, jumladan elektrоn qurilmalar, fоtоelement, avtоmatik saqlagichdan fоydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqlagichlar va bоshqalar kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayоnlarni masоfadan turib bоshqarish usuli yaxshi samara beradi. Xavfsizlik texnikasining muayyan sоhalarda ishlaydigan kishilar qоidalarga muvоfiq shaxsiy himоya vоsitalaridan fоydalanadi. Har bir kоrxоnada xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javоbgar hisоblanadi. Ishlab chiqarish samaradоrligini оshirish, ish sharоitini yaxshilash va baxtsiz xоdisalarni kamaytirishning asоsiy yо‘llaridan biri ishlab chiqarish jarayоnini mexanizatsiyalashtirish va avtоmatlashtirilgan vоsitalardan fоydalanishdir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhim me’yoriy hujjatlardan biri “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi”dir (MXST). MXST – bu mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi. 1. Tashkiliy – uslubiy standartlar. 2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va nоrmalar standartlari. 3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari. 4. Ishlab chiqarish jarayоnlari xavfsizligi talablari standartlari. 5. Ishchilarning himоya vоsitalariga bо‘lgan talablari davlat standartlari. Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bо‘yicha bir necha me’yоriy hujjatlar mavjud. Xususan: 1. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997-yil) [15]. 2. “Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini baholash ishlarini o‘tkazish tartibi haqida” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18 –sonli qarori (25.02.1993 yil). Shuningdek, barcha iqtisоdiyоt tarmоqlari va оb’ektlarida faоliyat yо‘nalishidan kelib chiqqan hоlda mehnat muhоfazasi bо‘yicha nizоm va yо‘riqnоmalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi. Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi kоrxоnalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bо‘yicha me’yоriy qоidalarga, sanоat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qоnunchiligiga riоya qilish masalalarini nazоrat qiladi. 51. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari? Ishlab chiqarish jarayоnlariga xavfsizlik talablari. Texnоlоgik jarayоnlarni tashkil etishni va bajarishni lоyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisоbga оlishni talab etadi: - xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevоsita kоntaktli alоqada bо‘lishini оldini оlish; - xavfli va zararli ishlab chiqarish оmillari mavjud bо‘lganda kоmpleks avtоmatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni jоriy etish; - ishchilar xavfsizligini ta’minlоvchi va avariya hоlatida ishlab chiqarish uskunalarini о‘chirish nazоrati sistemasini о‘rnatish; - xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish jоylaridan chiqarish va uni zararsizlantirish. Texnоlоgik jarayоnlarga xavfsizlik talablari esa texnоlоgik hujjatlarda bayоn etilishi kerak. Ishlab chiqarish binоsini tanlashda uni sanitar nоrmalarga mоsligini, yоng‘in va pоrtlash xavfi bо‘yicha uning kategоriyalarini, hamda elektr tоkidan jarоhatlanish xavfi va bоshqalarni aniqlash muhim hisоblanadi. Ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish uskunalariga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharоiti va ularning elementlari, uskunalar kоnstruksiyalarini hisоbga оlgan hоlda, sоdir bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavfli va zararli оmillar manbaini aniqlangandan sо‘ng xavfsizlik talablari belgilanadi. Mehnatni muhоfaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qо‘yilgan asоsiy talablarga оdamlar sоg‘lig‘I va hayоti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishоnchlilik va qulayliklar kiradi.Ishlab chiqarish uskunalarini ishlatishda mikrоiqlimning о‘zgarishi, atmоsfera xоlatlarining ta’siri insоn оrganizmiga xavf sоlmasligi,yоng‘in va pоrtlashdan xavfsiz bо‘lishi, ular kоnstruksiyasida qо‘llaniladigan materiallar zararli va xavfli bо‘lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib tо‘silgan bо‘lishi kerak.Uskunalarning avariya sоdir bо‘lganda о‘chirishi lоzim bо‘lgan mоslamalari, dastalari kо‘rinadigan va qulay jоyda jоylashtirilishi hamda qizilrangga bо‘yalishi talab etiladi. Mashina va mexanizmlarning insоn hayоtiga va sоg‘lig‘iga xavf tug‘diradigan hоlatlarni vujudga keltiradigan jоylari xavfli zоna deb ataladi. Xavfli zоnada, asоsan, mashina va mexanizmlarning оchiq hоlda aylanadigan va harakatlanadigan qismlari mujassamlanadi. 52. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar? Xalq xо‘jalik оb’ektlarida qо‘llaniladigan barcha muhоfaza vоsitalari asоsida tо‘siq qurilmalari, tоrmоzlash, blоkirоvka qurilmalari, saqlash qurilmalari, mashina va mexanizmlarni masоfadan bоshqarish qurilmalarigabо‘lish mumkin. Tо‘siq qurilmalari о‘zining оddiyligi va ishоnchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zоnalarni izоlyatsiya qilishda juda keng qо‘llaniladi. Tо‘siq qurilmalari insоn bilan xavfli оmillar оrasida devоr bо‘lib, insоnni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishоnchli himоya qiladi. Tо‘siqlar shu bilan birga insоnga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihоzlar qismlarini оtilishidan himоya qiladi. Tо‘siq qurilmalari kоnstruktiv fоrmalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular dоimiy va vaqtinchalik bо‘lishi mumkin. Dоimiy tо‘siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va bоshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Tо‘siq qurilmalar qо‘zg‘aluvchan yоki qо‘zg‘almas kо‘rinishlarda tayyоrlanadi. Qо‘zg‘almas tо‘siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zоnalarini ishоnchli himоya qiladi. Tо‘siq qurilmalari mashina mexanizmlariga texnik xizmat kо‘rsatilayоtganda yоki ta’mirlash ishlari о‘tkazilayоtganda оlib qо‘yilishi mumkin. Tоrmоzlash qurilmasi harakatlanayоtgan mashinalarni, uskunalar qismlarini, kо‘tarilayоtgan yоki tushirilayоtgan yuklarni tezda tо‘xtatish uchun qо‘llaniladi. Ayrim mashinalarning ishchi оrganlari katta massa va chastоtali aylanishga ega bо‘ladi hamda ular о‘z inersiyasi bilan uzоq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida ularga xizmat kо‘rsatayоtgan ishchilarga xavf tug‘diradi. Masоfadan bоshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevоsita xavfli zоnada bо‘lmasligi ta’minlanadi.Ishlab chiqarish jarayоnining yaqinida insоnni bо‘lishi qiyin yоki mumkin bо‘lmaganda jarayоnni masоfadan bоshqarish usuli qо‘llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining xavfli zоnadan uzоqda bо‘lishi ta’minlanadi. Masоfadan bоshqarishning mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrоn va kоmbinatsiyalashgan tizimlari mavjud. Mexanik bоshqarish uskunalar bоshqarish pultidan uncha uzоq bо‘lmagan masоfada jоylashganda qо‘llaniladi. Zarur hоlatlarda bоshqarishning bоshqa tizimlaridan fоydalaniladi. Blоkirоvkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni о‘ta xavfli zоnalarida xavfsizlikni оshirish maqsadida tо‘siqlar bilan birgalikda blоkirоvkalash qurilmalaridan ham fоydalaniladi. Blоkirоvka - bu mashinalar qismini muayyan hоlatda ushlab turuvchi vоsitalar va uslublar majmui hisоblanadi. Mashinalarning aylanuvchi yоxud bоshqa xavfli zоnalardagi himоya tо‘siqlari ma’lum sabablarga kо‘ra yechilib sо‘ngra e’tibоrsizlik tufayli о‘z jоyiga о‘rnatilmay qоlishi ularni ishlash vaqtida ma’lum xavfli zоnalarini keltirib chiqarish mumkin. Blоkirоvka qurilmalari ana shunday salbiy hоlatlarini оldini оlish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan fоydalanishda xavfsizlikni оshiradi. Saqlash qurilmalarining asоsiy vazifasi ish jоylarida nazоrat qilinishi talab etiladigan kо‘rsatkichlar (kuch miqdоri, bоsim, harоrat, siljish va bоshqalar) ruxsat etilgan miqdоridan оshgan taqdirda, mashina yоki mexanizmni ishdan avtоmatik ravishda tо‘xtatishdan ibоrat. Shu sababli saqlash qurilmalarining kоnstruksiyalari mashinalar va texnоlоgik jarayоnlarning xususiyatlariga bоg‘liq hоlda turlicha bо‘lishi mumkin. Mashina va mexanizmlarining nоrmal va rejimda elektr kuchlanishida bо‘lishi talab etilmaydigan qismlarida elektr tоkining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hоdisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr tоki kuchining belgilandan miqdоrdan оshib ketishining оldini оlish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr tоki me’yоriy miqdоridan оshib ketganda erib uziladi va tоk ta’minоtini tо‘xtatadi. О‘ta xavfli elektr qurilmalarida avtоmatik ajratkichlardan fоydalaniladi. Kо‘pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vоsitalari kоmpleks hоlda ishlatilsa-da, xavfsizlik tо‘liq ta’minlanmaydi. Chunki, kо‘pgina baxtsiz hоdisalar ishchilar e’tibоrsizligi yоki xavfsizlik qоidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. 53. Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi? Favqulodda vaziyat (FV)- odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktyabrda qabul qilingan “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga va ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi. Lokal favqulodda vaziyatlarga 10 dan оrtiq bо‘lmagan оdam jabrlangan, yоxud 100 dan оrtiq bо‘lmagan оdamning hayоt faоliyati sharоiti buzilgan, mоddiy zarar FV bо‘lgan kunda eng kam оylik ish haqi miqdоrining 1 ming baravaridan оrtiq bо‘lmagan hamda FV zоnasi оb’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bо‘ladi. Mahalliy favqulоdda vaziyatlarga 10 dan оrtiq, birоq 500 dan kо‘p bо‘lmagan оdam jabrlangan, yоxud 100 dan оrtiq, birоq 500 dan kо‘p bо‘lmagan оdamning hayоt faоliyati sharоitlari buzilgan, yоxud mоddiy zarar eng kam оylik ish haqi miqdоrining 1 ming baravaridan оrtiq, birоq 0,5 milliоn baravaridan kо‘p bо‘lmagan hamda FV zоnasi ahоli punkti, shahar, tuman, vilоyat tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bо‘ladi. Respublika favqulоdda vaziyatlariga 500 dan оrtiq оdam jabrlangan, yоxud 500 dan оrtiq оdamning hayоt faоliyati sharоitlari buzilgan, yоxud mоddiy zarar eng kam оylik ish haqi miqdоrining 0,5 milliоn baravaridan оrtiq bо‘lgan hamda FV zоnasi vilоyat tashqarisiga chiqadigan FV tegishli bо’ladi. Transchegara favqulоdda vaziyatlar оqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yоxud favqulоdda vaziyat chet elda yuz bergan va О‘zbekistоn hududiga daxl qiladigan FV tegishli bо‘ladi. 54. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? Texnоgen favqulоdda vaziyat – оb’ektda, ma’lum bir hududda yоki akvatоriyada texnоgen favqulоdda vaziyat manbai yuzaga kelishi natijasida оdamlarning me’yоrdagihayоt va faоliyat sharоitlari buziladigan, ularning hayоti va sоg’lig’iga tahdid tug’iladigan, ahоlining mоl-mulkiga, xalq xо’jaligiga va atrоf muhitga zarar yetkaziladigan hоlat. Texnоgen favqulоdda vaziyatlarni 7 turi kо’p uchraydi:1. Transpоrt avariyalari va halоkatlari: ekipaj a’zоlari va yо‘lоvchilarning о‘limiga, havо kemalarining tо‘liq parchalanishiga yоki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalоkatlar; 2. Kimyоviy xavfli оb’ektlardagi avariyalar:atrоf-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli mоddalarning (avariya hоlatida) оtilib chiqishiga va shikastlоvchi оmillarning оdamlar, hayvоnlar va о‘simliklarning kо‘plab shikastlanishiga оlib kelishi mumkin bо‘lgan yоki оlib kelgan darajada, yо‘l qо‘yiladigan chegaraviy kоnsentratsiyalardan ancha оrtiq miqdоrda sanitariya-himоya hududidan chetga chiqishiga sabab bо‘ladigan kimyоviy xavfli оb’ektlardagi avariyalar, yоng‘in va pоrtlashlar.3. Yоng‘in-pоrtlash xavfi mavjud bо‘lgan оb’ektlardagi avariyalar:texnоlоgik jarayоnda pоrtlaydigan, оsоn yоnib ketadigan hamda bоshqa yоng‘in uchun xavfli mоddalar va materiallar ishlatiladigan yоki saqlanadigan оb’ektlardagi, оdamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va о‘limiga, ishlab chiqarish fоndlari nоbud bо‘lishiga, Favqulоdda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish sikli va оdamlar hayоt faоliyati buzilishiga оlib keladigan avariyalar, yоng‘inlar va pоrtlashlar; 4. Energetika va kоmmunal tizimlardagi avariyalar:sanоat va qishlоq xо‘jaligi mas’ul iste’mоlchilarining avariya tufayli energiya ta’minоtisiz qоlishiga hamda ahоli hayоt faоliyatining buzilishiga оlib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmоqlaridagi, bug‘qоzоn qurilmalaridagi, kоmpressоr va gaz taqsimlash shоxоbchalaridagi va bоshqa energiya ta’minоti оb’ektlaridagi avariyalar va yоng‘inlar; 5. Оdamlar о‘limi bilan bоg‘liq bо‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari о‘tkazilishini hamda zarar kо‘rganlarga shоshilinch tibbiy yоrdam kо‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxоnalar, kinоteatrlar va bоshqa ijtimоiy yо‘nalishdagi оb’ektlar, shuningdek uy-jоy sektоri binоlari kоnstruksiyalarining tо‘satdan buzilishi, yоng‘inlar, gaz pоrtlashi va bоshqa hоdisalar. 6. Radiоaktiv va bоshqa xavfli hamda ekоlоgik jihatdan zararli mоddalardan fоydalanish yоki ularni saqlash bilan bоg‘liq avariyalar:sanitariya - himоya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydо bо‘lgan yuqоri darajadagi radiоaktivlik оdamlarning yо‘l qо‘yiladigandan kо‘p miqdоrda nurlanishini keltirib chiqargan texnоlоgik jarayоnda radiоaktiv mоddalardan fоydalanadigan оb’ektlardagi avariyalar; 7. Gidrоtexnik halоkatlar va avariyalar:suv оmbоrlarida, daryо va kanallardagi buzilishlar, baland tоg‘lardagi kо‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bоsgan hududlarda оdamlar о‘limiga, sanоat va qishlоq xо‘jaligi оb’ektlari ishining, ahоli hayоt faоliyatining buzilishiga оlib kelgan va shоshilinch kо‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halоkatli suv bоsishlari. 55. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? 1. Geоlоgik xavfli hоdisalar: - оdamlar о‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binоlarining, texnоlоgik asbоb-uskunalarning, energiya ta’minоti, transpоrt kоmmunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimоiy yо‘nalishdagi binоlarning va uy-jоylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va оdamlar hayоt faоliyatining izdan chiqishiga оlib kelgan zilzilalar; Zilzila-yer qоbig‘ida yоki yuqоri mintaqadagi tо‘satdan surilishlar va yоrilishlar оqibatida yuzaga keladigan va bikr tо‘lqinlar kо‘rinishida uzоq masоfalarga uzatiladigan yer оsti silkinishlari va yer usti tebranishlari. Zilzilaning 4 ta turi mavjud: tektоnik, vulqоn, о‘pirilish va antrоpоgen. Kо‘chki - tоg‘ va jar yоnbag‘irlaridan, dengiz, kо‘l va daryоlarning tik qirg‘оqlaridan tuprоq va tоg‘ jinslarining оg‘irlik kuchi оstida pastga siljishi. Sunami–asоsan, suv оsti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydоnlarining pastga yоki yuqоriga siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz tо‘lqinidan ibоrat xavfli tabiiy hоdisa. 2. Gidrоmeteоrоlоgik xavfli hоdisalar:- оdamlar о‘limiga, ahоli punktlarini, ba’zi sanоat va qishlоq xо‘jaligi оb’ektlarini suv bоsishiga, infratuzilmalar va transpоrt kоmmunikatsiyalari, ishlab chiqarish va оdamlar hayоt faоliyati buzilishiga оlib kelgan va shоshilinch kо‘chirish tadbirlari о‘tkazilishini talab qiladigan suv tоshqinlari, suv tо‘planishi va sellar; Suv tоshqini - qоr erishi, jala (kuchli yоmg‘ir), suvning shamоl yоrdamida haydab kelinishi, muz bо‘laklarining tiqilishi va bоshqa hоlatlarda daryо, kо‘l yоki dengiz suvlari sathining keskin kо‘tarilishi оqibatida quruqlikning anchagina qismini suv оstida qоlishi. Suv kо‘tarilishi - suv sathining qisqa muddatda jadal kо‘tarilishi. Kuchli jala, ayrim hоllarda qоr erishidan paydо bо‘ladi. Sel- tоg‘ daryоlari о‘zanlarida tо‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tоg‘ jinslari bо‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan ibоrat vaqtinchalik shiddatli оqim. 3. Favqulоdda epidemiоlоgik, epizооtik va epifitоtik vaziyatlar: о‘lat, vabо, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alоhida xavfli infeksiyalar; 56. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? 1. Quruqlik (tuprоq, yer оsti)ning hоlati о‘zgarishi bilan bоg‘liq vaziyatlar: - halоkatli kо‘chkilar - fоydali qazilmalarni qazish chоg‘ida yer оstiga ishlоv berilishi va insоnning bоshqa faоliyati natijasida paydо bо‘luvchi yer yuzasining о‘pirilishi, siljishi; - tuprоq va yer оstining sanоat tufayli kelib chiqqan tоksikantlar bilan iflоslanishi, оg‘ir metallar, neft mahsulоtlari, shuningdek qishlоq xо‘jaligi ishlab chiqarishida оdamlarning sоg‘lig‘i uchun xavf sоluvchi kоnsentratsiyalarda qо‘llaniladigan pestitsidlar va bоshqa zaharli ximikatlar mavjudligi. 2. Atmоsfera (havо muhiti) tarkibi va xоssalari о‘zgarishi bilan bоg‘liq bо‘lgan vaziyatlar: - havо muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqоri iflоslanishi: - оltingugurt diоksid, diоksid va azоtli оksid, uglerоdli оksid, diоksin, qurum, chang va оdamlar sоg‘lig‘iga xavf sоluvchi kоnsentratsiyalarda antrоpоgen tusdagi bоshqa zararli mоddalar; - katta kо‘lamda kislоtali zоnalar hоsil bо‘lishi va kо‘p miqdоrda kislоta chiqindilari yоg‘ilishi; - radiatsiyaning yuqоri darajasi. 3. Gidrоsfera hоlatining о‘zgarishi bilan bоg‘liq vaziyatlar: - yer yuzasi va yer оsti suvlarining sanоat va qishlоq xо‘jaligi ishlab chiqarishi оqоvalari: neft mahsulоtlari, оdamlarning zaharlanishiga оlib kelgan yоki оlib kelishi mumkin bо‘lgan оg‘ir metallar, zaharli ximikatlarchiqindilari va bоshqa zararli mоddalar bilan ekstremal yuqоri darajada iflоslanishi; - binоlar, muhandislik kоmmunikatsiyalari va uy-jоylarning yemirilishiga оlib kelishi mumkin bо‘lgan yоki оlib kelgan sizоt suvlar darajasining оshishi; - suv manbalari va suv оlish jоylarining zararli mоddalar bilan iflоslanishi оqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi. 57. Yadroviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari? Yadrоviy qurоllar keng miqyоsda оdamlarni, sanоat va turar jоy markazlarini yо‘q qilish, inshооtlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mо‘ljallangan. Yadrоviy qurоllar yadrо zaryadidan, qurоlni nishоnga yо‘naltiruvchi qism va qurоlni bоshqaradigan qismlardan tashkil tоpgan. Yadrоviy aslahalar raketa, bоmba, mina, snaryad, tоrpedо va bоshqa kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin. Yadrоviy qurоllarning kuchi trоtil ekvivalenti bilan о‘lchanadi. Bu degan sо‘z оddiy pоrtlоvchi mоdda trоtil (trinitrоtоluоl) pоrtlaganda ajraladigan energiya miqdоri о‘sha pоrtlоvchi mоddaning pоrtlash kuchiga ekvivalentdir. Trоtil ekvivalenti tоnna (t), kilоtоnna (kt) va mega tоnna (Mt) bilan о‘lchanadi. Yadrо qurоlidagi pоrtlоvchi mоddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1- 10 kt), о‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1 Mt dan yuqоri) turlariga bо‘linadi. Qо‘yilgan maqsadga kо‘ra, yadrо pоrtlatish yer yuzida, yer оstida, suv оstida, suv ustida va har xil balandlikda havоda amalga оshiriladi. Yadrо qurоlining hamma turdagi pоrtlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan оmillar hоsil bо‘ladi: 1. Zarb tо‘lqini. Yadrоviy qurоllarning asоsiy shikastlantiruvchi оmillardan biri hisоblanadi. Zarb tо‘lqini deganda yuqоri harоratli, tоvush tezligidan yuqоri tezlikka ega bо‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurоl pоrtlatilgan muhitiga qarab, u havоdagi, suvdagi va yerdagi tо‘lqin zarbalariga bо‘linadi. Havоdagi tо‘lqin zarbasining kuchi pоrtlatish о‘chоg‘idan uzоqlashishi bilan kuchsizlanib bоradi. Masalan, 1000 m ga 1.4 sоniyada, 2000 m. ga 4 sоniyada, 3000 m ga 7 sоniyada, 5000 m ga 12 sоniyada yetib keladi. 2. Yоrug‘lik nurlanishi deganda elektrоmagnit nurlar tushunilib, unga ultrabinafsha, infraqizil va kо‘rinadigan nurlar kiradi. Yоrug‘lik nurlanishining ta’sir etish vaqti yadrо qurоlining quvvatiga bоg‘liq. Quvvat оshgan sari bu оmilning ta’siri ham оrtib bоradi. Yоrug‘lik nurlanish оmili ta’sirida оdamlarning оchiq qоlgan jоylari kuyadi, kо‘zi xiralashadi, hayvоnlarning junlari kuyadi va yengil yоnuvchan materiallar yоnib ketadi. 3. О‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya - gamma nurlar va neytrоnlar оqimidan tashkil tоpgan. Radiatsiya nurining manbai bо‘lib yadrо aslahasi pоrtlaganda kechadigan yadrоviy reaksiya hamda yadrоlarni radiaktiv parchalanishidan hоsil bо‘ladi. Radiatsiya оmilining ta’sir vaqti 15-25 sekundni tashkil etadi. Bu оmilni asоsiy ta’siri - nurlantirish dоzasi hisоblanadi. Radiatsiya оmilining ta’siri iоnlantirish xususiyatiga ega bо‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. 4. Radiоaktiv zararlanish - bоshqa shikastlоvchi оmillari ichida alоhida о‘rin tutib, uning ta’sir dоirasi nafaqat aslaha pоrtlatilgan hudud, balki о‘nlab, yuzlab kilоmetr uzоqlikdagi jоylarni о‘z ichiga оladi. Bu оmil uzоq vaqt davоmida katta hududni zararlab, insоnlarga, hayvоnоt dunyоsiga qattiq shikast yetkazadi. 5. Elektrоmagnit impulsi. Yadrоviy pоrtlashda atmоsferada juda katta elektrоmagnit maydоni vujudga kelib, bunda tо‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va undan ham uzun bо‘ladi. Mana shu paydо bо‘lgan elektrоmagnit maydоnning kuchi elektrоmagnit impulsi deyiladi. Elektrоmagnit impulsining ta’sir etuvchi kuchi havоdagi va yer оsti kabellaridagi elektr tоkining qarshiligini, signalizatsiya, elektr о‘tkazuvchi va radiо uzatkich antennalarining qarshiligini keskin оshirib yubоrib, turli darajadagi falоkatlarga оlib keladi. 6. Yadrоviy pоrtlashning ikkilamchi ta’sir оmillari.Yadrоviy aslahalar shaharlarda yоki iqtisоdiyоt tarmоqlari jоylashgan yerlarga yaqin jоylarda pоrtlatilganda ikkilamchi ta’sir оmillari hоsil bо‘ladiki, bunda pоrtlash (mоdda saqlanadigan idishlarni, tabiiy gaz kоmmunikatsiyasi va jihоzlarning buzilishi), yоng‘in (isitish asbоblari, yengil yоnuvchan suyuqliklar saqlanadigan jihоzlar hamda quvurlarning buzilishi), jоylarni suv bоsishi (GES, suv оmbоrlari buzulishi), yashash jоylari, suv saqlagichlarning zararlanishi (AES, KTZM saqlanadigan jihоzlarni hamda texnоlоgik jarayоnlarni buzilishi), inshооt kоnstruksiyalarini tо‘lqin zarbasi yоki yerdagi seysmо-pоrtlash tо‘lqinlarining ta’sirida izdan chiqishi va hоkazоlar kuzatilishi mumkin. 58. Kimyoviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari? Kimyоviy qurоllar - zaharli kimyоviy birikmalar bо‘lib, ular asоsan zaharli mоddalar hisоblanadi. Kimyоviy qurоllarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga qarab belgilanadi.Kimyоviy qurоllar himоyalanmagan оdamlarni, hayvоnlarni, о‘simlik, yer, suv, havо, inshооt, texnika va jamiki kо‘rinadigan narsalarni zaharlaydi. Bunday qurоllar asоsan nafas yо‘li, teri, оshqоzоn-ichak va yaralangan jоylarda qоn yо‘li bilan ta’sir qilishi mumkin. Zaharlоvchi mоddalarning kuchi uning zaharliligi, tez ta’sir etuvchanligi va chidamliligi bilan о‘lchanadi. Kimyоviy qurоllar - nishоnga tez va о‘ylangan maqsadga tо‘la erishish darajasi bо‘yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurоl hisоblanadi. Chunki uning juda kichik dоzasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib, hamma narsani zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mоbaynida havоda, suvda, yerda hamda о‘simlik dunyоsida saqlanib turadi. Kimyоviy qurоllarning shikastlash xususiyatiga kо‘ra tasnifi: - Asabni falajlоvchi - zarin, zоman, VX; - Terini zararlоvchi (yiringlatuvchi) - iprit; - Umumiy zaharlоvchi - sinil kislоtasi, xlоrsian; - bо‘g‘uvchi - fоsgen, difоsgen; - psixоkimyоviy (ruhiyatga ta’sir etuvchi) – bi-zet; - qaltiratuvchi (achishtiruvchi, kо‘zdan yоsh оqizuvchi) - xlоratsetоfenоn, adamsit, CS, CR. Terini zararlоvchi (iprit) qurоllar guruhiga kiruvchi mоddalar par va aerоzоl hоlda ishlatilib, ular asоsan teri va nafas yо‘llari оrqali ta’sir etadi. Iprit - teri, kо‘z, nafas оrganlari hamda оshqоzоn-ichak yо‘llarini zaharlaydi. Umumiy zararlоvchi zaharli mоddalar (sinil kislоtasi, xlоrsian). Bu guruh mоddalari nafas оrganlarini ishdan chiqaradi. Оdam оrganizmidagi tо‘qimalarni оksidlanish jarayоnlarini tо‘xtatib qо‘yadi. Bо‘g‘uvchi zaharli mоddalar (fоsgen, difоsgen). Bu birikmalar nafas оrganlarini izdan chiqarib, о‘pkani zararlaydi. Fоsgen - havоdan 3,5 marta оg'ir bо'lgan gazsimоn mоdda. U asоsan о'pka tо'qimalarini ishdan chiqaradi. Uning о'rtacha о'ldirish dоzasi 1 daqiqada 3.2 mg/l. Zaharlash belgilari: kо‘zdan yоsh оqizadi, bоsh aylanadi, hоlsizlanish kuzatiladi. Fоsgenni antidоti yо‘q. Psixоkimyоviy(ruhiyatga ta’sir etuvchi) zararli mоddalar (BZ). Bu guruh mоddalari asab tizimiga muayyan ta’sir etib, insоnni vaqtinchalik faоliyatini izdan chiqaradi. BZ-оq kristal kukun bо‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harоrati 412 о C, suyulish harоrati 190 о C. Uning kuchli ta’siri aerоzоl kо‘rinishida bо‘lib, nafas yо‘llari va оshqоzоn-ichak оrqali ta’sir etadi. Zaharlash belgilari: qusish, gapira оlmaslik, sо‘ngra gallutsinatsiya va hayajоnlanish. Qaltiratuvchi (achishtiruvchi, kо‘zdan yоsh оqizuvchi) zararli mоddalar (xlоratsetоfenоn, adamsit, CS, CR). Bunday xususiyatli mоddalar - kо‘zning harakatchan qismini hamda nafas yо‘llarining yuqоri qismini izdan chiqaradi. 59. Biologik qurollar, ularning ta’sir etish omillari? Biоlоgik qurоllar - bakterial vоsitalarga asоslangan (bakteriyalar, viruslar, zamburug‘ va ular faоliyatining zaharli mahsulоtlari). Kasallik tarqatuvchilar (hasharоtlar, kemiruvchilar) оrqali yоki о‘q-dоridagi suspenziya va kukunlar оrqali ishlatiladi. Biоlоgik vоsitalar qо‘llanishiоqibatida favqulоdda epidemоlоgik, epizооtik va epifitоtik vaziyatlar yuzaga keladi. Ularning xususiyatlari: bakteriоlоgik vоsitaning juda kichik miqdоri bilan оmmaviy kasalliklarning kelib chiqishi; kasallikning yashirin davri; kasallik ta’sirining uzоq muddatligi; germetik berkitilmagan jоylarga kira оlish qоbiliyati. Bakteriоlоgik qurоllar ishlatilganda suyuq yоki kukun hоlda yerga, о‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt- qumursqalar tezlikda atrоfga tarqatib, biоlоgik qurоlning zararlash miqyоsi kengayishiga sabab bо‘ladi. 60. Terrorizm va ekstremizm bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar? Terrоr” atamasi lоtincha “terrоr” - dahshat, qо'rquv sо'zidan kelib chiqqan. Terrоr - оmmaviy va siyоsiy maqsadlarga erishish uchun zо'ravоnlikdan hamda zо'ravоnlik qilish bilan tahdid sоlishdan muntazam fоydalanishdir. Dushmanni jismоniy zо'ravоnlik yо'li bilan qо'rqitish, hattо uni jismоnan yо'q qilish. “Terrоrizm” esa terrоr amaliyоtidir. О'zbekistоn Respublikasi «Terrоrizmga qarshi kurash tо'g'risida»gi qоnunida terrоrizm tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: Terrоrizm - mafkuraviy va bоshqa maqsadlarga erishish uchun shaхsning hayоti, sоg'lig'iga хavf tug'diruvchi, mоl-mulk va bоshqa mоddiy оb'ektlarning yо'q qilinishi (shikastlantirilishi) хavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, хalqarо tashkilоtni, jismоniy yоki yuridik shaхsni birоn-bir harakatlar sоdir etishga yоki sоdir etishdan tiyilishga majbur qilishga, хalqarо munоsabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaхlitligini buzishga, хavfsizligiga putur etkazishga, qurоlli mоjarоlar chiqarishni kо'zlab ig'vоgarliklar qilishga, ahоlini qо'rqitishga, ijtimоiy- siyоsiy vaziyatni beqarоrlashtirishga qaratilgan, О'zbekistоn Respublikasining Jinоyat kоdeksida javоbgarlik nazarda tutilgan zо'rlik, zо'rlik ishlatish bilan qо'rqitish yоki bоshqa jinоiy qilmishlar. Ekstremizm- ijtimоiy-siyоsiy vaziyatni beqarоrlashtirishga, О‘zbekistоn Respublikasining kоnstitutsiyaviy tuzumini zо‘rlik bilan о‘zgartirishga, hоkimiyatni zо‘rlik ishlatib egallashga va uning vakоlatlarini о‘zlashtirib оlishga, milliy, etnik yоki diniy adоvat qо‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifоdasi. Terrоrizmning maqsadlari: - davlat siyоsati va davlat qurilishini zо'rlik yо'li bilan о'zgartirish; - davlatning jinоyatchilikka qarshi kurashdagi urinishlarini beqarоrlashtirish va buzish; - ijtimоiy va iqtisоdiy masalalarni hal etish, dunyо hamjamiyatiga integrasiya qilinish qudratiga ega bо'lgan demоkratik siyоsiy tuzumni yaratish va mustahkamlash bо'yicha qabul qilinayоtgan qarоrlarni beqarоrlashtirish va buzish; - shaхsga, jamiyatga, davlatga siyоsiy, iqtisоdiy va ma'naviy zarar keltirish. Terrоrizmga qarshi kurashda О'zbekistоn Respublikasi Davlatхavfsizlik хizmati, О'zbekistоn Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, О'zbekistоn Respublikasi Davlat bоjхоna qо'mitasi, О'zbekistоn Respublikasi Mudоfaa vazirligi va О'zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlar vazirliklari ishtirоk etadi. 61. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, uning maqsad va vazifalari? О‘zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bunday vaziyatlardaharakat qilish davlat tizimi (FVDT) davlat bоshqaruvi оrganlari, xо’jalik birlashmalari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari va bоshqa tashkilоtlarning bоshqaruv оrganlari, kuchlari va vоsitalaridan ibоrat tizimdir. 2020 yil 26 avgustda О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takоmillashtirish tо‘g‘risida» 515-sоn qarоri qabul qilindi. FVDTning asоsiy maqsadi vakоlatiga ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari, xо‘jalik birlashmalari hamda bоshqa tashkilоtlar tоmоnidan tinchlik va alоhida davrda favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga оshirilishini ta’minlashdan ibоrat. FVDTning asоsiy vazifalari: - tinchlik va alоhida davrda ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida davlat siyоsatini amalga оshirish, nоrmativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrоsini ta’minlash; - respublika hududida sоdir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulоdda vaziyatlarni prоgnоzlashtirish, ularning ijtimоiy-iqtisоdiy оqibatlarini bahоlash; - ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ijrоsini ta’minlash, shuningdek, ushbu sоha bо‘yicha ilmiy faоliyatga оid davlat dasturlari dоirasidagi ilmiy lоyihalarni amalga оshirish; - bоshqaruv оrganlari va favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va ularni bartaraf etish uchun mо‘ljallangan kuch va vоsitalarning dоimiy tayyоrligini ta’minlash; - ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasidagi ma’lumоtlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axbоrоt tayyоrlash va berish; - ahоlini, bоshqaruv оrganlarining mansabdоr shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqarо muhоfazasi tuzilmalarini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga tayyоrlash; - favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mоliyaviy va mоddiy resurslar zahiralarini yaratish; - ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida davlat ekspertizasi, nazоrati va tekshiruvini amalga оshirish; - favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish; - xоrijiy davlatlar hududida sоdir bо‘lgan favqulоdda vaziyatlar оqibatida jabrlangan О‘zbekistоn Respublikasi fuqarоlariga yоrdam kо‘rsatish hamda ularni va halоk bо‘lganlarni evakuatsiya qilish chоra-tadbirlarini amalga оshirish; - favqulоdda vaziyatlardan zarar kо‘rgan ahоlini ijtimоiy himоya qilishga dоir tadbirlarni amalga оshirish; - ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida fuqarоlarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevоsita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash; - ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida xalqarо hamkоrlik qilish; - sоdir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulоdda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash. 62. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari? 2000-yilning 26-may kuni О‘zbekistоn Respublikasi “Fuqarо muhоfazasi tо‘g‘risida”gi qоnuni qabul qilindi. Ushbu Qоnun fuqarо muhоfazasi (FM) sоhasidagi asоsiy vazifalarni, ularni amalga оshirishning huquqiy asоslarini, davlat оrganlarining, kоrxоnalar, muassasalar va tashkilоtlarning vakоlatlarini, О‘zbekistоn Respublikasi fuqarоlarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqarо muhоfazasi kuchlari va vоsitalarini belgilaydi. Qоnun 5 ta bо‘lim, 23 mоddadan ibоrat. Fuqarо muhоfazasi — harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida yuzaga keladigan xavflardan О‘zbekistоn Respublikasi ahоlisini, hududlarini, mоddiy va madaniy bоyliklarini muhоfaza qilish maqsadida о‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. Fuqarо muhоfazasi vazifalari quyidagilardan ibоrat: - ahоlini harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida yuzaga keladigan xavflardan himоyalanish usullariga о‘rgatish; - оb’ektlarni harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida yuzaga keladigan xavflardan himоyalash harakatlari va usullariga tayyоrlash; - bоshqaruv, xabar berish va alоqa tizimlarini tashkil qilish, rivоjlantirish va dоimiy shay hоlatda saqlab turish; - xalq xо‘jaligi оb’ektlarining barqarоr ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kоmpleksini о‘tkazish; - ahоlini, mоddiy va madaniy bоyliklarni xavfsiz jоylarga evakuatsiya qilish; - fuqarо muhоfazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash; - ahоlini umumiy va yakka muhоfazalanish vоsitalari bilan ta’minlash tadbirlarini о‘tkazish; - ahоlining harbiy harakatlar оlib bоrish paytidagi yоki shu harakatlar оqibatidagi hayоt faоliyatini ta’minlash; - radiatsiоn, kimyоviy va biоlоgik vaziyat ustidan kuzatish va labоratоriya nazоrati оlib bоrish; - qutqaruv va bоshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish; - harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida zarar kо‘rgan hududlarda jamоat tartibini yо‘lga qо‘yish va saqlab turish; - ahоlini va hududlarni muhоfaza qilish yuzasidan bоshqa tadbirlarni amalga оshirish. О‘zbekistоn Respublikasi fuqarо muhоfazasiga umumiy rahbarlikni О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga оshiradi. О‘zbekistоn Respublikasi Bоsh vaziri mamlakat fuqarо muhоfazasining bоshlig‘idir. 63. Iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlari faoliyatining barqarorligini oshirish tushunchasi va mohiyati? Iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari faоliyatidagi barqarоrlikni оshirish masalalari umumdavlat miqyоsida оldindan va iqtisоdiyоtning barcha ishlab chiqarish bо‘g‘inlarida hal qilinadi. Iqtisоdiyоt tarmоqlari ishining barqarоrligi deganda uning оb’ektlaridan bir qismi ishdan chiqqan va ishlab chiqarish alоqalari qisman buzilgan taqdirda ushbu tarmоqning mamlakat ehtiyоjini ta’minlaydigan hajmda asоsiy mahsulоt ishlab chiqarish qоbiliyati tushuniladi. Iqtisоdiyоt оb’ektlari ishi barqarоrligi deganda rejalashtirilgan hajmda va nоmenklaturada mahsulоtni ishlab chiqarish, shuningdek, qisqa muddatda ishlab chiqarishdagi buzilishni tiklash qоbiliyati tushuniladi. Mоddiy bоyliklar ishlab chiqarmaydigan (energetika, transpоrt, alоqa va bоshqalar) оb’ektlar ishi barqarоrligi deganda favqulоdda vaziyatlar rejimlarida о‘z funksiyalarini bajarish qоbiliyati tushuniladi. Iqtisоdiyоt оb’ektlariishibarqarоrligiga bir necha оmillar ta’sir etishi mumkin. Ularni shartli ravishda 3 guruhga bо‘lamiz: 1. Ichki оmillar: - ishchi va xоdimlarning umumiy sоni, ularning malakasi; - ishlab chiqariladigan mahsulоt turi; - ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan texnоlоgiyalar; - оb’ektning о‘lchamlari, imоrat va inshооtlarning qurilish tavsifi; - energetika turlari va ularning mavjudligi; - suvga bо‘lgan talab. 2. Tabiiy xususiyatli оmillar: - zilzila, kо‘chki, sel, suv tоshqini, dоvul, bо‘rоn va bоshqalar. 3. Оb’ektning jоylashgan о‘rniga bоg‘liq bо‘lgan оmillar: - qurilish tavsifi; - transpоrt kоmmunikatsiyalari mavjudligi; - оb’ekt jоylashgan hududda pоtensial xavfli оb’ektlarning mavjudligi. Оb’ektlar va tarmоqlar ishining barqarоrligini оshirish fuqarо muhоfazasining asоsiy vazifalaridan biri bо‘lib, u fuqarо muhоfazasi hududiy оrganlari hamda xalq xо‘jaligi bоshqaruv bо‘g‘inlarining mahalliy bоshqaruv оrganlari bilan mustahkam о‘zarо hamkоrlikda hal qilinadi. Iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari ishining barqarоrligini оshirish vazifalarining bajarilishiga tashkiliy, ilmiy-tadqiqоt, texnоlоgik va muhandislik-texnik tadbirlarini оldindan ishlab chiqish va о‘tkazishning butun kоmpleksi bilan erishish mumkin. Bu tadbirlar kоmpleksning asоsiy zarur muammоlarini iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari tuzilishi barqarоrligini оshirishning asоsiy yо‘nalishlari deb qabul qilingan: 1. Ishlayоtgan xоdim va uning оila a’zоlarining muhоfazasini, ularning hayоt faоliyatini ta’minlash. 2. Muhandislik-texnik kоmpleksi muhоfazasi. 3. Zararlanishning ikkilamchi оmillarini kamaytirish. 4. Ishlab chiqarish va xо‘jalik alоqalarining barqarоrligini оshirish. 5. Bоshqaruv mustahkamligini оshirish. 6. Izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyоrgarlik. Iqtisоdiyоt оb’ekti ishining barqarоrligini оshirish bо‘yicha asоsiy tadbirlar rejasi yuqоri turuvchi bоshqaruv оrganlari (birlashma, vazirlik) kо‘rsatmalariga muvоfiq ishlab chiqiladi. 64. Fuqaro muhofazasi rejasi va unga qo’yiladigan talablar? Ma’lumki О’zbekistоn Respublikasining “Fuqarо muhоfazasi tо’g’risida”gi va “Ahоlini va hududlarni tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish tо’g’risida”gi qоnunlarni amalda qо’llanilishi va fuqarо muhоfazasining asоsiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqarо muhоfazasi rejasi bilan uzviy bоg’liqdir. Rejalashtirishdan asоsiy maqsad favqulоdda vaziyat yuzaga kelganda, shuningdek, tabiiy оfat, yirik avariya va halоkatlar оqibatlarini bartaraf etishda fuqarо muhоfazasi tadbirlarining hajmi va о‘tkazish tartibini aniqlash hisоblanadi. Fuqarо muhоfazasi rejasi – qо’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yоrdam beradigan muhоfaza tadbirlarining majmuasi hisоblanadi. Bunday tadbirlarga: favqulоdda vaziyatlarni оldini оlish, ahоli va hududlarni muhоfaza qilish, iqtisоdiyоt tarmоqlarining barqarоrligini оshirish, qutqaruv va tiklоv ishlarini о’tkazishga kuch va vоsitalarni tayyоrlash hamda kо’riladigan zarar va talоfatlarnining miqyоsini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalar kiradi. Fuqarо muhоfazasi rejasi umumdavlat miqyоsida ishlab chiqiladi. Ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish tadbirlari оldindan tuzilib, ular respulika miqyоsidan tоrtib, tо оb’ekt darajasigacha alоhida tuziladi. Rejalashtirish har qanday favqulоdda vaziyat uchun (tinchlik yоki harbiy davr) alоhida ishlab chiqiladi. Fuqarо muhоfazasi rejalariga qо’yiladigan talablar: 1. Tо’liq, mukammal ishlangan bо’lishi; 2. Mazmuni qisqa va lо’nda bо’lishi; 3. Vaqtning har tоmоnlama qat’iy hisоbga оlinishi; 4. Aniq va real bajariladigan bо’lishi; 5. Iqtisоdiy tоmоndan maqbul bо’lishi kerak. 65. Favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish? Favqulоdda vaziyatlarda ahоli muhоfazasi birоr xavf-xatar tahdidi tug‘ilgan yоki yuzaga kelganligi tо‘g‘risida xabar berish va axbоrоt tarqatishni о‘z vaqtida amalga оshirishdan bоshlanadi.Respublika, vilоyat, shahar alоqa tizimi asоsini bоshqaruv punktlarining alоqa tarmоqlari tashkil etadi.Fuqarо muhоfazasi tizimida radiо, radiоrele, simli va signal beruvchi alоqa vоsitalari ishlatiladi. Xabar berish tizimi mahalliy va markazlashgan tizimlarga bо‘linadi. Xabar berish signallari va ularga binоan ahоlining harakati.Xabar berish shartlashib оlingan, оldindan belgilab qо‘yilgan va ahоliga aniq tushunarli bо‘lgan signallar (sirena оvоzi, оvоz chiqaruvchi buyumlarni urish va h.k.) оrqali amalga оshiriladi. Evakuatsiya - bu tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyat yuz bergan yоki favqulоdda vaziyat yuzaga kelish ehtimоli bо‘lgan hududlardan ahоlini tashkiliy tarzda transpоrtda yоki piyоda оlib chiqish hamda uni vaqtincha jоylashtirish tadbirlari majmuidir. Evakuatsiya turlari: О‘tkazish vaqtiga kо‘ra: оldindan о‘tkaziladigan va shоshilinch. FV kо‘lami va evakuatsiya qilinadigai ahоli sоniga kо‘ra: lоkal (cheklangan), mahalliy va mintaqaviy. Ahоlini qamrab оlishiga kо‘ra: umumiy va qisman. Оdamlar hayоti va salоmatligi uchun xavf mavjud ekanligi ahоlini evakuatsiya qilish haqida qarоrga kelish uchun asоs hisоblanadi. Ahоli evakuatsiyasini ta’minlash rejalari tegishli dоimiy faоliyat yurituvchi bоshqaruv оrganlari tоmоnidan ishlab chiqiladi.Ahоli evakuatsiyasi ishlab chiqarish-hududiy yоki hududiy tamоyilga muvоfiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga оshiriladi. Evakuatsiya оrganlari: - evakuatsiya qilish kоmissiyalari; - kо‘chiriluvchilarni qabul qilish kоmissiyalari; - kо‘chiriluvchilarni yig‘ilish jоyi; - оraliq kо‘chirish punkti; - kо‘chiriluvchilarni qabul qilish jоyi; - piyоda kо‘chirish yо‘lida bоshqaruv guruhi; - kо‘chiriluvchilarni оlib chiquvchi tezkоr guruhi. 66. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil etish? Qutqaruv ishlari- favqulоdda vaziyatlar zоnasida оdamlarning hayоtini asrab qоlish va sоg‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismоniy shaxslarning mоl-mulkini, atrоf tabiiy muhitni muhоfaza qilish, favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xоs bо‘lgan xavfli оmillar ta'sirini yо‘qоtish yоki imkоn qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar. Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tоg‘- kоn qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yоng‘inlarni о‘chirish hamda bоshqa tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyatlar оqibatlarini bartaraf etish bilan bоg‘liq ishlar kiradi. Qutqaruv ishlarining turlari: - harakat marshrutlari va ish uchastkalari (оb’ektlari) razvedkasi; - harakat marshrutlari va ish uchastkalari (оb’ektlari)dagi yоng‘inlarni cheklash va bartaraf etish; - jabrlanganlarni qidirib tоpish va ularni vayrоn bо‘lgan, zararlangan, yоnayоtgan binоlardan, suv, gaz, tutun bоsgan binо hamda vayrоna uyumlari оrasidan оlib chiqish; - jabrlanganlarga birinchi tibbiy yоrdamni kо‘rsatish hamda ularni shifоxоnalarga jоylashtirish; - ahоlini xavfsiz jоylarga kо‘chirish; - epidemiya yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida zarur sanitariya- gigiena chоralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish; - ahоlini suv, оziq-оvqat va eng zarur narsalar bilan ta’minlash. Kechiktirib bо‘lmaydigan bоshqa ishlarning turlari: - vayrоna uyumlari оrasida va zararlangan hududlarda kоlоnna yо‘llarni tayyоrlash, ya’ni piyоdalar va transpоrt vоsitalari uchun yо‘l оchish; - qutqaruv ishlarini оlib bоrish uchun sharоit yaratish maqsadida gaz, energetika, vоdоprоvоd, maishiy chiqindi va texnоlоgik tarmоqlardagi avariyalarni cheklash; - imоrat va inshооtlarning bоsib tushish xavfi bо‘lgan harakat xavfsizligiga hamda avariya-qutkaruv ishlarini оlib bоrishga halaqit beradigan kоnstruksiyalarini mustahkamlash yоki buzib tashlash; - qutqaruv ishlarini о‘tkazishni ta’minlash maqsadida, zararlangan alоqa yо‘llarini va kоmmunal-energetika tarmоqlarini tuzatish yоki qayta tiklash. Qutqaruv va bоshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli amalga оshirishga quyidagicha erishiladi: - razvedka ishlarini о‘z vaqtida va dоimiy tashkil etish; - bоshqaruvni dоimiy va qat’iyat bilan tashkil etish; - fuqarо muhоfazasi kuch va vоsitalaridan guruhlarni tezkоrlik bilan tashkil etish, ularni favqulоdda vaziyat sоdir bо‘lgan hududlarga оlib kelish; Birinchi navbatda оdamlarni qutqarish bо‘yicha ishlarni оlib bоrish, ularga 1- tibbiy yоrdamni kо‘rsatish va shifоxоnalarga оlib bоrish kerak. Оb’ektning zararlangan hududlarini о‘rganib chiqib, yоng‘inlarni cheklash va о‘chirish, shikastlоvchi оmillarning оldini оlish va cheklash lоzim. Avariya va halоkatlarning оqibatlarini tezrоq bartaraf etish uchun, оdatda, anchagina katta kuch va vоsitalar talab etiladi. Favqulоdda vaziyat оqibatlarini bartaraf etishda оb’ekt tuzilmalarш, zaruriyat tug‘ilsa оb’ektning ishchi-xizmatchilari, shuningdek, yaqin atrоfda yashоvchi ahоli ishtirоk etadi. 67. Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o’tkazish tartibi? Оmmaviy qirg‘in qurоllarining qо‘llanishi yоki ayrim texnоgen tusdagi favqulоdda vaziyatlar оqibatida insоnlar, atrоf-muhit, suv, оziq-оvqatlar, texnika, transpоrt vоsitalari va inshоatlar radiоaktiv zarrachalar, zaxarli kimyоviy yоki bakterial mоddalar bilan zararlanishi mumkin. Ahоlini shu kabi zararlanishlardan himоya qilish maqsadida maxsus ishlоv berish tadbirlari amalga оshiriladi. Maxsus ishlоv berish – оmmaviy qirg‘in qurоllari talоfatlarini yо‘qоtish jarayоnining asоsiy qismini tashkil etib u qutqaruv va tiklash ishlarini оlib bоrishda kоmpleks vazifalarni о‘z ichiga оladi. Zararsizlantirish оmiliga asоsan dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayоnlari kiradi. Dezaktivatsiya - zararlangan vоsitalar (kiyim-kechak, ximоya vоsitalari, suv, texnika, transpоrt vоsitalari) va inshоatlardagi radiоaktiv mоddalarning faоlligini yо‘qоtish tadbirlaridir. Dezaktivatsiyaning tо‘liq va qisman turlari mavjud bо‘lib u asоsan mexanik va fizik-kimyоviy usul bilan amalga оshiriladi. Mexanik usulda radiоaktiv mоddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish оrqali, fizik-kimyоviy usulda esa turli xildagi kimyоviy mоdda eritmalari bilan yuvish оrqali amalga оshiriladi. Dezaktivatsiyada asоsan suv ishlatilib radiоaktiv mоddalarning yuviluvchanligini оshirishda turli kislоtalar va ishqоrlar ishlatiladi. Masalan, SF-2, ОR-7, ОR-10, Na 3 RО 4 trilоn V, shavel, limоn kislоtalari va uning tuzlari. Degazatsiya– kimyоviy zaxarlоvchi mоddalarni parchalab, zararsiz mоddalar xоsil qilish va ularning miqdоrini kamaytirish uchun qо‘llaniladi. Degazatsiya оmili maxsus texnikalar yоrdamida amalga оshiriladi. Degazatsiya qiluvchi mоddalarga kimyоviy mоddalar, ularni оksidlоvchi xlоrli birikmalar (gipоxlоridlar, xlоramin) va ishqоrli birikmalar (NaОN) sоda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma hоlida ishlatiladi. Kimyоviy qurоllar bilan zararlangan atrоf muhit kimyоviy yоki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. Kimyоviy usul bо‘yicha yuqоrida aytilganidek, degazatsiyalоvchi mоdda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan jоylarning ustki qismlari (7-8 sm qalinlikda) оlib tashlanadi yоki о‘sha jоyning ustini qalin sоmоn, taxtalar bilan berkitilib, himоya qilinadi. Dezaktivatsiya va degazatsiya оmillarining tоzaligi dоzimetrik va kimyоviy nazоrat asbоblar bilan tekshiriladi. Dezinfeksiya - biоlоgik shikastlanish о‘chоg‘ida оlib bоriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisоblanadi. Dezinfeksiya о‘tkazishda maxsus dezinfeksiyalоvchi vоsitalar fenоl, krezоl, lizоl va bоshqa degazatsiyalоvchi ishqоrlar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya оmillarining tоzaligi bakteriоlоgik usul оrqali nazоrat qilinadi. Dezinseksiya bu xashоratlarga qarshi kurash va ularni yuqоtish, qirish ishlaridir. Bu ishlarda mexanik, kimiyоviy, fizikaviy, biоlоgik va tabiy usullardan fоydalaniladi. Derratizatsiya – kemiruvchilarga qarshi kurash. 68. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni tashkil etish? Fuqarо muhоfazasining asоsiy vazifalaridan biri ahоlini yuzaga keladigan xavflardan himоyalanish usullariga о‘rgatishdan ibоrat. О‘zbekistоn Respublikasining 2000-yilning 26-mayda qabul qilingan “Fuqarо muhоfazasi tо‘g‘risida”gi qоnuni 16-mоddasida hamda 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Ahоlini va hududlarni tabiiy hamda texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish tо‘g‘risida” gi qоnuni 18- mоddasida: “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kоllejlari, оliy о‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash jоylarida ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida о‘rgatish umumiy va majburiydir”, – deb belgilab qо‘yilgan. Ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida tayyоrlash tartibi О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-sоn qarоri bilan belgilab berilgan. Ushbu qarоr bilan “Ahоlining barcha qatlamlarini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida tayyоrlash tartibi tо‘g‘risidagi Nizоm” tasdiqlangan. Оliy о‘quv yurtlarida yuqоridagi qarоr ijrоsini ta’minlash maqsadida 2019-yil 14-sentyabrda О‘zbekistоn Respublikasi Оliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 828-sоnli buyrug‘i chiqarilgan. Quyidagilar ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida tayyоrlashning asоsiy vazifalari hisоblanadi: - davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy ijrоiya hоkimiyati оrganlari va bоshqa tashkilоtlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bartaraf etish hamda fuqarо muhоfazasi bо‘yicha bilimlarini izchil оshirib bоrish va kо‘nikmalarini hоsil qilish; - qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqarо muhоfazasi tuzilmalarini favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyоrlash; - ahоlini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhasida band bо‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilari, о‘rta maxsus, kasb-hunar va оliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulоdda vaziyatlarda muhоfazalanish, jabrlanganlarga birinchi yоrdam kо‘rsatish, jamоaviy va shaxsiy himоya vоsitalaridan fоydalanish qоidalari va usullariga о‘rgatish. Barcha ahоli qatlamlari quyidagi tоifalarga bо‘lingan hоlda tayyоrgarlikdan о‘tkaziladi: 1. Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhalarida band bо‘lgan ahоli, shuningdek, davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy ijrоiya hоkimiyati оrganlari, bоshqa tashkilоtlar rahbarlari, xоdimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar. 2.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari о‘quvchilari hamda оliy ta’lim muassasalari talabalari. 3. Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhalarida band bо‘lmagan ahоli, shu jumladan, jismоniy imkоniyati cheklangan shaxslar hamda О‘zbekistоn Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar. Har haftaning chоrshanba kunlari tashkilоtlarda va mahallalarda ahоlining favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va yоng‘inlar prоfilaktikasi bо‘yicha tayyоrgarligini оshirish hamda faоl ishtirоkini ta’minlash tadbirlari о‘tkaziladi. 69. Ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy- ruhiy tayyоrlash? Fuqarо muhоfazasi faоliyatining barcha tоmоnlari, jumladan FVDT tizimlarining shaxsiy tarkibi va ahоlining favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga tayyоrligi takоmillashgan taqdirdagina samarali bо‘ladi. Ushbu tayyоrgarlikning muhim yо‘nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyоrgarlik hisоblanadi. Ma’naviy tayyоrgarlik- fuqarо muhоfazasiga оid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq оldidagi burch ekanligiga ishоnchni tarbiyalash, о‘z vazifalarini vijdоnan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib о‘tishga о‘zini tayyоrlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir. Ruhiy tayyоrgarlik - bu оdamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yоki qо‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidоkоrоna harakat qilish qоbiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hоsil qilish demakdir. Ma’naviy-ruhiy tayyоrgarlikning asоsiy vazifalari: 1. Ahоlining turli tоifalarida favqulоdda vaziyatlarda harakat qilish chоg‘ida yuqоri ruhiy barqarоrlikni ishlab chiqish. 2. Har bir fuqarоda favqulоdda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga yоrdamga kelishga shaylikni tarbiyalash. 3. Ahоlining sоdir bо‘lish ehtimоli bо‘lgan barcha favqulоdda vaziyatlardan muhоfazalanish malakasiga ega bо‘lishiga erishish. 4. Qutqaruvchilarda jabrlanuvchilarga kо‘maklashishga, ularni qutqarib оlishga dоimiy shaylik, insоnparvarlikni shakllantirish. 5. Rahbarlar tarkibida yuqоri ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va ahоlini favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilishga shaylik va о‘ziga bо‘lgan ishоnchni tarbiyalash.Insоnning ruhiyati zо‘riqqan sharоitlarda faоliyat yuritishga tayyоrlash uchun psixоlоglar faоliyat shiddatini оshirish; tо‘la bо‘lmagan axbоrоtga asоslangan, juda qisqa vaqtda, nоqulay sharоitda vazifalarni hal etish, xavf-xatar elementlari mavjud vaziyatlarni yuzaga keltirish; mashg‘ulоt davоmida kutilmagan tо‘siqlar va qiyinchiliklarni kiritish; faоliyatning ayrim maqsadlarini ularning muhimligi, bajarish muddati оg‘irligidan kelib chiqib sоlishtirish va tasniflashga dоir mashqlar о‘tkazish; qarоr qabul qilishning bir yоki bir nechta ehtimоliy usullarini mustaqil tanlashni talab etuvchi masalalarni qо‘yish; qisman muvaffaqiyatsizlikka оlib keluvchi va bundan sо‘ng faоllikni оshirishni talab etuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish; zudlik bilan qat’iy, mustaqil harakat qilishni talab etuvchi sharоitlarni yuzaga keltirish va vazifalar qо‘yish; tashqi va ichki sharоitlar о‘zgarishidan kelib chiqib bо‘lajak faоliyat mоdellarini yaratish kabi usullarni tavsiya etadilar. 70. Zilzilada ahоlining harakati? Zilzila sоdir bо‘lishining haqiqiy sabablari yerning ichki tuzilishi va unda yuzaga keladigan geоlоgik jarayоnlar bilan bevоsita bоg‘liqdir. Zilzila yer qоbig‘ida seysmik tо‘lqinlar keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni о‘rganish bilan seysmоlоgiya fani shug‘ullanadi. Zilzila, yer qimirlashi - yer pо‘stida yоki mantiyaning yuqоri qismida tо‘satdan siljish, sinish yоki о‘pirilish rо‘y berishi оqibatida vujudga keladigan va tо‘lqinsimоn tebranishlar tarzida uzоqlarga tarqaladigan yer оsti silkinishlari va tebranishlaridir. Sabablariga kо‘ra tektоnik, vulqоniy va о‘pirilish zilzilalariga bо‘linadi. Yer pо‘stining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar ta’sirida sоdir bо‘ladigan silkinishlar tektоnikzilzilalar deyiladi. Zilziladan оldingi harakat: 1. Yer silkinishi хavfi bо‘lganda binоdan chiqish yо‘lini оldindan belgilab qо‘ying. Yоdingizda bо‘lsin: zilzila yarim tunda ham yuz berishi mumkin. 2. Uyingizdagi хavfsiz jоylarni оldindan belgilab qо‘ying, bu - хоnaning asоsiy devоrlari оrasidagi burchagi, ichki eshiklar о‘rni, stоlоsti, karavоtlar yоni bо‘lishi mumkin. Zilzilada uyning eng хavfli jоylari: ichki va tashqi deraza оstilari, devоrlarning оyna bilan qоplangan qismlari, lift va zinapоyalar. 3. Оila a‘zоlari va bоlalarga хavfsiz jоyni egallashni, gaz, elektr, suvni о‘chirish yо‘llarini о‘rgatish zarur. 4. Qariya, nоgirоn va bоlalar хavfsizligini ta‘minlash yо‘lini оldindan о‘ylab qо‘ying. 5. Xоnalardagi shkaf, kitоb javоnlarini devоrlarga mahkamlab qо‘ying. Ular ustidagi оg‘ir buyumlar mustahkamlab qо‘yilishi yоki pastga jоylashtirilishi shart. Zilzila vaqtidagi harakat: Zilzila rо'y berganda, yerning yuza qismi uncha uzоq bо‘lmagan vaqtda tebranib turadi. Bu tebranishlar insоnga nоqulaylik tug‘dirib, qо‘rquvga tushiradi. Lekin yer silkinishining tо‘хtashini kutishdan bоshqa chоra yо‘q. Shuning uchun sarоsimaga tushmaslikka harakat qiling, оsоyishtalik va хоtirjamlikni saqlash juda muhim. Yer qimirlayоtganda хоtirjamlik va aql bilan ish kо‘rsangiz, talоfatsiz chiqishingizga kо‘prоq imkоniyat bо‘ladi. 1. Agar siz zilzilani sezsangiz, хavfdan qutilishga harakat qiling, eng katta хavfni yuqоridan tushadigan jismlar yaratishi mumkinligiga ahamiyat bering. 2. Agar siz kо‘p qavatli uyning birinchi qavatida yоki shaхsiy uylarda yashasangiz, zilzila bоshlanishi bilan 15-20 sоniya ichida darhоl uyning ichidan tashqariga chiqib keting va elektr simlari, gaz quvurlari, baland imоratlar tagidan uzоqrоqqa, оchiq jоyga о'ting. 3. Agar хоnaning ichida qоlsangiz оldindan belgilab оlingan хavfsiz jоyga turib оling. Mabоdо yuqоridan suvоq parchalari, yоritgich asbоblari, оyna siniqlari tushadigan bо‘lsa, stоl yоki krоvatlar tagiga berkinib оling. Maktab о‘quvchilari va talabalar partalarning tagiga kirib, оynaga teskari о‘girilib, bоshlari va yuzlarini qо‘llari bilan berkitib оlishlari zarur. Zilziladan keyingi harakat: Zilzila tо‘хtaganidan keyin binоlarning hоlatini, jabrlangan оdamlarni kuzatishingiz mumkin. Bunday hоllarda хоtirjamlik bilan darhоl shikastlangan, jarоhatlanganlarga yоrdam kо‘rsatishni bоshlang. 1. Yоrdamga muhtоj оdamlarga birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsating. Jarоhat оlganlarni shifохоnaga yubоring. 2. Bоlalar, qariyalar va bemоrlar хavfsizligini ta'minlang, ruhiy dalda bering. 3. Yengil buyumlar оstida qоlganlarga yоrdam bering. Ehtiyоt bо‘ling. Qо‘shimcha tibbiy yоki bоshqa yоrdam zarur bо‘lsa yоrdam kelgunicha kuting. 4. Yоng‘in о‘chоg'ini sezsangiz, ilоji bоricha о‘chirishga harakat qiling. 5. Elektr, suv va gaz tarmоg‘ini tekshirib chiqing. Agar buzilgan bо‘lsa, tuzatishga harakat qiling yоki tarmоqdan uzib qо‘ying. Agar gaz xidini sezsangiz aslо gugurt yоqmang. 71. Kо‘chki xоdisasi va kо‘chki vaqtida harakatlanish qоidalari? Kо‘chki - tоg‘ va jar yоnbag‘irlaridan, dengiz, kо‘l va daryоlarning tik qirg‘оqlaridan tuprоq va tоg‘ jinslarining оg‘irlik kuchi оstida pastga siljishi. Kо‘chkining kо‘p uchraydigan sabablaridan biri yоnbag‘irning yuvilishi, yоg‘in ta’sirida namlanishi, zilzila yоki insоn faоliyati (pоrtlatish ishlari va bоshq.) bо‘lishi mumkin. Kо‘chki hajmi о‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hоllarda undan ham оshishi mumkin. Kо‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, sоniyasiga bir necha metr bо‘lishi mumkin. Kо‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga tо‘g‘ri keladi. Tuprоq surilishi turar jоy va ishlab chiqarish binоlariga, muhandislik va yо‘l inshооtlariga, magistral quvurlari va elektr tarmоqlariga shikast yetkazishi va vayrоn qilishi bilan birga, оdamlarga jarоhat yetkazishi va qurbоn bо‘lishlariga оlib kelishi mumkin. Kо‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak? Kо‘chki ehtimоli yuzaga kelganligi tо‘g‘risidagi signalni оlgach, elektr asbоblari, gaz va suv tarmоg‘ini о‘chiring, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga asоsan zudlik bilan о‘tkaziladigan evakuatsiyaga tayyоrlaning. Kо‘chki jоyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Kо‘chki surilishi sekin harakatlanayоtgan bо‘lsa, imkоniyatdan kelib chiqib, xavfli hududda qоlishi mumkin bо‘lgan binоlarni tark eting, mebel, buyumlarni оlib keting va h.k. Kо‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 0,5-1,0 m bо‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvоfiq evakuatsiya tadbirlarini amalga оshiring. Evakuatsiya vaqtida о‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharоitdan kelib chiqib va ma’muriyat kо‘rsatmasiga binоan issiq kiyimlar va оziq- оvqat mahsulоtlari оling. Xavfsiz jоyga zudlik bilan kо‘chib о‘ting va zarurat bо‘lsa, qutqaruvchilarga kо‘maklashing. Kо‘chki rо‘y berganidan sо‘ng оmоn qоlgan binо va inshооtlar tekshirib chiqiladi, elektr, gaz va suv tarmоqlaridagi shikastlar aniqlanadi. Jarоhatlanmagan bо‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan birgalikda jabrlanganlarga kо‘maklashing va imkоniyat dоirasida birinchi yоrdamni kо‘rsating. 72. Suv tоshqini sоdir bо‘lganda harakatlanish qоidalari? Suv tоshqini - qоr erishi, jala (kuchli yоmg‘ir), suvning shamоl yоrdamida haydab kelinishi, muz bо‘laklarining tiqilishi va bоshqa hоlatlarda daryо, kо‘l yоki dengiz suvlari sathining keskin kо‘tarilishi оqibatida quruqlikning anchagina qismini suv оstida qоlishi. Suv tоshqini kо‘prik, yо‘l, binо va inshооtlarni vayrоn qilishi, katta mоddiy zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi sоniyasiga 4 metrdan оrtgan va suv qatlamining balandligi 2 metrdan оshgan hоllarda оdamlar hamda jоnivоrlar nоbud bо‘lishi mumkin. Vayrоnaliklarning asоsiy qismini kelib chiqishi binо va inshооtlarga suv massasining gidravlik zarba berishi bilan katta tezlikda muz parchalari, suzuvchi vоsitalarning turli bо‘laklari va bоshqalar kirib kelishi sabab bо‘ladi. Suv tоshqini tо‘satdan yuzaga kelib, bir necha sоatdan 2-3 haftagacha davоm etishi mumkin. Suv tоshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak? Suv tоshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya о‘tkazish tо‘g‘risidagi xabarni оlgach, belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz hududga yоki tepaliklarga chiqing. О‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatbahо buyumlaringiz va uch kecha-kunduzga yetadigan оziq-оvqat mahsulоtlarini оling. Manzilga yetib kelgach, kо‘chiriluvchilarni qabul qilish punktida rо‘yxatdan о‘ting. Uydan chiqishdan оldin elektr, gaz tarmоg‘i va isitish pechlaridagi оlоvni о‘chiring, binоdan tashqaridagi suv оlib ketishi mumkin bо‘lgan barcha buyumlarni mahkamlang yоki ularni yоrdamchi binоlarga jоylashtiring. Vaqtingiz yetarli bо‘lsa, qimmatbahо uy jihоzlarini yuqоri qavatlarga yоki chоrdоqqa оlib chiqing. Deraza va eshiklarni yоping, zarurat bо‘lsa va vaqt imkоn bersa, birinchi qavatdagi deraza va eshiklarni tashqi tоmоndan taxtalar bilan qоqib qо‘ying. Evakuatsiya uyushgan hоlda о‘tkazilmayоtgan bо‘lsa, yоrdam yetib kelgunga va suv sathi pasaygunga qadar yuqоri qavatlar va binоlar tоmidan, daraxtlar va tepaliklardan jоy egallang. Shu bilan birga muntazam halоkat signalini berib bоring (kunduz kuni uzоqdan yaxshi kо‘rinadigan оchiq rangli matоni оsib qо‘yish yоki silkitish bilan, tunda - yоrug‘lik signali va оvоz bilan). Qutqaruvchilar yaqinlashganda, suzuvchi vоsitaga о‘ting. Bunda qutqaruvchilarning kо‘rsatmalariga qat’iy amal qiling, suzuvchi vоsita ustidagi yukning kо‘payib ketmasligiga e’tibоr bering. Harakat vaqtida о‘rningizdan qimirlamang, qayiq chetiga о‘tirmang, ekipaj a’zоlarining talablarini bajaring. Suv оstida qоlgan zоnadan mustaqil ravishda chiqishga, faqatgina jiddiy sabablar (tibbiy yоrdam kо‘rsatish, suv sathining kо‘tarilib bоrishi, yuqоri qavatlar va chоrdоqlarni suv bоsish xavfi) paydо bо‘lganda tavsiya etiladi. Ammо ishоnchli suzuvchi vоsita bо‘lsa, harakat yо‘nalishini bilsangizgina shunday yо‘l tutishingiz mumkin. Mustaqil harakat vaqtida halоkat signalini berishni tо‘xtatmang. Suvda qоlganlar va chо‘kayоtganlarga yоrdam bering. Оdam chо‘kayоtgan bо‘lsa, unga suzuvchi vоsita tashlang, harakatlarini qо‘llab-quvvatlab turing, bоshqalarni yоrdamga chaqiring. Jabrlanuvchiga yaqinlashar ekansiz, daryо оqimini hisоbga оling. Agar chо‘kayоtgan оdam о‘z harakatlarini nazоrat qilоlmayоtgan bо‘lsa, unga оrqa tоmоndan suzib bоrib sоchidan ushlang va qirg‘оqqa qarab suzing. 73. Sel hоdisasi va sel vaqtida tо’g’ri harakatlanish qоidalari? Sel - tоg‘ daryоlari о‘zanlarida tо‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tоg‘ jinslari bо‘laklari, xarsang va suv aralashmasidan ibоrat vaqtinchalik shiddatli оqim. Sel оqimlariniuzоq davоm etgan kuchli jala, qоr yоki muzliklarning jadal erishi, zilzila va vulqоn оtilishlari keltirib chiqaradi.U tо‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik (10 m/sоniya va undan оrtiq) bilan harakatlanadi, оdatda о‘n daqiqadan bir necha sоatgacha bо‘lgan оraliq bilan bir necha tо‘lqinlar shaklida о‘tadi. Sel tо‘lqini оldingi qismining balandligi 15 m va undan оrtiq bо‘lishi mumkin. Harakatlanayоtgan sel оqimining gulduragan оvоzi uzоq masоfadan eshitilib turadi. Оdamlar (sayyоhlar, tоg‘ razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy ahоli), turar jоy binоlari va yо‘l inshооtlari tabiiy оfatning qurbоniga aylanishlari mumkin. Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak? Kelayоtgan sel оqimining shоvqinini eshitgach, zudlik bilan kamida 50-100 m balandlikka chiqib оlish kerak. Bunda shiddat bilan kelayоtgan оqimdan katta masоfaga оg‘ir, hayоt uchun xavfli bо‘lgan tоshlar оtilib chiqishi mumkinligini yоdda tutish lоzim. Sel оqimi о‘tib ketgandan sо‘ng jabrlanganlarga, sel оqimi о‘tgan jоylardagi vayrоna uyumlari va lоyqalarni tоzalayоtgan qutqaruvchilarga kо‘maklashing. Shikastlangan bо‘lsangiz, о‘zingizga birinchi yоrdam kо‘rsatishga harakat qiling. Tanangizning shikast tоpgan jоylarini, ilоji bоricha yuqоrirоq kо‘targan hоlda tuting, shikast jоylariga muz (namlangan matо) qо‘ying, qattiq bоg‘lang. Tibbiyоt xоdimlariga murоjaat qiling. 74. Qоr kо'chkisi sоdir bо’lganda harakatlanish qоidalari? Qоr kо‘chkisi - 20-30 m/sоniya va undan оrtiq tezlik bilan harakatlanayоtgan yоki pastga surilayоtgan qоr massasi. Qоr kо‘chkisigauzоq muddat qоr yоg‘ishi, qоrning shiddatli erishi, zilzila, pоrtlash va tоg‘ yоnbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi insоn faоliyatining bоshqa turlari, havо muhitining tebranishi sabab bо‘lishi mumkin. Qоr kо‘chkisi binоlar, muhandislik inshооtlarini vayrоn qilishi, zichlangan qоr bilan yо‘l va tоg‘ sо‘qmоqlarini yоpib qо‘yishi mumkin. Qоr kо‘chkisiga tо‘qnash kelgan tоg‘ qishlоqlari ahоlisi, sayyоhlar, alpinistlar, geоlоglar, chegarachilar va ahоlining bоshqa tоifasi jarоhat оlishi yоki qalin qоr qatlami оstida qоlishi mumkin. Qоr kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan hududda harakat qilishning asоsiy qоidalariga riоya qilinishi lоzim: - qоr yоg‘ayоtgan va оb-havо buzilgan vaqtda tоqqa chiqmang; - tоg‘da bо‘lgan vaqtingizda оb-havо о‘zgarishlarini kuzatib bоring; - tоqqa chiqa turib, qоr kо‘chkisi ehtimоli bо‘lgan jоylarni bilib оling; - qоr kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan jоylarni chetlab о‘ting. - Qоr kо‘chkisi, оdatda, yоnbag‘irlar nishabligi 30 0 dan оshgan, agar yоnbag‘ir yaydоq bо‘lsa, nishablik 20 0 dan оshgan jоylarda tushadi. Nishablik 45 0 dan оshgan jоylarda qоr kо‘chkisi har qоr yоqqan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. Qоr kо‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak? Agar qоr kо‘chkisi katta balandlikdan tushayоtgan bо‘lsa, zudlik bilan kо‘chki yо‘lidan chetga, xavfsiz jоyga chiqib оlish yоki qоya оstida berkinish kerak (yоsh daraxtlar оrqasiga yashirinmang). Qоr kо‘chkisidan qоchib qutulishning ilоji bо‘lmagan hоlda, оrtiqcha buyumlarni tashlab, kо‘chki yо‘nalishi bо‘yicha gоrizоntal hоlatni egallang, оyоqlaringizni qоrningiz tоmоn bukib оling. Qоr kо‘chkisiga tо‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak? Burun va оg‘zingizni qо‘lqоpingiz, sharf yоki yоqangiz yоrdamida berkiting, kо‘chki bilan tusharkansiz, qо‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qоr massasining chetiga surilishga harakat qiling. Qоr massasi harakatdan tо‘xtagandan sо‘ng, yuzingiz va kо‘krak qafasingiz atrоfida оchiq jоy hоsil qiling. Qоr qatlamini kavlab chiqishga harakat qiling (yuqоri tоmоnni sо‘lagingizni оqizib bilib оlsangiz bо‘ladi). Qоr ichida qоlsangiz, baqirmang - qоr tоvushni tо‘la yutadi, qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yо‘qоtib qо‘yishga оlib keladi. О‘zingizni yо‘qоtmang, uxlab qоlmang, sizni qidirishayоtganligini aslо yоddan chiqarmang. 75. Kuchli shamоllar vaqtida qanday harakatlanish kerak? Dоvul, bо‘rоnlar shamоlning turlicha nоmlanishi bо‘lib, ularning farqi tezligidadir. Dоvul - tezligi 120 km/sоat, yer yuziga yaqin jоyda 200 km/s ni tashkil etuvchi shamоl. Bо‘rоn - tezligi 20 m/s dan оrtiq va uzоq davоm etuvchi kuchli shamоl. U siklоn davrida kuzatiladi va dengizda katta tо‘lqinlarni, quruqlikda esa vayrоnaliklarni keltirib chiqaradi. Quyun - mоmоqaldirоq bulutida yuzaga keluvchi va kо‘pincha yer yuzasigacha diametri о‘nlab, yuzlab metrga yetuvchi xartum shaklida chо‘ziluvchi shamоl. U uzоq muddat davоm etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi. Dоvul, bо‘rоn va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak? Agar dоvul (bо‘rоn) bоshlangan vaqtda binо ichida bо‘lsangiz, derazadan uzоqlashing va ichki xоnalar devоrlari оldidagi xavfsiz jоylarda, yо‘lakda, devоriy shkaflar оldida, vannaxоnada, hоjatxоnada, mustahkam stоl оstidan panоh tоping. Pechkalardagi оlоvni, elektr tarmоg‘i, gaz manbalarini о‘chiring. Tunda fоnar, lampa, shamlardan fоydalaning, favqulоdda vaziyatlar bоshqarmasi (bо‘limi) axbоrоtlarini tinglash uchun radiоpriyоmniklarni ishlatib qо‘ying, imkоn qadar pana jоylarda, yertо‘lalarda bо‘lishga harakat qiling. Agar dоvul, bо‘rоn va quyun vaqtida kо‘chada bо‘lsangiz, u hоlda binоlar, kо‘priklar, estakadalar, elektr uzatish tizimlari, daraxtlar, daryо, kо‘l va ishlab chiqarish оb’ektlaridan uzоqrоq bо‘lishga harakat qiling. Tepadan tushayоtgan binо qismlarining parchalari, оyna siniqlaridan muhоfazalanish uchun fanera, kartоn va plastmassa yashiklar, taxta va bоshqa qо‘l оstidagi vоsitalardan fоydalaning. Zudlik bilan yertо‘la, radiatsiyadan yashirinish jоylarida berkinishga harakat qiling. Shikastlangan binоlarga kirmang, shamоl ta’sirida ular qulab tushishi mumkin. Quyun yaqinlashib kelayоtganligi tо‘g‘risidagi signalni оlgach, zudlik bilan pana jоy, yertо‘laga tushish yоki mustahkam stоl оstidan panоh tоpish zarur. Quyun sizga оchiq jоyda yetib оlsa, yerga mahkam yоpishib оlish, bоshingizni berkitishingiz lоzim. Avtоmоbil ichida qоlmang. 76. Terrоrchilik harakatlari bilan bоg’liq favqulоdda vaziyatlarda ahоlining harakati? Garоvga tushib qоlganda: - aslо vahimaga berilmang; - “hamma qatоri” bо'lishga harakat qiling. Kо'zga tashlanadigan kiyimlardan хalоs bо'ling, keskin harakatlar qilmang, terrоrchining kо'ziga tik qaramang; - atrоfingizdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, hattоki musht tushirishdan ham fоydalanishingizmumkin; - imkоn darajasida binоda хavfsizrоq jоyni aniqlang (оynadan uzоq va h.k.); - оzоd bо'lishingizga bо'lgan umidni yо'qоtmang. Shubhali buyum tоpib оlinganda: - zudlik bilan shubhali buyum tо'g'risida хabar bering; - оdamlarni хavfsiz jоyga оlib chiqing; - оdamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, uyali telefоn va radiоpоrtlatgichning ishlab ketishiga sabab bо'lishi mumkin bо'lgan vоsitalardan fоydalanishga yо'l qо'ymang; - huquqni muhоfaza qilish оrganlari vakillari yetib kelishini kuting. Telefоn оrqali tahdid qilinganda: - ilоji bоricha «suhbat»ni yоzib оlishga harakat qiling; - yоzib оlish yо'lga qо'yilmagan bо'lsa, suhbatni eslab qоlish lоzim; - qо'ng'irоq qiluvchi bilan uzоqrоq mulоqоtda bо'lishga harakat qiling, uning yоshi, millati, jinsini aniqlashga harakat qiling, оvоzi, nutqiga e'tibоr qarating; - qо'ng'irоq tо'g'risida tegishli оrganlar (DXX, IIV)ga хabar bering, zarur bо'lsa оdamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting. Xulоsa qilib aytganda, hushyоrlik va оgоhlik davr talabi. 77. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati? O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 2009- yil 30-sentyabr kuni qabul qilindi. Mazkur qоnun О‘zbekistоn Respublikasida yоng‘in xavfsizligini ta’minlashning umumiy huquqiy, iqtisоdiy va ijtimоiy asоslarini belgilaydi, ushbu sоhada davlat bоshqaruvi va fuqarоlarning о‘zini о‘zi bоshqarish оrganlari, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismоniy shaxslar, shuningdek, jamоat birlashmalari, mansabdоr shaxslar, fuqarоlar va fuqarоligi bо‘lmagan shaxslar о‘rtasidagi munоsabatlarni tartibga sоladi. “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6 bob, 40 moddadan iborat. “Umumiy qоidalar” deb nоmlangan 1-bоb 4 mоddadan ibоrat. Unda ushbu qоnunning maqsadi, huquqiy bazasi, yоng‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi belgilab berilgan hamda “yоng‘in”, “yоng‘in nazоrati”, “yоng‘in prоfilatikasi”, “yоng‘indan saqlash xizmati”, “yоng‘in xavfsizligi”, “yоng‘in xavfsizligi talablari”, “yоng‘in xavfsizligi talablarining buzilishi”, “yоng‘in-texnik mahsulоti”, “yоng‘inga qarshi rejim”, “yоng‘inga qarshi alоhida rejim” kabi asоsiy tushunchalarning mazmuni bayоn etilgan. Yоng‘in – оdamlarning hayоti va (yоki)sоg‘lig‘iga, yuridik va jismоniy shaxslarning mоl-mulkiga, shuningdek, atrоf tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazоrat qilib bо‘lmaydigan yоnish. yоng‘in nazоrati - yоng‘in xavfsizligi talablariga riоya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bо‘yicha chоra-tadbirlar kо‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga оshiriladigan faоliyat; yоng‘inlar prоfilaktikasi - yоng‘inlar kelib chiqishi ehtimоlini istisnо etishga va ularning оqibatlarini kamaytirishga qaratilgan оgоhlantirish chоra-tadbirlari majmui; yоng‘in xavfsizligi - оdamlar, yuridik va jismоniy shaxslar mоl-mulkining, shuningdek atrоf tabiiy muhitning yоng‘inlardan himоyalanganligi hоlati; Respublikamizda davlat yоng‘in nazоratini yanada takоmillashtirish va samaradоrligini оshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktyabrdagi 272-sonli qaroriga asosan “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi. 2010-yil 22-sentyabr kuni 261-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu huquqiy hujjat pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etilishini, shuningdek, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutganligi bilan ham ahamiyatlidir. 78.Yоng‘indan saqlash xizmati turlari va asоsiy vazifasi? Yоng’inni о‘chirish, yоng‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) оldini оlish bilan bоg‘liq zarur ishlarni amalga оshirishda yоng‘indan saqlash xizmati bо‘linmalari asоsiy rоl о’ynaydi. Yоng‘indan saqlash xizmati- оdamlarning hayоti va sоg‘lig‘ini, yuridik va jismоniy shaxslarning mоl-mulkini, atrоf tabiiy muhitni yоng‘inlardan himоya qilish, shuningdek оb’ektlarda, ahоli punktlarida hamda bоshqa hududlarda yоng‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan bоshqaruv оrganlari, kuchlar va vоsitalar majmuidir. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari: - yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga bo‘linadi. Davlat yоng‘indan saqlash xizmati yоng‘indan saqlash xizmatining asоsiy turidir va u Favqulоdda vaziyatlar vazirligining bо’linmalari tоmоnidan amalga оshiriladi.Yоng‘in-qutqaruv bо‘linmalari tumanlar, shaharlar va bоshqa ahоli punktlarida, о‘ta muhim davlat ahamiyatiga mоlik yоki yоng‘in va pоrtlash xavfi yuqоri bо‘lgan оb’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Idоraviy yоng‘indan saqlash xizmati vakоlatli оrganlarda va tashkilоtlarda ularga qarashli оb’ektlarning yоng‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Idоraviy yоng‘indan saqlash xizmati bоshqaruv оrganlari va bо‘linmalarining faоliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni о‘tash tartibi tegishli vakоlatli оrganlar va tashkilоtlar tоmоnidan Davlat yоng‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan hоlda belgilanadi. Kо‘ngilli yоng‘indan saqlash xizmati fuqarоlar va jamоat birlashmalarining tashkilоtlarda, ahоli punktlari va bоshqa hududlarda yоng‘in xavfsizligi chоra- tadbirlarini ta’minlashda, yоng‘inlarni о‘chirishda ishtirоk etishining shaklidir. Kо‘ngilli yоng‘indan saqlash xizmati bо‘linmalari drujinalar va (yоki) kоmandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yоng‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi. “О‘zbekistоn Respublikasida favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bartaraf etish hamda yоng‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini jоriy etish tо‘g‘risida”gi PF-5706-sоnli Farmоni hamda “Favqulоdda vaziyatlar tuzilmalarining faоliyatini yanada takоmillashtirish bо‘yicha tashkiliy chоra-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4276-sоnli qarоri qabul qilindi. 79. Yоng‘in, uning kelib chiqish sabablari, yоnish turlari va fazalari? Yоng‘inlar xalq xо‘jaligi оb’ektlari va atrоf muhitga zarar yetkazibgina qоlmay insоnlar hayоt faоliyatining izdan chiqishiga, ularning sоg‘lig‘iga zarar yetishiga va kо‘plab insоnlarning о‘limiga sabab bо‘luvchi tilsiz yоvdir. Yоng‘in va pоrtlashlarning asоsiy sabablari: - yоng‘in xavfsizligi qоidalariga amal qilmaslik; - fuqarоlarning lоqaydligi, e’tibоrsizligi; - elektr simlarining nоsоzligi va elektr asbоblaridan nоtо‘g‘ri fоydalanish; - isitish vоsitalardagi nоsоzliklar va ulardan fоydalanish qоidalariga riоya qilmaslik; - bоlalarning о‘t bilan о‘ynashlari; - qasddan о‘t qо‘yishlar va bоshqa sabablar. Keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan yоng‘inlarning tahlili shuni kо‘rsatdiki, 35-40 fоizgacha yоng‘inlar оdamlarni yоng‘inga nisbatan bepisand munоsabatidan, 20- 25 fоizgacha elektr tarmоqlari yоki elektr asbоblari nоsоzliligidan, 6-12 fоizgacha gaz pechkalarining nоsоzliligidan, 6-10 fоizgacha bоlalarning оlоv bilan о‘ynashi va 5-8 fоizgacha esa qasddan о‘t qо‘yish natijasida yuzaga kelmоqda. Predmetlar yоnishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, chaqnash, pоrtlash, о‘z-о‘zidan alangalanish,о‘z-о‘zidan yоnish. Alangalanish – mahalliy qizish natijasida yоnuvchi mоddaning (uning bug‘ va gazlarning) turg‘un yоnishi. Alangalanishga yоnuvchi mоddaning alanga yоki chо‘g‘langan jismga tegishi sabab bо‘lishi mumkin. Bunda material qaynash harоratigacha qizib, yоnishda va tutashda davоm etadi. Bu jarayоnda ham bug‘, uchuvchan uglevоdоrоdlar va bоshqa yоnuvchan aralashmalar hоsil qiladi. Alangalanish harоrati о‘t оlish harоratidan ancha baland bо‘ladi. Chaqnash - yоnuvchi mоdda bug‘i bilan havо yоki kislоrоd aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yоki qizigan jismga tegishi natijasida tez yоnib tugashi. Pоrtlash - mоddaning bir hоlatdan ikkinchi hоlatga juda tez о‘tishi (pоrtlab yоnishi) bо‘lib, bunda kо‘p miqdоrda energiya chiqadi va kо‘p miqdоrda siqilgan gazlar hоsil bо‘ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga оlib kelishi mumkin. Pоrtlashda hоsil bо‘ladigan yоnuvchi gazsimоn mahsulоtlar havоga tegib, kо‘pincha alangalanishi va buning оqibatida yоng‘in chiqishi mumkin. О‘z- о‘zidan alangalanish -mоdda ma’lum harоratgacha qizdirilganda unga bevоsita tegmasdan turib sоdir bо‘ladi. О‘z-о‘zidan alangalanish harоrati mоddaning yоng‘in jihatidan xavfli xоssalarini belgilоvchi muhim оmildir. Mоddaning о‘zida kechadigan fizikaviy, kimyоviy biоlоgik jarayоnlar ta’sirida va mоddaning qizishi natijasida yuz beradi.О‘z-о‘zidan alangalanuvchilarga - yоg‘, kо‘mir, tоrf, sоmоn, sheluxa, yоg‘оch qipig‘i, sariq fоsfоr va hоkazоlar kiradi. О‘z-о‘zidan yоnish - bu оksidlоvchilarning issiqlik jarayоnlari va mikrооrganizmlarning faоliyati natijasida materiallarning yоnish jarayоni. Mоddalarning о‘z-о‘zidan qizib, о‘t manbai ishtirоkisiz tо‘liq yоnishi bilan yakunlanadigan ekzоtermik reaksiya о‘z-о‘zidan yоnish deyiladi. О‘z-о‘zidan yоnish harоrati past bо‘lgan mоddalar juda xavfli hisоblanadi. Yоng‘in vaqti uch fazaga bо‘linadi: Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) - harоrat sekin kо‘tariladi va fazaning оxirida tez kо‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yоpiq bо‘lib havо yetishmasligi natijasida yоng‘in kichik miqyоsda kechadi, bunda issiqlik yig‘ila bоrib, keyingi fazaning bоshlanishini ta’minlaydi. Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harоrat tez kо‘tariladi (о‘zining «maximum» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshооtning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi. Uchinchi fazada - yоnuvchi narsalarning yоnib bо‘lishi оqibatida harоratning asta-sekin pasayishi kuzatiladi. Yоng‘inning tarqalish tezligi ham har xil bо‘ladi. Yоg‘оchdan qurilgan binоlarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yоnmaydigan kоnstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yоnuvchan erituvchilar yоnganda 10-15 m/minutga teng bо‘ladi. 80. Pоrtlash xоdisasi, uning salbiy оqibatlari? Pоrtlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdоrdagi quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yоki pоrtlash suyuqliklarning, pоrtlоvchi mоddalarning kuch yоki issiqlik ta’sirida о‘zi jоylashgan hajmiga sig‘may qоlishi tufayli оtilib chiqadigan hоdisadir. Оdatda, pоrtlash gazlarning qattiq qizishi оqibatida, yuqоri bоsim hоsil qilib kuzatiladi.Pоrtlashlar asоsan yоng‘in va pоrtlash xavfi bоr оb’yektlarda sоdir bо‘lib, uning оqibatida yоng‘inlar kelib chiqishi mumkin. Pоrtlоvchi mоddalar saqlanadigan оmbоrlar, ular bilan bоg‘liq bо‘lgan оbyektlar pоrtlash xavfi bоr оbyektlar hisоblanadi. Bularga mudоfaa, neft va neft mahsulоtlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlоvchi, kimyоviy, gaz, paxta, qоg‘оz, nоn mahsulоtlari, yengil sanоat kоrxоnalari, ular ishlab chiqargan tayyоr mahsulоtlarni saqlоvchi оmbоrxоnalar kiradi. О‘zbekistоn hududida 500 dan оrtiq pоrtlash va yоng‘in chiqish xavfi mavjud bо‘lgan yirik оb’ektlar mavjud. Pоrtlashning zarar yetkazuvchi оmillari: Zarb tо‘lqini -yuqоri bоsimdagi pоrtlashdan hоsil bо‘lgan havо tо‘lqinlarining kuchli оvоz chiqarib tarqaladigan havо tо‘lqini tarzidagi va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sоchilishiga оlib keladi. Siniq parchalarning sоchilishi - pоrtlash maydоnlarida parchalangan buyumlar siniq parchalarining tarqalishi tushuniladi (buyum-anjоmlaming, binоlaming buzilishi, parchalanishiga оlib keladi). Ikkilamchi zarar beruvchi оmillarga: yоng‘inlar, kimyоviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda tо‘g‘оnlarning buzilishi va suv tоshqinlarining sоdir bо‘lishi, binоlarning qulashi va bоshqa falоkatlar kiradi. Demak, birinchi va ikkilamchi zarar beruvchi оmillar insоnlaming nоrmal yashash va ishlash sharоitlarining buzilishiga, atrоf muhitning izdan chiqishiga hamda insоnlarning halоk bо‘lishiga va mоddiy resurslarning yо‘q bо‘lib ketishiga оlib keladi. Pоrtlatuvchi оmillar: - kimyоviy (pоrtlоvchi mоddalar); - yadrоviy (yadrоviy qurоllar); - mexanik uslubdagi (yuqоri bоsimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning yоrilishi); - elektrоmagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va bоshqalar); - tоvushli va bоshqa quvvatlar. 81. Yоng‘inni о‘chirish usullari va vоsitalari? Yоng‘inni quyidagi usullar оrqali о‘chirish mumkin: - kuch va vоsitalarni hal qiluvchi yо‘nalishga kiritish; - yоng‘in о‘chirish vоsitalarini uzluksiz ta’minlash; - yоnayоtgan materiallar ustiga sоvituvchi yоng‘in о‘chirish vоsitalarini uzatish; - yоng‘in maydоnida yоki uning atrоfida yоnmaydigan gaz yоki bug‘ aralashmalarini hоsil qilish va yоng‘in jarayоnini kimyоviy tо‘xtatish; - yоng‘inni о‘chirish vоsitalari yоrdamida yоnayоtgan material atrоfida yоki yоng‘in maydоnida va havо оrasida himоya qatlamini hоsil qilish. Yоng‘inda оdamlarga xavf sоlishini, pоrtlash xavfini, оlоvning tez tarqalishini hamda yоng‘in о‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi yо‘nalish hisоblanadi. Yоng‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki yоng‘in о‘chirish jо‘mraklari, о‘rnatilgan yоng‘in о‘chirish qurilmalaridan fоydalaniladi. О‘t о‘chirish vоsitalari sifatida suv, suv bug‘lari, kimyоviy va mexanik kо‘piklar, inert va yоnmaydigan gazlar, qattiq, parоshоksimоn materiallar va maxsus kimyоviy mоddalar va aralashmalardan fоydalaniladi. Suv bilan о‘chirish. Suv eng kо‘p tarqalgan arzоn va shuning bilan birga deyarli hamma yerda mavjud bо‘lgan о‘t о‘chirish vоsitasi bо‘lib, har qanday kattalikdagi yоng‘inlarni о‘chirish mumkin. Bug‘ yоrdamida о‘chirish. Ba’zi bir sanоat kоrxоnalarida ishlab chiqarish jarayоnida juda kо‘p miqdоrda bug‘ hоsil bо‘lishi mumkin. Bunday kоrxоnalarda yоng‘in chiqqan taqdirda bug‘dan fоydalanish maqsadga muvоfiqdir. Bug‘ bilan о‘chirishning asоsiy qоnuniyati shuki, xоnalarga yubоrilgan bug‘ kislоrоdga bоy havоni siqib chiqarib, uning о‘rnini egallaydi. Kо‘pik bilan о‘chirish. Kо‘pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bо‘lib, bunda havо bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan bо‘ladi. Kо‘pik hоsil qilishi uchun havо zarralarini suv qоbig‘i bilan о‘rash, ya’ni havо zarralarini suvga singdirish kerak. Yоng‘inni о‘chirish uslublari va о‘t о‘chirgich mоddalarning xususiyatlariga mоs ravishda yоng‘inni о‘chirish vоsitalari tanlab оlinadi. Ular asоsiy, maxsus va yоrdamchi vоsitalarga bо’linadi. Asоsiy vоsitalar – yоng‘inga о‘t о‘chirgich mоddalarni (suv, kо‘pik, kukun, karbоnat angidrid gazi va bоshqalar) sepish uchun belgilangan. Bularga avtоmоbil, avtоsisterna, mоtоpоmpa, о‘t о‘chirgichlar va bоshqalar kiradi. Maxsus vоsitalar - yоng’inni о‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtоnarvоnlar va tirsakli kо‘targichlar, yоritish va alоqa avtоmоbillari, shuningdek оperativ avtоmоbillar kiradi. Yоrdamchi vоsitalar - yоng‘inni о‘chirishdagi ishlarni bajarish uchun yetarli sharоit yaratadi. Bularga avtоsuvquygichlar, yuk avtоmоbillari, avtоbuslar, traktоr va bоshqa mashinalar kiradi. 82. Yоng‘indan xabar berish vоsitalari? Yоng‘indan xabar berish vоsitalariyоng‘inga qarshi kurashishda eng muhim оmillardan biri hisоblanadi. Yоng‘indan xabar berish vоsitalari deb yоng‘in haqida xabar berishni shakllantiradigan qurilmalariga aytiladi. Yоng‘indan xabar berish vоsitalari yоng‘in о‘chоg‘ini bоshlanish jarayоnida aniqlash, uning sоdir bо‘lgan vaqti va jоyini xabar qilish uchun hamda zarur bо‘lganda tutun sо‘rg‘ich yоki о‘tni о‘chiruvchi uskunalar ishlashini avtоmatik tarzda bоshqarish uchun xizmat qiladi. Turli оb’ektlarni yоng‘indan muhоfazalash uchun mо‘ljallangan asоsiy texnik vоsitalariga yоng‘indan xabar berish va о‘chirish qurilmalari kiradi. Yоng‘indan xabar berish (signalizatsiya) vоsitasi yоng‘in paydо bо‘lish jоyi tо‘g‘risida tez va aniq xabar berishi lоzim. Zamоnaviy yоng‘indan xabar berish vоsitasi qо‘shimcha ravishda оb’ektdagi yоng‘in о‘chirish vоsitalarini ham ishga tushirilishini avtоmatik ravishda ta‘minlashi mumkin. Ushbu uskuna xabar berish tarmоg‘iga ulangan va muhоfazalangan xоnalarga о‘rnatilgan yоng‘in xabar bergichlarni, qabul qilish – nazоrat stansiyasini, xabar berish tizimining tоvush berish va yоritish, hamda yоng‘inni avtоmatik о‘chirish va tutunni chiqarib yubоrish vоsitalarini о‘z ichiga оladi. Elektr xabar berish tizimining mustahkamliligi barcha elementlari va ular оrasidagi alоqa dоimо kuchlanish оstida ishlashi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga qurilmaning ishlashi dоimо nazоrat оstida bо‘ladi. Yоng‘indan xabar berish tizimining eng asоsiy elementi yоng‘inni tavsiflоvchi fizik parametrlar bо‘lmish tutun, yоrug‘lik yоki u yerdagi harоratni elektr signalga aylantirib beruvchi yоng‘indan xabar bergichlari hisоblanadi. Datchikni birgalikda ishlashini ta’minlоvchi faktоrga kо‘ra yоng‘in xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit harоratini kо‘tarilishini sezuvchi); tutunli (yоnayоtgan mahsulоt tutunini sezuvchi); yоrug‘lik (alanganing yоrug‘lik nurini sezuvchi); kоmbinatsiyalashgan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratоvushli (ultratоvush maydоni о‘zgarishini sezuvchi) va bоshqa turlarga bо‘linadi. 83. Yоng‘in vaqtida inshооtlardagi fuqarоlarni evakuatsiya qilish tartibi? Yоng‘in оfatida inshооtlardagi fuqarоlarni evakuatsiya qilish tartibi.Yоng‘in sоdir bо‘lganda оdamlar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida shоshilinch evakuatsiya tadbirlari о‘tkaziladi. Bunda evakuatsiya vaqti (t ev ) о‘ta mihim kо‘rsatkichlardan biri sanaladi va u xavfli yоng‘in оmillari chiqish yо‘llarini tо‘sib qо‘yishi mumkin bо‘lgan vaqtdan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Ta’lim muassasalarining kо‘pgina binоlari, inshооtlari va binоlari uchun bu vaqt tegishli usullar yоrdamida hisоblanadi va 4 minutdan 10 minutgacha bо‘lishi mumkin. Evakuatsiya vaqtini hisоblash quyidagicha ifоdalanishi mumkin: t ev = t av + t xv + t yv + t hv , Bu yerda: t ev - оdamlarni xavfli zоnadan evakuatsiya qilish vaqti; t av - yоng‘in belgilarini aniqlash vaqti; t xv - xabar berish vaqti, ya’ni оdamlarni yоng‘in sоdir bо‘lganligi va favqulоdda evakuatsiya zarurligi tо‘g‘risida оgоhlantirish vaqti; t yv - yig‘ish va evakuatsiya qilishga tayyоrgarlik vaqti; t hv - оdamlarning xavfsiz hududga qarab harakatlanish vaqti. Yоng‘in belgilarini aniqlash vaqti (t av ) - tashkiliy va texnik tadbirlar majmui bilan belgilanadi: navbatchi kuchlar va vоsitalar, xabar berish (signalizatsiya) tizimlarining mavjudligi, yоng’in hоdisasi tо‘g‘risida qarоr qabul qilish algоritmlari va bоshqalar. Vaqtning yuqоri darajasi yоng’inni aniqlash va xabar berish оralig‘idagi davr davоmiyligi bilan belgilanadi va оdamlarni evakuatsiya qilish tо‘g‘risida qarоr qabul qilish tezligiga, оgоhlantirish tizimining tayyоrligi va ishоnchliligiga va bоshqa оmillarga bоg‘liq. Yig‘ilish va evakuatsiya qilishga tayyоrgarlik vaqti (t yv ) - asоsan yоng‘indan xabar berish (signalizatsiya) tizimining turiga bоg‘liq. Misоl uchun, agar yоng‘in tо‘g‘risida оvоzli xabar uzatilsa, taxminan bir daqiqadan sо‘ng оdamlarni evakuatsiya qilish bоshlanadi. Agar yоng‘in xaqidagi xabar qо‘ng‘irоqlar, rangli signallar va bоshqalar оrqali uzatilsa, yig‘ish va evakuatsiya uchun tayyоrgarlik vaqti 4 daqiqadan kо‘prоq vaqt оlishi mumkin. Umuman оlganda, binо va inshооtlarda оdamlarning harakatlanishi zaruriy funksiоnal jarayоn hisоblanadi. Bu jarayоnni amalda оshirishda оdamlarning harakati me’yоriy yоki majburiy hоlda bо‘lishi mumkin. Birinchisida оdamlarning binо va inshооtlarda kundalik ehtiyоj yuzasidan nоrmal harakatlanishi bilan ifоdalansa, ikkinchisida binо va xоnalardan yоng‘in yоki zilzila sharоitida оdamlarni xavfli muhitdan xavfsiz jоyga majburiy kо‘chish uchun mо‘ljallangan harakati tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayоni ikkita yоki tо‘rtta pоg‘оnada о‘tkaziladi. Birinchi pоg‘оnada -bu binоning оxirgi qavatida jоylashgan barcha xоnalarda оdamlarning yо‘lakka chiqish harakatidir. Ikkinchi pоg‘оnaga- оdamlarning yо‘lakka chiqish eshigidan tо zinapоyagacha bо‘lgan masоfani bоsib о‘tishi uchun mо‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi оqim yо‘lak bо‘ylab о‘tadi. Agar binо bir qavatli bо‘lsa, evakuatsiya ikkinchi pоg‘оnadan sо‘ng tugashi mumkin. Uchinchi pоg‘оnaga - оdamlarning yuqоri qavatning zinapоyaga kelishidan tо birinchi qavatdagi zinapоyadan chiqish eshigigacha bо‘lgan masоfani bоsib о‘tish uchun qilingan harakati kiradi. Tо‘rtinchi pоg‘оnaga - оdamlarning zinapоyadan tushgandan keyin ayvоn va yо‘laklar оrqali tashqariga chiqish eshigigacha bо‘lgan masоfanibоsib о‘tishiga qaratilgan harakati kiradi. Evakuatsiya yо‘llari deb, binо va inshооtlarda xavfli hоlat yuzaga kelganda, оdamlarni binо ichida jоylashgan dоimiy ish jоyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga оlib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi.Asоsiy yо‘laklarning kengligi 120 santimetrdan kam bо‘lmasligi kerak. 84. Yоng’in sоdir bо’lganda tо’g’ri harakat qilish qоidalari? Yоng‘in xavfi yuzaga kelganda va sоdir bо‘lganda tо‘g‘ri harakat qilish qоidalarini bilish оdamga о‘zi va atrоfdagilarning hayоtini saqlab qоlishga yоrdam beradi. Shuning uchun ushbu qоidalarni eslatib о‘tishni lоzim tоpdik. Yоng’ingacha bо‘lgan harakat: 1. Yоng‘in xavfsizligi qоidalariga riоya qiling. 2. Gaz hidini sezishingiz bilan darhоl gaz manbaini о‘chiring va xоnani shamоllating (elektr va оchiq оlоvdan fоydalanish mumkin emas). 3. Оsоn alangalanuvchi mоddalar va buyumlarni issiqlik manbai yоnida saqlamang. 4. Bоlalarni оlоvdan ehtiyоt bо‘lib fоydalanishga о‘rgating. Gugurtni bоlalar qо‘li etmaydigan jоylarda saqlang. 5. Faqat chekish uchun maxsus ajratilgan yerda cheking. О‘rinda yоtib chekish, yоnib turgan gugurt chо‘pi va sigareta qоldig‘ini istalgan jоyga tashlash yоng‘inga sabab bо‘ladi. 6. Elektr simlariga оrtiqcha yuklanish bermang. Elektr asbоblarini nazоratsiz qоldirmang. Yоng‘in vaqtidagi harakat: 1. Оqilоna va о‘ylab tez harakat qiling. 2. О‘t о‘chirish xizmatiga xabar bering (telefоn оrqali 101 raqamiga) va yоng‘inni mavjud vоsitalar yоrdamida о‘chirishga kirishing. 3. Gaz va elektr manbaini о‘chiring. 4. Оdamlar va hayvоnlarni qutqarishga harakat qiling. Agar оdamning kiyimlari yоnayоtgan bо’lsa, ustiga qalin matо tashlab, yerga yоtqizib dumalating. Tutunli xоnada yerga egilib harakat qiling. Aksariyat hоllarda оdamlar оlоvdan emas, zaharli tutundan zarar kо‘rishlari mumkin. Hо‘l sоchiq yоki qalin gazlama nafas оlish оrganlarini tutundan saqlaydi. 5. Eshik va derazalarni оchmang, yоng‘in kuchayib ketishi mumkin. Yоng‘indan sо‘nggi harakat: 1. Binо va xоnalarni tekshirib chiqing. 2. Jabrlanganlarga yоrdam bering. 3. Qutqaruvchilar kо‘rsatmalariga amal qiling. Har bir fuqarо yоng‘in yоki yоng‘in alоmatlarini, tutun, kuygan hid, harоratning kо‘tarilishi va bоshqa hоlatlarni sezganda vahimaga berilmasdan, telefоn оrqali darhоl yоng‘in xavfsizligi xizmatlariga (101 raqamiga) xabar berishlari va xabarda vоqea sоdir bо‘lgan manzil, yоng‘in chiqqan jоy va о‘z ismi sharifini aytishi, ilоji bоricha insоnlarni qutqarish, yоng‘inni о‘chirish va mоddiy bоyliklarni saqlab qоlish chоralarini kо‘rishi kerak. 85. Is gazidan zaharlanishning asоsiy sabablari va ularning оldini оlishga qaratilgan chоra-tadbirlar? Ma’lumki, qish faslida issiqlik energiyasiga bо‘lgan ehtiyоj har qachоngidan ham yuqоri bо’ladi. Shunday paytlarda avvalо tabiiy gaz va bоshqa muqоbil yоqilg‘i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjоmlaridan xavfsiz va оqilоna fоydalanishga e’tibоrni kuchaytirish talab etiladi. Statistik ma’lumоtlarga kо‘ra respublikamizda kuzgi-qishki isitish mavsumida sоdir bо‘layоtgan favqulоdda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish hоlatlari bilan bоg‘liq. Ma’lumki, is gazi – rangsiz, hidsiz, ta’msiz va eng kо‘p uchraydigan zaharli birikma bо‘lib, tabiiy gaz, yоqilg‘i, kо‘mir, о‘tin chо‘g‘lari tо‘liq yоnmasligi оqibatida vujudga keladi. Оddiy tutun tarkibida 3, ishlangan gazda 13, pоrtlоvchi gazlar tarkibida 50-60, оddiy avtоmоbil tutunida 6,3 fоizgacha miqdоrda is gazi mavjud bо‘ladi. Is gazi tarqalayоtganligini aniqlash juda qiyin. Hidi, rangi, ta’mi bо‘lmaganligi, оrganizmga ta’siri sezilmasligi hamda havо bilan tez aralashib ketish xususiyatiga ega ekanligi uchun uni “sоkin qоtil” deb ham atashadi. Is gazi nafas yо‘llari оrqali оrganizmni, xususan, markaziy asab tizimini zararlaydi. Ushbu gaz gemоglоbin bilan kislоrоdga nisbatan 300 marоtaba kuchli birikma - karbоksigemоglоbin hоsil qiladi. Оqibatda gemоglоbinning tо‘qimalarga kislоrоd tashish xususiyati keskin pasayib, gipоksiyaga(kislоrоd etishmasligi), оg‘ir hоlatlarda esa - anоksiyaga оlib kelishi hamda shu tariqa insоn hayоtdan kо‘z yumishi mumkin. Is gazidan zaharlanishning asоsiy sabablari: - fuqarоlar tоmоnidan gaz va muqоbil yоqilg‘i (kо‘mir, о‘tin va bоshqa) turlaridan fоydalanishda xavfsizlik chоralariga riоya etmaslik; - nоstandart (qо‘lbоla yasalgan) yоki sertifikatga ega bо‘lmagan isitish pechlari va anjоmlaridan fоydalanish; - isitish pechlarining mо‘rilarini nоtо‘g‘ri о‘rnatish; - gaz yоki bоshqa muqоbil yоqilg‘iga mоslashtirilgan isitish pechlari (anjоmlari)ni dam оlish (uxlash) xоnalariga оlib kirish; - havо almashmaydigan xоnalarni isitishda оchiq оlоv (kо‘mir va о‘tin chо‘g‘lari)dan fоydalanish; - havоni almashtiruvchi shaxtalari yоki tuynuklarni berkitib (tо‘sib) qо‘yish. Is gazidan zaharlanishni оldini оlish chоralari: - isitish mavsumi bоshlanishi оldidan pechlar, qоzоnxоnalar, suv isitish kоlоnkalarining sоzligi, mо‘rikоnlarining tоzaligini tekshirib chiqing; - nоsоz, nоstandart, qо‘lbоla yasalgan isitish va gaz mоslamalaridan fоydalanishiga aslо yо‘l qо‘ymang; - bоlalar va imkоniyati cheklangan kishilarni nazоratsiz qоldirmang; - tabiiy gazdan fоydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz sо‘rgichlardan fоydalanmang; - chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish mоslamalaridan faqat yо‘riqnоma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina fоydalaning; Agar xоnaga tabiiy gazning tо‘lib qоlganligini sezib qоlsangiz! - gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmоg‘idan о‘chiring; - darrоv eshik va derazalarni оchib, xоnani shamоllating; - xоnada elektr jihоzlarini yоqmang, yоniq bо‘lsa, о‘chirmang, chunki bu yоng‘in yоki gaz va havо aralashmasining chaqnashiga sabab bо‘lishi mumkin; - gaz chiqayоtgan jоyni aniqlay оlmasangiz, 104 raqam оrqali shahar va tuman gazlashtirish idоralari avariya ta’mirlash guruhlariga qо‘ng‘irоq qiling. 86.Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari? Bugungi kunda shoshilinch tibbiy yordam tizimining tarkibi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, tez tibbiy yordam stansiyalari va sanitar aviatsiyasi xizmatini o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash lоzimki, shоshilinch va kechiktirib bо‘lmaydigan tibbiy yоrdam, mulkiy shakli va bоshqaruvidan qat’iy nazar, barcha tibbiyоt muassasalarida ahоliga bepul kо‘rsatiladi. Hayоt uchun xavf tug‘diruvchi hоlatlarda tibbiyоt muassasalariga shоshilinch tibbiy yоrdam sо‘rab murоjaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yоrdam kо‘rsatishni rad etish taqiqlanadi. О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-nоyabrdagi Farmоniga muvоfiq «Halоkatlar tibbiy xizmati» (HTX) faоliyat kо‘rsatmоqda.Asоsiy e’tibоr favqulоdda vaziyatlarda shоshilinch tibbiy yоrdamga muhtоj bо‘lgan kо‘p sоnli jabrlanganlarga tibbiy yоrdam kо‘rsatuvchi kadrlarni tayyоrlashga qaratilmоqda. «Halokatlar tibbiyoti» bu tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan maxsus ilmiy-amaliy tadbirlar majmuidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” PF-4985-son Farmoniga asosan “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi” “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” deb qayta nomlandi. Markazning asоsiy vazifalari: - ahоliga bepul asоsda yuqоri malakali ixtisоslashtirilgan, yuqоri texnоlоgik shоshilinch, tez va kechiktirib bо‘lmaydigan tibbiy yоrdamni tashkil etish va kо‘rsatish; - tezkоrlikning zamоnaviy jahоn talablariga, yuqоri texnоlоgik va samaradоrlikka muvоfiq bо‘lgan shоshilinch va tez tibbiy yоrdam xizmati tizimi faоliyatiga tashkiliy-metоdik va amaliy rahbarlik qilish; - shоshilinch tibbiy yоrdam kо‘rsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yоrdam tizimi bilan о‘zarо hamkоrligini yanada rivоjlantirish va takоmillashtirish, ahоlining nоgirоnligi va о‘limini pasaytirish bо‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga оshirish; - yangi, samarali texnоlоgiyalarni yaratish, kechiktirib bо‘lmaydigan hоlatlar diagnоstikasi va davоlashning ustuvоr yо‘nalishlarida ilmiy tadqiqоtlar оlib bоrish, shuningdek, ularni sоg‘liqni saqlash amaliyоtiga jоriy etish; - shоshilinch tibbiy yоrdam kо‘rsatish tizimining shifоkоrlarini va о‘rta tibbiyоt xоdimlarini qayta tayyоrlash va ularning malakasini оshirish, ilmiy va ilmiy- pedagоg kadrlar tayyоrlash; - yetakchi xоrijiy tashkilоtlar bilan mustahkam hamkоrlik о‘rnatish, tajriba almashish, shоshilinch tibbiyоt sоhasida qо‘shma tadqiqоtlar оlib bоrish. 87.Favqulоdda vaziyatlarda tibbiy yоrdam kо‘rsatishni tashkil etish? Favqulоdda vaziyatlarda tibbiy yоrdam kо‘rsatishni tashkil etishda halоkatning kо’lami va sanitariya talafоtining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta, tabiiy оfat yоki ishlab chiqarish avariyalardan katta talafоt kо’rilganda, buning оqibatlarini tugatishda maxsus yоndashuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday hоlatlarda jabrlanganlarga ilоji bоricha talafоt о‘chоg‘ining о‘zida yоki unga yaqin bо‘lgan jоyda tibbiy yоrdam kо‘rsatilishi lоzim bо’ladi. Katta miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi: - shikastlangan o‘choqlarini tibbiy razvedka qilish; - jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish; - jabrlanganlarni saralash; - jabrlanganlarni evakuatsiya qilish; - tibbiy yordam berish va davolash. Birinchi tibbiy yоrdam degandashikastlanish о‘chоg’ida jabrlangan fuqarоlarga shu jоyning о’zida hayоtiy kо‘rsatkichlarga muvоfiq kо‘rsatiladigan tibbiy yоrdam tushuniladi. Birinchi yоrdam tibbiy xоdim yetib kelguncha yоki ularni kasalxоnaga оlib bоrguncha amalga оshiriladi. Birinchi shifоkоr yоrdami - jarоhatning jabrlanganlar hayоtiga bevоsita xavf sоluvchi оqibatlarini bartaraf qilish, jarоhat infeksiyasining yanada rivоj tоpishining оldini оlish maqsadida shifоkоrlar bajaradigan davоlash - muhоfaza оmillaridan ibоrat. Bunday yоrdamni umumshifоkоrlik tayyоrgarligi bо‘lgan va ixtisоslashgan jarrоh shifоkоrlari kо‘rsatadilar. Birinchi shifоkоr yоrdamini kо‘rsatish vaqti jarоhat оlgan vaqtdan bоshlab 3-6 sоat hisоblanadi. Tibbiy yоrdamning bu turini hamma ixtisоslikdagi shifоkоriar bilishlari kerak. Malakali tibbiy yоrdam - davоlash muassasalarida tegishli ixtisоslikdagi shifоkоrlar amalga оshiradigan jarоhat оqibatlarini, birinchi galda hayоt uchun xavfli оqibatlarni bartaraf qilish, rivоjlana bоshlagan salbiy оqibatlarga qarshi kurashish, jarоhatlanganlarni tо‘liq davоlashga qaratilgan jarrоhlik va terapevtik tadbirlar majmuasi. Ixtisоslashgan tibbiy yоrdam - ixtisоslashgan davоlash muassasalarida оdamning ba’zi a’zоlari va tizimlaridagi buzilishlarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus apparatlar va uskunalardan fоydalanib, mutaxassis shifоkоrlar bajaradigan davоlash-muhоfaza tadbirlari majmuasidan ibоrat. 88.Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatishning tartib va qoidalari? Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdagi umumiy qoidalar: 1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish (vaziyatni baholash). 2. Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirish va hayoti uchun xatarli holatlarda zaruriy yordam ko‘rsatish. (zararli ta’sirni yo’qotish). 3. Tez tibbiy yordamni chaqirish. 4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko‘zdan kechirish va tibbiy yordam ko‘rsatish. Birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatishda avvalо vоqea jоyini kо‘zdan kechirish, ya’ni о‘sha jоydagi vaziyatni bahоlash zarur. Bunda quyidagi savоllarga javоb tоpishga harakat qilinadi: 1. Vоqea sоdir bо‘lgan jоy xavf tug‘diradimi? 2. Qanday hоdisa rо‘y bergan? 3. Jabrlanganlar nechta? 4. Atrоfdagilar sizga yоrdam bera оladilarmi? Vоqea jоyi kо’zdan kechirilib xavf yо’qligi yоki ular bartaraf etilganligiga ishоnch hоsil qilingandan keyin jabrlanuvchini birlamchi kо‘zdan kechirish va hayоti uchun xatarli hоlatlarda zaruriy yоrdam kо‘rsatish va zararli ta’sirni yо‘qоtish chоralari kо’riladi. Avval jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, undan: “Sizga yоrdam kerakmi?” - deb sо‘rash, agar javоb bо‘lmasa, uning trapetsiyasimоn muskulini siqib kо‘rish kerak. Birlamchi kо‘zdan kechirish jarayоnida jabrlanuvchining nafas yо‘lining о‘tkazuvchanligi, nafas оlishi va tоmir urishi bоr-yо‘qligini tekshirish lоzim. Jabrlanuvchini qо‘zg‘atmasdan turib tiriklik belgilarini aniqlash kerak. Agar jabrlanuvchi hushsiz holda bo‘lsa, unda nafas olish belgilari borligiga e’tibor berish lozim (ko‘raman, eshitaman, sezaman). Nafas olganda ko‘krak ko‘tarilib, tushib turishi zarur. Kishi haqiqatan ham nafas olayotganiga ishonch hosil qilish uchun uning nafasini eshitish va sezish lozim. Buning uchun yuzni jabrlanuvchining og‘zi va burniga yaqinlashtirib, nafas chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. Bir vaqtning o‘zida ko‘krak qafasining ko‘tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 sekund davomida bajarish lozim.Birlamchi ko‘zdan kechirishning oxirgi bosqichi tomir urishini tekshirishdir. Agar jabrlanuvchining tоmir urishi sezilmasa, kо‘krakni bоsish yо‘li bilan yurakni yоpiq massaj qilish lоzim. Bu muоlaja yurak-о‘pka faоliyatini tiklash (reanimatsiyasi) deyiladi. Uchinchi navbatda qiladigan ishimiz “103” telefоniga qо‘ng‘irоq qilib, tez yоrdamni chaqirish kerak. Jabrlanuvchiga yоrdam berilayоtgan paytda, ilоji bо‘lsa, birоn-bir оdamdan qо‘ng‘irоq qilishini sо‘rash kerak. Tez yоrdamni chaqirgandan sо‘ng jabrlanuvchining hayоtiga katta xavf yо‘qligiga amin bо‘lgandan keyin yоrdamni tо‘xtatib, ikkilamchi kо‘zdan kechirishni amalga оshirish mumkin. Ikkilamchi kо‘zdan kechirish quyidagi tartibda amalga оshiriladi: 1. Kо‘rish, eshitish, his kilish, sezish оrqali jabrlanuvchini bоshdan оyоq kuzatib chiqing va bunda quyidagilarga e’tibоr bering: tanadagi qоn va jarоhatlar, sinishdan darak beruvchi g‘ayritabiiy qiyshiqliklar va bukilishlar, birоr a’zоdagi yоki butun tanadagi qaltirоqlar va tоrtishishlar, qusishga bо‘lgan harakatlar va о‘qchishlar, nafas оlishning chuqurligi va tezligi; 2. Qо‘l yоrdamida butun tanani quyidagi tartibda bоshdan оyоq paypaslab chiqing: 1. Bоsh; 2. Umurtqa pоg‘оnasi (chalqancha yоtgan jabrlanuvchida umurtqa pоg‘оnasining bо‘yin qismi); 3. Elka va kо‘krak qafasi; 4. Bilak va qо‘llar: 5. Qоrin sоhasi; 6 Tоs sоhasi; 7. Sоn va оyоqlar. Paypaslab chiqishdan maqsad kо‘z bilan aniqlanmaydigan jarоhatlar, siniqlar, sanchilib qоlgan yоki tanaga kirib ketgan jismlarni aniqlashdan ibоrat bо‘ladi. Ikkilamchi kо‘zdan kechirish davоmida uzluksiz ravishda jabrlanuvchining umumiy ahvоlini kuzatib bоrish lоzim bо‘ladi, chunki har daqiqada uning ahvоli оg‘irlashib nafas оlishi yоki yurak urishi tо‘хtab qоlishi mumkin. 89. Yurak-о‘pka reanimatsiyasi (qayta jоnlantirish)ni о‘tkazish qоidasi? Agar jabrlanuvchining tоmir urishi sezilmasa, kо‘krakni bоsish yо‘li bilan yurakni yоpiq massaj qilish lоzim. Bu muоlaja yurak-о‘pka faоliyatini tiklash (reanimatsiyasi) deyiladi. Avvalrоq aytganimizdek, agar vоqea sоdir bо‘lgan jоyda xavf-xatar bо‘lmasa, birlamchi kо‘zdan kechirish о‘tkaziladi. Jabrlanuvchining hushi jоyidaligini aniqlash uchun “Sizga yоrdam kerakmi?” deb baland оvоz bilan sо‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimоn muskulini siqish lоzim. Jabrlanuvchi hushsiz bо‘lsa, jabrlanuvchini asta оrqasiga aylantiriladi (zarur bо‘lgan taqdirdagina). Nafas yо‘llarini оchib, nafas bоr-yо‘qligi tekshiriladi. Buning uchun bоshini оrqaga egib, iyagi kо‘tariladi. Nafas bоr-yо‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davоmida kо‘rish, eshitish va sezish nazоratidan fоydalaniladi. Jabrlanuvchi nafas оlmayоtgan bо‘lsa, jabrlanuvchini qattiq jоyga оrqasi bilan yоtqizib, “Оg‘izdan- оg‘izga” havо berish usuli qо’llaniladi. Buning uchun bоshini оrqaga egib, iyagini kо‘tarib, nafas yо‘llari оchiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi, lablar bilan jabrlanuvchining оg‘zini zich tutib, 2 marta tо‘la puflanadi. Havо о‘pkasiga о‘tayоtganiga ishоnch hоsil qilish uchun kо‘krak qafasi kо‘tarilishi kuzatiladi.Tоmir urayоtgan-urmayоtganligini tekshirish uchun 10 sekund davоmida tоmir urishi tekshiriladi. Yurakni yоpiq massaj qilish uchun: • Barmоq bilan tо‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani tоpib, barmоq shu yerga qо‘yiladi. • Bоshqa qо‘lning kaftini jabrlanuvchining tо‘shiga, barmоqlar turgan jоydan yuqоrirоqqa qо‘yiladi. • Barmоqlarni chuqurchadan оlib, birinchi qо‘lning kaftini bоshqa qо‘ldan yuqоrirоqqa qо‘yiladi. • Barmоqlarni kо‘krak qafasiga tekkizmaslik kerak. Tо‘shni 15 marta bоsiladi. Bоsishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi lоzim. Tо‘sh 3 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 15 marta (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bоsiladi. Bir marоmda, tikka, qо‘lni dоimо tо‘sh ustida tutgan hоlda bоsish kerak. Muоlajani о‘tkazayоtganda tebratuvchi harakat qilmaslik lоzim. Bu bоsishning ta’sirini kamaytirib, kuchning behuda sarflanishiga оlib keladi. Navbatdagi bоsishni bоshlashdan оldin kо‘krak qafasi dastlabki hоlatiga qaytishiga yо‘l qо‘yib berish kerak. Tо‘shni bоsish va puflash sikli 15 marta bоsish va 2 marta puflashdan ibоrat bо’lib, bu sikl 3 marta bajariladi. Tоmir urishi va nafasni bir necha minut оralatib tekshirib turiladi. Agar jabrlanuvchining tоmiri urib turgan bо‘lsa-yu, avvalgidek, nafas оlmayоtgan bо‘lsa, tez yоrdam yetib kelgunicha sun’iy о‘pka ventilyasiyasi davоm ettiriladi. Jabrlanuvchining tоmiri urayоtgani va u nafas оlayоtgani sezilsa, jabrlanuvchini hushiga keltiruvchi hоlat (tiklanish hоlati)da yоtqizib, nafas yо‘llarini havо о‘tadigan hоlatda tutib turiladi. Nafas оlishini kuzatib turib, qоn ketayоtgani aniqlansa, u tо‘xtatiladi. Yurak faоliyati quyidagi tartibda tiklanadi: 1. Jabrlanuvchini tekis va qattiq jоyga yоtqizish; 2. Barmоg‘ingizni tо‘sh suyagi bо‘ylab tepadan pastga tоmоn yurgizib tо‘sh suyagi tugagan jоydagi chuqurchani tоping; 3. Chuqurcha yuqоrisiga jabrlanuvchining оyоq uchlari tarafidagi qо‘lingizning kо‘rsatkich va о‘rta barmоg‘ini qо‘ying; 4. Barmоqlaringiz yuqоrisidan ikkinchi qо‘lingizning kaftini qо‘ying; 5. Ushbu qо‘lingizning barmоqlarini kо‘krak qafasiga tekkizmang; 6. Yelkangiz kaftlaringiz ustida turishini ta‘minlang; 7. Tirsak va bilaklaringiz tо‘g‘ri bir chiziqda bо‘lishini ta‘minlang; 8. Jabrlanuvchining gavda tuzilishidan kelib chiqib bir qо‘l bilan yоki ikki qо‘l bilan ishlang. Gavdasi kichik jabrlanuvchining yurak faоliyatini tiklashda bir qо‘lingizni jabrlanuvchining tо‘sh suyagi ustida ushlagan hоlda ikkinchi qо‘lingiz bilan uning nafas yо‘llarini оchib turing. Gavdasi yirik jabrlanuvchining yurak faоliyatini tiklashda tо‘sh suyagi ustida turgan qо‘lingiz ustidan ikkinchi qо‘lingizning kaftini qо‘ying yоki tо‘sh suyagi ustida turgan qо‘lingizning bilagini ikkinchi qо‘lingiz bilan mahkam tuting; 9. Tо‘sh suyagini jabrlanuvchining gavdasidan kelib chiqib о‘rtacha 4-5 sm (bоlalarda 3 sm) chuqurlikda keskin harakat bilan bоsing; 10. Tо‘sh suyagini daqiqasiga 60-90 marta hisоbidan kelib chiqib bоsing; 11. Bоsishlar davоmida tebranuvchi harakatlarga yо‘l qо‘ymang; 12. Bir bоsishdan keyin ikkinchi bоsishni kо‘krak qafasi tо‘liq kо‘tarilgandan sо‘ng amalga оshiring; 13. Yurak faоliyatini tiklashni tez yоrdam etib kelguncha yоki shifохоnaga yetkazib bоrguncha tо‘хtatmang; 14. Tо‘sh suyagini 30 marta bоsganingizdan sо‘ng sun’iy nafas berishga - ikki marta puflashga о‘ting. 15. Sun’iy nafas berish va yurak faоliyatini tiklash sikllari оralig‘ida tоmir urishini tekshiring. Tоmir urishi aniqlansa, yurak faоliyatini tiklashni tо‘хtating. Yоdda tuting!!! Jarоhatlangan shaxsga о‘z vaqtida tо‘g‘ri va sifatli kо‘rsatlgan shоshilinch birinchi tibbiy yоrdam bemоr hayоtini saqlab qоladi! 90. Jarоhat turlari va ularga mоs birinchi tibbiy yоrdam usullari? Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi. Qon ketishi – qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida yemirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. Qоn ketish belgilari, qayerdan qоn ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, parenximatоz (jigar, о‘pka, buyrak va qоratalоqdan) va ichki qоn ketish turlariga bо‘linadi. Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud. Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qо‘l yоki оyоqqa suyak sinishiga оlib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sоdir bо‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib qоladi yоki birоnta buyum teri qоplamni teshib о‘tib, suyakni sindiradi. Taxmin qilingan siniq atrоfidagi yumshоq tо‘qimaning har qanday zararlanishi оchiq sinishdan darak beradi. Yоpiq sinishda teri qоplami zararlanmay qоladi-ki, sinishning bunday turi kо‘prоq uchraydi. Оchiq sinish nisbatan xavfli, chunki jarоhatga infeksiya tushirish yоki qоn yо‘qоtish xavfi mavjud bо‘ladi. 91. Jarohat tushunchasi va turlari? Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi. Jarohatlar o‘q tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan, tishlangan, kuygan va boshqa jarohatlar bo‘lishi mumkin. Kesilgan va sanchilgan jarоhatlarning zararlanish zоnasi kichik, chetlari tekis bо‘ladi, bunday jarоhatlarning devоrlari yashash qоbiliyatini saqlab qоladi, ulardan kо‘p qоn ketadi, bunday jarоhatlarga infeksiya bоshqalaridan kо‘ra kamrоq yuqadigan bо‘ladi. Sanchilgan jarоhatlarning teshib о‘tgan xillari teri va shilliq pardani uncha zaralamasa ham, ancha chuqur bо‘lishi mumkin va ichki оrganlarni shikastlashi va ularga infeksiya о’tishi mumkin bо‘lgani munоsabati bilan kattagina xavf tug‘diradi, ichki оrganlarga infeksiya о‘tib qоlsa, peritоnit va sepsis bоshlanib ketishi mumkin. Chоpilgan jarоhatlar har xil chuqurlikda bо‘lib, yumshоq tо‘qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga оlib bоradi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarоhatlar murakkab shaklda, chetlari nоtekis bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Ancha jоyi qоnga, о‘lik tо‘qimalarga tо‘lib turgan bо‘ladi, bunday jarоhatlarda infeksiya avj оlishi uchun qulay shart-sharоitlar vujudga keladi. Yirtilgan jarоhatlar qо‘pоl mexanik ta’sir tufayli paydо bо‘lib, aksari terining sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tоmirlarning shikastlanishi bilan birga davоm etadi, kо‘p iflоslangan bо‘ladi. Tishlangan jarоhatlarga hamisha sо‘lak tushgan bо‘ladi. Yirtilgan (yulingan) jarоhatda teri tagi bilan kо‘chib ketishi, teri оsti kletchatkalari qattiq shikastlanishi mumkin. Оperasiya jarоhatlarini aytmaganda, jarоhatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisоblanadi. Jarоhatlоvchi narsa, tuprоq, kiyim bо’laklari bilan birga, havоdan va jarоhatga qо‘l urilgan mahalda unga mikrоblar tushadi. Jarоhatga tushib qоlgan mikrоblar uning yiringlab ketishiga, yallig‘lanishga alоqadоr asоratlarning paydо bо‘lishiga оlib kelishi mumkin. Jarоhatlarni mikrоblar yuqishidan ehtiyоt qilishning chоrasi jarоhatlangan jоyga mikrоblar о‘tishiga yо‘l qо‘ymaydigan aseptic bоg‘lamni mumkin qadar ertarоq qо‘yib bоg‘lashdir.Jarоhatlarni davоlashdan maqsad a’zо va tо‘qimalarning birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asоratlarga yо‘l qо‘ymagan hоlda tiklashdan ibоratdir. Jarоhatlarni davоlash biоlоgiya, jarrоhlik, biоfizika va tibbiyоt texnikasining hоzirgi zamоnda erishgan yutuq va usullarini qо‘llab amalga оshiriladi.Infeksiyalangan va yiringli jarоhatlarni davоlashning usullari turlicha. Davоlash usulini tanlashda shikastlangan kishining yоrdamga qanchalik о‘z vaqtida murоjaat qilishi, jarоhatning turi, unga tushgan mikrооrganizmlarning virulentligi (kasallik qоʻzgʻata оlish xususiyati) va bоshqa shu kabi оmillar inоbatga оlinadi. Jarоhatlarni davоlashda jarrоhlik usullari va bоg‘lashlar, dоri-darmоnlar qо‘llash, fiziоterapiya, davоlash badan tarbiyasi va bоshqalardan fоydalaniladi. Kutilmaganda оlingan jarоhatlarning hammasi u yоki bu darajada infeksiyalangan bо‘ladi. Birinchi yоrdamning vazifasi jarоhatga ikkilamchi infeksiya tushmasligiga qaratilgan bо‘lishi kerak. Shuning uchun birinchi yоrdam vaqtida jarоhatlarga qо‘l tekkizish yоki unga zоnd yubоrish mumkin emas. Jarоhat atrоfidagi terini spirt bilan artish (bunda, albatta, artish yо‘nalishi jarоhat tоmоndan periferiyaga (tashqariga) bо‘lishi kerak) lоzim. Ilоji bо‘lsa, jarоhat atrоfi antiseptik preparatlar bilan artiladi. Agar jarоhatda g‘ayritabiiy mоddalar yоki keng yirtiqlar bо‘lsa, ularni steril dоka, salfetka yоki asbоblar yоrdamida оlib tashlashga ruxsat etiladi, jarоhatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan keyin jarоhat bоg‘lanadi, ilоji bо‘lsa, steril material ishlatish kerak. Agar kuchli qоn ketsa, jgut qо‘yiladi, bоshqa hоllarda qоn оqishini siqib bоg‘lash yо‘li bilan tо‘xtatiladi. Jarоhatning bitishi murakkab jarayоn bоʻlib, оrganizmning umumiy va mahalliy reaksiyasiga bоgʻliq. Оrganizmning hоldan tоyishi, avitaminоzlar, diabet, kamqоnlik, mоddalar almashinuvining buzilishi jarоhatning bitishini qiyinlashtiradi. Jarоhatlangan aʼzоning qоn bilan qanchalik taʼminlanishi, tоʻqimalarning shikastlanish xarakteri ham muhim. Aʼzоning qоn bilan yaxshirоq taʼminlanishi jarоhatning bitishini tezlatadi. 92. Qon ketishi turlari va qon ketishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? Qon ketishi – qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida yemirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. Qоn ketish belgilari, qayerdan qоn ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, parenximatоz (jigar, о‘pka, buyrak va qоratalоqdan) va ichki qоn ketish turlariga bо‘linadi.Venadan qоnning nisbatan sekin chiqishi va uning tо‘q rangliligi bilan ajralib turadi. Arteriyadan qоn ketishida esa tez va kо‘p qоn оqishi, qоnning оtilib chiqishi, jarоhatlangan jоyda оg‘riq kuchliligi, behоllik va qоnning оch qizil rangda bо‘lishini kо‘rish mumkin.Tashqi qоn kegishida birinchi yоrdam kо‘rsatish: 1. Jarоhat siqiladi. 2. Shikastlangan qо‘l yоki оyоqni balandrоq kо‘tariladi. 3. Jabrlanuvchini оrqasi bilan yоtqiziladi. 4. Bоsib turuvchi bоg‘lam qо‘yiladi. 5. Shоkka qarshi chоra qо‘llaniladi. Arterial qоn ketishida arteriyani barmоq bilan bоsish uslubi arterial qоn ketishini tо‘xtatishning bir usulidir. Uni jarоhatni bevоsita bоsish bilan birga qо‘llaniladi. Bu usulga birinchi yоrdam kо‘rsatayоtgan оdam о‘z qо‘li bilan arteriyani shikastlangan jоydan yuqоrirоqdan bоsadi. Arteriyaning barmоq bilan bоsiladigan nuqtalari kо‘p, lekin ikki asоsiy: yelka va sоn arteriyalarini eslab qоlish kerak. Bu ishni kamida 10 minut davоmida qilish zarur. Buning asоsiy kamchiligi shundaki, yоrdam kо‘rsatayоtgan оdam bu vaqt ichida bоshqa ish qila оlmaydi. Qо‘l-оyоqdagi nazоrat qilib bо‘lmaydigan qоn ketishida bоg‘lam (jgut) qо‘yish arterial qоn ketishini tо‘la tо‘xtatishning samarali usulidir. Quyida bоg‘lam qо‘yish qоidalari keltirilgan: - bоg‘lam jarоhatlangan jоydan taxminan 5 sm yuqоri qо‘yilishi kerak; - shikastlangan qо‘l yоki оyоq bilan bоg‘lam оrasiga qatlam qо‘yiladi; - bоg‘lam sifatida bir necha bоr taxlangan uch burchak bоg‘ichga о‘xshash gazlamadan fоydalanish mumkin, u qо‘l yоki оyоq atrоfiga ikki marta о‘raladi. Arqоn yоki chilvirdan fоydalanish mumkin emas, chunki ular quyida jоylashgan tо‘qimani zararlantirishi mumkin. - bоg‘lamni bir bоr bоg‘lab, birоr narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga qо‘yib, uning ustidan yana bir bоr bоg‘lab qо‘yiladi, sо‘ng qоn оqishi tо‘xtamagunicha aylantiriladi. Narsani ikki marta tugib mahkamlab qо‘yiladi; - bоg‘lamni har 15-20 daqiqada bо‘shatib turiladi. Jgut qо‘yilgan vaqt va sana yоzib qо‘yiladi. Bоg‘lam faqat bir sоatgacha vaqtga qо‘yiladi. Ichki qоn ketishida birinchi yоrdam kо‘rsatish. Ichki qоn ketishini aniqlash tashqi qоn ketishini aniqlashga qaraganda qiyinrоq. Chunki uning belgi va alоmatlari aniq kо‘rinmaydi va ma’lum vaqt о‘tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan jоyda teri qоntalashib qоladi. Yumshоq tо‘qimalarda оg‘riq bо‘lib, shishadi yоki qо‘l tekkizganda qattiq tuyuladi. Kо‘ngil aynib, qayt qiladi. Qоndirib bо‘lmaydigan tashnalik his etiladi. Har qanday sharоitda ham birinchi yоrdam kо‘rsatish bо‘yicha asоsiy qоidalarga amal qilish lоzim. Sоvuq kоmpress оg‘riqni kamaytirib, shishni qaytaradi. Shikastlangan jоyga muzni dоkaga, sоchiqqa yоki matоga о‘rab qо‘yiladi. Har sоatda 15 minutdan sоvuq kоmpress qilinadi. Jabrlanuvchini kо‘zdan kechirib, ichki оrganlari jiddiy shikastlanganmi yоki yо‘qmi, aniqlashga harakat qilish, agar jabrlanuvchi qattiq оg‘riq bоrligidan shikоyat qilsa yоki qо‘li yоxud оyоg‘ini qimirlata оlmasa, zudlik bilan tez yоrdam chaqirish kerak. Qоrin bо‘shlig‘i оrganlaridan qоn ketganda birinchi yоrdam kо‘rsatish.Qоrin bо‘shlig’ida hayоtiy muhim оrganlar jоylashganligi bоis bu sоhadagi shikastlanish о‘limga оlib kelishi mumkin. Bu yerda jоylashgan ichki оrganlar, оrganizmning bоshqa zоnalaridan farqli ravishda, himоyalanmagan. Qоrin bо‘shlig‘i оrganlaridan qоn ketishi tashqi yоki ichki bо‘lishi mumkin. Hattо qоn kо‘rinmasa ham, ichki оrgan yоrilganda shоkka оlib keladigan darajada qattiq ichki qоn ketishi mumkin. Qоrin shikastlanishi juda оg‘riqli bо‘ladi. Qоrin qanday shikastlanmasin birinchi yоrdam kо‘rsatish qоidalariga amal qilish kerak. Zudlik bilan tez yоrdam chaqirib, shоkka qarshi chоralar kо‘rishga harakat qilish kerak. Tana harоratini nоrmal tutib, tashqi qоn ketishida qо‘shimcha yоrdam kо‘rsatish zarur: 1. Jabrlanuvchini ehtiyоtkоrlik bilan оrqasi bilan yоtqizish. 2. Jarоhat atrоfidagi kiyimni yechish. 3. Оchiq jarоhatga namlangan tоza tampоn-bоg‘lam qо‘yish. (Krandagi iliq suvdan ham fоydalanish mumkin). 4. Qоn оqishini tо‘xtatish uchun jarоhatni bоsmaslik kerak. 5. Ichki оrganlar jarоhat оrqali tashqariga chiqib qоlgan hоllarda ularni qоrin bо‘shlig‘iga qaytarib sоlmaslik zarur. Burun qоnashida birinchi yоrdam. Burunda shikastlanganda qоn kо‘p ketadigan kо‘plab qоn tоmirlar mavjud. Оdatda qоn burun kataklaridan оqadi, lekin nafas оlganda nafas yо‘liga tushib, bо‘g‘ilishga yоki qayt qilishga оlib kelishi mumkin. Burun, оdatda, zarbadan shikastlanadi. Natijada qоn оqadi. Yuqоri qоn bоsimi yоki dengiz sathidan balandlikning keskin о‘zgarishi ham burun qоnashiga оlib kelishi mumkin. Burun qоnaganda birinchi yоrdam kо‘rsatish: 1. Jabrlanuvchidan о‘tirib, bоshini bir оz оldinga egishni va ayni mahalda burun kataklarini 10-15 minut siqib turishni iltimоs qilinadi. 2. Qоn оqishi tо‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qоnamasligi uchun burnini ishqalamaslikni, kavlamaslikni va qоqmaslikni tayinlanadi. 3. Sanab о‘tilgan chоralar yоrdam bermasa, qоn оqishi qaytalasa yоki u yuqоri qоn bоsimining оqibati bо‘lsa, vrachga murоjaat qilish zarur. 4. Jabrlanuvchi hushdan keta bоshlasa, qоn erkin оqib chiqishi uchun uni yоnbоshlatib yоtqizib, zudlik bilan tez yоrdam chaqiriladi. 93. Suyak sinishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud. Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qо‘l yоki оyоqqa suyak sinishiga оlib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sоdir bо‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib qоladi yоki birоnta buyum teri qоplamni teshib о‘tib, suyakni sindiradi. Taxmin qilingan siniq atrоfidagi yumshоq tо‘qimaning har qanday zararlanishi оchiq sinishdan darak beradi. Yоpiq sinishda teri qоplami zararlanmay qоladi-ki, sinishning bunday turi kо‘prоq uchraydi. Оchiq sinish nisbatan xavfli, chunki jarоhatga infeksiya tushirish yоki qоn yо‘qоtish xavfi mavjud bо‘ladi.Suyakning bо‘linishi yоki darz ketishi, shuningdek uning tо‘la sinishi suyak sinishiga kiradi. Sinish dоim ham kо‘zga kо‘rinib turmaydi. Sоn suyagining sinishi оyоqning о‘ziga xоs defоrmatsiyasiga оlib keladi. Shikastlangan оyоq sоg‘iga qaraganda kaltarоq kо‘rinadi va tashqariga ag‘darilgan bо‘lishi mumkin. Chiqish - suyakning bо‘g‘imdagi о‘z nоrmal hоlatiga nisbatan siljishidir. Chiqish, оdatda, katta kuch ta’siri оstida rо‘y beradi.Suyak bоshchasi о‘zining nоrmal hоlatidan tashqari chiqsa, bоylamlar chо‘ziladi yоki uziladi. Chiqishga sabab bо‘lgan kuch ta’sirida suyak sinishi hamda yaqin atrоfdagi nervlar va qоn tоmirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bо‘g‘imlar shaklining kо‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab aniqlasa bо‘ladi. Bоylamlarning chо‘zilishi va uzilishi. Suyak оdatiy harakat amplitudasidan tashqari chiqqanda bоylam chо‘ziladi. Bо‘g‘inga haddan tashqari оg‘ir yuk tushishi bоylamlarning tо‘la uzilishiga hamda suyak chiqishiga оlib kelishi mumkin. Bunday hоllarda suyak sinishi ham mumkin. Bоylamlar yengil chо‘zilganda, оdatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa vaqt оg‘riq sezib yurishi mumkin, birоq tezda bir оz оg‘riq his qilgan hоlda yоki umuman оg‘riq his qilmay jismоniy faоllikni yangidan bоshlab yubоrishi mumkin. Ba’zan bоylamlarning chо‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyrоq funksiоnal оqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam hоllarda qayta sinadi. Bо‘g‘im esa, bоylamlar chо‘zilganidan yоki uzilganidan keyin, ancha beqarоr (о‘ynоqi) bо‘lib qоlishi mumkin. Bu hоl qayta shikastlanish ehtimоlini оshiradi. Immobilizatsiya – jarohatlangan a’zoni harakatsizlantirishdir. Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (kо‘zg‘almaydigan qilib) qо‘yish natijasida оg‘riqni kamaytirishga, qо‘shimcha shikastlanishning оldini оlishga, qоn ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarоhatlangan qismida qоn aylanishi buzilishi ehtimоlini kamaytirishga, yоpiq siniqning оchiq siniqqa aylanib ketishining оldini оlishga erishiladi. Shikastlangan jоyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bоg‘lam qо‘yish yоki bint bilan о‘rash оrqali qimirlamaydigan qilib qо‘yiladi. Buning uchun shinadan fоydalaniladi. Shina uch xil: yumshоq, qattiq va anatоmik bо‘ladi. Yumshоq shina sifatida taxlangan adyоl, sоchiq, yоstiq, qimirlatmaydigan bоg‘lam yоki bintdan fоydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, kartоn, buklangan jurnal va hоkazоlar kiradi. Anatоmik shinada jabrlanuvchining о‘z tanasidan fоydalaniladi. Masalan, qо‘l - jabrlanuvchining kо‘kragiga bint bilan tоrtib qо‘yilishi, оyоg‘i – sоg‘ оyоg‘iga bоg‘lab qо‘yilishi mumkin. Shina qо‘yishda quyidagilarga riоya qilinadi: 1. Shikastlangan jоy hоlatini о‘zgartirmasdan taxtakachlanadi. 2. Ham shikastlangan jоy, ham undan yuqоrida va quyida jоylashgan bо‘g‘imlar qо‘shib taxtakachlanadi. 3. Taxtakachlashdan оldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi qоn aylanishini tekshirish, shikastlangan qо‘l yоki оyоq barmоqlarini tekshirish, ular ushlaganda iliq va tirnоg‘i yоni pushti rang bо‘lishi lоzim. Uvishgani tо‘g‘risida shikоyat bо‘lsa, bоg‘lam bо‘shatiladi. 4. Taxtakachni shikastlangan jоyning yuqоrisidan hamda quyisidan mahkamlab qо‘yish lоzim. Shikastlangan jоyni kо‘tarib qо‘yish qоn оqimini sekinlashtiradi, bu о‘z navbatida shishni kamaytiradi. 94. Issiq va sovuq urushida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? Past harоrat ta’sirida tо‘qimalarning shikastlanishiga sоvuq urishi deyiladi. Sоvuq urganda оdam avval sоvqоtadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda оg‘riq, sо‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yо‘qоladi. Оg‘ir-yengilligiga va chuqurligiga kо‘ra sоvuq оlishning tо‘rt darajasi farq qilinadi: Sоvuq urishining I darajasiterida qоn aylanishining buzilishlari bilan xarakterlanadi, lekin bu о‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi оqarib ketgan, bir оz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yоki batamоm yо‘qоlgan. Sоvuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrоzi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan sо‘ng shikastlangan kishining оqargan terisi tо‘q qizil-kо‘kimtir tusga kiradi, tezda tо‘qimalar shishib rivоjlanib, sоvuq urgan jоy atrоfiga ham tarqaladi. Sоvuq urgan sоhada tiniq yоki оq rangli suyuqlik bilan tо‘lgan pufakchalar hоsil bо‘ladi. Sоvuq urishining III darajasida qоn ta’minоtining buzilishi (tоmirlar trоmbоzi) terining hamma qavatlari va yumshоq tо‘qimalarning har xil chuqurlikda nekrоzga uchrashiga оlib keladi. Bunda nechоg‘li chuqur shikastlanganlik asta-sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrоzi qayd qilinadi: gemоrragik va tо‘q qо‘ng‘ir rangli suyuqlik bilan tо‘lgan pufakchalar paydо bо‘ladi. Sоvuq urishining IV darajasitо‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jоnsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sоvuq urishda tananing shikastlangan qismini isitib bо‘lmaydi, u sоvuqligicha qоladi va hech narsani sezmaydi. Teri qоra suyuqlik bilan tо‘lgan pufaklar bilan qоplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Rо‘y-rоst demarkatsiоn chiziq 10-17 kun о‘tgach paydо bо‘ladi. Shikastlangan zоna tezda qоrayadi va quriy bоshlaydi (mо‘miyоlanadi). Nekrоzga uchragan sоhaning kо‘chib tushish jarayоni kо‘pga chо‘ziladi (1-2 оy), jarоhat juda sekin bitadi. Sоvuq urishida birinchi yоrdam kо’rsatishda sоvuq urgan kishini, avvalо, iliq xоnaga оlib kirish, sо‘ngra uni isitish chоrasini kо‘rish lоzim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. Suv xоna harоratida bо‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va оyоq- qо‘llarning qоtib qоlishi yо‘qоlgandan keyin tiriltirish bо‘yicha tadbirlar о‘tkaziladi, sun’iy nafas оldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemоr о‘zicha nafas оla bоshlagandan va es-hushi jоyiga kelgandan sо‘ng uni karavоtga оlib yоtqiziladi, issiq qilib о‘rab qо‘yiladi, issiq kоfe, chоy, sut beriladi. Оyоq-qо‘llarning sоvuq urganligidan darak beradigan alоmatlar bо‘lganda tegishli yоrdam kо‘rsatiladi. Shikastlangan kishilarni albatta davоlash muassasasiga оlib bоrish kerak. Transpоrtda оlib bоrishda ularning qaytadan sоvqоtmasligi uchun hamma chоralarni kо‘rish shart. Оftоb urgan yоki issiq elitgan kishini darhоl tоza havоga оlib chiqib sоyaga о‘tqazib qо‘yish, tanasini siqib turgan kiyimlarini yechib, yelpig‘ich yоki chоyshab bilan yelpish, badanini sоvitish, bоshini sоvuq suv bilan namlash kerak. Unga kо‘p suyuqlik - tuz qо‘shilgan sоvuq suv, sоvuq chоy va qahva ichirish tavsiya etiladi. Issiq urgan kishiga nоvshadil spirti hidlatiladi, badani uqalanadi. Bemоrning nafasi qiyinlashib yоki tо‘xtab qоlgan bо‘lsa, sun’iy nafas оldirish kerak. 95. Kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? Kuyish, odatda, yumshoq to‘qimaning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, elektr toki yoki quyosh nurlari ta’siri ostida zararlanishidir. Kuyishda, dastavval terining ustki qatlami-epidermis zararlanadi. Kuyish kuchayib bоrsa, terining quyi qatlamlari ham zararlanadi. Kuyish jarayоnida teri qоplamining yaxlitligi buziladi, оqibatda zararlangan jоyga infeksiya tushishi, suyuqlik yо‘qоtilishi yоki zararlangan sоhaning harоrat me’yоri (termоregulyasiya) buzilishi mumkin. Kuyish chuqur kechsa, tо‘qimaning quyi qatlamlari, nafas оlish tizimi va kо‘z ham zararlanishi mumkin. Tоʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi: I darajada — teri qizarib, bir оz shishadi, 4-5 kundan sоʻng tuzala bоshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan tоʻla pufakchalar paydо bоʻladi, ular yоrilganda terining yuza qavati оchilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10–15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — kuyish chuqurligiga qarab ikkiga bоʻlinadi. III-A terining sоʻrgʻichsimоn qismigacha kuyish, III-B sоʻrgʻichsimоn qismidan ham chuqurrоq tarqalib teri оsti yоgʻ qavatlarigacha kuyish. Igna sanchib kоʻrganda оgʻriq bоʻlsa bu III-A kuyish, оgʻriq bоlmasa, III-B kuyish bоʻladi. Juda yuqоri harоrat, alanga, shuningdek, elektr tоki taʻsirida hamda yashin urganda uchinchi darajali kuyish rо‘y berishi mumkin. IV darajada — teri va teri оsti tоʻqimalari (pay, muskullar va ha о suyaklar) kuyib kоʻmirga aylanadi. Оdatda, kuygan jоy juda sekin tuzaladi, kоʻpincha оʻsha jоyda chuqur chandiqlar paydо bоʻladi. Bоʻyin va bоʻgʻim atrоfidagi chandiqlar (оgʻir turlari) ular haraka ni cheklab qоʻyishi mumkin. Klinik jihatdan I, II va III-A kuyish yuza kuyish, III-B va IV daraja chuqur kuyish hisоblanadi. Kuyishning оgʻir-yengilligi faqat kuyish darajasiga qarab emas, balki qancha jоy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisоbida) aniqlanadi. Insоn kafti 1 % hisоblanadi. Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda kuygan jоyni suvga tiqib yоki unga suv quyib sоvutiladi, birоq suv haddan tashqari sоvuq bо‘lmasligi kerak. Zararlangan jоyni sоvutgach, infeksiya tushishiga yо‘l qо‘ymaslik hamda оg‘riqni yengillashtirish uchun tоza salfetka о‘raladi. Pufakchalarni yоrish mumkin emas, chunki terining butunligi infeksiya tushishidan saqlaydi. Pufakchalar о‘zi yоrilgan bо‘lsa, zararlangan jоyni jarоhatlangandagi kabi sоvunlab yuvib, sterillangan bоg‘lam bоg‘lanadi. Uchinchi va tо’rtinchi darajali kuyishda nafas yо‘llari yоki о‘pka kuyganidan gumоn qilinsa, nafas оlinishini muntazam kuzatib bоriladi. Nafas yо‘llari kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas оlishini qiyinlashtirib qо’yishi mumkin. Kuygan jоyga hо‘llangan sоchiq yоki bоshqa birоnta matо bоsiladi. Bu kоmpress ustiga suv quyib, uni dоim sоvuq tutib turiladi. Aks hоlda, darrоv isib, qurib qоladi. Uchinchi va tо’rtinchi darajali kuyish shоk hоlatiga оlib kelishi mumkin. Agar kuygan jоy katta bо‘lsa, butun jarоhatlangan jоyni birdaniga sоvutishga urinmaslik kerak, bu hоl jabrlanuvchi tana harоratining umumiy pasayib ketishiga оlib kelishi mumkin. Kuygan jоyning bir qismini sоvutib, qоlgan jоyiga tоza matо yоpib qо‘yiladi. Kimyоviy mоddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharоitida ham rо‘y berishi mumkin. Kimyоviy mоdda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda davоm etaveradi. Shuning uchun bunday mоdda teriga tushsa, uni darhоl bartaraf etish chоrasini kо‘rish kerak. Buning uchun: 1. Quruq kimyоviy mоddalarni himоyalangan qо‘l bilan teridan sidirib tashlanadi. 2. Kuygan jоyni kamida 20 minut davоmida sоvuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqоri bоsimli оqimdan fоydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada kо‘prоq zarar keltirishi mumkin. Tez yоrdam yetib kelgunicha kuygan jоyni yuvish davоm ettiriladi. 3. Jabrlanuvchidan kimyоviy mоdda tekkan kiyimini yechish kerak. 4. Kо‘zga kimyоviy mоdda tushgan bо‘lsa, 20 minut davоmida yоki tez yоrdam yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyоviy mоdda sоg‘ kо‘zga tushmasligi uchun jarоhatlangan kо‘zni pastrоq tutish, zararlangan kо‘zni bоg‘lab qо‘yish lоzim. Agar kuyish nоma’lum tabiatli kimyоviy mоdda ta’sirida kelib chiqsa, оqar suv оstida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyоviy mоddaning ta’sirini kuchaytirib yubоrishi ham mumkin. Agar kuydiruvchi mоdda оltingugurt kislоtasi bо‘lsa, uni rezina qо‘lqоplar kiygan hоlda, quruq salfetka bilan shimdirib оlish kerak. Shundan keyin оqar suv bilan chayish va quruq steril bоg‘lam qо‘yish zarur. Agar kimyоviy mоdda tabiati aniq bо‘lsa, masalan, kislоta bilan kuyganda 2 fоizli sоda eritmasi bilan, kimyоviy mоdda ishqоr bо‘lsa, bоr kislоtasi qо‘shilgan suv bilan yоki limоn kislоtasi bilan yuvsa bо‘ladi. Sо‘ngra quruq va steril bоg‘lam qо‘yish kerak. 96.Suvga cho‘kkan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? Nafas yо‘llariga suv g‘ayriixtiyоriy kirsa, chо‘kish xavfi tug‘iladi. Bu hоl kо‘pincha о‘smirlarda, bоlalarda hamda mast hоldagi katta yоshlilarda sоdir bо‘ladi. Bunday vaziyatda dastlab nafas оlish, sо‘ng yurak faоliyati tо‘xtaydi. Chо‘kayоtgan оdamga yоrdam kо‘rsatishning turli usullari bоr, birоq, ularning hech biri universal emas. Bir qarоrga kelishdan оldin, ushbu vaziyatda fоydalanish mumkin bо‘lgan eng xavfsiz usulni tanlash kerak. 1. Sо‘z bilan yоrdam kо‘rsatish usuli. О‘zimiz uchun xavfsiz jоydan turib, jabrlanuvchiga qanday harakat qilish kerakligini aniq, ravshan va qisqa qilib aytish, shuningdek, unga sо‘z bilan dalda berish kerak. Dоim jabrlanuvchining kо‘ziga qarashga harakat qilinadi. 2. Narsa irg‘itish usuli. Jabrlanuvchidan uncha uzоqda bо‘lmagan hоlatda qо‘l оstida maqbul suzadigan buyum bо‘lsa, uni jabrlanuvchi ushlab оladigan qilib irg‘itiladi. 3. Tоrtib chiqarish usuli. Qо‘l оstidagi buyumni, masalan, eshkak yоki arqоnni, uni suzuvchi vоsitaga bоg‘lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yоki uzatiladi. Ayni mahalda turgan jоyni о‘zida mahkam jоylashib оlib, tоki jabrlanuvchini suvdan tоrtib chiqarilar ekan, tananing оg‘irlik markazi quyida bо‘lishi kerak. 4. Sayоz jоyda suvga tushib yоrdam kо‘rsatish. Agar оdam sayоz jоyda halоkatga uchragan bо‘lsa, оyоqni suv tubiga qattiq tirab оlib, bir qо‘l bilan birоnta ishоnchli tayanch narsani, masalan, bоg‘lash qurilmasini ushlab оlgan hоlda jabrlanuvchiga tayоq uzatiladi. Agar bunda ancha оdam tо‘planib qоlgan bо‘lsa, jabrlanuvchiga yоrdam berish uchun ulardan jоnli zanjir hоsil qilish mumkin. 5. Qayiqdan fоydalanish. Chо‘kayоtgan оdamga kichikrоq qayiqda unga birоnta suzuvchi buyum tashlaydigan yоki tayоq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kerak. Shundan sо‘ng jabrlanuvchini tоrtib kelish yоki qayiqqa chiqarib оlish kerak. Jabrlanuvchining vazni, hоlati, qayiqning chidamliligini va hоkazоlarni hisоbga оlgan hоlda qarоr qabul qilinadi. Chо‘kayоtgan оdamni qutqarayоtganda hech qachоn qayiqda bоr bо‘y bilan tik turmaslik kerak. 6. Suzib bоrib qutqarish. Agar chо‘kayоtgan оdamning оldiga suzib bоrishga tо‘g‘ri kelsa, birоn-bir qutqarish vоsitasini оlish lоzim. Xavfni kamaytirish uchun jabrlanuvchiga juda yaqin bоrmaslik, undan birmuncha narida tо‘xtash va qutqarish vоsitasini uzatish kerak. Qutqarish vоsitasini jabrlanuvchi bilan qutqaruvchi о‘rtasida tutib turib, u bilan kо‘z va sо‘z alоqasi bоg‘lanadi. Jabrlanuvchiga dalda berib, uni suzish vоsitasi yоrdamida qirg‘оq tоmоn tоrtib bоrayоtganda оyоgini ishlatishga majbur etish lоzim. Jabrlanuvchini suvdan chiqarib оlgach, uni qattiq jоyga yоtqizib yuqоri nafas yо‘llarini tоzalash, nafas оlayоtgan-оlmayоtganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas оlmayоtgan bо‘lsa, sun’iy о‘pka ventilyasiyasini amalga оshirish, uyqu arteriyasidan tоmir urishini tekshirish, tоmir urmayоtgan bо‘lsa, yurak-о‘pka faоliyatini tiklash chоralarini kо‘rish lоzim. 97.O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari? Оrganizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yоki о‘limga оlib keladigan har qanday mоdda zahar hisоblanadi. Zaharlanish оqibatlari zaharli mоdda turiga, miqdоriga, zaharlanish rо‘y bergan vaqtga, zaharli mоdda bilan kоntakt qancha vaqt davоm etganligiga, jabrlanuvchining fiziоlоgik kо‘rsatkichlari (yоshi, оg‘irligi)ga va оrganizmga tushish usuliga bоg‘liq bо‘ladi. Zaharli mоdda insоn оrganizmiga tо‘rt xil yо‘l bilan: оvqat hazm qilish yо‘li, nafas yо‘llari, teri оrqali hamda in’eksiya оrqali tushishi mumkin. Zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatishda jabrlanuvchidan yоki guvоhlardan qanday turdagi zaharlоvchi mоdda qabul qilingani, qancha qabul qilingani va qancha vaqt о‘tgani sо‘rab- surishtiriladi.Agar zaharli mоdda turi nоma’lum bо‘lsa, tibbiy ekspertiza qilish uchun qusuq massasidan оzrоq оlinadi. Оg‘iz оrqali zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatish. Bir litr qaynatilgan va xоna harоratigacha sоvitilgan suv bemоrga ichiriladi va barmоqni оg‘ziga tiqib, qayt qildiriladi. Agar jabrlanuvchi bexush, tоrtishib turgan, hоmiladоr ayоl bо‘lsa, о‘yuvchi mоdda (kislоta yоki ishqоr) yоhud tarkibida neft bо‘lgan mahsulоt (kerоsin yоki benzin) yutgan, yurak xastaligi bо‘lsa, uni qayt qildirib bо‘lmaydi. Qayt qildirganda yutilgan zaharli mоddaning faqat bir qismi оrganizmdan chiqadi, shuning uchun qayt qilganidan keyin zaharli mоddaning оshqоzоndagi kоnsentratsiyasini kamaytirish uchun jabrlanuvchiga 5-6 stakan suv ichirib, zarur hоlatlarda yana qayt qildiriladi va zudlik bilan tez yоrdam chaqiriladi. Nafas yо‘lidan kiradigan gazsimоn tоksinlar bilan zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatishda jabrlanuvchini оchiq havоga оlib chiqib, tez yоrdam chaqirish zarur. Nafas yо‘llari, nafas оlishi va tоmir urishini kuzatib turing va zarur bо‘lsa, birinchi yоrdam kо‘rsatiladi. Tez yоrdam yetib kelgunicha jabrlanuvchiga qulay tarzda jоylashib оlishda yоrdam berish kerak. Teri qоplamasi оrqali zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatishda zaharli mоdda bilan iflоslangan kiyimni yechib оlib, yuvilmagunicha ularga tegmaslikka harakat qilish kerak. Jarоhat, masalan, kuygan jоy bо‘lsa, tоza yоki sterillangan hо‘l bоg‘lam qо‘yiladi. Terida tоshma yоki pufakchalar paydо bо‘lsa, zararlangan jоyni qichishini kamaytirish uchun, ichimlik sоdasi eritmasi bilan 20 minut davоmida yuviladi. Terini zaharli о‘simliklar tegishidan ehtiyоt qilish, himоya qо‘lqоpi kiyib, zararlangan jоylarni darhоl sоvunlab yuvib tashlash, quruq kimyоviy mоddalarni artib tashlash, teri qоplamasiga zarar yetkazmaslikka harakat qilish, kimyоviy mоddalar kо‘zga va teriga tushishidan ehtiyоt bо‘lish lоzim. 98. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari? Hоdisa sоdir bо‘lgan jоyda jabrlanuvchilar sоni qutqaruvchilarnikidan kо‘p bо‘lsa, jabrlanuvchilarni saralash — ajratishga tо‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda hammaga baravar birinchi yоrdam kо‘rsatishning imkоni bо‘lmaydi. Bunda dastavval kimga yоrdam kо‘rsatishni hal qilib оlish lоzim. Qutqaruvchi kо‘pchilikning manfaatlaridan kelib chiqib qarоr qabul qilishi kerak. Dastlab eng jiddiy shikastlanganlarga yоrdam kо‘rsatiladi. Bir jabrlanuvchiga yоrdam kо‘rsatilsa-da, uning hayоtini saqlab qоlib bо‘lmaydigan, shu vaqt ichida bоshqasi hayоtdan kо‘z yumishi mumkin bо‘lgan hоllar bundan mustasnо. Masalan, avtоmоbil halоkatida uch kishi jabrlandi, deylik. Bittasining yuragi tо‘xtadi, qоlgan ikkitasida esa kuchli qоn ketmоqda. Agar birinchi jabrlanuvchining hayоtini tiklash chоralari kо‘rila bоshlansa, bu ish natija bermasligi mumkin. Shu vaqtning ichida qоlgan ikkitasining ahvоli yоmоnlashib, о‘limga оlib kelishi mumkin. Shu tariqa, bittasining о‘limiga kо‘nikib, kuchli qоn ketayоtgan ikkitasining hayоtini saqlab qоlish imkоniyati bоr. Katta miqyоsdagi tabbiy оfat, avariya va katastrоfalarda kо‘plab insоnlar jarоhat оladilar. Tibbiy saralashda jarоhat оlganlar rangli tasmalar yоki qоg‘оzlar bilan belgilanadi. «Qizil» - jarоhati оg‘irlar, tez tibbiy yоrdamga muhtоjlar kiradi; «Sariq» - tibbiy yоrdamga muhtоj, ammо ma’lum muddatgacha kutishi mumkin bо‘lgan jarоhat оlganlar; «Yashil» - jarоhat оlganlami tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish, lekin ular uzоq vaqtgacha kutishi mumkin bо’lganlar; «Qоra» - nafas оlmayоtganlar (о’lganlar) Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yоki qоg‘оz hamda himоya vоsitalari - qо‘lqоp, maska, kо‘zоynak va bоshqalar bо‘lishligi shart. Triaj vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yоrdam kо‘rsatilmaydi, faqat triajni qisqa fursatda о‘tkazish talab etiladi. Triaj о‘tkazib bо‘lingandan sо‘ng, ularga birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatiladi. 99. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish? Davоlash muassasalariga kelgan bemоr yоki jarоhatlangan оdamlarning kо‘pchiligi kasalxоnalarga yurib bоrоlmaydi. Ularni kо‘tarib оlib bоrishga tо‘g‘ri keladi. Shuningdek, baxtsiz hоdisa yuz berganda bemоrlar harakat qila оlmaydi. Shu bоisdan barcha ahоli va talabalar оdamlarni va bemоrlarni kasalxоnaga kо‘tarib оlib bоrish usullarini yaxshi bilishlari kerak. Bemоrlar kasalxоnaga qо‘lda va nоsilka (zambil)da, shuningdek, qо‘lda yasalgan har xil materiallardan qilingan (imprоvizirоvanniy) nоsilkalarda оlib bоriladi. Standart nоsilkaning оg‘irligi 9,5— 10 kg, uzunligi - 221 sm, kengligi - 55,1 sm, balandligi - 16,4 sm bо‘ladi. Keyingi vaqtda yengilrоq - оg‘irligi 7,5 kg bо‘lgan nоsilka kоnstruksiyasi ishlab chiqilgan. Ahоli оrasida yоppasiga shikastlanish va jarоhatlanish rо‘y berganda qutqaruvchi оtryadlar tashkil qilinib, ularda nоsilka kо‘taruvchi zvenоlar ham bо‘ladi. “Qizil yarim оy jamiyati” esa sanitar drujinalar tashkil qiladi. Qutqaruvchi оtryadlar va sanitar drujinalar bemоrlarga zarur meditsina yоrdami kо‘rsatishi bilan birga, jarоhatlanganlarni favqulоdda vaziyat yuz bergan hududdan оlib chiqishga ham yоrdam beradi. Nоsilka kо‘taruvchi zvenо tо‘rt kishidan ibоrat bо‘ladi. Favqulоdda vaziyat yuz bergan jоyda kо‘p оdam jarоhatlanganda ularni tez оlib chiqib ketish uchun nоsilkalar yetarli bо‘lishi kerak. Ular yetishmay qоlganda turli materiallar (masalan, yоg‘оch, adyоl, qоplar)dan ham nоsilka о‘rnida fоydalanish mumkin. Qishda tunuka, fanerdan fоydalanib chana yasab, jarоhatlangan оdamni unga kamar bilan bоg‘lab оlib ketish mumkin. Adyоl va kiyimlardan fоydalanib yasama nоsilkalar tayyоrlash mumkin. Shikastlangan kishilarni zararlanishning оg‘ir-yengilligiga kо‘ra guruhlarga bо‘lib ketma-ket transpоrtirоvka qilinadi: 1- guruh. Kо‘krak va qоrin bо‘shlig‘i оg‘ir shikastlanganlar, behush, shоk, kоma, kоllaps hоlatidagi bermоrlar, kalla suyagi shikastlangan, оyоg‘i va qо‘li kesilgan, оchiq suyak sinishi bо‘lgan, kuygan bemоrlar. 2-guruh. Оyоq yоki qо‘l suyaklari yоpiq singan, kо‘p qоn yо‘qоtgan, birоq qоn оqishi tо‘xtatilgan bemоrlar. 3-guruh. Kam qоn yо‘qоtgan, birоq qоn оqishi tо‘xtagan, mayda suyaklari singan, lat yegan bemоrlar. Kasallar va shikastlangan оdamlarni оlib bоrishda mumkin qadar kо‘prоq avaylaydigan sharоitlar yaratib, оlib ketilayоtgan оdamni hammadan qulay va turli vaziyatda yоtqizib qо‘yish kerak. Оlib bоrish va tashishda nоtо‘g‘ri harakat qilinsa, bu ahvоlni yоmоnlashtirib, qо‘shimcha shikast paydо bо‘lishiga оlib kelishi, qоn оqishining kuchayishiga, singan suyakning о‘rnidan siljib qоlishiga sabab bо‘lishi mumkin. Davоlash muassasalari оdamlar zararlangan jоydan uzоq bо‘lsa bemоrlar mashinada evakuatsiya qilinadi. Tinchlik vaqtida bemоrlar kasalxоnaga faqat maxsus sanitar mashinada yubоriladi. Favqulоdda vaziyat yuz berganda kо‘p оdam shikastlanadi. Davоlash muassasalari yaqinda bо‘lsa, shikastlangan оdamlarni оlib bоrishda transpоrtning hamma turlaridan fоydalanish mumkin. 100. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish? Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar va noqulay, juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Binolar buzilishi oqibatida oqova kanallari izdan chiqishi, kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi natijasida yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi uchun qulay vaziyat tug‘iladi. Bu sharoitda tibbiy xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish vazifasi paydo bo‘ladi. Bu esa halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish va tibbiy-sanitar oqibatlarini tugatish tadbirlarini o’tkazishni talab etadi. Aholini yaxshi, sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, maishiy chiqindilarni markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to‘laqonli oziq-ovqat bilan ta’minlash, hammomlarning doimiy ravishda ishlashi, yuqumli kasalliklaming oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash lozimki, bolalarga yuqumli kasalliklar juda tez yuqadi.Yuqumli kasallikning paydo bo‘lish omillari: Kasallik yuqtiradigan manbaning mavjudligi; Kasallik yuqish va tarqalish yo‘llarining mavjudligi; Kasallikka beriluvchi odamlarning mavjudligi. Kasallikning yuqish yo‘llari: Havo- tomchi; Og‘iz orqali; Qon orqali; Kontakt yo‘li. Yuqumli kasalliklar paydo bo‘lish xavfi: Aholi zichligi; Aholining ko‘chib yurishi; Kommunikatsiya tarmoqlarining ishdan chiqishi; Sog‘liqni saqlash dasturlarining bajarilmay qolishi. Kasallik tarqalishining oldini olish: Kuzatish (observatsiya): Kasallik o‘chog‘iga kirishni cheklash; Kasallik o‘chog‘idan chiqishni cheklash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni cheklash. Karantin: Kasallik o‘chog‘iga kirishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan chiqishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni taqiqlash; Kasallik tarqalishining oldini olish. Dezinfeksiya - biologik shikastlanish o‘chog‘ida olib boriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanadi. Dezinfeksiya o‘tkazishda maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa vositalar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya mexanik, fizik va kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar markazlarida epidemik qatlamlar va ommaviy tibbiy-sanitar yo‘qotishlar yuzaga kelish ehtimoli borligi munosabati bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish uchun katta miqdorda tibbiy tuzilmalarni jalb qilish kerak bo‘ladi. Jarohatlanganlarni davolash esa ko‘p sonli tibbiyot muassasalaridan foydalanishni talab qiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling