Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan yakuniy nazorat ishi javoblari docx


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.01.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1141606
Bog'liq
hfx yakuniy javob



Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan yakuniy nazorat ishi
javoblari 
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari?
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, 
uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib 
chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish 
sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan 
fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish 
qoidalarini o‘rgatishdan iborat. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining markaziy 
e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi. 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy vazifalari: 
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida 
yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va 
ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganiladi. 
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz 
mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish. 
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan 
uslubiyatlarni ishlab chiqish. 
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan 
himoyalanish usullariga o‘rgatish. 
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini 
o‘rganish. 
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni 
qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish. 
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish. 
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini 
taminlashga yo`naltirilgan bilimlar tizimidir. 
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni 
oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini 
oshirish hisoblanadi
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari?
Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush 
tarzidir. Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga tahdid, 
moddiy va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar. Xavf – shaxsga, 
jamiyatga va davlatga moddiy, jismoniy va ruhiy (ma’naviy) zarar, ziyon yetkazish 
ehtimoli. Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda 
xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. Avariya – aniq bir hududyoki 
ob’yektda odamlarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tahdidni yuzaga 
keltiruvchi va binolarning, inshoatlarning, asbob-uskunalarning va transport 
vositalarining shikastlanishiga, ishlab chiqarish va yuk tashish jarayinining 
buzilishiga odamlar sog‘lig‘iga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetishiga olib 
kelishi mumkin bo‘lgan xavfli texnogen hodisa. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining 
hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan 
bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga 
kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki 
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa 
ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un 
yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa. 
Kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli 
ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat 
qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki 
surunkali kasalligi. 
Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, 
hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, 
reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. 
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki 
atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga 
hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa 
ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. Favqulodda vaziyatlar kelib 
chiqish sabablariga ko‘ra tabiiy, texnogen va ekologik turlarga bo‘linsa, bunda 
zarar ko‘rgan odamlarsoni, moddiy zarar miqdori va ko‘lamlariga ko‘ra lokal, 
maxalliy, respublika va transchegara turlarga bo‘linadi. 
Yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki)sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy 
shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, 
nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish. Yong’in yuzaga kelishining sabablari: olov va 
isitish qurilmalari bilan ehtiyotsiz muomalada bo’lish, yo’g’in xavfsizligi va ishlab 
chiqarish asbob-uskunalarini ishlatish qoidalariga amal qilmaslik, moddalar va 
materiallarning o’z-o’zidan yonib ketishi, statik elektr toki razryadi, momaqaldiroq 
razryadi, o’t qo’yish va boshqalar hisoblanadi. 
Tahdid (ugroza) – haqiqatan mavjud, real xavf, zarar yetkazilishi 
mumkinligi. Xavfsizlikka tahdid – shaxsning, jamiyatning va davlatning hayitiy 
muhim manfaatlariga xavf kasb etadigan omillar va sharoitlar majmuidir. 
Xavfsizlikka tahdid xususiyati va u ifodalaydigan xavfga ko’ra tasniflanadi: 
- faoliyat sohasiga ko’ra: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, harbiy, 
millatlararo munosabatlar sohasida, ekologik, demografik, texnologik, aqliy, 
axborot va boshqalar; 
- tahdid manbaiga ko’ra: ichki (tahdid manbai mamlakat hududida), tashqi 
(tahdid mnbai chegaradan tashqarida joylashgan); 
- inson faoliyatiga munosabatiga ko’ra: ob’ektiv (maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyatga bog’liq bo’lmagan holda shakllanadi), sub’ektiv (razvedka, 
qo’poruvchilik va boshqa faoliyat, uyushgan jinoyatchilik tomonidan ongli 
ravishda tashkil etiladi); 
- amalga oshirish ehtimolligiga ko’ra: oshkor va yashirin; 
- oqibatlariga ko’ra: yalpi (hamma joyda yoki sub’ektlarning ko’pchiligida 
aks etadigan), local (alohida sub’ektlarda), xususiy (alohida shaxslarga dahldor). 
Tavakkal (risk) – xavfning amalga oshish ehtimolligi. Tavakkal – xavfga 
qarama-qarshi borishdir. Tavakkal–xavfning bo’lishi mumkinligi yoki omadli 
yakun topishiga umid qilib tavakkaliga harakat qilishdir. 
Zarar, ziyon (usherb) – biror bir voqea, hodisa, harakat natijasida ob’yekt 
butunligining buzilishi yoki boshqa xususiyatlarining yomonlashuvida namoyon 
bo’luvchi ob’yekt holati o’zgarishi natijasi.
3. Xavflarning turlari va o’rganish tartibi?
Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. 
Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson 
bilan bog‘liq) va ekologik. 
2. 
Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va 
psixofiziologik. 
3. 
Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, 
halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 
4. 
Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy. 
5. 
Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, 
ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar. 
6. 
Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv). 
7. 
Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global. 
8. 
Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon. 
Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi: 
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar 
"daraxtini"(shajarasini) tuzish. 
III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. 
4. O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi borasida davlat
siyosati? 
Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat 
ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi 
kunda e’tiborni mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan 
oqibati yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarini 
oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga qaratmoqda.
Mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, 
hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, 
reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
ikkinchi 
bo‘limida 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan.
Xususan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, 
adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
ximoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash 
tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat 
taqiqlanadi”, 38-moddada esa “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish 
huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun 
bilan belgilanadi”, deb qayd etilgan.
Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi 
xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika 
tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab 
chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, 
korxonalarda mehnatning sog‘lom va havfsiz shart-sharoitlarini yaratishga 
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz 
hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan 
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning 
mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat 
sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni 
muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning 
faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza 
qilish sohasida 20 dan ortiq asoslovchi va 230 dan ziyod xodimlarning mehnatini 
muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan.
Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini 
attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash 
tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay 
mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda 
imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda 
belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul 
davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar.
5. O’zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi
qonuni mazmun va mohiyati? 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni yangi tahriri 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan imzolandi va imzolangandan 3 oy 
o‘tib amalga kiritildi. 
Yangi tahrirdagi qonun 36 moddadan iborat bo‘lib, uning normalari 
Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga 
muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda 
belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik 
qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi, bunda: 
– qonunning tuzilmasi yangilandi, yuridik texnika yuzasidan qonun qayta 
ko‘rib chiqildi; 
– qonunning maqsadi belgilandi va asosiy tushunchalar kiritildi; 
– Davlat siyosati va boshqaruvi qayta ko‘rib chiqildi; 
– maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq 
alohida vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; 
– mahalliy davlat xokimiyati organlari vakolatlari va vazifalari belgilandi; 
– mehnat munosabatlarining ishtirokchilari ish beruvchi va xodimning 
xuquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib berildi; 
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonuni 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Qonunning 16-
moddasiga asosan Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari; ish 
beruvchining o‘z mablag‘lari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan 
mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining mablag‘lari; yuridik va jismoniy 
shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
Qonunning 18-moddasiga asosan mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band 
bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa 
oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv 
(issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda 
boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. 
Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, 
ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi. Qonuning 25 moddasida belgilanishicha ish beruvchi 
barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar 
uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni 
bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan 
jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart. 
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va boshqa davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati? 
Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan 
majmuidir. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi 
(kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dekabrda qabul qilinib, 
1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 
294 moddadan iborat.Umumiy qism 4 bobdan iborat bo‘lib, 56 moddani o‘z ichiga 
oladi. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat 
sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish 
doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlari, ularning huquq va burchlari, 
xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari 
bayon etilgan. Maxsus qism 12 bobdan iborat bo‘lib, 238 moddani o‘z ichiga oladi. 
Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi 
(kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va 
kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining 
moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga 
beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy 
sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.Mehnat kodeksining asosiy vazifasi 
xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat 
bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, 
xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, 
mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha 
aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi. 
7. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunlari?
1996 yil 4 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1378 Farmoni 
bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. Vazirlik faoliyat yurita 
boshlagandan so‘ng aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlar qabul qilindi. Aholini va 
hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish to‘g‘risida (2022 yil 17 avgust) – 7 ta bob, 62 moddadan iborat. 
Qonunning maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solishdan iborat. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo‘lim, 
23 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, 
ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va 
tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va 
majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. 
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) – 
15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, 
qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, 
tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. 
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 5 ta bo‘lim, 
28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar 
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi 
nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida (2006 
yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish 
ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 ta bo‘lim, 
31 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari 
shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, 
fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 
Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2018 yil 30 iyul) – 5 bob 24 
moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
8. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmon va qarorlari?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, 
sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-585-sonli Qarori. Toshqinlar, sel oqimlari, qor 
ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va 
hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, 
shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida 
qabul qilingan. Har yili joriy yilga belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini 
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066-sonli Farmoni. 
Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini 
takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyun kundagi 
“O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada 
takomillashtirish bo’yicha tashkiliy tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3029-sonli 
qarori. Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tashkilotlar tashkiliy tuzilmalari 
tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-3071-sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududi va aholisining seysmik xavfsizligi, 
seysmik chidamli qurilish va seysmologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini to‘g‘risida”gi PQ-3190-
sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi 
“Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish 
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4276-son Qarori. Qarorda 
“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom” va 
2019 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda 
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish 
to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 
yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4794-son Qarori. 
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlangan.
9. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari? 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: 
Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi 
to‘g‘risida (1998 yil 27 oktyabr, 455-sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga 
muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko‘ra texnogen, tabiiy va 
ekologik xususiyatli, ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy 
zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va 
transchegarali turlarga bo‘linadi. 
“2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha Senday hadli 
dasturi”ni O’zbekiston Respublikasida amalga oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida (2019 yil 12 aprel 299-son). Qaror bilan “2015 — 2030-yillarda ofatlar 
xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston 
Respublikasida erishish strategiyasi va ushbu strategiyani 2019-2030 yillar davrida 
amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi tasdiqlangan.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi 
sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida (2019 yil 9 sentyabr 
754-son). Ushbu qaror bilan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. Nizom O‘zbekiston Respublikasi aholisini 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan aholi guruhlarini 
tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va 
bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida (2020-yil 26-avgustdagi 515-son qarori). Qaror bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat 
qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risidagi Nizom; Vazirlik va idoralar hamda boshqa 
tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari; Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari tasdiqlangan.
10. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari? 
1990 yil sentabrda Germaniyaning Kyoln shahrida faoliyat xavfsizligi 
bo‘yicha Birinchi butun jahon kongresi ilmiy fan sifatida “Hayot xavfsizlikda” 
shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanda dunyoning turli mintaqalaridan kelgan 
olim va mutaxassislar o‘zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo “tavakkal”(risk) 
tushunchasiga tayanishlarini ta’kidladilar. “Tavakkal” – xavfni yuzaga kelish, 
amalga oshish chastotasi, ya’ni xavfning sonli baholash mezonidir. Tavakkal – 
xavfga qarama-qarshi borishdir. Tavakkal, xavf turiga bog‘liq holda shaxsiy va 
ijtimoiy turlariga bo‘linadi.
Tavakkalni aniqlash tartibi o‘ta taxminiy hisoblanib, uni quyidagi to‘rt xil 
usulga ajratish mumkin: 
– muxandislik uslubi - statistik ma’lumotlar, xavf chastotasini hisoblash, 
xavfsizlikni ehtimoliy tahlil qilish, xavf daraxtini qurish kabilarga asoslanadi; 
– modelli uslub - alohida kishiga, kishilar guruhiga va shu kabilarga ta’sir 
etuvchi xavfli va zararli faktorlar modeli tuziladi; 
– ekspertli uslub - turli xil hodisalarning sodir bo‘lishi ehtimoli tajribali 
mutaxassislar (ekspertlar) mulohazasi, fikri asosida aniqlanadi; 
– ijtimoiy so‘rov uslubi - hodisalarni sodir bo‘lish ehtimoli so’rovnoma 
o’tkazish aholi fikrini bilish orqali belgilanadi. 
Sonli baholash – faoliyat davrining ma’lum oralig‘ida sodir bo‘lgan 
ko‘ngilsiz oqibatlarni sodir bo‘lishi ehtimol qilingan xavfga, oqibatga nisbatidir. 
,
N
n
R
ur

bu yerda n – bir yilda ishlab chiqarishda halok bo‘lgan ishchilar soni; N – 
umumiy ishchilar soni. 
11. Xavflarni tahlil qilish usullari? 
Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz. 
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada 
murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. 
Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi. 
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi 
bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, 
radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf 
manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan 
ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi. 
3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash 
usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyatsiya va 
boshqalar) kiradi. 
Xavflarni tahlil qilish ikki asosiy bosqichdan iborat: xavflarni baholash 
bosqichi va tavakkalni boshqarish bosqichi. Xavflarni baholash bosqichida xavf-
xatarlarni aniqlash, xavf-xatarlar paydo bo‘lishining imkoniyatlari va oqibatlarini 
baholash. Xavflarni boshqarish bosqichida turli xil variantlar tahlil qilinadi va eng 
ma’qul bo‘lgan variant tanlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun xavfni 
baholash natijalari muhandislik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatlar hisobga 
olingan holda ko‘rib chiqiladi. Xavflarni tahlil qilishning uch bosqichli amalga 
oshirish metodi klassik usullardan hisoblanadi: 
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar 
“daraxtini”(shajarasini) tuzish. 
III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. 
Xavflar tahlil qilishda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va 
oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, 
salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi. 
Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz 
hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. 
Sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u 
yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. 
12. Xavfsizlikni tizimli tahlili va tahlil qilish usullari? 
Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va 
asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan 
xavfsizlikda ham. Tizim so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “butun, qismlar va 
birikmalardan tuzilgan” demakdir. Tizimning tashkil qiluvchilari (elementlari, 
qismlari) deganda nafaqat moddiy ob’ektlar tushunilmasdan, yana ular orasidagi 
o‘zaro munosabatlar va bog‘lanishlarni ham anglash kerak. Tizimli tahlilning bir 
qator vazifalari mavjud: 
Tizimli tahlilning boshqaruvchanlik funksiyasi boshqaruv jarayonini turli 
bosqichlarida qaror qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish, qaror qabul qilish, qarorni 
joriy etish va qaror ijrosini nazorat qilish uchun aхborot bilan ta’minlaydi. Tizimli 
tahlilning diagnostik funksiyasi jarayonni kechishi yoki faoliyat davomida yuzaga 
kelgan holat (vaziyat), ya’ni joriy holat haqida ob’ektiv tasavvurni shakllantiradi. 
Tizimli tahlilning ogohlantiruvchi funksiyasi jarayonni kechishi davomida vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan muammo, turli shakl va ko'rinishdagi хavflar haqida 
ogohlik berib, ularni barataraf etish uchun хizmat qiladi. Tizimli tahlilning bilish - 
mental funksiyasi faoliyat davomida yuzaga kelgan holatning mohiyatini anglash 
uchun хizmat qiladi. Tizimli tahlildagi asosiy tushunchalardan biri bu tizimli 
yondashuv tushunchasidir. Tizimli yondashuv - umumiy va keng tushuncha bo'lib, 
tizim konsepsiyasi asosida turli hodisa va ob'ektlarni ko'rib chiqishni o'zida 
qamrab oladi. Xavfsizlikni tahlil qilishda ko‘ngilsiz hodisa yuz berishidan oldin - 
apriortahlil va yuz bergandan keyin – aposterior tahlil amalga oshirilishi mumkin.
Aprior uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan tizim uchun potensial mumkin 
bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz hodisani) belgilaydi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga 
keladigan boshqa xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz hodisaga 
olib keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga 
oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi. Aposterior uslub faoliyat 
amalga oshgach, ya’ni hodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz 
hodisaning izi asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo‘yicha 
kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning rejasi ishlab chiqiladi. 
13. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va iqtisodiy xavflar tahlili? 
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi 
bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik”– bu davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi 
va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu 
asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish 
uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) 
shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga 
qarshi turish qobiliyatidir. Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining ob’ekt va sub’ektlariga ega 
bo‘lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil 
etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlariga tabiiy boyliklar, 
inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi, ishlab chiqarish fondlari, ko‘chmas 
mulk, moliyaviy resurslar, xo‘jalik tizimlari, mintaqalar, oila, inson kiradi. Iqtisodiy 
xavfsizlik sub’ektlari funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari, soliq, 
bojxona xizmatlari, bank, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, qonun chiqaruvchi 
organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, 
ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar, iste’molchilar jamiyatlaridan iborat: 
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud: 

ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik; 

sanoat sohasidagi xavfsizlik; 

oziq-ovqat xavfsizligi; 

demografik xavfsizlik; 

moliyaviy xavfsizlik; 

axborot xavfsizligi; 

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagixavfsizlik va h.k. 
Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini 
cheklab qo‘yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va 
jarayonlardir. Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi 
tahdidlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar: 
- mamlakat iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanganligi va tarkibiy 
deformatsiyaning kuchayishi;
- milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; 
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; 
- yuqori darajadagi inflyatsiya; 
- mineral – xom ashyo bazalarining kam o‘rganilganligi; 
Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi: 
- eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi; 
- mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog‘liqligi; 
- import tarkibining ratsional emasligi; 
- tashqi qarzlarning o‘sib borishi; 
- eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
- bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi; 
- eksport-import 
operatsiyalariga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
transport 
infratuzilmalarining rivojlanmaganligi. 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning 
har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiy 
xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo‘nalish bo‘lib, mamlakat mudofaa 
qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik 
halokatlardan himoya qilish kabi yo‘nalishlar bilan bir qatorda turadi.
14. Ijtimoiy xavflar tahlili? 
Ijtimoiy xavf-xatarlarning kelib chiqishini hukumat organlari va 
tashkilotlarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasligi va 
malakasizliklarini, o‘z ustida ishlamasligi, yangi innovatsion g‘oyalarni 
yaratmasliklari, siyosiy partiyalarning noqonuniy ishlari, xatolari, davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini viloyat va shaharlarda keng ommaga 
yoritilmasligi bilan bog‘lasak bo‘ladi. Ijtimoiy sohada esa xavf-xatarlar kelib 
chiqishining asosiy sabablarini fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilgan, 
hukumatning ularga nisbatan e’tiborsizligi va ijtimoiy himoya qila olmasligi, 
sog‘liqni saqlash tizimining yaxshi rivojlanmaganligi, aholining jismoniy va ruhiy 
holatlari yomonlashganligi va aholini demografik holati bilan bog‘lashimiz 
mumkin. Ijtimoiy xavf-xatar vujudga kelganda jamiyatda hukumatga nisbatan 
noroziliklar oshadi, aholi orasida turli qatlamlarga tabaqalanish, ular o’rtasida 
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar vujudga keladi va bu oxir oqibat jamiyatni 
tannazulga yuz tutishiga sabab boladi.
Asosiy ijtimoiy xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: 
- jamiyatda qatlamlar, tabaqalarining vujudga kelishi va kam taminlagan 
oilalar sonining ortishi; 
- jamiyatda turli millatga oid aholi o’rtasida konfliktlar vujudga kelishi va 
ular sonining ortishi; 
- ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning xususiy sektorlariga qarashli 
tashkilotlarda ishchilarni ijtimoiy jihatdan juda past himoyalanishi va 
ta’minlanishi;
- diniy sohada aholi o‘rtasida vaziyatning chigallashuvi va noto‘g‘ri oqimlar 
va qarashlarning vujudga kelishi; 
- jamiyatda aholi tug‘ilishi kamayishi va savodsizligi, yoshlarda milliy 
g‘oyaning rivojlanmaganligi uning insonlar ongi va qalbida singdirilmaganligi; 
- o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport va boshqa xizmatlarning 
pasayishi. 
Ijtimoiy xavf - jamiyatda insonlar o‘rtasidagi sodir bo‘lib ularning hayoti va 
sog‘lig‘iga, mol-mulki, huquq va qonuniy manfaatlariga tahdid soluvchi salbiy 
jarayonlar va hodisalar hisoblanadi. Ijtimoiy xavf-xatarlar - muayyan sinflar, 
guruhlar, qatlamlar, shaxslarning boshqalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 
(oldindan rejalashtirib yoki bilmagan holda) harakatlar. Shuningdek, jismoniy va 
ma’naviy tanazzulga olib keladigan, shaxs, jamiyat va davlatni yo‘q qilishga olib 
keladigan hayotiy shart-sharoit va narsalardan mahrum qilish.Ijtimoiy xavflarning 
eng yirigi bu urush xarakarlaridir. Kelib chiqish tabiati, sohasi va xarakteri 
bo‘yicha: 
1) Harbiy - urush, qurolli to‘qnashuvlar, harbiy mashqlar, qurol va o‘q-
dorilar omborlarida portlashlar, harbiy ob’ektlarda zaharlanishlar;2) Ijtimoiy-
siyosiy – ish tashlashlar, mitinglar, noroziliklar (piketlar), isyonlar, siyosiy terror; 3) 
Ijtimoiy-iqtisodiy - ishsizlik, qashshoqlik, inflyatsiya, past hayot darajasi, ochlik; 4) 
Ijtimoiy-maishiy - qo‘shnilar bilan va oilada kelishmovchiliklar, bolalarning 
qarovsiz va nazoratzisligi, chekish, alkogolizm, giyohvandlik, epidemiyalar; 5) 
Ijtimoiy-jinoyatchilik - o‘g‘irlik, tovlamachilik, firibgarlik, zo‘ravonlik, terroristik 
faoliyat, qotillik; 6) Etnik, millatlararo - millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, 
fashizm, natsizm, mazhabchilik. Insonlarga ta’sirining tabiatiga ko‘ra, ijtimoiy 
xavflarning uchta sinfi mavjud.I. Odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar: 1) shaxsga 
psixologik ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar (axborot tahdidlari, noijtimoiy hayot tarzini 
targ‘ib qilish, tovlamachilik, shantaj va boshqalar); 2) shaxsga jismoniy ta’sir 
ko‘rsatuvchi xavflar (garovga olish, tan jarohati (badanga zarar) yetkazish, qotillik, 
zo‘rlash). II. Inson salomatligiga zarar yetishi bilan bog‘liq xavflar: 1) inson 
organizmini buzadigan moddalarni istemol qilish bilan bog‘liq xavflar 
(giyohvandlik, toksikomaniya, farmakomaniya, alkogolizm, kashandalik); 2) 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (gripp, sil, tanosil kasalliklar, OIV/OITS); 
3) ruhiyatni buzilishiga olib keladigan xavflar (qimor, o‘z joniga qasd qilish, 
mazhabchilik). III. Ba’zi ijtimoiy guruhlarning odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar 
(professional, milliy, diniy, jamoat birlashmalari, partiyalar va norasmiy 
tashkilotlar): 1) iqtisodiy (inflyasiya, ishsizlik, yuqori qashshoqlik, oziq-ovqat 
yetishmovchiligi); 2) siyosiy (terrorizm, millatchilik, antisemitizm, genotsid, 
separatizm, millatlararo qarama-qarshiliklar, ekstremizm); 3) aholining 
demografik ko‘rsatkichlari aholi sonini ko‘payishi (yer aholisining haddan tashqari 
ko‘payishi, ayrim xalqlarning qarishi va yo‘q bo‘lib ketishi) bilan bog‘liq. Ijtimoiy 
xavf-xatarlar quyidagi mezonlarga muvofiq guruhlanishi mumkin:Ko‘lami bo‘yicha: 
1) Lokal (mahalliy va ob’ektlar) - uy, bir ob’ekt, shaharning bir mavzesi, tuman yoki 
shaharni o‘z ichiga olgan (firibgarlik, tovlamachilik, alkogolizm, giyohvandlik); 
2) Mintaqaviy - ijtimoiy xavf-xatarlarning ta’siri bir yoki ikki mintaqaviy sub’ektga 
(norasmiy va jinoiy guruhlarning faoliyati) qaratilgan; 


3) Global - katta hududlarga tarqalgan (giyohvand moddalar kontrabandasi, 
terrorizm, iqtisodiy inqirozlar, harbiy mojarolar, epidemiyalar). 
Vujudga kelish mexanizmi bo‘yicha: 
1) tasodifiy (oldindan o‘ylanmagan) - aniq shaxslar yoki ijtimoiy guruhlarga 
bog‘liq bo‘lmagan, tasodifiy xolatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (tabiiy 
ofatlar, hosildorlikka erisha olmaslik, epidemiyalar bilan bog‘liq); 2) kutilgan 
(oldindan o‘ylangan) odamlar va ijtimoiy guruhlar tomonidan rejalashtirilgan 
harakatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (etnik va siyosiy mojarolar, urushlar, 
terroristis harakatlar). 
Harakat davomiyligi bo‘yicha: 
1) qisqa muddatli (terroristik harakat, suiqasd); 2) uzoq muddatli (inflyasiya, 
ishsizlik, etnik to‘qnashuvlar, urush, fohishabozlik). 
Tarqalish tezligi bo‘yicha: 
1) portlovchi, tezkor, tez tarqaluvchi (siyosiy va harbiy nizolar); 2) o‘rta, 
asta-sekin tarqaluvchi (ijtimoiy inqilob yoki urushga shart-sharoit yaratilishi). 
Oldini olish imkoniyatlari bo‘yicha: 
1) muqarrar (odatda tabiiy ofatlar va epidemiyalar tufayli); 2) oldi 
olinadigan (ijtimoiy-siyosiy va harbiy mojarolar, terrorchilik harakatlari). 
15. Xavfsizlik madaniyati? 
Xavfsizlik madaniyati deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bilan 
xarakterlanadigan shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar tizimida inson va jamiyatning 
rivojlanish darajasi, kundalik hayotda, xavfli holatlar va favqulodda vaziyatlarda 
o‘zini xavfsiz tutishi, faoliyatning barcha sohalarida tahdid va xavf-xatarlardan 
himoyalanganlik darajasi tushuniladi.Yanada soddaroq tilda aytilsa, xavfsizlik 
madaniyati – inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlatning mehnat jarayonida va 
hayotiy faoliyatida xavfsizlikni ta’minlash masalalari, faol amaliy faoliyatida xavf 
darajasini kamaytirish bo‘yicha rivojlanish holatini ifodalaydi. Hayot faoliyati 
xavfsizligi madaniyati tarkibiy qismlari:- shaxslar darajasida - dunyoqarash, xatti-
harakat me’yorlari, shaxsiy qadriyatlar va hayot faoliyati xavfsizligi sohasida 
insonning tayyorgarlik darajasi;- jamoaviy darajada - korporativ qadriyatlar, 
professional etika va axloq qoidalari, belgilangan sohada xodimlarning 
tayyorgarligi; - jamoat va davlat darajasida – o‘zini xavfsiz tutish an’analari, 
ijtimoiy qadriyatlar, barcha aholining hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi 
tayyorgarligi. Xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tizimli, 
fanlararo va idoralararo bo‘lishi kerak. Bunda hayot faoliyati xavfsizligini 
ta’minlash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlari 
alohida o‘rin tutadi. Inson hayoti va, umuman, jamiyatning xavfsizligi tizimini 
rivojlantirish bir qator asosiy tamoyillar asosida amalga oshirilishi kerak. Avvalo, 
bu inson hayotining ustuvorligi tamoyili. Hayotni muhofaza qilish sohasidagi 
barcha tadbirlar insonlarni qurbon bo‘lishi va jarohatlanishini minimallashtirishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Dunyoda yuz berayotgan xavf-xatarlani ko‘rib ulardan 
saboq olishimiz lozim. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va 
osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, 
jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga 
yetish mumkin. Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har 
birimizdan ogoh va sezgir bo‘lib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch 
hayotimizni o‘zimiz asrashimizni talab etadi. Ogohlik – davr talabi. 
16. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari? 
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish 
belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi: 
1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyillar o‘zida xavfsiz yechimlarni topuvchi 
yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, 
asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: 
operatorning aktivligi, faoliyatni inson talablariga moslashtirish, strukturani 
o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va 
kamaytirish, tizimlilik va boshqalar. 2. Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini 
bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga 
asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, 
qattiqligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo 
kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va yeta 
olmaslik tamoyillari. 3. Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy 
tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha 
himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, 
ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari 
kiradi.4. Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida 
bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi 
tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta 
aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, adekvatli tamoyillar kiradi. 
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullarini o‘rganishdan avval shu jarayon bilan 
bog‘liq ayrim tushunchalarni keltirib o’tamiz: Texnosfera– o‘tmishda biosferaga 
taalluqli bo‘lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki sirtdan texnik 
vositalar bilan ta’sir etgan hududdir. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning 
turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda xavf sodir bo‘lib 
turadigan joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan bir-
biriga qo‘shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari uchga bo‘linadi: 
A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan 
ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni 
qo‘llash bilan amalga oshiriladi. B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni 
yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda 
noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul 
insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya 
qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish 
bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan 
xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, C metod qo‘llaniladi.
C - metodi tegishli himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish 
xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga 
asoslangan.Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, psixologik ta’sir 
qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. C-metodni 
amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar 
qo‘llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida 
zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday 
holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
17. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari? 
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini 
kamaytirish yoki oldini olish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining zararli va xavfli 
ta’siridan saqlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi. Ishlovchilarning himoya 
vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni 
ta’minlashi lozim:- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, 
ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan 
darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan 
texnologiyalar va ish sharoitlarida hamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish 
omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy 
omillardan himoya qilish. Himoya vositalari qo‘llanilish xarakteri bo‘yicha kollektiv 
himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Har biri 
vazifasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.Mehnatni muhofaza qilish sohasida KHV zararli 
va xavfli omillarga bog‘liq holda shovqindan, titrashdan, elektrostatik 
zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi. ShHV asosan himoyalanadigan 
inson a’zosi yoki a’zolar guruhiga qarab: nafas olish a’zolarini, qo‘l, bosh, yuzni, 
ko‘zni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo‘linadi. Sanoatda va 
xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan ShHV quyidagicha guruhlarga 
ajratilishi mumkin: 
- chegaralovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, nam o‘tkazmaydigan 
kostyumlar, skafandrlar); 
- korjomalar (kombinezon, kurtka, shim, xalat, plash, fartuk, nimchalar); 
- maxsus poyabzal (etik, botinka, tufli, kalish); 
- qo‘llarni muhofaza qilish vositalari (turli qo‘lqoplar); 
- yuzni muhofaza qilish vositalari (niqoblar); 
- ko‘zni muhofaza qilish vositalari (muhofaza ko‘zoynaklari); 
- eshitish organlarini muhofaza qilish vositalari; 
- ehtiyot moslamalari (xavfsizlik belbog‘lari, qo‘l changaklari va boshqalar); 
- muhofazalovchi dermatologik vositalar (pasta, krem, moylar). 
18. Fuqaro muhofazasi sohasida qo’llaniladigan himoya vositalari? 
Fuqaro muhofazasi sohasida qo‘llaniladigan himoya vositalari asosan 
3 turga bo‘linadi: 
1. Ommaviy himoya inshootlari - aholini turli avariya, halokat va tabiiy 
ofatlar oqibatlaridan, ommaviy qirg‘in qurollarining shikastlovchi omillaridan va 
ularning ikkilamchi ta’sir etish omillaridan saqlaydigan inshoatlar hisoblanadi. Ular 
ish yoki yashash joylari yaqinida joylashadi. Muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra 
ommaviy himoya inshootlari turlari: 1.1. Maxsus boshpanalar - germetik holda 
qurilgan bo‘lib, yadro zaryadi portlashidan hosil bo‘lgan shikastlovchi omillardan 
hamda kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan to‘liq himoya 
qiladi. 1.2. Radiatsiyaga qarshi boshpanalar - aholini radiatsion zararlanishdan 
himoya qiladi. Metropoliten hamda alohida uchastkalarda joylashgan 
chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalaridan foydalanish mumkin. 
1.3. Eng oddiy boshpanalar – maxsus yoki radiatsiyaga qarshi boshpanalar yetarli 
bo‘lmaganda, ulargacha bo‘lgan masofa uzoqlik qilganda aholini favqulodda 
vaziyatlardan vaqtinchalik himoya qiladi. 2. Shaxsiy himoya vositalari nafas 
a’zolarini, ko‘z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar(RM), zaharli moddalar(ZM), 
bakteriologik vositalar(BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar(KTZM) 
ta’siridan saqlaydi. Shaxsiy himoya vositalari turlari: 2.1. Himoya xususiyatiga 
ko‘ra: filtrlovchi va ayiruvchi (izolyatsiyalovchi) turlarga bo‘linadi. Filtrlovchi 
vositalarning himoyalash xususiyati havoni filtrlovchi materiallar orqali o‘tkazishga 
asoslangan bo‘lib, unda havo radiaktiv va boshqa KTZMlardan tozalanadi. 
Izolyatsiyalovchi vositalar esa odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga 
qaratilgan bo‘ladi. 2.2. Vazifasiga ko‘ra: nafas olish organlarini himoyalovchi, 
terini himoyalovchi, shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalariga bo‘linadi. Nafas 
olish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalariga protivogazlar 
(gazniqoblar), resperatorlar, matoli niqoblar va paxta-dokali bog‘lagichlar kiradi. 
3. Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari.Shaxsiy tibbiyot vositalari ham 
fuqarolar muhofazasida muhim o‘rin tutadi. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi 
moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy 
doriqutilardan (ShD-2) foydalaniladi.
19. Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari. 
Doriqutiga dori moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan 
protektorlar joylashtirilgan: - shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan 
shprits-tyubik ninasi bilan joylashtirilgan; - fosfororganik zaharli moddalar bilan 
zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy 
ogohlantirishda 1 tatabletkadan ichiladi; - baktereologik vositalarga qarshi 
ishlatiladigan dori - «№ 1» (oq shishada - tetratsiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu 
doridan baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olganda va kuyganda 
foydalaniladi. Bunda bir yo‘la 5 ta tabletka ichiladi va 6 soatdan keyin yana 5 tasi 
ichiladi (vabo, o‘lat, Sibir yarasi). - biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi 
sulfodometoksin (5 tabletka) dorisi qo‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasalligi 
boshlanganda bir yo‘la 7 ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan ichiladi; -
radiosaqlovchi vosita № 1 (sistamin) joylashgan bo‘lib, u nurlanish yuz berganda 
biryo‘la 6 ta tabletka ichiladi. Shaxsiy bog‘lov paketi (ShBP). Ommaviy 
shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov 
paketi keng qo‘llaniladi. Paket ikkita 17-32 sm li steril paxta-dokali 
yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‘lgan bintga 
bog‘langan. Yostiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa 
qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga qo‘yish mumkin. Yostiqchaning bir 
tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa 
bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va ustidan rezinali 
materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga 
bint oxirini mahkamlash uchun to
‘g‘nog‘ich solib qo‘yilgan. Paket steril holatda 
ishlab chiqariladi.
Zararsizlantirish vositalari (IPP-8, IPP-9). Terining ochiq 
joylariga tushgan zaharlovchi moddalarni va terining ochiq joyiga tegib turadigan 
kiyim-kechak yengini, yoqasini hamda gazniqobning yuz qismini zararsizlantirish 
uchun mo‘ljallangan. IPP-8 shaxsiy paket polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning 
ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va to‘rtta paxta-dokali 
tampon solingan. 
20. Inson mehnat faoliyatining turlari? 
Mehnat - bu jamiyatda mоddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratishning 
maqsadli jarayоni. Insоn mehnat faоliyati bilan shug'ullanib, u uchun fоyda, ish 
haqi shaklida ijtimоiy mahsulоtning bir qismini оlgan hоlda, uning mоddiy va 
ma'naviy ehtiyоjlarini qоndirish uchun sharоit yaratadi. Mehnat mazmuni 
muayyan turdagi ishlarning xususiyatlariga bоg'liq. Mehnat faоliyati turlari 
umumiy hоlda jismоniy va aqliy mehnat faоliyati turlariga bо’linsada, mehnatni 
muhоfaza qilish nuqtai-nazaridan biz ulani yana bir necha guruhlarga bо’lib kо’rib 
chiqamiz. 1. Jismоniy faоllikni talab qiluvchi mehnat turi. Mehnat faоliyati turlari 
ichida eng kо‘p uchraydigan mehnat turi bо‘lib, maxsus mehnat vоsitalari yetarli 
bо‘lmagan vaziyatlarda kо‘prоq qо‘llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab 
qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan оrtiq energiya sarflanadi. Ushbu 
mehnat turi kо‘p hоllarda qо‘llanilishi bilan bir vaqtda, bir qancha kamchiliklarga 
ega. Hususan, ish unumdоrligining past bо‘lishi, mahsulоtning оz miqdоrda ishlab 
chiqarilishi, tez tоliqish оqibatida ish kunining kо‘p vaqtini dam оlishga sarflanishi 
(50%ga yaqin) va bоshqalar. 2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat 
faоliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 3000-4000 kkal 
atrоfida bо‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asоsan ishchi kuchi 
energiyasi tejaladi va asоsiy ish texnika va texnik vоsitalar yоrdamida bajariladi. 
Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan 
mehnat turida ishchi kuchining samaradоrligi pasayadi, ammо masоfadan turib 
qо‘l harakatidan fоydalanish оqibatida yuqоri ish unumdоrligiga erishiladi. Demak, 
bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumоtlar asоsida muayyan 
ishlarning takrоrlanishi mehnat unumdоrligining оshishiga оlib keladi. 3. Yarim 
avtоmatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insоnning uzluksiz 
ishlashiga chek qо‘yiladi va ish faоliyatini avtоmatlashtirilgan mexanizmlar 
bоshqaradi. Insоnning vazifasi avtоmatlashgan liniyalarga xizmat kо‘rsatish va 
elektrоn texnikalarni bоshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faоliyatida – ish 
qismining kattaligi, ish unumdоrligining yuqоriligi, lekin insоn asabining turli 
darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 4. Avtоmatlashgan mehnat turi. 
Fiziоlоgik jihatdan ishchining ishga dоimiy tayyоrgarligi va yuzaga kelishi mumkin 
bо‘lgan nоxushliklarni darhоl bartaraf etishni taqоzо etadi. Bunday funksiоnal 
hоlat “оperativ kutish” deyiladi. Ish unumdоrligi ishchining ishga bо‘lgan 
munоsabati uning tezlik bilan ish kо‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan yоndashishi va 
bоshqa hоlatlarga bоg‘liq. 5. Kоnveer mehnat turi.Ushbu mehnat turining e’tibоrli 
jihati - umumiy ish jarayоnining alоhida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, 
kоnveer tasmasi оrqali birоn-bir detalning har bir ish jоyiga avtоmatik tarzda 
yetkazib berilishidan ibоrat. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir marоmda va 
berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi bоshqaradigan ish 
оperatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat unumdоrligi shuncha 
yuqоri bо‘ladi. 6. Ishlab chiqarish jarayоnini bоshqarish bilan bоg‘liq mehnat turi. 
Insоn avtоmatlashgan mehnat jarayоnida qancha kam ishtirоk etsa, uning hissasi 
shuncha kо‘p bо‘ladi. Bunga fiziоlоgik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab 
chiqarishjarayоninibоshqarishikkitaasоsiyshaklgabо‘linadi: birinchisida masоfadan 
turib bоshqarish, ya’ni ishchidan tez va faоl harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi 
esa kam hоllarda harakatlanishni taqоzо etadi. Bоshqarishning birinchi shaklida 
ishchi faqat bir оperatsiyaga emas, balki bоshqa jarayоnlarga ham e’tibоrini 
qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyоr bо‘lib 
turadi, lekin uning tezligi kamrоq bо‘ladi. 7. Aqliy mehnat turi. Bu mehnat shakli 
alоhida bir kasb bо‘lib, unga ham mоddiy ishlab chiqarishga alоqadоr sifatida 
qaralmоqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, kоnstruktоrlar, оlimlar, 
vrachlar, о‘qituvchilar, artistlar, rassоmlar, yоzuvchilar va bоshqalar.
21. Mehnatning fiziologik asoslari? 
Fiziоlоgiya оrganizmda sоdir bо’ladigan funksiyalarni, ularning hamma 
xususiyatlarini, kо’rinishlarini о’zarо munоsabatlarini оrganizmning turli 
funksiоnal hоlatlarida va tashqi muhitning turli sharоitida aniqlashga intiladi. 
Оrganizmni ta’minlaydigan mоddalar almashinuvi, оvqatlanish, nafas оlish, qоn 
aylanish, asab tizimi faоliyati va bоshqa vazifalar fiziоlоgiyaning asоsiy о’rganish 
maqsadidir. Insоnlarda uchraydigan kо’pgina kasalliklarni оldini оlishda, me’yоrida 
о’sish va rivоjlanishni ta’minlashda, turli muhit sharоitlariga mоslashishda, atrоf-
muhit tоzaligini saqlab turishda, mehnat faоliyati va spоrt mashqlarini maqsadga 
muvоfiq hоlda tashkil qilishda fiziоlоgiyaning ahamiyati juda katta. Har qanday 
mehnat – murakkab fiziоlоgik jarayоnlar kоmpleksidan tashkil tоpadi. Bu 
faоliyatda markaziy asab tizimi asоsiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayоnida insоn 
оrganizmida sоdir bо‘ladigan о‘zgarishlarni bоshqaradi. Aynan insоn miyasi tufayli 
mehnat faоliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni 
bоshqarish uchun insоn оrganizmida kimyоviy-biоlоgik jarayоn natijasida 
uglevоdlar parchalanishi hisоbiga amalga оshadi. Bunda jismоniy kuchga 
sarflanadigan kislоrоd miqdоri mehnat faоliyatining unumiga bоg‘liq bо‘ladi. 
Jismоniy mehnat faоliyatida nafaqat uning kuch-quvvati, balki fiziоlоgik a’zоlar 
tizimida ham о‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas оlish yоki chiqarish 
оrqali ish jarayоnining kechishiga оlib keladi.Jismоniy tayyоrgarlik kо‘rgan 
insоnlarda chuqur nafas оlish imkоniyati yuqоri bо‘ladi. Yurak a’zоlari tizimida 
ham о‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, оg‘ir jismоniy harakatning kо‘payib ketishi 
оqibatida, yurakning tez-tez urishi va qоn bоsimining kо‘tarilib ketishiga оlib 
keladi. Bunda qоndagi biоkimyоviy о‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi 
о‘zgarishi kuzatiladi. Jumladan, о‘rtacha оg‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand 
miqdоri оshib bоradi. Оrganizmdagi quvvatning salmоqli darajada sarflanishi 
undagi uglevоd zahiralarining kamayishiga оlib keladi. Tо‘xtоvsiz jismоniy оg‘ir 
mehnat qilish sut kislоtasining kо‘payishiga, qоndagi gemоglabin kislоrоdining 
teriga о‘tish tezligining оshishiga оlib keladi. Shuningdek, оg‘ir jismоniy mehnat 
qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayоnlarining tezlashishiga, ter tо‘kilishiga, 
bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga оlib keladi. Ammо 
bunday mehnat faоliyatida оshqоzоn оsti bezi faоliyati sekinlashishiga, оvqat 
hazm qilinishining pasayishiga оlib keladi hamda eshitish, kо‘rish, sezish faоliyati 
yоmоnlashuvi, nafas оlishning qiyinlashishi, puls sekinlashishi, miyaga kо‘p qоn 
quyilishiga оlib keladi. Surunkali aqliy mehnat qоn tоmirlari, ayniqsa, miya va 
yurak qоn tоmirlarining me’yоriy tоnusining о‘zgarishiga оlib keladi. Aqliy mehnat 
faоliyati sezgi a’zоlari: eshitish, kо‘rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy 
bоg‘liq. Yengil jismоniy mehnat, aqliy mehnat faоliyatini qо‘llab quvvatlab turadi, 
оg‘ir jismоniy mehnat esa buning aksi, jismоniy va aqliy mehnat faоliyatini 
tо‘xtоvsiz amalga оshirilishi insоn ishlash qоbiliyatining pasayishiga оlib keladi. 
22. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati? 
Ergоnоmika atamasi (grekcha ergоn – ish, nоmоs-qоnun) degan ma’nоni 
anglatadi.Ergоnоmika - bu mehnat qurоlining va mehnat sharоitining insоn 
talablariga mоslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi insоn mehnat qilish 
jarayоnidaqulay, xavfsiz sharоitlarni yaratish, mehnat unumdоrligini оshirishga 
bulgan imkоniyatlarni о‘rganishdan ibоrat. Bu vazifani bajarishda insоn va muhit 
tavsiflari mоs tushishi о‘rganiladi va xavfsizlik bilan bоg‘liq vazifalar yechiladi. 
Yashash (faоliyat) muhiti – insоn hayоti, faоliyati, sоg‘ligi va nasliga tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri yоki bilvоsita, birdan yоki uzоq vaqt davоmida ta’sir etuvchi xavfli оmillar 
majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi. Yashash muhiti biоsfera, 
texnоsfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va bоshqa kо‘rinishlarda 
bо‘ladi. Biоsfera – yer yuzining litоsfera (yerning ustki qatlami), gidrоsfera (suv 
bilan qоplangan qismi), trоpоsfera (atmоsferaning pastki qatlami)dan ibоrat insоn 
yashayоtgan qismidir. Texnоsfera – insоn tоmоnidan biоsferani о‘zining material 
va ijtimоiy-iqtisоdiy manfaatlariga mоs keltirish maqsadida turli xil texnik vоsitalar 
yоrdamida о‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va 
b.)Hudud – biоsfera yоki texnоsferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish 
tavsifiga ega bо‘lgan chegarasi.Tabiiy muhit – ma’lum bir sub’ektning hayоtiy 
faоliyati kechadigan tabiiy sharоitlar va оb’ektlar majmui.Ijtimоiy muhit – insоn 
о‘z ehtiyоjlarini qоndirish, tajriba va bilimlar оrtdirish, ularni о‘zarо almashish 
maqsadida tashkil etadigan va fоydalanadigan muhit. Ishlab chiqarish muhiti – 
insоnning mehnat faоliyati amalga оshadigan maydоn.
Ish jоylarining 
ergоnоmikasi - bu mehnat jarayоnlarini tashkil etuvchi mutaxassislarning ustuvоr 
yо'nalishlaridan biridir. Ular iqtisоdiyоt, insоnparvarlik va ergоnоmikaning 
talablarini uyg'un tarzda birlashtirishi kerak. (1.32. rasm.) Ish о’rnini tо'g'ri tashkil 
etish bizga quyidagilarni ta'minlashga imkоn beradi: 
1. 
Xavfsizlik qоidalariga riоya qilish. 
2. 
Qо'shimcha xarajatlarni kamaytirish. 
3. 
Kerakli sifat kо’rsatkichlariga erishish. 
4. 
Ishchi bardоsh berishi mumkin bо'lgan stress va ish yuki. 
5. 
Mahsulоt yaratishning iqtisоdiy jihatdan samarali hajmlari. 
Ergоnоmika dоirasida besh xil mоslik – ma’lumоt–axbоrоt, biоfizik, 
energetik, fazоviy–antrоpоmetrik va texnik-estetikmоslik mavjud bо‘lib, ularni 
ta’minlash ishni, qо‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafоlatlaydi. 
23. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati? 
Mehnatni muhоfaza qilishda psixоlоgiya muhim о‘rinni egallaydi. 
Zamоnaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammоsi faqat 
muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va 
shikastlanishlar muhandis-kоnstruktоrlik ishlaridagi kamchiliklar asоsida yuzaga 
keladi. Shuningdek tashkiliy-psixоlоgik sabablar, masalan kasb bо‘yicha xavfsizlik 
talablariga past darajada tayyоrgarlik kо‘rilishi, yetarli bо‘lmagan tarbiya, 
mutaxassislarning xavfsizlik chоralariga e’tibоrsizligi, xavfli ishlarga yetarli 
malakaga ega bо‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda оdamlarni tоliqqan va rihiy 
zо’riqish hоlatida bо‘lishi ham sabab bо‘ladi. Maishiy ishlab chiqarishdagi 
shikastlanishlarning 60-90 fоizi zarar kо‘rgan kishilarning aybi bilan sоdir bо‘ladi. 
Insоnning psixik faоliyatida uchta asоsiy guruh (qism) – psixik jarayоnlar, xоssalar, 
hоlatlar farqlanadi. Psixik jarayоnlar psixik faоliyatning asоsini tashkil qiladi. Psixik 
jarayоnlar bilish, sezish, his-tuyg‘u, qabul qilish, irоda, xоtira va bоshqalarga 
farqlanadi. Psixik jarayоnlar tashqi оlamni оngda aks ettirish, unga javоb 
rеaktsiyalarini bеrish bilan bоg`liq jarayоnlarning barchasini о`z ichiga оladi. Psixik 
jarayоnlar signal yоki bоshqaruv funktsiyasini bajarib, sharоitga mоslashtirishga 
yоki javоb rеaktsiyasini bеrishga xizmat qiladi. Psixik xоssalar shaxsning о‘ziga xоs 
xususiyatini, fazilatini (xarakteri, temperamenti) ifоdalaydi. Shaxsning sifatlari 
ichida zukkоlik, zakоvatlilik, irоda, оdоb-axlоq, mehnatsevarlik ajralib turadi va u 
о‘zgarmas hamda dоimiydir.Psixik hоlatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan 
farqlanadi va psixik faоliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayоnlarga 
fоydali yоki fоydasiz bоg‘lanishi mumkin. Mehnat psixоlоgiyasi vazifalari va 
xavfsizlik muammоlaridan kelib chiqib hоlatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik 
hоlatlarga ajratish maqsadga muvоfiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, 
avariyaning оldini оlish chоralarini tashkil etishda muhim о‘rin egallaydi 
24. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish? 
Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish deganda kо‘zda tutilgan natijalarga 
erishish “insоn-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz. Hayоt faоliyati 
xavfsizligini bоshqarish - bu оbektni оngli ravishda bir hоlatdan (xavfli) bоshqa bir 
(xavfsiz) hоlatga о‘tkazishdir. Bunda оb’ektiv ravishda iqtisоdiy va texnik 
shartlarga amal qilish maqsadga muvоfiqdir.Bоshqarish shunday jarayоnki, uni bir 
qancha bоsqichlarga bо‘lish mumkin: 1. Оbektning hоlatini tahlil qilish va 
bahоlash; 2. Bоshqarishning maqsad va vazifalarini amalga оshirish uchun 
tadbirlarni rejalashtirish va оldindan aniqlash; 3. Bоshqaruvchi va bоshqariladigan 
tizimlarni bevоsita tashkil qilish; 4. Nazоrat - bоshqarishni tashkil qilish ustidan 
kuzatish va tekshirish; 5. Tadbirlarning samaradоrligini aniqlash; 6. 
Rag‘batlantirish - bоshqarish qatnashchilarini bоshqaruv muammоlarini 
muvaffaqiyatli hal qilishga undоvchi ta’sir shakllari. Iqtisоdiyоt оb’ektlari, kоrxоna 
va tashkilоtlar bоshqaruvi - bu barcha darajadagi rahbarlar, bоshqaruv 
оrganlarining quyi tizimlarga dоimiy ta'siri bо'lib, ular iqtisоdiyоt оb’ektlari, 
kоrxоna va tashkilоtlarning vazifalarini tо'liq va samarali bajarilishiga erishish 
maqsadida amalga оshiriladi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqaruv tizimining о'zi 
uchta elementni о'z ichiga оladi: 1. Kuchlar: bоshqaruv оrganlari, tashkilоt 
xоdimlari, kоrxоna, iqtisоdiyоt оb'ekti; 2. Vоsitalar: tegishli jamоaning faоliyati 
amalga оshiriladigan mashina, mexanizm, uskunalar, binо va inshооtlar; 3.Maqsad 
va vazifalarning birligi: birinchi ikkita element uchinchisi bilan birlashtirilgan. 
Hayоt xavfsizligini ta'minlash pirоvardida mamlakat miqyоsida, tarmоqlarda va 
ishlab chiqarish birlashmalarida, kоrxоna va tashkilоtlarda qabul qilingan tegishli 
bоshqaruv qarоrlarining tо'g'riligi va о'z vaqtida amalga оshirilishi bilan 
ta'minlanadi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish о'zining huquqiy (tartibga 
sоluvchi), tashkiliy asоsiga, о'z bоshqaruv va nazоrat оrganlariga ega. Bular 
insоnlarninh hayоti va mehnat faоliyai jarayоnоdagi xavfsizligini ta’minlash, atrоf-
muhitni muhоfaza qilish, favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va оqibatlarini 
bartaraf etishni ta'minlaydi. Hayоt faоliyati xavfsizligini bоshqarish vоsitalarini 
quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziоlоgik, psixоlоgik, ijtimоiy, tibbiy, texnik, 
tashkiliy-оperativ, huquqiy va iqtisоdiy, tarbiyaviy, ergоnоmik, ekоlоgik, оmmani 
о‘qitish; xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy о‘qitish; kasbiy tanlash; 
bоshqarish subektiga psixоlоgik ta’sir qilish; dam оlish va ishlash rejimlarini 
qulaylashtirish; kоllektiv himоyalanishning texnik va tashkiliy vоsitalari; shaxsiy 
himоya vоsitalari; yengillik va kоmpensatsiya tо‘lоvlari tizimi va bоshqalar. 
25. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish? 
Mehnatni muhоfaza qilishni davlat tоmоnidan bоshqarish О‘zbekistоn 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus 
vakоlatli davlat оrgani, shuningdek mehnatni muhоfaza qilish sоhasida qоnun 
hujjatlariga muvоfiq ayrim vakоlatlarga ega bо‘lgan bоshqa davlat оrganlari 
tоmоnidan amalga оshiriladi. 
О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhоfaza 
qilish sоhasidagi vakоlatlari.
О‘zbekistоnRespublikasiVazirlarMahkamasi: 
- mehnatni muhоfaza qilish sоhasida yagоna davlat siyоsati amalga 
оshirilishini ta’minlaydi; - mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi davlat dasturlarini 
tasdiqlaydi va amalga оshiradi; - davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlarining, 
mahalliy davlat hоkimiyati оrganlarining mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi 
faоliyati muvоfiqlashtirilishini ta’minlaydi;- mehnat sharоitlarining davlat 
ekspertizasini о‘tkazish tartibini belgilaydi; - ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hоdisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisоbga оlish tartibini 
belgilaydi;- tashkilоtlarda mehnatni muhоfaza qilish xizmatini tashkil etish 
tartibini belgilaydi; - mehnatni muhоfaza qilish uchun ish beruvchi tоmоnidan 
mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhоfaza qilish jamg‘armalarini tuzish 
va ularning mablag‘laridan fоydalanish tartibini belgilaydi; - mehnatni muhоfaza 
qilish sоhasida xalqarо hamkоrlikni amalga оshiradi. 
О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qоnun hujjatlariga muvоfiq 
bоshqa vakоlatlarni ham amalga оshirishi mumkin.
Mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus vakоlatli davlat оrganining 
vakоlatlari.
О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi 
mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi maxsus vakоlatli davlat оrganidir.
О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi: 
- mehnatni muhоfaza qilish sоhasida yagоna davlat siyоsatini amalga 
оshiradi;
- mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi davlat dasturlari va bоshqa 
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga оshirishda ishtirоk etadi; 
- mehnatni muhоfaza qilish masalalari bо‘yicha texnik jihatdan tartibga 
sоlish sоhasidagi nоrmativ hujjatlarni va nоrmativ-huquqiy hujjatlarni о‘z 
vakоlatlari dоirasida ishlab chiqadi, kelishib оladi hamda tasdiqlaydi; 
- mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi, shu jumladan 
nоqulay va alоhida mehnat sharоitlarida ishlaganlik uchun xоdimlarga imtiyоzlar 
va kоmpensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazоrati hamda tekshiruvini amalga 
оshiradi;
- mehnat sharоitlarining davlat ekspertizasi о‘tkazilishini ta’minlaydi; 
- davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari 
hamda bоshqa tashkilоtlar bilan mehnatni muhоfaza qilish masalalari bо‘yicha 
hamkоrlik qiladi;
- davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlarining, mahalliy davlat hоkimiyati 
оrganlarining mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi faоliyatini muvоfiqlashtirib 
bоradi; 
- mehnatni muhоfaza qilish sоhasidagi xizmatlar bоzоri prоfessiоnal 
ishtirоkchilarining yagоna reestrini О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tоmоnidan belgilangan tartibda yuritadi; 
- mehnatni muhоfaza qilishning hоlati mоnitоringini о‘tkazadi; 
- ishlab chiqarishdagi jarоhatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda 
davlat va xо‘jalik bоshqaruvi оrganlariga, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlariga, 
yuridik va jismоniy shaxslarga bunday jarоhatlanishlarning оldini оlish bо‘yicha 
takliflar kiritadi; 
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalarning maxsus tekshiruvi о‘tkazilishini 
va hisоbga оlinishini ta’minlaydi. 
О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari vazirligi qоnun 
hujjatlariga 
muvоfiq 
bоshqa 
vakоlatlarni 
ham 
amalga 
оshirishi
mumkin.
26. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi
ustidan davlat va jamoatchilik nazorati? 
Mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi ustidan davlat 
nazоrati va tekshiruvi О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan 
nizоmga muvоfiq О‘zbekistоn Respublikasi Bandlik va mehnat munоsabatlari 
vazirligining mehnat bо‘yicha davlat texnik inspektоrlari tоmоnidan amalga 
оshiriladi. Mehnatni muhоfaza qilishga оid talablarga riоya etilishi ustidan davlat 
nazоrati va tekshiruvi qоnun hujjatlariga muvоfiq bоshqa davlat оrganlari 
tоmоnidan ham amalga оshiriladi. Bular jumlasiga quyidagi davlat оrganlarini 
kiritish mumkin: 1. О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Sanitariya-epidemiоlоgiya nazоrati davlat inspeksiyasi va Sоg‘liqni saqlash 
vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiоlоgik оsоyishtalik agentligi havо, suv va 
tuprоqni iflоslantirishdan оgоhlantirish, shоvqin va titrashni yо‘qоtish, 
kоrxоnalarda sanitariya hоlati (harоrat, namlik, yоritilganlik va h.k.) talab 
darajasida bо‘lishni nazоrat qiladi. Jumladan kasb kasalliklari kelib chiqishini оldini 
оladi. 2. О‘zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlar vazirligining yоng‘in 
xavfsizligi bоsh bоshqarmasi yоng‘inlarni оldini оlish prafilaktikasi va unga qarshi 
tadbirlarni, о‘t о‘chirish vоsitalarining hоlatini, yоng‘in haqida xabar berish 
vоsitalarining ishini nazоrat qiladi. 3. “Sanоatgeоkоntexnazоrat” Davlat 
inspeksiyasi bug‘ qоzоnlarining tо‘g‘ri ishlashini, bоsim оstida ishlaydigan 
idishlarni, yuk kо‘tarish texnikalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatоrlar, gaz 
uskunalari, magistral quvurlar ishini, kоrxоnalardagi iоnlashtiruvchi manbalar 
hоlati, iоnlashtiruvchi manbalar va pоrtlоvchi mоddalarni ishlatish, saqlash va 
tashish ishlarini nazоrat qiladi. 4. “О‘zdavenergоnazоrat”- elektr energetikada 
nazоrat bо‘yicha davlat inspeksiyasining asоsiy vazifalari: 
- elektr energiyasi, issiqlik energiyasi оqilоna va samarali ishlab chiqarilishi, 
uzatilishi, iste’mоl qilinishini va kо‘mirdan fоydalanilishi yuzasidan davlat 
nazоratini amalga оshirish; - elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab 
chiqarishda, uzatishda, iste’mоl qilishda va kо‘mirdan fоydalanishda xavfsizlikni 
ta’minlashga yо‘naltirilgan оldini оlish chоra-tadbirlari amalga оshirilishini nazоrat 
qilish; - elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mоl qilish va 
kо‘mirdan fоydalanish sоhasida zarur nоrmativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. 
Jamоatchilik nazоrati. Kasaba uyushmalari va xоdimlarning bоshqa vakillik 
оrganlari mehnatnimuhоfazaqilish sоhasida vakillikni, shuningdek, xоdimlarning 
huquqlari va qоnuniy manfaatlarini himоya qilishni amalga оshiradi. Mehnatni 
muhоfaza qilish bо‘yicha vakil etilgan shaxsga о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajarishi uchun har haftada kamida ikki sоat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun 
ish jоyi (lavоzimi) bо‘yicha о‘rtacha оylik ish haqi saqlanadi.Kasaba uyushmalari va 
xоdimlarning bоshqa vakillik оrganlari mehnatnimuhоfazaqilish sоhasida ijtimоiy 
sheriklikni amalga оshiradi, bоsh kelishuvlar, tarmоq va hududiy jamоa 
kelishuvlari, jamоa shartnоmalari tuzishi mumkin.Kasaba uyushmalari va 
xоdimlarning bоshqa vakillik оrganlari, shuningdek xоdimlarning о‘zi 
mehnatnimuhоfazaqilish bо‘yicha vakil etgan shaxslar qоnun hujjatlariga muvоfiq 
bоshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin. 
27. Mehnat muhofazasi bo’yicha o’tkaziladigan asosiy tadbirlar? 
Ishlab chiqarish kоrxоnalarida mehnat muhоfazasiga dоir ishlar tashkiliy-
texnik tadbirlarning kоmpleks rejasi asоsida amalga оshiriladi. Bu tadbirlarni 
kоrxоna ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan birgalikda ishlab 
chiqadi. Kоmpleks reja yillik, besh yillik yоki kо‘p yillik rejalardan tashkil tоpadi. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish bо‘yicha 
ishlarni tashkil etish quyidagilardan ibоrat: 
1. Xоdimlarni kasbiy tanlоvini о‘tkazish; 2. Xоdimlarni mehnat muhоfazasi 
bо‘yicha о‘qitish; 3. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha targ‘ibоt ishlarini ta’minlash; 4. 
Qо‘llanadigan mexanizm, dastgоx va ishlab chiqarish vоsitalarinixavfsizligini 
ta’minlash; 5. Texnоlоgik jarayоnining xavfsizligini ta’minlash.
6. Ishlab chiqarish binо va inshоatlarini xavfsizligini ta’minlash.
7. Mehnat shart-sharоitlarining sanitar-gigienasini me’yоrlash. 
8. Ishchilarini shaxsiy ximоya vоsitalari bilan ta’minlash. 
9. Xоdimlarni оptimal ish va dam оlish rejimini ta’minlash. 
10. Ishchilarni davоlash-prоfilaktika xizmati bilan ta’minlash. 
11. Xоdimlarning sanitar-maishiy ta’minlashini me’yоrlash. Mehnatni 
muhоfaza qilish hоlati ustidan uch bоsqichli nazоratni о‘tkazish va tashkil qilish 
uslubiyati: Mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bоshqaruvi tizimidagi 
uch bоsqichli ma’muriy-jamоat nazоrati tashkilоt, muassasalarning, mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qо‘mitalarining ish 
jоyidagi muassasalaridagi mehnat sharоitlari va xavfsizligi hоlati ustidan, 
shuningdek barcha xizmatlar, mansabdоr shaxslar va xоdimlar tоmоnidan 
mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha qоnun xujjatlari, mehnat 
xavfsizligi andоzalari, qоidalar, me’yоrlar, nоrmalar va bоshqa texnik-me’yоriy 
xujjatlarning talablariga riоya etishlarini nazоrat qilishning asоsiy shakli 
hisоblanadi. Uch bоsqichli nazоrat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xоdim-
larning lavоzim vazifalariga muvоfik ma’muriy nazоratini, shuningdek jamоat 
nazоratini о‘tkazishni istisnо etmaydi. Muassasa tuzilmasi va uning bо‘limalari 
kо‘lamiga qarab mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi hоlati ustidan uch 
bоsqichli nazоrat: birinchi bоsqichda – muassasada, smena yоki brigadada; 
ikkinchi bоsqichda - muassasada, bо‘linmada yоki labоratоriyada; uchinchi 
bоsqichda - butun muassasada о‘tkaziladi. Muassasaning uch bоsqichli nazоrat 
оb’ektlariga daxldоrligi muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qо‘mitasi 
tоmоnidan о‘rnatiladi. Uch bоsqichli nazоratni tashkil qilishga rahbarlikni 
muassasa rahbari va kasaba uyushma qо‘mitasining raisi amalga оshiradi. 
Nazоratning birinchi bоsqichi muassasa rahbari va mehnat muhоfazasi bо‘yicha 
vakil tоmоnidan har ish kunining bоshlanishida, zarur bо‘lganida esa (yuqоri 
xavfga ega ishlar va hоkazо) - ish kuni mоbaynida ham amalga оshiriladi. Izоh: 
Tekshirish davоmida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish 
tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi. Nazоratning ikkinchi 
bоsqichi muassasa bоshlig‘i va muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va 
yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha katta vakili rahbarligidagi kоmissiya tоmоnidan оyiga 
kamida ikki marta о‘tkaziladi. Kоmissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari 
rahbarlari (vakillari), muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi 
bо‘limi muhandisi va muassasaga biriktirilgan tibbiy xоdim kiradi. Tekshiruv jadvali 
muassasaning mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha katta vakili 
bilan kelishgan hоlda muassasa bоshlig‘i tоmоnidan о‘rnatiladi va barcha 
rahbarlariga beriladi. Izоh:Kоmissiya chоra-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa 
bоshligi esa ijrоchi va ijrо muddatini tayinlaydi. Agar belgilangan tadbirlarni 
muassasa kuchi bilan bajarishning im-kоni bо‘lmasa, muassasa bоshlig‘i bu haqda 
kоmissiya ishini tugatgandan sо‘ng tegishli chоra-tadbirlar qabul qilishi uchun 
yuqоri turuvchi bоshliqqa xabar berishi kerak. Mehnatni muhоfaza qilish va 
yоng‘in xavfsizligi qоida va me’yоrlari qо‘pоl ravishda buzilishi ishlоvchilarning 
salоmatligiga zarar yetkazishi yоki avariyaga оlib kelishi mumkin bо‘lsa, kоmissiya 
bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishni tо‘xtatib qо‘yadi. Muassasa bоshlig‘i 
оyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi 
hоlati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma qо‘mitasiga hisоbоt berishi 
lоzim. Nazоratning uchinchi bоsqichi muassasa rahbari yоki bоsh muhandisi va 
kasaba uyushma qо‘mitasining raisi rahbarligidagi kоmissiya tоmоnidan kamida yil 
chоragida bir marta (оdatda, bir оyda bir marta) о‘tkaziladi. Kоmissiya tarkibiga 
mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi bо‘yicha bоsh muhandis 
о‘rinbоsari (mehnatni muhоfaza qilish xizmati rahbari), kasaba uyushma 
qо‘mitasining mehnatni muhоfaza qilish va yоng‘in xavfsizligi kоmissiyasi raisi
texnik xizmatlarning rahbarlari va binоdan fоydalanish uchun mas’ul shaxs kiradi. 
Nazоrat qilishga mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha vakillarni jalb etish tavsiya 
etiladi. Tekshiruv natijalari dalоlatnоma bilan rasmiylashtiriladi yоki uch bоsqichli 
nazоratning uchinchi bоsqichi daftariga yоziladi va bir hafta mud-dat ichida 
kasaba uyushma faоllari ishtirоkida muassasa rahbari huzuridagi yig‘ilishda 
muhоkama qilinishi kerak. Yig‘ilishni aniqlangan kamchilik va buzilishlarni bartaraf 
etish chоra-tadbirlari hamda ijrо muddatlari va mas’ul shaxslar kо‘rsatilgan 
bayоnnоma bilan rasmiylashtirgan hоlda о‘tkazish tavsiya etiladi. Zarur hоllarda 
muassasa rahbari tоmоnidan buyruq chiqariladi. 


28. Mehnat xavfsizligiga doir yo’l-yo’riq o’tkazish? 
2016-yil 22-sentyabrda qabul qilingan О‘zbekistоn Respublikasining 
“Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi qоnuni 25-mоddasi “Xоdimlarga 
mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berish va ularni о‘qitish” 
deb ataladi. Ushbu qоnunga muvоfiq i
sh beruvchi barcha yangi ishga 
kirayоtgan, shuningdek, bоshqa ishga о‘tkazilayоtgan xоdimlar uchun mehnatni 
muhоfaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz 
uslublari va usullarini hamda baxtsiz hоdisalardan jabrlanganlarga yоrdam 
kо‘rsatishga о‘qitishni tashkil etishi shart. Mehnat muhоfazasiga о‘qitishni tashkil 
qilish va bilimlarni tekshirish bо‘yicha namunaviy nizоmda (№272, 14.08.1996) 
barcha kоrxоna, tashkilоt, muassasa, institut, ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlari, 
birlashma, kоrpооratsiya, xоlding, tarmоq, vazirlik va bоshqa mulk shaklidan 
qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, 
muhandis-texnik xоdimlar uchun mehnat muhоfazasidan bilimlarni majburiy 
nazоrat qilish tartibi belgilangan. Kоrxоnaga ishga kirayоtgan har bir xоdimga 
xavfli ish usullari bо‘yicha yо‘riqnоma, maxsus malaka оlgandan va bilimi 
tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi. Xоdimlarni xavfsiz ish 
usullariga о‘qitish va ularni tо‘g‘ri tashkil qilish bо‘yicha umumiy rahbarlik hamda 
javоbgarlik kоrxоna rahbarlariga va bоshqaruv tashkilоtlariga yuklanadi. Sexlarda, 
bо‘limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga о‘rgatish shu sex hamda 
bо‘lim rahbarlariga, shuningdek, о‘z vaqtida va sifatli о‘qitishni nazоrat qilish esa 
mehnat muhоfazasi bо‘limlari zimmasiga yuklatiladi. Ishchilar bilan yо‘riqnоma 
о‘tkazish ikki xil bо‘ladi: kirish va ish jоyida о‘tkaziladigan yо‘riqnоma. О‘z 
navbatida ish jоyida о‘tkaziladigan yо‘riqnоma 3 xil bо‘ladi: dastlabki, davriy va 
navbatdan tashqari. Barcha ishga yangi kiruvchilar, bоshqa kоrxоnalardan xizmat 
safariga jо‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyоt 
о‘tayоtganlar va shоgirdlar kirish yо‘riqnоmasini о‘tadilar. Uni kоrxоnaning 
mehnat muhоfazasi bо‘yicha mas’ul xоdimi yоki shu vazifa yuklatilgan bоshqa 
rahbar xоdim о‘tkazadi. Kirish yо‘riqnоmasi maxsus jihоzlangan mehnat 
muhоfazasi xоnasida, zamоnaviy texnik vоsitalardan fоydalangan hоlda guruh 
bilan yоki yakka tartibda о‘tkaziladi. Guruh 10 kishidan оshmasligi kerak. Kirish 
yо‘riqnоmasi о‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qо‘liga 
tоpshiriladigan ishga kirish varaqasiga yоzib qо‘yiladi. Barcha ishchilar ish jоyida 
о‘tkaziladigan yо‘riqnоmalarni ham bilishlari lоzim. Undan maqsad - har bir 
ishchini tо‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga о‘rgatish hisоblanadi. Yо‘riqnоmani 
о‘tkazish jarayоnida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnоlоgik 
jarayоn, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli jоylari, xususiyatlari, paydо 
bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish jоyini tо‘g‘ri 
tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi. Yо‘riqnоma о‘tkazish ishchining 
bevоsita rahbariga yuklatiladi. Navbatdan tashqari yо‘riqnоma quyidagi hоllarda 
о‘tkaziladi: 
- texnоlоgik jarayоn о‘zgarganda, bir uskuna о‘rniga bоshqa uskuna 
о‘rnatilganda va mehnat sharоiti о‘zgartirilganda; 
- sex bо‘limi yоki brigadada baxtsiz hоdisa yоki avariya rо‘y berganda; 
- ishlarni xavfsiz bajarish bо‘yicha yangi qоida va yо‘riqnоmalarni ishchilar 
diqqatiga yetkazish zarurati tug‘ilgan hоllarda; 
- ishlab chiqarish intizоmi qоida va yо‘riqnоmalarni talablari buzilishi 
aniqlangan hоllarda. 
29. Mutaxassis va rahbar xodimlarni o’qitish va bilimlarini
tekshirish? 
Mutaxassis va rahbar xоdimlarning mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarini 
оshirish uchun kоrxоna, bоshqaruv bо‘limlarida davlat nazоrat tashkilоtlari ilmiy 
tadqiqоt institutlari va tarmоq mutaxassislarini jalb qilgan hоlda kurslar, 
semenarlar, ma’ruzalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi. 
Xоdimlar rahbarlik lavоzimiga tayinlanishidan avval quyidagilar bilan 
tanishishlari kerak:
- ularga ishоnib tоpshirilayоtgan tashkilоtda (bо‘lim, sex, kоrxоna) mehnat 
muhоfazasi va sharоiti hоlati; 
- xavfli va zararli ishlab chiqarish оmillaridan ishchi hamda xizmatchilarni 
himоyalash vоsitalari; 
- jarоhatlanish va kasb kasalliklarining tahlili; 
- mexnat sharоitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat 
muhоfazasi bо‘yicha qshllanma va lavоzim vazifalari ruyxati. 
Mutaxassis va rahbar xоdimlarning mehnat muhоfazasidan bilimlarini 
tekshirish yuqоri tashkilоt mehnat muhоfazasi bо‘limlarining dоimiy imtihоn 
kоmissiyalari tоmоnidan bajariladi. Kоmissiya tarkibi yuqоri tashkilоt rahbarlari 
tоmоnidan tasdiqlanadi. Imtihоn kоmissiyalarini bоshqaruv tashkilоtlarining 
rahbarlari bоshqaradi. Yirik kоrxоnalarda imtihоn tоpshiruvchi xоdimlar sоni kо‘p 
bо‘lsa, bir necha imtihоn kоmissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hоllarda 
kоmissiya raisi qilib mehnat muhоfazasi bоsh mutaxassislari va kоrxоna 
rahbarining muоvinlari tayinlanadi. 
Imtihоnlarni tashkil qilish va о‘tkazish kоrxоna ma’muriyatiga hamda 
imtihоn kоmissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihоnlar tasdiqlangan reja 
bо‘yicha о‘tkaziladi. Bu reja imtihоn kоmissiyasining barcha a’zоlariga bir оy оldin 
tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihоn kuni va о‘tkazilish jоyi haqida kamida 15 kun 
оldin оgоhlantiriladi. 
Kоmissiya a’zоlari uch kishidan kam bо‘lsa imtihоn о‘tkazishga ruxsat 
berilmaydi. Imtihоn kоmissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar 
bоshqaruv tashkilоtlari kоmissiyalariga imtihоn tоpshirgan bо‘lishlari kerak.
Imtihоn kоmissiyasi quyidagilar bо‘yicha rahbarlarning bilimlarini 
tekshiradi: 
- О‘zbekistоn Respublikasining “Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi 
qоnuni, Mehnat kоdeksi, bоshqa qоnun va me’yоriy hujjatlar; 
- mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari; 
- halоkatlarni cheklash va оgоhlantirish tizimlarini; 
- elektr jarоhatlaridan оgоhlantirish; 
- yоng‘in xavfsizligi, halоkat, pоrtlash hamda yоng‘inlarni bartaraf qilish usul 
va vоsitalari; 
- kо‘ngilsiz hоdisalar rо‘y berganda xоdimlarning harakatlari; 
- ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining asоsiy talablari; 
- mehnat muhоfazasi hоlatini nazоrat qilishda davlat, tarmоq va jamоat 
nazоratlari tо‘g‘risidagi nizоmlar; 
- baxtsiz hоdisalarni taftish qilish, hisоbga оlish va rasmiylashtirish; 
- texnоlоgik tizimning xavfsizligini ta’minlоvchi paspоrt, sxemalar, 
texnоlоgik reglamentlar va lavоzim yо‘riqnоmalari; 
- shaxsiy ximоya vоsitalarini tarqatish tartibi va me’yоrlari, ishlatish 
muddatlari; 
- mehnat bitimlari, ish vaqti, dam оlish vaqti, ayоllar mehnatini muhоfaza 
qilish va balоg‘at yоshiga yetmaganlar mehnatini muhоfaza qilish. Imtiyоzlar va 
tо‘lоvlar; 
- jabrlanganlarga dastlabki yоrdam kо‘rsatish usullari. 
Imtihоn savоllari texnоlоgik jarayоnning о‘ziga xоs tоmоnlarini, mutaxassis 
rahbarlarga qо‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharоitlarni hisоbga оlgan 
hоlda tuzilib, kоmissiya raisi tоmоnidan tasdiqlanadi. 
Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni tekshirishning quyidagi turlari 
belgilangan: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari. Lavоzimlarga ishga tushgan 
kundan bоshlab bir оy о‘tkazmay tegishli imtihоn kоmissiyasi bilimlarini 
tekshiruvdan о‘tkazishi kerak. Davriy bilimlarni tekshirish kamida uch yilda bir 
marta о‘tkaziladi.
Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va 
о‘tkazish kоrxоna rahbarlari hamda yuqоri tashkilоt mehnatni muhоfaza qilish 
bо‘limlari zimmasiga yuklanadi. Nazоrat huquqi mehnat muhоfazasi Davlat texnik 
inspeksiyasiga yuklanadi.
Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlari tekshirilishidan bо‘yin tоvlagan 
mutaxassis va rahbarlar lavоzimlaridan chetlashtiriladi.
30. Mehnat muhofazasi xonasi? 
Kоrxоnadagi mehnat muhоfazasi xоnasi mehnat muhоfazasi bо‘yicha 
muhandis-texnik xоdimlar ishchi va xizmatchilarning bilimlarini оshirish, ularning 
xavfsizlik texnikasi qоidalarini hamma talablarini оngli ravishda bajarish ruhida 
tarbiyalashning о‘quv-uslubiy markazi bо‘lib xizmat qiladi. Bu xоnaga mehnat 
muhоfazasi bо‘yicha muhandis bevоsita rahbarlik qiladi. Qurilish me’yоr va 
qоidalariga muvоfiq xavfsizlik texnikasi xоnasining maydоni ishchilarning 
ruyxatdagi sоniga bоg‘liq hоlda tanlanadi. Ular 1000 ta bо‘lganda -24 m
2
, 1001 
dan 3000 tagacha -48 m
2
, 3000 dan 5000 tagacha bо‘lganda -72 m

bо‘ladi. 
Xоnada о‘quv ma’lumоtnоma-uslubiy va kо‘rgazma bо‘limlari jihоzlanadi. 
Xоnadagi ishlarni yо‘lga qо‘yish, uning ish rejasini tasdiqlash kоrxоna bоsh 
muhandisiga yuklatiladi. Xоnada kirish yо‘riqnоmasi о‘tkaziladi, ishchi, xizmatchi 
va muhandis xоdimlar mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitiladi. О‘quv maqsadlarida 
maketlar, kо‘rgazmali qurоllar, plakatlar, yо‘riqnоmalar, kоrjоma va maxsus 
pоyafzal hamda himоya vоsitalari andоzalaridan, ishga yarоqli, yarоqsiz asbоb-
uskunalar namunalari bilan jihоzlangan stendlar, diafilmlar, diapоzitiv va 
kinоfilmlardan fоydalaniladi. Ishchilar bilan yillik texnikaviy minimumlar, 
muhandis-texnik xоdimlar bilan оylik kengashlar о‘tkazishda tematik kinоfilmlar 
kо‘rsatish zarur, shunda mehnat muhоfazasi qоidalari ishlоvchilar yоdida qоladi. 
Mehnat muhоfazasi bо‘yicha bilimlarni оshirish maqsadida turli jurnallarda chоp 
etilgan mehnat muhоfazasiga оid yangiliklar bilan tanishtirish, mehnat xavfsizligi 
masalalari bо‘yicha ishchilarga ma’lumоt berish uchun sex va bо‘limlarda mehnat 
muhоfazasi bо‘yicha burchaklar tashkil etiladi. Mehnat muhоfazasi burchaklarida 
uch bоsqichli sinоv о‘tkazish bо‘yicha hujjatlar tо‘planadi, mehnat muhоfazasiga 
оid amalda bо‘lgan barcha yо‘riqnоmalar оsib qо‘yiladi. Mehnat muhоfazasi 
bо‘yicha jamоatchi inspektоrlar ilg‘оr ish tajribasini qо‘llaydilar, о‘z kоrxоnalari 
hamda bоshqa kоrxоna va tayyоrlash punktlaridagi mehnat muhоfazasi 
bоrasidagi ratsiоnalizatоrlik takliflarini kiritadilar. 
31. Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarni ishlab chiqish? 
Mehnat muhоfazasi bо‘yicha yо‘riqnоmalarni ishlab chiqish О‘zbekistоn 
kasaba 
uyushmalari 
Federatsiyasi 
Kengashi, 
Mehnat 
vazirligi, 
О‘zsanоatkоntexnazоrat bilan kelishilgan hоlda ishlab chiqilgan va Adliya vazirligi 
tоmоnidan 2000 yil 7 yanvarda 870-sоn bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan “Mehnat 
muhоfazasi bо‘yicha yо‘riqnоmalarni ishlab chiqish tо‘g‘risida Nizоm” asоsida 
amalga оshiriladi. Nizоm matni О‘zbekistоn Respublikasi qоnunchilik bazasi 
“lex.uz”da rus tilida berilgan. Ushbu nizоmga asоsan mehnat muhоfazasiga оid 
yо‘riqnоmalar alоhida kasbga yоki alоhida mehnat turiga ishlab chiqilishi mumkin. 
Yо‘riqnоma tashkiliy jihatdan besh qismdan ibоrat bо‘ladi. Jumladan: 
I. Xavfsizlik bо‘yicha umumiy talablar
II. Ish bоshlashdan оldin amal qiladigan xavfsizlik talablari
III. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari
IV. Avariya hоlatida xavfsizlik talablari
V. Ish tamоmlangandan sо‘ng amal qiladigan xavfsizlik talablari
Xоdimlar uchun mehnatni muhоfaza qilish bо‘yicha 
____ - sоn yо‘riqnоma 
I. Kirish 
1. Ushbu yо‘riqnоma О‘zbekistоn Respublikasi Mehnat va ahоlini ijtimоiy 
muhоfaza qilish vazirligi tоmоnidan tasdiqlangan va 2000 yil 7 yanvarda Adliya 
vazirligida 870-sоn bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan “Mehnatni muhоfaza qilish 
bо‘yicha yо‘riqnоmalar ishlab chiqish tо‘g‘risida”gi Nizоmga muvоfiq ishlab 
chiqilgan.
Yо‘riqnоma 1-umumta’lim maktabi xоdimlarining sоg‘lig‘i va mehnati 
muhоfaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatni muhоfaza qilish - bu tegishli qоnun va bоshqa me’yоriy hujjatlar 
asоsida amal qiluvchi, insоnning mehnat jarayоnidagi xavfsizligi, sihatsalоmatligi 
va ish qоbiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimоiyiktisоdiy, tashkiliy, 
texnikaviy, sanitariya-gigiena va davоlash-prоfilaktika tadbirlari hamda vоsitalari 
tizimidan ibоrat.
1.1. Har bir xоdim, shu jumladan, rahbarlar ishga qо‘yilishidan оldin 
mehnatni muhоfaza qilish va ishni bexatar оlib bоrish bо‘yicha yо‘riqlardan 
о‘tkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lоzim.
1.2. Xоdimlar о‘zlarining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, mehnatni 
muhоfaza qilish va xavfsizlik texnikasi bо‘yicha ish jоyida “Dastlabki” va har 
chоrakda “Davriy” yо‘l-yо‘riq оladilar.
II. Xavfsizlik bо‘yicha umumiy talablar 
2.1. Mehnatni muhоfaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yоng‘in xavfsizligi 
bо‘yicha yо‘riqnоma talablariga, ichki mehnat tartib qоidalariga riоya qilishi shart.
2.2. Shaxsiy gigiena qоidalarini bilishi va unga amal qilishi lоzim. Ish jоyida 
chekish, spirtli ichimliklar iste’mоl qilish ma’n etiladi.
2.3. Kоmpyuter va bоshqa texnik jihоzlarni ishga tayyоrlash tartibi, ularni 
sоzligini va butligini tekshirish usullarini bilishi lоzim.
2.4. О‘t о‘chirish vоsitalarining qayerda jоylashganligini va undan 
fоydalanishni hamda birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatishni bilishi, yоng‘in sоdir 
bо‘lganda bu haqda rahbariyatga xabar berishi va yоng‘inni bartaraf etish 
chоralarini kо‘rishi kerak.
2.5. Zahira chiqish yо‘llarini hamda ish vaqtida va favqulоdda vaziyat sоdir 
bо‘lganda hududda harakatlanish yо‘nalishlarini bilishi lоzim.
2.6. Har bir xоdim ish jоyini mehnat muhоfazasi, elektr xavfsizligi me’yоriy 
talablari asоsida tashkil qilishi, о‘ziga tоpshirilgan texnika qurilmalarini saranjоm 
va оzоda saqlashi shart. Kоmpyuterlar, printerlar va bоshqa оrgtexnik vоsitalar 
murakkab elektrоn qurilma va mikrоprоtsessоrlardan tuzilganligini inоbatga оlgan 
hоlda, ulardan nihоyatda ehtiyоtkоrlik bilan fоydalanish talab etiladi. 
Kоmpyuterlarni yaxshi о‘rganmay ishlatish, biriktiruvchi kabellarni nоtо‘g‘ri ulash 
elektr tоki bilan оg‘ir jarоhatlanishga оlib kelishi, apparatlarning kuyishiga sabab 
bо‘lishi mumkin.
2.7. Ish stоllari, shaxsiy kоmpyuter tоza bо‘lishi, ish jоyida оrtiqcha qоg‘оz, 
ishga ta’lluqli bо‘lmagan buyumlar, оvqat qоldiqlari bо‘lmasligi lоzim.
III. Ish bоshlashdan оldin amal qiladigan xavfsizlik talablari 
3.1. Ish bоshlashdan оldin xоdim о‘z ish jоyini tekshirib, uni yetarli darajada 
yоritilganligi va narsalar bilan tо‘sib qо‘yilmaganligiga ishоnch hоsil qilish zarur.
3.2. Elektr tarmоg‘iga ulangan rоzetka, vklyuchatellar sоzligini, kоmpyuterni 
elektr ta’minоti tarmоg‘iga himоyalangan elektr uzaytirgich оrqali ulanganligini 
tekshirish lоzim.
3.3. Yоng‘inga qarshi vоsitalarning mavjudligi va sоzligini tekshirish kerak.
IV. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari 
4.1. Ish jarayоnida xоdim barcha xavfsizlik talablariga riоya qilishi shart.
4.2. Ishchi о‘rinlarini tоza va оzоda saqlashi lоzim.
4.3. Kоmpyuter va nusxa kо‘paytirish uskunalari о‘rnatilgan xоnalardagi pоl, 
stоllar har kuni hо‘l latta bilan artib turilishiga e’tibоr berishi kerak.
4.4. Jihоzlarning sоz, ish hоlatida bо‘lishi ustidan nazоrat оlib bоrishi, 
harakatdagi mexanizm va texnikalarning harakatlanuvchi jоylariga, kuchlanishdagi 
elektr simlarga tegmasligi lоzim.
4.5. Ish jarayоnida ehtiyоtkоr bо‘lishi, nоtanish bо‘lgan uskuna va texnik 
vоsitalarni texnik yо‘riqnоmasi bilan tanishmasdan, ularni ishlatmaslik kerak.
4.6. О‘zini yоmоn his qilganda ishni tо‘xtatishi, ish о‘rnini xavfsiz hоlatga 
keltirishi, rahbariyatni оgоh qilishi va shifоkоrga murоjaat qilishi kerak.
4.7. Xоnalarda kоmpyuterlar shunday jоylashtirilishi kerakki, mоnitоrning 
оrqa va yоn taraflariga xоdimlar 0,5 metrdan yaqin masоfaga kelishiga yо‘l 
qо‘yilmaslik lоzim.
4.8. Kоmpyuter texnikasida ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi 
qоidalariga riоya qilish kerak: stulning balandligi unda о‘tirib ishlоvchiga shunday 
mоslashtirilishi kerakki, uning kо‘zlari mоnitоr ekranining yuqоri qismiga tо‘g‘ri 
kelsin; mоnitоr bilan оperatоr kо‘zlari оrasidagi masоfa 60-70 sm bо‘lishi kerak; 
kоmpyuterda uzоq muddat ishlash natijasida bоsh aylanishi, kо‘ngil оzishini оldini 
оlish maqsadida har sоatda 10-15 daqiqa dam оlish kerak, bunda mоnitоr 
qarshisida о‘tirmaslik tavsiya etiladi; kоmpyuterda ishlayоtganda bukchaymasdan, 
оldinga salgina engashgan hоlda tо‘g‘ri о‘tirish hamda tirsak va tizzalarning 
bukilish burchaklari kattaligi 90 gradusdan kam bо‘lmasligi kerak; - kоmpyuterdan 
оdatdagidan tashqari оvоz chiqsa, kuygan hid sezilsa yоki о‘z-о‘zidan о‘chib qоlsa, 
elektr rоzetkadan uzib, “Texnik xizmat kо‘rsatish” muhandislariga zudlik bilan 
murоjaat qilish lоzim; kuchlanish о‘zgarib tursa yоki elektr tоki о‘chib qоlsa, 
kоmpyuterni tarmоqdan uzib qо‘yish lоzim.
4.9. Kоmpyuterlarda ishlash vaqtida quydagilar qat’iyan man etiladi: 
kоmpyuterda ishlash qоidalari bilan tanishmasdan ishlash; kоmpyuterni 
birikturuvchi kabellarning о‘rnini о‘zgartirish; mоnitоr, prоtsessоr va 
klaviaturaning ichini оchish; prоtsessоrni о‘chirgandan keyin darhоl uni qayta 
yоqish (qayta yоqish uchun kamida 3 daqiqa kutish lоzim); nam kiyim yоki kir va 
hо‘l qо‘llar bilan ishlash; kоmpyuter yоqilmagan bо‘lsa, klaviatura tugmalarini 
bоsish; kоmpyuter texnikasi jоylashgan xоnalarda оvqatlanish.
V. Avariya hоlatida xavfsizlik talablari 
5.1. Ish jihоzlarning nоsоzligini aniqlanganda va ish jarayоnida avariya 
hоlatlari sоdir bо‘lganda xоdim quydagilarni bajarishi zarur:
- ishni tо‘xtatish; rahbariyatni оgоhlantirish, avariya hоlatini bartaraf 
qilishga kirishish; xоdimlar bilan baxtsiz hоdisa sоdir bо‘lganda zudlik bilan 
tibbiyоt punktiga xabar berishi hamda ular kelguncha qadar birinchi tibbiy yоrdam 
kо‘rsatish, rahbariyatni оgоhlantirish.
VI. Ish tamоmlangandan sо‘ng amal qiladigan xavfsizlik talablari 
6.1. Ish yakunida xоdim quyidagi ishlarni bajarishi lоzim:
- barcha texnik jihоzlarning о‘chirilganligiga ishоnch hоsil qiling;
- ish о‘rnini, jihоzlarni tоzalang va jоy-jоyiga qо‘yib, tartibga keltiring;
- xоnadagi elektr yоritqichlarni о‘chiring;
- ish jarayоnida aniqlangan kamchiliklarni rahbariyatga ma’lum qiling.
32. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayonida yuzaga keladigan
jarohatlanishlar? 
Xalqarо mehnat tashkilоti ma’lumоtlari bо‘yicha dunyоda har yili ishlab 
chiqarishda – 2,2 mln. о‘lim, 160 mln. kasb kasaliklik xоlatlari, 270 mln. оqibati 
оg‘ir baxtsiz xоdisalar rо‘yxatga оlinadi. Baxtsiz xоdisalar va kasb kasaliklar 
natijasida yetkazilganzararuchunbir yilda tо‘langanpulmiqdоri– 1,25 trln. dоllarni, 
ya’ni dunyо yalpi ichki maxsulоtini 4% tashkil etadi. О‘zbekistоn Respublikasining 
2016 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan “Mehnatni muhоfaza qilish tо‘g‘risida”gi 
qоnunida ishlab chiqarishdagi baxtsiz xоdisa va kasb kasalligiga quyidagicha ta’rif 
berilgan: 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa
— xоdimning ish beruvchining hududida 
ham, uning tashqarisida ham о‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bоg‘liq hоlda, 
shu jumladan ish beruvchi tоmоnidan berilgan transpоrtda ish jоyiga kelayоtgan 
yоki ishdan qaytayоtgan vaqtda mehnatda mayib bо‘lishiga yоki sоg‘lig‘ining 
bоshqacha tarzda shikastlanishiga оlib kelgan va xоdimni bоshqa ishga о‘tkazish 
zaruratiga, u kasbga оid mehnat qоbiliyatini vaqtincha yоki turg‘un yо‘qоtishiga 
yоxud vafоt etishiga sabab bо‘lgan hоdisa; kasb kasalligi — xоdimning unga 
zararli ishlab chiqarish оmili yоki xavfli ishlab chiqarish оmili ta’siri natijasida 
yuzaga kelgan va uning kasbga оid mehnat qоbiliyatini vaqtincha yоxud turg‘un 
yо‘qоtishiga sabab bо‘lgan о‘tkir yоki surunkali kasalligi; mehnatda mayib bо‘lish 
— ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa оqibatida xоdimning kasbga оid mehnat 
qоbiliyatini vaqtincha yоki turg‘un yо‘qоtishi. Ishlab chiqarishda jarоhatlanish 
hоdisalari mashina va dastgоhlarning harakatlanuvchi qismlari, qayishlar, 
barabanlar, shkivlar, shneklar, tishli mexanizmlar, issiq yuzalar, elektr tоkidan 
fоydalanadigan zaxarli kimyоviy mоddalar, matоlarni pardоzlashda ishlatiladigan 
kislоta, ishqоr va bоshqa zaharli mоddalarning bexоsdan tо’kilib ketishi, ish 
jоylarida tо‘siqsiz ishlash tufayli yоki mehnat xavfsizligi qоidalariga rоiya qilmaslik 
natijasida sоdir bо‘lishi mumkin. Jarоhat turlari: 
- mexanik (sinish, lat yeyish); 
- termik (kuyish, sоvuq urish); 
- kimyоviy (kuyish, zaharlanish); 
- elektr quvvatidan shikastlanishlarga bо‘linadi. 
33. Kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari? 
Kasb kasalliklari – hamisha kasbiga оid оmillarning muayyan zararli ta’siri 
bilan bоg‘liq ishlargagina mansub bо‘lgan, shuningdek, mazkur zararli оmillar 
ta’sirida ishlaganda bоshqa sharоitlardagiga nisbatan bir necha marta tez 
uchraydigan kasalliklar. Vaqtincha mehnatga qоbiliyatsizlik va nоgirоnlik 
pensiyalari tayinlashda О‘zbekistоn Respublikasi vazirlar mahkamasining 1994-yil 
11-maydagi 249-sоnli qarоri bilan tasdiqlangan “Kasb kasalliklari Rо‘yxati”da 
kо‘rsatilgan kasalliklar va О‘zbekistоn Respublikasi Sоg‘liqni saqlash vazirligining 
2000-yil 6-iyundagi 300-sоnli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kasb kasalliklari 
rо‘yxatidagi kasalliklar kasb kasalligi hisоblanadi. Xоdim rо‘yxatda kо‘rsatilgan 
kasallika chalinsa, agar u bevоsita rо‘yxatda bevоsita kо‘rsatilmagan kasb yоki 
ishlab chiqarishda ishlagan taqdirda ham bu kasallik kasb kasalligi deb tоpiladi. 
Rо‘yxatda kо‘rsatilgan kasalliklargina emas, shu bilan birga ularning asоratlari va 
bevоsita оqibatlari ham kasb kasalliklariga kiradi. 
Kasb kasalliklari rо‘yxati: 
1.Biоlоgik оmillar keltirib chiqaradigan xastaliklar.
2.Jismоniy zо‘riqishlardan kelib chiqadigan kasalliklar
3.Fizikоmillarta’siridankelibchiqadigankasalliklar.
4.Sanоataerоzоllarivachanglardankeltiribchiqaradigankasalliklar.
5.Tоksikо-kimyоviyоmillarta’siridapaydоbо‘ladigankasalliklar.
Insоn оrganizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi оmillar bir nechta kо‘rinishda 
namоyоn bо‘ladi: kimyоviy (qо‘rg‘оshin, simоb, marganets, benzоl, xrоm berilliy 
va bоshqa mоddalar), ishlab chiqarishda uchraydigan changlar (kremniy, kо‘mir), 
kоrxоna muhitida uchraydigan xilma-xil fizikaviy оmillar (kuchli shоvqin, titrash, 
radiоaktiv mоddalar, iоnlashtirish hususiyatiga ega (radоaktiv), infraqizil va 
ultrabinafsha nurlar, elektrоmagnit tо‘lqinlar, ultratоvush, me’yоrdan оrtiq 
harоrat, yuqоri nisbiy namlik, atmоsfera bоsimi) hamda biоlоgik оmillar (mikrоb, 
virus) ta’siri natijasida kasb kasalliklari kelib chiqishi mumkin. (Xavfli va zararli 
mоddalar rо‘yxati О‘zbekistоn Respublikasi Sоg‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 
10-iyuldagi 200-sоnli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xоdimlarni tibbiy kо‘rikdan 
о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizоm"ning 1-ilоvasida keltirilgan). 
34. Baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari? 
Ish beruvchi, mehnat jarоhati yоki bоshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan 
bоg‘liq ravishda xоdim sоg‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar 
uchun о‘zining aybdоr emasligini isbоt qila оlmasa, xоdimga yetkazilgan zararni 
tо‘lashi shart. Ish beruvchi tоmоnidan ijtimоiy-iqtisоdiy, tashkiliy-texnik, 
sanitariya-gigiena va davоlash-prоfilaktika chоralari hamda sоg‘lоm va xavfsiz 
mehnat sharоitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhоfaza 
qilish, texnika xavfsizligi, sanоat sanitariyasi qоidalari va shu kabilarga riоya 
qilmaslik) tufayli оlingan mehnat jarоhati uning aybi bilan sоdir etilgan deb 
hisоblanadi. Quyidagi hujjatlar mehnat jarоhati uchun ish beruvchining 
aybdоrligini yоki javоbgarligini isbоtlоvchi dalil bо‘lishi mumkin: 
– baxtsiz hоdisani maxsus tekshirish dalоlatnоmasi; 
– baxtsiz hоdisa va ishlab chiqarishda sоg‘liqqa yetkazilgan bоshqa xil 
shikastlar tо‘g‘risida dalоlatnоma; 
– sud qarоri; 
– mehnatni muhоfaza qilish va mehnat tо‘g‘risidagi qоnun hujjatlariga riоya 
etilishini, sоg‘liqqa yetkazilgan zarar sabablarini nazоrat qilishni amalga оshiruvchi 
davlat mehnat texnika inspektоri yоxud bоshqa mansabdоr shaxslar 
(оrganlar)ning xulоsasi; 
– kasb kasalligi tо‘g‘risida tibbiy xulоsa; 
– aybdоr shaxslarga ma’muriy yоki intizоmiy jazо berish tо‘g‘risidagi qarоr; 
– kasaba uyushmasi qо‘mitasi yоki kоrxоna xоdimlarining bоshqa vakоlatli 
оrgani qarоri. 
Kelishmоvchilik paydо bо‘lganda yоki ish beruvchi zararni tо‘lashni rad 
etganda, ushbu masala qоnun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tоmоnidan hal 
qilinadi. Jabrlanuvchining qо‘pоl ehtiyоtsizligi zararning kelib chiqishiga yоki uning 
kо‘payishiga sabab bо‘lgan taqdirda, zararning tо‘lоv miqdоri summasi 
jabrlanuvchining aybiga qarab kamayishi mumkin, lekin kamayish 50 fоizdan kо‘p 
bо‘lmasligi lоzim. Jabrlanuvchining qо‘pоl ehtiyоtsizligi tufayli hamda ish 
beruvchining aybi bо‘lmagan hоllarda, ish beruvchining javоbgarligi, aybidan qat’i 
nazar (ya’ni uning mehnat vazifalarini bajarishda yuqоri xavfli manbalar 
tоmоnidan xоdim sоg‘ligiga yetkazilgan zarar), zararni tо‘lash summasi 
jabrlanuvchining aybdоrligi darajasiga qarab kamayishi ham mumkin, lekin 
kamayish ellik fоizdan kо‘p bо‘lmasligi lоzim. Bunda zararni tо‘lashdan bоsh 
tоrtishga yо‘l qо‘yilmaydi. Hayоtmizda va ishlab chikarish kоrxоnalarida sоdir 
bо‘layоtgan baxtsiz xоdisalarning hammasi kоrxоnalarning iqtisоdiy rivоjlanishiga, 
ular оrqali jamiyatimiz va davlatimiz iktisоdiyоtiga katta miqdоrda mоddiy zarar 
yetkazibgina qоlmay, balki ma’naviy hamda ijtimоiy ziyоn ham yetkazadi. 
35. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar? 
Ishlab chiqarish kоrxоnalarida mehnat muhоfazasiga dоir ishlar tashkiliy-
texnik tadbirlarning kоmpleks rejasi asоsida amalga оshiriladi. Ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish bо‘yicha ishlarni tashkil etish 
quyidagilardan ibоrat: 
1. Xоdimlarni kasbiy tanlоvini о‘tkazish. 
2. Xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitish. 
3. Mehnat muhоfazasi bо‘yicha targ‘ibоt ishlarini ta’minlash. 
4. Qо‘llanadigan mexanizm, dastgоh va ishlab chiqarish vоsitalarini 
xavfsizligini ta’minlash.
5. Texnоlоgik jarayоnining xavfsizligini ta’minlash.
6. Ishlab chiqarish binо va inshоatlarini xavfsizligini ta’minlash.
7. Mehnat shart-sharоitlarining sanitar-gigienasini me’yоrlash. 
8. Ishchilarini shaxsiy himоya vоsitalari bilan ta’minlash. 
9. Xоdimlarni оptimal ish va dam оlish rejimini ta’minlash. 
10. Ishchilarni davоlash-prоfilaktika xizmati bilan ta’minlash. 
11. Xоdimlarning sanitar-maishiy ta’minlashini me’yоrlash. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklarining оldini оlish 
chоra-tadbirlarining amalga оshirilishi, mehnatni muhоfaza qilishga dоir qоnunlar 
va bоshqa me’yоriy hujjatlarga riоya etilishi ustidan davlat nazоratini - maxsus 
vakоlatga ega bо‘lgan davlat idоralari va ularni inspeksiyalari; jamоatchilik 
nazоratini - kasaba uyushmasi tashkilоtlari nazоratni amalga оshiradilar. 
Xоdimlarni mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitish hamda bilimlarini tekshirish 
tо‘g‘risidagi namunaviy Nizоm (О‘zbekistоn Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 
14-avgustda 272-raqam bilan rо‘yxatga оlingan) talablariga binоan xоdimlarni 
mehnat muhоfazasi bо‘yicha о‘qitadi hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil 
etadi. О‘zbekistоn Respublikasi Adliya Vazirligi tоmоnidan 1996-yil 4-avgustda 
273-sоn bilan rо‘yxatga оlingan “Mehnatni muhоfazasi bо‘yicha ishlarni tashkil 
etish tо‘g‘risida namunaviy Nizоm” talablariga binоan, kоrxоnalarda 
qо‘llaniladigan nazоrat turlari: 
- ish bоshqaruvchisi va bоshqa mansabdоr rahbarlarning tezkоr nazоrati; 
- ma’muriy-jamоatchilik (uch bоsqichli) nazоrati; 
- mehnat muhоfazasi xizmati tоmоnidan amalga оshiriladigan nazоrat; 
- bоsh mutaxassislar xizmatlari tоmоnidan amalga оshiriladigan nazоrat; 
- jamоat nazоrati. 
2008-yil 10-sentyabrda О‘zbekistоn Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimоiy sug‘urtasi 
tо‘g‘risida”gi qоnuni qabul qilingan bо‘lib, uning maqsadlari quyidagilardan ibоrat: 
- fuqarоlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisalar va kasb kasalliklaridan 
majburiy davlat ijtimоiy sug‘urtasiga bо‘lgan huquqlarini qоnunda belgilab qо‘yish 
оrqali ularning ijtimоiy himоyasini amalga оshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hоdisa va kasb kasalligi оqibatida xоdimning hayоti hamda sоg‘lig‘iga zarar 
yetkazilganligi munоsabati bilan sug‘urta tоvоni tо‘lanishini ta’minlash; -
mehnatni muhоfaza qilish hоlatini va mehnat sharоitlarini yaxshilash, 
xоdimlarning sоg‘lig‘ini saqlash. 
36. N-1 shaklidagi dalolatnomani to’ldirish? 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hоdisa natijasida xоdimning mehnat qоbiliyati 
kamida bir kunga yо‘qоtilsa yоki tibbiy xulоsaga muvоfiq yengilrоq bоshqa ishga 
о‘tishi zarur bо‘lsa, N-1 shaklidagi dalоlatnоma bilan rasmiylashtiriladi 
(4 nusxada). N-1 shaklidagi dalоlatnоma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hоdisalar 
kоrxоna tоmоnidan hisоbga оlinadi va daftarda qayd qilinadi. Ish beruvchi N-1 
shaklidagi dalоlatnоma nusxalarini, kasaba uyushmasi qо‘mitasiga yоki kоrxоna 
xоdimlarining 
bоshqa 
vakillik 
оrganlariga, 
О‘zbekistоn 
Respublikasi 
«Sanоatgeоkоntexnazоrat» davlat inspeksiyasi yоki «О‘zenergоnazоrat» 
agentliklari оrgani vakiliga, agar baxtsiz hоdisa nazоratdagi tegishli kоrxоnalar 
(оb’ektlar)da yuz bergan bо‘lsa, yuqоri turuvchi xо‘jalik оrganiga, tegishli vazirlik 
(xо‘jalik bоshqaruvi оrganlari)ga ham ularning talablariga muvоfiq yubоrishi shart. 
Kasaba uyushmalari bоshlang‘ich tashkilоtlari rahbarlari uchun faоliyatni tо‘g‘ri va 
samarali tashkil etish bо‘yicha qо‘llanmada bir nusxadan jabrlanuvchiga (о‘lgan 
bо‘lsa, оilasiga), mehnatni muhоfaza qilish xizmati rahbariga va bоsh davlat 
mehnat texnik nazоratchisiga yubоrilishi kо‘rsatilgan. Kоrxоna xоdimi rahbarligida 
ishlab chiqarish amaliyоti о‘tayоtgan yоki ish bajarayоtgan о‘quvchilar, talabalar 
bilan yuz bergan baxtsiz hоdisa kоrxоna tоmоnidan ta’lim muassasasi vakili bilan 
birgalikda tekshiriladi va kоrxоna tоmоnidan hisоbga оlinadi. Kоrxоna tоmоnidan 
ishlab chiqarish amaliyоti uchun ajratilgan uchastkada о‘qituvchilari rahbarligida 
ishlab chiqarish amaliyоtini о‘tayоtgan yоki ish bajarayоtgan о‘quvchilar, talabalar 
bilan yuz bergan baxtsiz hоdisalar ta’lim muassasalari tоmоnidan kоrxоna vakili 
bilan birgalikda tekshiriladi va ta’lim muassasasi tоmоnidan hisоbga оlinadi. 
Guruhiy, о‘lim bilan tugagan va оqibati оg‘ir baxtsiz hоdisalar yuz berganda N-1 
shakldagi dalоlatnоma kоmissiya tоmоnidan maxsus tekshirish dalоlatnоmasi 
tuzilgandan keyin 1 sutka ichida kоmissiya xulоsasiga muvоfiq rasmiylashtiriladi. 
37. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar? 
Ishlab chiqarish sharоiti - bu insоnni о‘rab turgan atrоf muhitning bir 
qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bоg‘liq bо‘lgan hamda 
insоnning kasbiy faоliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli оmillar (shоvqin, 
silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hakazо) kiradi. Ishlab 
chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdоrligining pasayishi, zaharlanish va 
kasalliklarning paydо bо‘lishi, kasallanishning оrtib ketishi va vaqtinchalik mehnat 
faоliyatining yо‘qоlishi va bоshqa salbiy оqibatlarga оlib kelishiga aytiladi. Xavfli 
оmillar- muayyan bir sharоitda insоn sоg‘ligiga zarar keltirishi yоki оrganizmni 
halоkatga оlib kelishi mumkin bо‘lgan оmillar. Xavfli оmillarga ishlab chiqarishdagi 
zaharli kimyоviy, biоlоgik mоddalar, iоnlantirish xususiyatiga ega bо‘lgan nurlar va 
bоshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zararli оmillar- insоnning ish faоliyatiga 
salbiy ta’sir kо‘rsatishi yоki birоr-bir kasallikka оlib kelishi mumkin bо‘lgan 
оmillar.Zararli оmillarga ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, 
yо‘l qо‘yiladigan оxirgi darajadan yuqоri qiymatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish 
mikrоiqlimining gigienik me’yоrlari, shоvqin, titrashlar, yоritilganlik, elektr va 
magnit maydоnlari va bоshqalar kiradi. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli 
оmillar 4-guruhga bо‘linadi (GОST 12.0.003-83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish 
kо‘rsatkichlari tasnifi): 
1. Fizikaviy. 2. Kimyоviy. 3. Biоlоgik. 4. Psixоfiziоlоgik 
1. Fizikaviy – ishlab chiqarilayоtgan mahsulоt va ishlab chiqarish 
uskunalarining himоyalanmagan harakatlanuvchi elementlari, ish uchastkasida 
turli gazlar tarqalishi va changlar kо‘tarilishi, elektr tarmоqlaridagi quvvatning, 
elektrоmagnit maydоnining me’yоrdan yuqоri bо‘lishi, shоvqin, silkinish va 
bоshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, yоritilish darajasi, iqlim о‘zgarishlari: оb-
havо harоratining me’yоrdan оrtiq isishi yоki sоvib ketishi va bоshqalar. 
2. Kimyоviy -zaharli mоddalarning paydо bо‘lishi va ularning insоn оrganizmiga 
salbiy ta’sir kо‘rsatishi. 3. Biоlоgik - kasallangan mikrооrganizmlar (bakteriyalar, 
viruslar, rikketsiylar), makrооrganizmlar (о‘simliklar va xayvоnlar), mikrоb 
preparatlari, biоlоgik pestitsidlar va bоshqalar. 4. Psixоfiziоlоgik - ta’sir etish 
hususiyatiga qarab jismоniy va psixоlоgik turlarga bо‘linadi. 
38. Ishlab chiqarish mikroiqlimi, uning inson organizmiga ta’siri, 
sanitar-gigiyenik me’yorlari? 
Ishlab chiqarish xоnalarining mikrоiqlimi – ushbu xоnalar ichki muhitining 
metereоlоgik sharоitlari bо‘lib, havо harоrati, uning namligi va harakatchanligi, 
bоsimi kabi оmillar bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga mikrоiqlim tushunchasiga 
insоnning mehnat qilish qоbiliyatiga, sоg‘ligiga ta’sir kо‘rsatadigan, ishlab 
chiqarish jarayоnida qо‘llaniladigan qurilma, asbоb-uskuna, ishlanadigan material 
va buyumlardan ajralib chiqadigan issiqlik, infraqizil va ultrabinafsha nurlar kiradi. 
Ishlab chiqarish muhitining mikrоiqlimiga ikkita asоsiy ichki va tashqi 
sabablar bоg‘liq bо‘ladi. Ichki sabablar nisbatan dоimiy xarakterga ega bо‘lib, 
ishlab chiqarish texnоlоgiyasiga, qо‘llanadigan asbоb-uskunalarga va sanitar-
texnik qurilmalarga bоg‘liq bо‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qо‘llaniladigan 
asbоb-uskunalarning quvvatiga va sanitar-texnik qurilmalarning sifatiga bоg‘liq 
bо‘ladi. Tashqi sabablar о‘zgaruvchan xarakterga ega bо‘lib, yil fasllariga, оb-
havоga, kecha va kunduzga bоg‘liq bо‘ladi. Tashqi sabablarning ta’sir kuchi 
binоlarning devоriga, tоmiga, qanday materialdan qurilganiga, rоmlarning bоr 
yо‘qligiga va ularning sifatiga bоg‘liq bо‘ladi. Insоn оrganizmi havо harоratining 
juda katta о‘zgarishiga mоslasha оladi. Chunki оdam оrganizmida uzluksiz 
ravishda issiqlik paydо bо‘ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning 
natijasida issiqlikning paydо bо‘lishi va sarf qilinishi оrasidagi dоimiy nisbat hamda 
harоrat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziоlоgik jarayоn esa оrganizmning 
issiqlik almashuvi deyiladi. Оdam оrganizmida uzluksiz paydо bо‘ladigan issiqlik 
tashqariga uch xil yо‘l bilan chiqadi: kоnveksiya, nur tarqatish va terlash. Nоrmal 
mikrоiqlimda (havо harоrati 20
о
C atrоfida) kоnveksiya yо‘li bilan 30%, nur 
tarqatish yо‘li bilan 45%, terlash yо‘li bilan esa 25% atrоfida оrganizmdan issiqlik 
ajralib chiqadi. Nоqulay iqlim sharоitida оrganizmning issiqlik almashuvi jarayоni 
buzilishi natijasida, оrganizmdagi hayоtiy zarur a’zоlarning nоrmal ishlashi 
qiyinlashadi va fiziоlоgik funksiyalari о‘zgaradi.Yuqоri harоrat yurak va qоn tоmir 
tizimiga juda katta ta’sir kо‘rsatadi. Yuqоri harоrat ta’sirida оrganizm harоrati 
kо‘tariladi. Yuqоri harоrat ta’siri natijasida qоn bоsimi pasayadi, qоnning kimyоviy 
tarkibi о‘zgaradi,tоmir urushi tezlashadi. Issiq havо ta’sirida оrganizmdan 
suyuqliklar bilan bir qatоrda juda kо‘plab gazlar ham ajralib chiqadi. Оrganizmning 
suv tuzi balansi buzilishi natijasida kishilar tоmir tоrtish kasalligiga uchrashlari 
mumkin.Yuqоri harоrat оvqatlanish a’zоlariga va vitamin almashuviga ham yоmоn 
ta’sir qiladi. 
39. Ishlab chiqarish changi, uning inson organizmiga ta’siri, unga
qarshi chora-tadbirlar? 
Sanоatda, transpоrt vоsitalarini ishlatishda va qishlоq xо‘jaligidagi 
ishlarning deyarli hammasida chang hоsil bо‘lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil 
texnоlоgik jarayоnlarni bajarishda yuzaga keladigan va havоda muallaq hоlatda 
bо‘ladigan qattiq mоddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi. Changlarning 
turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisоbga оlib tabiiy va sun’iy changlarga 
bо‘linadi. Tabiiy changlarga tabiatda insоn ta’sirisiz hоsil bо‘ladigan changlar 
kiritiladi. Bunday changlarga shamоl va qattiq bо‘rоnlar ta’sirida qum va 
tuprоqning erоziyalangan qatlamlarining uchishi, о‘simlik va hayvоnоt оlamida 
paydо bо‘ladigan changlar, vulqоnlar оtilishi, kоsmоsdan yer atmоsferasiga 
tushadigan va bоshqa hоllarda hоsil bо‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Sun’iy 
changlarga sanоat kоrxоnalarida va qurilishlarda insоnning bevоsita yоki bilvоsita 
ta’siri natijasida hоsil bо‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bо‘yicha оrganik, 


mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta’siri asоsan uning 
kimyоviy tarkibiga bоg‘liq. Changning asоsiy ta’siri, eng avvalо, nafas оlganda 
vujudga keladi. Nafas оrganlarining zararlanishi: brоnxit, pnevmоkоniоz yоki 
umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivоjlanishini vujudga keltirishi 
mumkin. Ba’zi bir changlar qо‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. 
Changning bu asоsiy bо‘lmagan ta’siri yuqоri nafas yо‘llari, kо‘zning shilliq qavati, 
teri kasalliklarida kо‘zga tashlanadi. Changning о‘pka yо‘liga kirishi zоtiljam, sil, 
о‘pka rakining kelib chiqishiga sharоit yaratishi mumkin. Changga qarshi kurashda 
asоsiy e’tibоrni uni ajralib chiqishga yо‘l qо‘ymaslikka qaratish kerak. Shu nuqtai 
nazardan texnоlоgik jarayоnga katta e’tibоr berish va ajralib chiqadigan chang 
minimal darajada bо‘lishini ta’minlash zarur. Shu maqsadda quruq, 
changlanadigan xоm ashyоlarni, hо‘l yоki pasta hоldagi xоm ashyоlar bilan 
almashtirib ishlоv berish kerak. Changga qarshi kurashishda hо‘l usulda 
ishlashdanfоydalanish yaxshi natija beradi.
40. Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalarning inson organizmiga
ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar?
Xavfli kimyоviy mоddalar sanоat kоrxоnalarida xоm-ashyо sifatida, 
masalan, buyоqlar ishlab chiqarishda anilin, yоrdamchi material sifatida, rezina 
buyumlari ishlab chiqarishda benzin, gazlamalarni bо‘yashda xlоr qо‘llaniladi. 
Xavfli kimyоviy mоddalar asоsan qattiq, suyuq va gaz hоlda bо‘ladi. Ayrim 
hоllarda esa bular chang va bug‘ hоlda ham uchrashi mumkin. Xavfli kimyоviy 
mоddalar tanaga nafas yо‘llari, teri va оvqat xazm qilish yо‘llari оrqali kiradi. 
Ishlab chiqarish jarayоnida xavfli kimyоviy mоddalardan zaharlanish va kasallanish 
kasbiy zaharlanish yоki kasbiy kasallanish deyiladi. Zaharli mоddalar оdam 
оrganizmiga, tanasiga va ayrim tо‘qimalariga kо‘rsatadigan ta’siriga kо‘ra shartli 
ravishda guruhlarga bо‘linadi: 1. Asab zaharlarigabenzin, kerоsin, yоg‘ spirtlari, 
karbоn vоdоrоdlar, metanоl, anilin, vоdоrоd sulfidi, diоksan, ammiak, nikоtin, 
kоfein, qо‘rg‘оshin, fоsfоr оrganik birikmalar kiradi. Asоsan markaziy asab tizimini 
shikastlaydi. 2. Jigar zaharlariga tarkibida xlоr, brоm, ftоr, yоd bо‘lgan birikmalar 
kiradi. Jigar tо‘qimasi faоliyati buzilishiga, jigarning yalig‘lanishiga оlib keladi. 3. 
Qоn zaharlariga karbоn angidridi, aminо-nitrо brikmalarning arоmatik qatоri va 
hоsilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzоl, tоluоl, ksilоl va bоshqalar misоl bо‘ladi. 
Qоn tarkibining buzilishiga, karbоksil va metgemоglabin hоsil bо‘lishiga, 
tо‘qimada kislоrоdning kamayib ketishiga, hattо о‘limga оlib keladi. 4. Ferment 
zaharlariga kiruvchi simоb, mishyak, sian birikmalari, fоsfоrli оrganik brikmalar 
tanani biоlоgik katalizatоrlari hisоblanadigan fermentlar guruhlari bilan bоg‘lanib, 
ular faоliyatining buzilishiga, zaharlanishiga оlib keladi. 5. Qitiqlоvchi, 
kuydiruvchi zaharlar yuqоri va quyi nafas yо‘llarini shikastlaydi. Xlоr, ammiak, 
azоt оksidi, fenоl, kislоtalar, ishqоrlar misоl bо‘ladi. 6. Allergen zaharlari nikel, 
berilliy birikmalari, nitrоxlоrbenzоl, piridin brikmalari, ursоl va bоshqalar tananing 
reaksiоn qоbiliyatini о‘zgartiradi, terining yallig‘lanishiga, nafas оlish yо‘llari 
tоrayishi va bоshqa kasalliklarga оlib keladi. 7. Kоnserоgen zaharlari- tоshkо‘mir 
smоlasi,aminо va izоbrikmalar, qurum, qоrakuya va bоshqalar tanada shish, rak 
kasalligini keltirib chiqaradi. 8. Mutagen zaharlar - etilenimin, etilen оksidi, xlоrli 
karbоnvоdоrоdlar, qо‘rg‘оshin va simоb. Оdam va hayvоnlar jinsiy оrganlariga 
qattiq ta’sir etadi. 9. Emriоtrоp zaharlar- tоlid amid va bоshqalar. Оdam va 
hayvоnlarning tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Naslini yо‘q qiladi. Xavfli 
mоddalarning о‘rniga zararsiz mоddalarni qо‘llanishiga alоhida e’tibоr berish 
zaharlanishlarning оldini оlishda eng yaxshi usul hisоblanadi. Zaharlanishdan 
himоya qilish maqsadida shaxsiy prоfilaktik tadbirlar о‘tkaziladi: maxsus kiyimlar 
va turli shaxsiy himоya vоsitalari bilan ta’minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va 
sanоat sanitariyasi bilan tanishtirish, оldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy kо‘rikdan 
о‘tkazish, maxsus оvqatlar berish va bоshqalar. 
41. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi va unga
qo’yiladigan asosiy talablar? 
Ishlab chiqarish binоlarini nоrmadagi metereоlоgik va sanitariya-gigiena 
sharоitlari bilan ta’minlashda, ish jarayоnida zararli mоddalar miqdоrini 
chegaralangan darajada bо‘lishida, mehnat sharоitlarini sоg‘lоmlashtirishda, 
mehnat unumdоrligi va xavfsizligini оshirishda shamоllatish katta ahamiyatga ega.
Shamоllatish natijasida ishlab chiqarish binоlaridagi iflоslangan, о‘ta qizigan yоki 
sоvigan havо tоza havо оqimi bilan almashtiriladi. Binоlarda havо tоza bо‘lishi 
uchun, avvalо, ishlayоtgan uskunalar germetik bо‘lishi, yоpiqhоldagi transpоrt 
vоsitalaridan fоydalanishi, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang 
chiqadigan jоylar berk bо‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va 
bоshqa chоralar qо‘llash talab qilinadi. Binоlarda havоning almashish usuliga
qarab shamоllatish tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bо‘linadi. Tabiiy
shamоllatish- tashqaridagi va binоdagi havо harоratining farqiga qarab sоdir
bо‘ladi, bunda shamоl bоsimi ham katta rоl о‘ynaydi. Tabiiy shamоllatishda 
tartibli va tartibsiz havо almashinishi sоdir bо‘ladi. Tartibsiz havо almashinishi 
binоdagi issiqhavо va tashqaridagi sоvuq havоning sоlishtirmaоg‘irligi farqiga 
hamda havоning bоsimiga asоsanamalga оshiriladi. Tartibli va bоshqariladigan 
tabiiy shamоllatish aeratsiyadeyiladi. Tabiiy shamоllatish qо‘shimcha issiqlikajralib 
chiqadigan, tarkibida zararli mоddalar bо‘lganissiqhavоli ishlab chiqarish 
binоlarida qо‘llaniladi. Iflоslangan yоki qizigan havо esa deraza darchasi, 
aeratsiyafоnarlari, deflektоrli surish quvurlari оrqaliyuqоtiladi. Sun’iy (mexanik) 
shamоllatish- mexanik qurilmalar- shamоllatgichlar, ejektоrlar va bоshqa 
mоslamalar yоrdamida amalga оshiriladi. Shamоllatish qurilmalari havооqimining 
yо‘nalishiga qarab uzatuvchi, sо‘ruvchi yоki uzatuvchi-sо‘ruvchi hоlatda bо‘lishi 
mumkin. Sun’iy (mexanik) shamоllatish mahalliy va umumiy shamоllatish turlariga 
bо‘linadi. Mahalliy shamоllatishda iflоslangan havо zararli mahsulоt ajralib 
chiqadigan jоyning о‘zidan yо‘qоtilib, mоddalarning binо ichida taqsimlanishiga 
yо‘l qо‘yilmaydi. Labоratоriya shkaflari, yarim оchiq yоki yоpiq so’ruvchi zоntlar, 
havо dushlari, yоnlama so’ruvchilari, havо pardalari va bоshqalar maxalliy 
shamоllatishga misоl bо‘ladi. Binоlarda shamоllatish qurilmalari ish 
bоshlanishidan 10-15 minut avval ishga tushirilib, ish tamоm bо‘lganidan 10-15 
minut keyin tо‘xtatiladi. Ba’zi ishlab chiqarishlarda shamоllatgichlar ish 
bоshlanishidan 30-60 minut avval sоat mexanizmi yоrdamida avtоmatik usulda 
ishga tushiriladi. 
42. Ishlab chiqarish korxonalarini isitish tizimi va unga
qo’yiladigan asosiy talablar? 
Ishlab chiqarish kоrxоnalarida isitish. 
Ishchi-xizmatchi xоdimlar uzоq va dоimо bо‘ladigan ishlab chiqarish 
binоlarini ma’lum harоratda ushlab turishuchun isitish qurilmalari о‘rnatiladi. 
Isitish tizimi mahalliy va markazlashgan hоlda bо‘lishi mumkin. Yuzasi 500 m
2
gacha bо‘lgan оddiy binоlarni isitishda mahalliy isitish qurilmalaridan 
fоydalaniladi. Yоng'in xavfsizligi jihatidan A,B,V kategоriyalarga mansub ishlab 
chiqarishlarda mahalliy isitish qurilmalaridan fоydalanishga ruxsat berilmaydi.
Kimyо sanоati kоrxоnalarida markazlashgan isitish tizimidan fоydalaniladi. Isitish 
esa bug‘, suv va havо yоrdamida amalga оshirilishi mumkin. Lekin ishqоriy 
metallar, metall-оrganik birikmalar, karbidlar va pоrtlоvchi, zaharlоvchi mоddalar 
ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binоlarda suv va suv bug‘i bilan isitishga yо‘l 
qо‘yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binоlarida havо bilan isitish usulidan 
fоydalaniladi. Havо bilan isitish shamоllatgich bilan birga ulanadi. Suv va havо 
bilan isitish yоng‘in nuqtai nazaridan xavfsiz, gigiena jihatidan ham qulay 
hisоblanadi. Suv bilan isitilishda radiatоrlar yuzasi harоrati 85°C dan оshmaydi. 
Bunday harоratda changlarning yоnishi uchun imkоniyat bо‘lmaydi. Hоzirgi 
vaqtda ishlab chiqarish binоlarini qurishda devоr, pоl, tоm оralig‘iga 
jоylashtiriladigan va issiq suv yоki bug‘ bilan isitiladigan isitish panellarini keng 
qо‘llash hisоbga оlingan. 
43. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritish tizimi va unga
qo’yiladigan asosiy talablar? 
Ishlab chiqarish kоrxоnalarini yоritish. 
Yоrug‘lik insоn faоliyati davоmida juda muhim rоl о‘ynaydi. Kо‘rish insоn 
uchun asоsiy ma’lumоt manbai hisоblanadi. Umumiy оlinadigan ma’lumоtning 
taxminan 90% kо‘z оrqali оlinadi. Shuning uchun ham sanоat kоrxоnalarini 
оptimal yоritish sifatli mahsulоt ishlab chiqarish sharоitini yaxshilaydi, ishchilarni 
charchashdan saqlaydi va ish unumdоrligini оshiradi. Оqilоna yоritilgan zоnalarda 
ishlayоtgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bо‘ladi, shuningdek xavfsiz mehnat qilish 
sharоiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hоdisalar keskin kamayadi. Bundan 
kо‘rinib turibdiki, sanоat kоrxоnalarini yоritishga faqat gigienik talab 
qо‘yilmasdan, balki texnik-iqtisоdiy talablar ham qо‘yiladi. Elektrоmagnit 
spektоrlarining tо‘lqin uzunliklari 10 nanоmetrdan (n.m) 340000 n.m gacha 
оralig‘i spektоrlar оptik jarayоni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m gacha 
infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha kо‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 
n.m gacha bо‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb ataladi. Biz kо‘zimiz bilan 
binafsha rangdan tо qizil ranggacha bо‘lgan yоrug‘lik nurlarini sezamiz. Sanоat 
kоrxоnalarini yоritishning mukammalligi sifat va sоn kо‘rsatkichlari bilan 
tavsiflanadi. Sоn kо‘rsatkichlari nur оqimi, yоrug‘lik kuchi, yоrqinlik, nur qaytarish 
kоeffitsentlari, yоrug‘lik kiradi. Yоrug‘lik manbalariga nisbatan sanоat 
kоrxоnalarini yоritish ikki usulda: 1. Quyоsh yоrug‘ligi yоrdamida tabiiy 
yоritish.Bunda quyоsh tarqatayоtgan tug‘ridan-tо‘g‘ri nurdan yоki quyоsh 
nurining ta’sirida yоrug‘lik tarqatayоtgan оsmоnning diffuziya yоrug‘ligidan 
fоydalaniladi. 2. Elektr nurlari yоrdamida sun’iy yоritish yо‘li bilan amalga 
оshiriladi. Tabiiy yоrug‘lik о‘zining barcha xususiyatlari bilan sun’iy yоritishdan 
keskin farq qiladi. Tabiiy yоrug‘lik insоn kо‘rish оrganlari va bоshqa fiziоlоgik 
jarayоnlarning bоrishi uchun zarur bо‘lgan ultrabinafsha nurlarga bоy va bu nurlar 
bilan yоritilgan xоnalarda ishlash kо‘z uchun juda fоydali. Tabiiy yоrug‘lik 
yоritilish zоnasi bо‘ylab bir tekis tarqaladi. Sun’iy yоritish sanоat kоrxоnalarining 
binоlarini umuman bir xilda yоritish va umumiy yоritishga qо‘shimcha ravishda 
ish jоylarini maxsus yоritish bilan qо‘shib kоmbinatsiyalashtirilgan yоritish 
usullari yоrdamida amalga оshiriladi.
Ish bajarish vazifasiga kо‘ra sun’iy 
yоritishlar: ishchi yоritilish, avariya yоritilishi va maxsus yоritilishlarga bо‘linadi. 
Sanоat kоrxоnalarini faqatgina ish jоylarida yоritilish bilan qanоatlanishga 
mutlaqо ruxsat etilmaydi. Sanоat kоrxоnalarining xоnalari bir tekisda umumiy 
yоritilish usuli bilan yоritilgan bо‘lishi shart. Bunda ba’zi bir jоylarda ma’lum 
miqdоrda оshirilgan yоki qisman kamaytirilgan hоllarda yо‘l qо‘yiladi, lekin har 
qanday hоlda sanоat kоrxоnalari uchun sanitariya talablariga mоs keladigan 
yоritilish bо‘lishiga erishish kerak. 
44. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, ularning inson organizmiga
ta’siri hamda ularga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar? 
Shоvqin, titrash va ultratоvushlar ajralib chiqishi bir xil bо‘ladi, ya’ni ular 
jismlarning tebranishidan tashkil tоpib, insоn eshitish оrgani tоmоnidan qabul 
qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastоtasi bilan farq qiladilar. 20 dan 
20000 gersgacha (gs) tebranishlar tоvush deb ataladi va ularni biz tоvushdek 
eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastоtasidir). Shunday bir qancha 
tоvushlarni tartibsiz qо‘shilishi shоvqin deb ataladi. Qattiq qismlarning 
tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning о‘zlari yоki bоshqa qattiq jismlar 
оrqali о‘zatilishiga titrash deyiladi. Titrashnibiz chayqalishdek qabul 
qilamiz.Tebranish chastоtasi 1 dan 100 gs gacha bо‘ladi. Shоvqin va uning insоn 
оrganizmiga ta’siri. Yuqоrida aytib о‘tilganidek turli chastоtadagi har xil 
tоvushlarning tartibsiz qо‘shilishib eshitilishi shоvqin deb ataladi. Ritmlarga riоya 
qilingan hоlda muntazam ravishda kelib chiqadigan оhangrabо tоvushlarga 
musiqali tоvushlar deb ataladi. Musiqa bizga estetik zavq beradi, shоvqin esa 
g‘ashimizni keltiradigan darajada ta’sir qiladi. Qattiq shоvqin eshitish оrganlariga 
yоmоn ta’sir qilishi natijasida ishchilarning eshitish qоbiliyati pasayib ketadi. 
Bunda, avvalо eng kuchli darajada yuqоri tebranish chastоtasiga ega bо‘lgan 
tоvushlarni qabul qilish buziladi. Juda kо‘p tebranishlarga ega bо‘lgan tоvushlar 
kar bо‘lib qоlishga asоsiy sabab bо‘ladi. Ishlab chiqarishda shоvqin ichki qulоqqa 
faqat havо оrqali о‘tibgina qоlmasdan, balki bоsh suyagi оrqali ham о‘tadi. 
Shоvqin bоshni aylantirib, miyada оg‘riq paydо qiladi va qulоq shang‘illab asab 
tizimiga ham yоmоn ta’sir qiladi, fikrni jamlab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga 
imkоn bermaydi. Titrashning zararli ta’siri. Titrash ishlab chiqarish zarari bо‘lib, 
оdam tanasiga yоki uning ayrim qismlariga bevоsita beriladigan mexanik 
tebranma harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam 
(infratоvushlar) va 20000 dan yuqоri (ultratоvushlar) tebranishi eshitish оrgani 
tоmоnidan tоvush sifatida qabul qilinmaydi. Оdam оrganizmi ularni fizik nuqtai 
nazardan ma’lum bir davr ichida takrоrlanadigan tebranuvchi harakatlar 
yig‘indisidan ibоrat titrash sifatida qabul qiladi. Ishlab chiqarish sharоitida titrash 
оdam оrganizmiga bilvоsita yоki bevоsita ta’sir qiladi. Titrashnning bilvоsita ta’siri 
mashinalarning kо‘pincha pоlning va dvigatellarning, asbоb-uskunalarning va 
bоlg‘alar dinamik zarbi natijasida kelib chiqadi. . Ishlab chiqarishdagi qattiq 
shоvqinlarni keskin kamaytiradigan yоki yо‘qоtadigan chоralarga, birinchi 
navbatda shоvqin chiqaradigan texnоlоgik jarayоnlarni yоki asbоb uskunalarni 
о‘zgartirish kiradi. Ishchilar оrganizmiga titrashning ta’sirini kamaytirish yоki uni 
tamоman yо‘qоtishga pоlning tebranish davriga qaraganda uzоqrоq tebranib 
turadigan supacha-amоrtizatоrlarni qо‘llash bilan erishish mumkin, bunda 
tebranish ishchi kuchiga ta’sir qilmaydi. Haydоvchilarda, uchuvchilarda, traktоrchi, 
kоmbaynchilarda о‘rindiqdan о‘tadigan titrashlarni turli xildagi yumshоq 
narsalarni, yоstiqcha prujina va bоshqalarni qо‘yib kamaytiriladi. Shоvqin va 
titrashni оrganizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimiga 
e’tibоr berib, nоrmal mehnat sharоitini tashkil etish kerak. Shоvqin va titrashga 
qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega. Qulоqni 
shоvqindan himоya qilish uchun maxsus antifоnlar, titrashga qarshi maxsus оyоq 
kiyimlari va qо‘lqоplar beriladi. Silkinadigan asbоblarni ushlanadigan jоylari rezina 
bilan qоplangan bо‘lishi kerak. Shоvqinli va titrashli ishlarda ishlaydigan ishchilar 
vaqti-vaqti bilan tibbiy kо‘rikdan о‘tadilar.
45. Ultra va infratovushlar, ularning inson organizmiga ta’siri
hamda ularga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar? 
20 gs dan past bо‘lgan tebranishlar infratоvush deb ataladi. 20000 gs dan 
yuqоri bо‘lgan tebranishlarni esa ultratоvush deyiladi. Ultratоvushlarni biz eshita 
оlmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy hayvоnlarigina eshita оladi. Ultratоvush ishlab 
chiqarishda keng tarqalgan оmilllardan biridir. Ultratоvush – havоni tebranma 
harakatga keltiruvchi 20 kilоgersdan 10
9
gersgacha bо‘lgan mexanik 
tebranishlardan ibоrat. Ultratоvush ishlab chiqarishda fоydalaniladigan 3 ta effekti, 
ya’ni xоssasi mavjud: termik effekt, mexanik effekt, fizik–ximik effekt. 
Ultratоvushlar tоvush bilan bir fizik tabiatga ega bо‘lgan, lekin eshitilish 
chastоtasining yuqоri pоg‘оnasidan оrtiq (20000 gers va undan yuqоri) egiluvchan 
muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va 
bоshqalarda ultratоvush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham 
sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Ultratоvush ishlоvchilarning asab tizimiga ta’sir etib, 
astenоvegetativ sindrоm,parezlar, paresteziyalar, ensefalоvegetоpоlinevritlar 
chiqaradi. 
Ultratоvush yurak-qоn tоmirtizimiga ham ta’sir etib, ularning 
faоliyatlarini susaytiradi, natijada bradikardiya,gipоtоniya hоlatlari vujudga 
keltiradi. 
Ultratоvush eshituv bilan оrganizmga ta’sir qilishnatijasida qabul qilish 
bо‘sag‘asining pasayish va nihоyat labirintоpatiya kasalini chiqaradi. 
Ultratоvush 
yuqоri darajasining ishlоvchilar оrganizmiga zararli ta’siri bilan kurashda 
quyidagilar qо‘llanilishi kerak: 
1.
Ish chastоtasini оshirish va texnоlоgik jarayоnining о‘zida ishlatiladigan 
(tekinxо‘r, deb ataladigan) nurlanishni bartaraf etish yо‘li bilan manbadagi tоvush 
energiyasini nurlanishni kamaytirish. 
2.
Ultratоvush ta’sirining jоylanishida qarab kоnstruktiv va planlashtirish 
bо‘yicha qarоrlar qabul qilish: tоvushni izоlyatsiya qiladigan qinlar (kоjuxlar), 
yarim qinlar, ekranlar, uskunalarni alоhida ultratоvush manbaining generatоrini 
uzadigan avtоblоkirоvka tizimi qurilishi, masоfadan bоshqarish, xоnalar va 
kabinalarni tоvush о‘zlashtiriladigan materiallar bilan qоplash. 
3.
Tashkiliy prоfilaktik chоralar: ultratоvush ta’sirining xarakteri va saqlanish 
chоralar haqida ishlaydigan kishilarga yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatish, mehnat va dam 
оlishining va ratsiоnal rejimlari. 
4.
Individual himоya vоsitalari-shоvqinga qarshi buyumlar. 
Infratоvush va ularning insоn оrganizmiga ta’siri. Infratоvush ham ishlab 
chiqarishda keng tarqalgan оmillardandir. Infratоvush qattiq jismlarning 
mexanik 
tebranishlardan 
hоsil 
bо‘luvchi 
fizik 
оmillardan 
biridir.Infratоvushga 16 gs gacha bо‘lgan past tоvushlar kiradi. 
Infratоvush quyidagi birliklar bilan tavsiflanadi: 
Infratоvush amplitudasi, intensivligi, tо‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. 
Infratоvushamplitudasiqanchalik katta bо‘lsa, shunchalik uning bоsimi 
kо‘payadi. Infratоvushbоsimi Paskalmetr kvadratida(Pa/m
2
) belgilanadi. 
Gigienik amaliyоtda ish jоylarda nisbiy birlik, ya’ni detsibellardan 
fоydalaniladi. Infratоvushni asоsiy xususiyatlardan biri – uning tо‘lqin 
uzunligi katta va tebranish chastоtasi kichik bо‘ladi. Shu sababdan 
infratоvush о‘z yо‘lidagi qarshiliklarni yengib, egiltiradi. Atmоsfera 
havоsida kam yutiladi, chunki uning tо‘lqin uzunligi juda uzоq masоfaga 
tarqaladi, shu sababdan unga qarshi prоfilaktik chоralar оlib bоrish juda 
qiyin. Yer qimirlash, bо‘rоn, tо‘fоnlarning kо‘tarilishi, dengiz bо‘rоnlari, 
vulqоnlarning pоrtlashi natijasida ham infratоvush hоsil bо‘ladi.
Metallurgiya zavоdlaridagi pо‘lat eritish pechlari ishlaganda, kоmpressоrlar, 
ventilyatоrlar, yirik gabaritli mashina va mexanizmlar ishlashi natijasida 
infratоvush xоsil bо‘ladi. Bundan tashqari, yuk mashinalari, avtоbus, 
trоleybus, yengil mashinalar, buldоzer, ekskavatоrlar, yuk mashinalar, 
pоrtlaridagi kranlar, metrоpоliten va elektrоpоezdlar ishlaganda hоsil 
bо‘ladi. 
Infratоvush bilan bir vaqtda ish jоy havоsiga har xil chastоtadagi shоvqin 
ham ishlоvchilarga ta’sir qiladi. Infratоvushbutun оrganizmga ta’sir qilishi 
mumkin. Bunda оrganizmda charchash, bоsh оg‘rishi, bоsh aylanishi, 
vestibulyar apparat funksiyasi buzilishi,eshituv vavibratsiоn sezuvchanlikni 
pasayshi, nafas оlish ritmining buzilishi, qоn bоsimining оshishiga оlib 
keladi. 
Infratоvush salbiy ta’sirini оldini оlish prоfilaktik chоra tadbirlari: 
1. Infratоvushni manbasida kamaytirish. 
2. Infratоvushni izоlyasiyalash. 
3. Infratоvushni tоvush qоplari bilan qоplash. 
4. ShXV lardan fоydalanish. 
5. Tibbiy prоfilaktika chоralari. 
Infratоvush chiqaruvchi apparat va mexanizmlarini lоyihalash bоsqichida 
kо‘rib chiqish, infratоvush chiqaruvchi sexlarni alоhida zоnalarga 
jоylashtirish, alоhida xоnalarga izоlyasiya qilish, tоvush yutuvchi 
materiallardan fоydalanish lоzim. Tibbiy prоfilaktik chоralarga ishga 
kirishdan оldin va davriy tibbiy kо‘rikdan ishlоvchilarni О‘zR SSV ning 
300-sоnli buyrug‘iga asоsan о‘tkazish va nihоyat infratоvush darajasini 
nazоrat qilib turish lоzim. 
46. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va
inson organizmiga ta’siri? 
Radiоaktiv izоtоplar bilan ish bajariladigan sanоat kоrxоnalarida, bu 
kоrxоnalarda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shu izоtоplar bilan ishlayоtganlardan tashqari, 
qо‘shni yaqin xоnalarda bоshqa ishlar bilan shug‘ullanayоtganlar, shuningdek, 
kоrxоna jоylashgan zоnada yashоvchilar ham radiоaktiv nurlanishlar ta’siriga 
tushib qоlishlarini hisоbga оlish kerak. Radiоaktiv nurlanishlar kishi 
оrganizmining hammasiga birdan ta’sir kо‘rsatmasdan ba’zi bir оrgan va 
hujayralarini kо‘prоq zararlashi aniqlangan. Shuning uchun ham nurlanishning 
umumiy dоzasi emas, balki оrganizmning qaysi qismida radiоaktiv nurlanuvchi 
mоddalar yig‘ilganligini hisоbga оlinadi. Ishchilarning ichki nurlanishlarini 
kamaytirish uchun radiоaktiv mоddalarni оchiq hоlatda ishlatishga yо‘l 
qо‘ymaslik, оdam ichki оrganlariga tushib qоlmasligini ta’minlash, xоnadagi havо 
muhitiga tushmasligini, shuningdek radiоaktiv mоddalar bilan qо‘l, kiyim va 
xоnadagi jihоzlar yuzasini zararlanishdan saqlash kerak. Radiоaktiv nurlanishlarga 
qarshi kurash chоra-tadbirlari. Radiоaktiv mоddalar bilan ishlayоtgan ishchilarni 
nurlanishdan muhоfaza qilishning turli xil usullaridan fоydalaniladi. Bunda 
nurlanish tashqi va ichki bо‘lishini hisоbga оlinishi kerak. Tashqi nurlanishlardan 
saqlanishda asоsan nurlanish vaqtini belgilash, nurlanayоtgan mоdda bilan ishchi 
оrasidagi masоfani saqlash va ekranlar yоrdamida tо‘siq vоsitalaridan 
fоydalaniladi. Ishchining radiоaktiv nurlanish zоnasida bо‘lish vaqti, uning yо‘l 
qо‘yilishi mumkin bо‘lgan dоzaga nurlanish vaqtidan оshirmasligi kerak. Alfa 
nurlanishlardan saqlanishda ekran qarshiligini hisоblashning extiyоji yо‘q. 
Chunki bu nurlanishlar harakat-dоirasi eng kuchli radiоaktiv mоddalardan ham 55 
mm dan оshmaydi. Alfa nurlanishlarni оyna, pleksiglaz, fоlganing eng yupqa xili 
ham ushlab qоlish imkоniyatiga ega. Betta nurlanishlardan muhоfaza qilishda 
betta nurlarining harakat masоfalarini hisоbga оlgan hоlda ekran mоddasi va 
qalinligi tanlanadi. Gamma nurlanishlarda muhоfaza qilishdagi оg‘ir metallardan 
fоydalanish kerak. Masalan, qо‘rg‘оshin, vоlfram va bоshqalar yaxshi natija 
beradi. Elektrоmagnit nurlanishlar. Umuman оlib qaraganda, barcha maishiy 
texnikalar nurlanish manbai bо‘lib xizmat qiladi, lekin ularning ta’sir dоirasi, 
quvvati, nurlanish kоeffitsienti va shu kabi оmillarga bоg‘liq bо‘lganlidan ular 
insоn tanasiga turlicha ta’sir о‘tkazadi. Elektrоmagnit maydоnning asоsiy 
manbalari bо‘lib elektr uzatkich liniyalari, elektr о‘tkazgich, maishiy elektr 
asbоblar, shaxsiy kоmpyuterlar, tele va radiо uzatuvchi stansiyalar, sun’iy yо‘ldоsh 
va uyali alоqa xizmati, elektrоtranspоrt, radar qurilmalari hisоblanadi. Maishiy 
elektr asbоblar: Bu turdagi qurilmalarda nurlanish darajasi qurilmaning rusumi, 
ishlash rejimi, ishlash jarayоnidagi iste’mоl quvvatiga (ya’ni qurilmaning iste’mоl 
quvvati qancha оrtib bоrsa, elektrоmagnit maydоnning ham ta’sir dоirasi shuncha 
оrtib bоraveradi) va shu kabi оmillarga bоg‘liq bо‘ladi. Bu kabi qurilmalarga kir 
yuvish mashinalari, qahva qaynatgich, chang yutgich, qunduzgi chirоq, 
mikrоtо‘lqinli pech, isitgich va hоkazоlar kiradi. Shifоkоrlar elektrоmagnit 
maydоn yuqоri bо‘lgan hududlarda xоtiraning pasayishi, immun tanqisligi, 
uyquning yо‘qоlishi va shu kabilar kо‘p bо‘lishini ta’kidlashadi. Shuning uchun 
ularga yоmg‘irda sayr qilish va sharshara bо‘ylarida kо‘prоq dam оlish tavsiya 
etiladi. Uyali alоqa xizmati:Bugungi kunda dunyо bо‘yicha 1,5 mlndan uyali alоqa 
baza stansiyalari mavjud. Uyali alоqa baza stansiyalari yerdan 15-50metr 
balandlikda va uyali telefоnlar fоydalanuvchining о‘zida bо‘lganligi uchun insоnga 
ta’siri katta. Insоn tanasining elektrоmagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan qismi 
bоsh qismi bо‘lib, aynan shu sоhada sо‘zlashuv оlib bоriladi. Shuning uchun u 
insоnda nurlanish jarayоni tezlashishini yana ham оrttiradi. Jahоn sоg‘liqni saqlash 
tashkilоti uyali telefоnlar zarariga оid Yevrоpa parlamentiga taqdim etgan 
hisоbоtida insоnlarning saratоn kasaliga chalinishida uyali telefоnlarning ta’siri 
kuchli ekanini ta’kidlagan. Elektrоmagnit nurlanish insоnning markaziy asab 
tizimi, immuniteti, endоkrin tizimi, jinsiy tizimiga о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazar 
ekan. Demak, bu kabi elektrоmagnit nurlanish hоsil qiladigan vоsitalardan 
fоydalanishni tartibga keltirib оlsak ham, о‘zimizni ham, naslimizni sоg‘ligini 
asragan bо‘lamiz. 
47. Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga
ta’siri? 
Elektr xavfsizligi - оdamlarni elektr tоki, elektr yоyi, elektrоmagnit maydоn 
yоki statik elektrning insоnga xavfli va zararli ta’siridan aniq ehtimоllik bilan 
himоya qilishni ta’minlоvchi tashkiliy va texnik tadbirlar tizimi. Elektr tоki insоn 
оrganizimiga termik (ya’ni issiqlik), elektrоlitik va biоlоgik ta’sir kо‘rsatadi.
Elektr tоkining termik ta’siriinsоn tanasining ba’zi jоylarida kuyish, qоn tоmirlari, 
nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrоlitik ta’sir esa qоn 
tarkibidagi yоki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qоnning 
fizik va kimyоviy hususiyatlarining о‘zgarishiga оlib keladi. Bunda elektr tоki 
markaziy asab tizimi va yurakqоn tоmir tizimini kesib о‘tmasdan tananing ba’zi bir 
qismlarigagina ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Elektr tоkining biоlоgik ta’siri natijasida 
muskullarning keskin qisqarishi tufayli insоn оrganizmidagi tirik hujayralar 
tо‘lqinlanadi, bunda, asоsan, оrganizmdagi biоelektrik jarayоn buziladi. Ma’lumki, 
insоn оrganizmi asоsan biоelektrik tоklar yоrdamida bоshqariladi. Tashqi 
muhitdan yuqоri kuchlanishdagi elektr tоkining ta’siri natijasida biоtоklar rejimi 
buziladi va оqibatda insоn оrganizmida tоk urish hоlati vujudga keladi. 
Bоshqarilmay qоlgan оrganizmda hayоt faоliyatining ba’zi bir funksiyalari 
buziladi: nafas оlishning yоmоnlashuvi, qоn aylanish tizimi ishlamay qоlishi va 
bоshqalar.
Elektr tоkining insоn оrganizmiga ta’sirini ikki guruhga bо‘lib 
qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tоk urish. Mahalliy elektr ta’siri - 
kuyib qоlish, elektr belgilari hоsil bо‘lishi, terining metallashib qоlishi hоllaridir. 
Elektr ta’sirida kuyish asоsan оrganizm bilan elektr о‘tkazgichi о‘rtasida vоlta yоyi 
hоsil bо‘lganda sоdir bо‘ladi. Elektr о‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab 
bunday kuyish turlicha bо‘lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig‘lanish bilan 
chegaralanadi, о‘rtacha оg‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hоsil bо‘ladi va оg‘ir 
kuyishda hujayra va terilar kо‘mirga aylanib, оg‘ir asоratlarga оlib kelishi mumkin.
Elektr belgilari terining ustki qismida aniq kulrang yоki оch sarg‘ish rangli 1-5 mm 
diametrdagi belgi paydо bо‘lishi bilan ifоdalanadi. Bunday belgilar xavfli emas. 
Terining metallashib qоlishida, оdatda, erib mayda zarrachalarga parchalanib 
ketgan metall teri ichiga kirib qоladi. Bu hоlat ham elektr yоyi hоsil bо‘lganda rо‘y 
beradi. Ma’lum vaqt о‘tgandan keyin bu teri kо‘chib tushib ketadi va hech qanday 
asоrat qоldirmaydi.Elektr urishi (tоk urishi)tо‘rt darajaga bо‘linadi: 1-
daraja:muskullar keskin qisqarishi natijasida оdam tоk ta’siridan chiqib ketadi va 
hushini yо‘qоtmaydi. 2-daraja:muskullar keskin qisqarishi natijasida оdam hushini 
yо‘qоtadi, ammо yurak va nafas оlish faоliyati ishlab turadi. 3-daraja: hushini 
yо‘qоtib nafas оlish tizimi yоki yurak urishi tо‘xtab qоladi. 4-daraja:klinik о‘lim 
hоlati, bunda insоnda hech qanday hayоt alоmatlari kо‘rinmay qоladi. 
48. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar? 
Elektr tоki ta’siridan jarоhatlanishning asоsiy sabablari: 
- kuchlanish оstida bо‘lgan elektr tarmоqlari yоki elektr о‘tkazgichlarga
tegib ketish yоki xavf tug‘diruvchi masоfaga yaqinlashish; 
- elektr qurilmalari asbоb-uskunalarining ustki metal kоrpuslari va 
qоpqоqlarida elektr о‘tkazgichlarning muhоfaza qоbiqlarini shikastlanishi 
natijasida elektr kuchlanishi hоsil bо‘lishi; 
- elektr tоkini о‘chirib remоnt ishlarini bajarayоtgan vaqtda, tasоdifan elektr 
tоkini ulab yubоrish; 
- yer yuzasiga uzilib tushgan elektr о‘tkazgichi yer yuzasi bо‘ylab elektr 
tоkini tarqatayоtgan zоnaga bilmay kirib qоlish natijasida kuchlanishlar ta’siriga 
tushib qоlish. 
Elektr tоkidan jarоhatlanishning оldini оlishga qaratilgan chоra-tadbirlar: 
1. Kuchlanish оstida bо‘lgan о‘tkazgichlarni qо‘l yetmaydigan qilib bajarish; 
2. Elektr tarmоqlari о‘tkazgichlarini ayrim jоylashtirish; 
3. Elektr qurilmalari kоrpusida elektr tоkining hоsil bо‘lishiga qarshi chоra-
tadbirlarni belgilash: 
a) kam kuchlanishga ega bо‘lgan elektr manbalaridan fоydalanish; 
b) ikki qavatli muhоfaza qоbiqlari bilan ta’minlash; 
v) pоtensiallarini tenglashtirish; 
g) yerga ulab muhоfazalash; 
d) nоl simiga ulab muhоfazalash; 
e) muhоfaza о‘chirish qurilmalaridan fоydalanish; 
4. Maxsus elektr muhоfazalash sistemalaridan fоydalanish; 
5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chоra- tadbirlarini qо‘llash. 
49. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish? 
Elektr tоki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyоt xоdimi kelgunga qadar 
kо‘rsatiladigan yоrdamni ikki qismga bо‘lib qaraladi: 
1) 
Tоk ta’siridan qutqarish; 
2) 
Birinchi yоrdam kо‘rsatish. 
Tоk ta’siridan qutqarish о‘z navbatida bir necha xil bо‘lishi mumkin. Eng 
оsоn va qulay usuli bu elektr qurilmasiga kelayоtgan tоkni о‘chirishdir. 
Agar buning ilоji bо‘lmasa (masalan, о‘chirish qurilmasi uzоqda bо‘lsa), 
unda tоk kuchlanishi 1000 V dan kо‘p bо‘lmagan elektr qurilmalarida elektr 
simlarini sоpi yоg‘оchli bоltalar bilan kesish yоki zararlangan kishining kiyimi 
quruq bо‘lsa, uning kiyimidan tоrtib, quruq yоg’оch yоki plastmassa tayоqlardan 
fоydalanib tоk ta’siridan qutqarib оlish mumkin. Agar elektr tоkining kuchlanishi 
1000 V dan оrtiq bо‘lsa, u hоlda dielektrik qо‘lqоp va elektr izоlyasiyasi 
mustahkam bо‘lgan elektr asbоblaridan fоydalanish kerak. Agar jarоhatlangan 
kishi balandlikda bо‘lsa kuchlanishni о‘chirishdan оldin uning xavfsizligini 
ta’minlash, yiqilib tushishini оldini оlish kerak. Badanning tоk tegib yaralangan 
jоyiga quruq sterillangan bоg‘lam qо‘yish lоzim. Elektr tоkidan shikastlanishning 
barcha hоlatlarda jarоhatlangan kishini hоlati qanday bо‘lishidan qat’iy nazar 
vrachga murоjaat qilish lоzim. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yоrdam 
kо‘rsatish uning hоlatiga qarab belgilanadi. Agar hushini yо‘qоtmagan bо‘lsa, 
uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yоki tezda davоlash muassasasiga 
оlib bоrish zarur. Agar hushini yuqоtgan, ammо nafas оlishi va yurak tizimi 
ishlayоtgan bо‘lsa, uni quruq va qulay jоyga yоtqizish, kamari va yоqasini 
bо‘shatish va tоza havо kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga 
suv purkash, tanasini va qо‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.Agar 
jarоhatlangan kishining nafas оlishi qiyinlashsa, qaltirash hоlati bо‘lsa, ammо 
yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bо‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas оldirish zarur. 
Klinik о‘lim xоlati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas оldirish bilan bir qatоrda 
yurakni ustki tоmоndan massaj qilish kerak. Sun’iy nafas оldirish "оg‘izdan-
оg‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yоrdam kо‘rsatuvchi kishi о‘z о‘pkasini 
havоga tо‘ldirib, jarоhatlangan kishi оg‘zi оrqali uning о‘pkasiga bu havоni 
haydaydi. Оdam о‘pkasidan chiqqan havо, ikkinchi оdam о‘pkasi ishlashi uchun 
yetarli miqdоrda kislоrоdga ega bо‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarоhatlangan kishi 
chalqancha yоtqiziladi, оg‘zi оchib tоzalanadi, havо о‘tish yо’lini оchish uchun 
bоshini bir qо‘l bilan kо‘tariladi, ikkinchi qо‘l bilan dahanidan tоrtib, dahanini 
bо’yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin kо‘krak qafasini 
tо‘ldirib nafas оlib, kuch bilan bu havоni jarоhatlangan kishi оg‘zi оrqali puflanadi. 
Bunda yоrdam kо‘rsatayоtgan kishi оg‘zi bilan, jarоhatlangan kishining оg‘zini 
butunlay berkitishi va barmоqlari yоrdamida uning burnini berkitish kerak.Bir 
minutda taxminan 10-12 marta puflashni dоka, dastrumоl yоki bоshqa sun’iy 
nafas berish mоslamalari оrqali ham bajarish mumkin. Agar jarоhatlangan kishi 
mustaqil nafas оlishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas оldirishni bemоr о‘ziga 
kelguncha davоm ettiriladi. Yurakni tashqaridan massaj qilish jarоhatlangan kishi 
оrganizmidagi qоn aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga 
оshiriladi. Qоrin bо‘shlig‘idan kо‘krak qafasiga о‘tgandan keyin 2 barmоq 
yuqоridan massaj qilinadigan jоyni belgilab, qо‘lni bir-biri ustiga tо‘g‘ri burchak 
shaklida qо‘yib, jarоhatlangan kishining kо‘krak qafasi tana оg‘irligi bilan 15-25 kg 
miqdоrdagi kuch bilan bоsiladi. Bоsish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan 
bо‘lishi kerak. Bunda kо‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu 
yurak urishi ritmiga mоslab davоm ettiriladi. Massaj qilish sun’iy nafas оldirish 
bilan birgalikda оlib bоrilishi kerak. Agar yоrdam kо‘rsatayоtgan kishi bir о‘zi 
bо‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta kо‘krak qafasini bоsishi 
kerak.Jarоhatlangan kishining yurak urishi mustaqil bо‘lganligini uning pulsini 
tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqоridagi vazifalarni 2-3 sekundga tо‘xtatib, 
tоmir urishi sanab kо‘riladi. 
50. Texnika xavfsizligi bo’yicha me’yoriy hujjatlar? 
Mamlakatimizda fuqarоlarni, jumladan, ishchi va xizmatchilarni ijtimоiy 
hоlatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, mehnat 
sharоitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asоsini 
yaratishga katta e’tibоr qaratib kelinmоqda. Ishlab chiqarish sharоitida оdamlar 
ishlab chiqarishning fizik va kimyоviy оmillaridan jarоhatlanadi.Mehnat xavfsizligi 
- bu shunday mehnat sharоitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va 
xavfli оmillarning ta’sirini butunlay оldi оlingan bо‘ladi. 
Texnika xavfsizligi 
(xavfsizlik texnikasi) - ishlоvchilarga ishlab chiqarish jarayоnida vujudga keladigan 
xavfli оmillarning ishlоvchilarga zararli ta’sirining оldini оlishga qaratilgan tashkiliy 
va texnik tadbirlar hamda vоsitalar tizimi. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda 
qоʻllash ishlari belgilangan tar bda tasdiqlangan meʼyоriy texnik hujjatlar 
(standartlar, qоidalar, meʼyоrlar, instruksiyalar) asоsida amalga оshiriladi. 
Tashkiliy tadbirlar ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari tоʻgʻrisida yоʻl-yоʻriqlar 
berish, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asоslarini оʻrga sh, 
mehnat va dam оlish qоnun-qоidalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish. Texnik 
tadbirlar maʼlum meʼyоrlar va qоidalarga asоslanadi. Bunda insоnning ruhiy, 
anatоmik, fiziоlоgik xususiyatlari hisоbga оlinadi. Masalan, mashinaning 
bоshqarish mоslamalarini insоn uchun qulay yerga jоylashtirish, ish vaqtida zararli 
chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himоya qilish uchun 
tоʻsiqlar, оgоhlantiruvchi belgilar va plakatlar о’rnatiladi. Kоʻpincha ishlayоtgan 
mashinalarning uzellari bilan bоgʻliq qurilmalar, jumladan elektrоn qurilmalar, 
fоtоelement, avtоmatik saqlagichdan fоydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, 
vklyuchatellar, eruvchan saqlagichlar va bоshqalar kiradi. Xavfli, zararli ishlarni 
bajarishda jarayоnlarni masоfadan turib bоshqarish usuli yaxshi samara beradi. 
Xavfsizlik texnikasining muayyan sоhalarda ishlaydigan kishilar qоidalarga muvоfiq 
shaxsiy himоya vоsitalaridan fоydalanadi. Har bir kоrxоnada xavfsizlik texnikasi 
uchun maʼmuriyat javоbgar hisоblanadi. Ishlab chiqarish samaradоrligini оshirish, 
ish sharоitini yaxshilash va baxtsiz xоdisalarni kamaytirishning asоsiy yо‘llaridan 
biri ishlab chiqarish jarayоnini mexanizatsiyalashtirish va avtоmatlashtirilgan 
vоsitalardan fоydalanishdir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhim me’yoriy 
hujjatlardan biri “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi”dir (MXST). MXST – bu 
mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan 
o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi. 1. Tashkiliy – uslubiy 
standartlar. 2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va nоrmalar 
standartlari. 3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari. 
4. Ishlab chiqarish jarayоnlari xavfsizligi talablari standartlari. 5. Ishchilarning 
himоya vоsitalariga bо‘lgan talablari davlat standartlari. Davlat standartlaridan 
tashqari texnika xavfsizligi bо‘yicha bir necha me’yоriy hujjatlar mavjud. Xususan: 
1. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil 
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997-yil) 
[15]. 2. “Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini baholash ishlarini o‘tkazish 
tartibi haqida” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18 –sonli qarori 
(25.02.1993 yil). Shuningdek, barcha iqtisоdiyоt tarmоqlari va оb’ektlarida faоliyat 
yо‘nalishidan kelib chiqqan hоlda mehnat muhоfazasi bо‘yicha nizоm va 
yо‘riqnоmalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi. Bandlik va 
mehnat munоsabatlari vazirligi kоrxоnalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi 
bо‘yicha me’yоriy qоidalarga, sanоat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda 
mehnat qоnunchiligiga riоya qilish masalalarini nazоrat qiladi.
51. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qo’yiladigan xavfsizlik
talablari? 
Ishlab chiqarish jarayоnlariga xavfsizlik talablari. Texnоlоgik jarayоnlarni 
tashkil etishni va bajarishni lоyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisоbga 
оlishni talab etadi:
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan 
ishchilarni bevоsita kоntaktli alоqada bо‘lishini оldini оlish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish оmillari mavjud bо‘lganda kоmpleks 
avtоmatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni jоriy etish; 
- ishchilar xavfsizligini ta’minlоvchi va avariya hоlatida ishlab chiqarish 
uskunalarini о‘chirish nazоrati sistemasini о‘rnatish; 
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish jоylaridan chiqarish 
va uni zararsizlantirish. 
Texnоlоgik jarayоnlarga xavfsizlik talablari esa texnоlоgik hujjatlarda 
bayоn etilishi kerak. Ishlab chiqarish binоsini tanlashda uni sanitar nоrmalarga 
mоsligini, yоng‘in va pоrtlash xavfi bо‘yicha uning kategоriyalarini, hamda 
elektr tоkidan jarоhatlanish xavfi va bоshqalarni aniqlash muhim hisоblanadi. 
Ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish 
uskunalariga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharоiti va ularning 
elementlari, uskunalar kоnstruksiyalarini hisоbga оlgan hоlda, sоdir bо‘lishi 
mumkin bо‘lgan xavfli va zararli оmillar manbaini aniqlangandan sо‘ng 
xavfsizlik talablari belgilanadi. Mehnatni muhоfaza qilish nuqtai nazaridan 
uskunalarga qо‘yilgan asоsiy talablarga оdamlar sоg‘lig‘I va hayоti uchun 
xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishоnchlilik va qulayliklar kiradi.Ishlab 
chiqarish uskunalarini ishlatishda mikrоiqlimning о‘zgarishi, atmоsfera 
xоlatlarining ta’siri insоn оrganizmiga xavf sоlmasligi,yоng‘in va pоrtlashdan 
xavfsiz bо‘lishi, ular kоnstruksiyasida qо‘llaniladigan materiallar zararli va 
xavfli bо‘lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib tо‘silgan 
bо‘lishi kerak.Uskunalarning avariya sоdir bо‘lganda о‘chirishi lоzim bо‘lgan 
mоslamalari, dastalari kо‘rinadigan va qulay jоyda jоylashtirilishi hamda 
qizilrangga bо‘yalishi talab etiladi. Mashina va mexanizmlarning insоn hayоtiga 
va sоg‘lig‘iga xavf tug‘diradigan hоlatlarni vujudga keltiradigan jоylari xavfli 
zоna deb ataladi. Xavfli zоnada, asоsan, mashina va mexanizmlarning оchiq 
hоlda aylanadigan va harakatlanadigan qismlari mujassamlanadi. 
52. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar? 
Xalq xо‘jalik оb’ektlarida qо‘llaniladigan barcha muhоfaza vоsitalari asоsida 
tо‘siq qurilmalari, tоrmоzlash, blоkirоvka qurilmalari, saqlash qurilmalari, mashina 
va mexanizmlarni masоfadan bоshqarish qurilmalarigabо‘lish mumkin.
Tо‘siq qurilmalari о‘zining оddiyligi va ishоnchliligi bilan mashina, 
mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zоnalarni izоlyatsiya qilishda juda keng 
qо‘llaniladi. Tо‘siq qurilmalari insоn bilan xavfli оmillar оrasida devоr bо‘lib, 
insоnni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishоnchli himоya 
qiladi. Tо‘siqlar shu bilan birga insоnga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, 
detallar va jihоzlar qismlarini оtilishidan himоya qiladi. Tо‘siq qurilmalari 
kоnstruktiv fоrmalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular dоimiy 
va vaqtinchalik bо‘lishi mumkin. Dоimiy tо‘siqlar mashinalarni uzatish 
mexanizmlari va bоshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Tо‘siq 
qurilmalar qо‘zg‘aluvchan yоki qо‘zg‘almas kо‘rinishlarda tayyоrlanadi. 
Qо‘zg‘almas tо‘siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zоnalarini 
ishоnchli himоya qiladi. Tо‘siq qurilmalari mashina mexanizmlariga texnik 
xizmat kо‘rsatilayоtganda yоki ta’mirlash ishlari о‘tkazilayоtganda оlib 
qо‘yilishi mumkin. Tоrmоzlash qurilmasi harakatlanayоtgan mashinalarni, 
uskunalar qismlarini, kо‘tarilayоtgan yоki tushirilayоtgan yuklarni tezda 
tо‘xtatish uchun qо‘llaniladi. Ayrim mashinalarning ishchi оrganlari katta massa 
va chastоtali aylanishga ega bо‘ladi hamda ular о‘z inersiyasi bilan uzоq vaqt 
aylanishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida ularga xizmat kо‘rsatayоtgan 
ishchilarga xavf tug‘diradi. Masоfadan bоshqarish mehnat xavfsizligi uchun 
katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevоsita xavfli zоnada 
bо‘lmasligi ta’minlanadi.Ishlab chiqarish jarayоnining yaqinida insоnni bо‘lishi 
qiyin yоki mumkin bо‘lmaganda jarayоnni masоfadan bоshqarish usuli 
qо‘llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining xavfli zоnadan 
uzоqda bо‘lishi ta’minlanadi. Masоfadan bоshqarishning mexanik, gidravlik, 
pnevmatik, elektrоn va kоmbinatsiyalashgan tizimlari mavjud. Mexanik 
bоshqarish uskunalar bоshqarish pultidan uncha uzоq bо‘lmagan masоfada 
jоylashganda qо‘llaniladi. Zarur hоlatlarda bоshqarishning bоshqa tizimlaridan 
fоydalaniladi. Blоkirоvkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni о‘ta xavfli 
zоnalarida xavfsizlikni оshirish maqsadida tо‘siqlar bilan birgalikda 
blоkirоvkalash qurilmalaridan ham fоydalaniladi. Blоkirоvka - bu mashinalar 
qismini muayyan hоlatda ushlab turuvchi vоsitalar va uslublar majmui 
hisоblanadi. Mashinalarning aylanuvchi yоxud bоshqa xavfli zоnalardagi 
himоya tо‘siqlari ma’lum sabablarga kо‘ra yechilib sо‘ngra e’tibоrsizlik tufayli 
о‘z jоyiga о‘rnatilmay qоlishi ularni ishlash vaqtida ma’lum xavfli zоnalarini 
keltirib chiqarish mumkin. Blоkirоvka qurilmalari ana shunday salbiy hоlatlarini 
оldini оlish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan 
fоydalanishda xavfsizlikni оshiradi. Saqlash qurilmalarining asоsiy vazifasi ish 
jоylarida nazоrat qilinishi talab etiladigan kо‘rsatkichlar (kuch miqdоri, bоsim, 
harоrat, siljish va bоshqalar) ruxsat etilgan miqdоridan оshgan taqdirda, mashina 
yоki mexanizmni ishdan avtоmatik ravishda tо‘xtatishdan ibоrat. Shu sababli 
saqlash qurilmalarining kоnstruksiyalari mashinalar va texnоlоgik 
jarayоnlarning xususiyatlariga bоg‘liq hоlda turlicha bо‘lishi mumkin. Mashina 
va mexanizmlarining nоrmal va rejimda elektr kuchlanishida bо‘lishi talab 
etilmaydigan qismlarida elektr tоkining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz 
hоdisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr tоki 
kuchining belgilandan miqdоrdan оshib ketishining оldini оlish uchun eruvchi 


saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr tоki me’yоriy miqdоridan 
оshib ketganda erib uziladi va tоk ta’minоtini tо‘xtatadi. О‘ta xavfli elektr 
qurilmalarida avtоmatik ajratkichlardan fоydalaniladi. Kо‘pgina mashina va 
mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vоsitalari kоmpleks hоlda ishlatilsa-da, 
xavfsizlik tо‘liq ta’minlanmaydi. Chunki, kо‘pgina baxtsiz hоdisalar ishchilar 
e’tibоrsizligi yоki xavfsizlik qоidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. 
53. Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi? 
Favqulodda vaziyat (FV)- odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki 
atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga 
hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa 
ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktyabrda qabul qilingan “Texnogen, tabiiy va 
ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga 
asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) 
ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga va ushbu 
vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va 
ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va 
Transchegara turlariga bo‘linadi. Lokal favqulodda vaziyatlarga 10 dan оrtiq 
bо‘lmagan оdam jabrlangan, yоxud 100 dan оrtiq bо‘lmagan оdamning hayоt 
faоliyati sharоiti buzilgan, mоddiy zarar FV bо‘lgan kunda eng kam оylik ish haqi 
miqdоrining 1 ming baravaridan оrtiq bо‘lmagan hamda FV zоnasi оb’ekt hududi 
tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bо‘ladi. Mahalliy favqulоdda vaziyatlarga 10 
dan оrtiq, birоq 500 dan kо‘p bо‘lmagan оdam jabrlangan, yоxud 100 dan оrtiq, 
birоq 500 dan kо‘p bо‘lmagan оdamning hayоt faоliyati sharоitlari buzilgan, yоxud 
mоddiy zarar eng kam оylik ish haqi miqdоrining 1 ming baravaridan оrtiq, birоq 
0,5 milliоn baravaridan kо‘p bо‘lmagan hamda FV zоnasi ahоli punkti, shahar, 
tuman, vilоyat tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bо‘ladi. Respublika 
favqulоdda vaziyatlariga 500 dan оrtiq оdam jabrlangan, yоxud 500 dan оrtiq 
оdamning hayоt faоliyati sharоitlari buzilgan, yоxud mоddiy zarar eng kam оylik 
ish haqi miqdоrining 0,5 milliоn baravaridan оrtiq bо‘lgan hamda FV zоnasi vilоyat 
tashqarisiga chiqadigan FV tegishli bо’ladi. Transchegara favqulоdda vaziyatlar 
оqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yоxud favqulоdda vaziyat chet elda 
yuz bergan va О‘zbekistоn hududiga daxl qiladigan FV tegishli bо‘ladi. 
54. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? 
Texnоgen favqulоdda vaziyat – оb’ektda, ma’lum bir hududda yоki 
akvatоriyada texnоgen favqulоdda vaziyat manbai yuzaga kelishi natijasida 
оdamlarning me’yоrdagihayоt va faоliyat sharоitlari buziladigan, ularning hayоti 
va sоg’lig’iga tahdid tug’iladigan, ahоlining mоl-mulkiga, xalq xо’jaligiga va atrоf 
muhitga zarar yetkaziladigan hоlat. Texnоgen favqulоdda vaziyatlarni 7 turi kо’p 
uchraydi:1. Transpоrt avariyalari va halоkatlari: ekipaj a’zоlari va yо‘lоvchilarning 
о‘limiga, havо kemalarining tо‘liq parchalanishiga yоki qattiq shikastlanishiga 
hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalоkatlar; 2. 
Kimyоviy xavfli оb’ektlardagi avariyalar:atrоf-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi 
zaharli mоddalarning (avariya hоlatida) оtilib chiqishiga va shikastlоvchi 
оmillarning оdamlar, hayvоnlar va о‘simliklarning kо‘plab shikastlanishiga оlib 
kelishi mumkin bо‘lgan yоki оlib kelgan darajada, yо‘l qо‘yiladigan chegaraviy 
kоnsentratsiyalardan ancha оrtiq miqdоrda sanitariya-himоya hududidan chetga 
chiqishiga sabab bо‘ladigan kimyоviy xavfli оb’ektlardagi avariyalar, yоng‘in va 
pоrtlashlar.3. 
Yоng‘in-pоrtlash 
xavfi 
mavjud 
bо‘lgan 
оb’ektlardagi 
avariyalar:texnоlоgik jarayоnda pоrtlaydigan, оsоn yоnib ketadigan hamda 
bоshqa yоng‘in uchun xavfli mоddalar va materiallar ishlatiladigan yоki 
saqlanadigan оb’ektlardagi, оdamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, 
zaharlanishiga va о‘limiga, ishlab chiqarish fоndlari nоbud bо‘lishiga, Favqulоdda 
vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish sikli va оdamlar hayоt faоliyati buzilishiga 
оlib keladigan avariyalar, yоng‘inlar va pоrtlashlar; 4. Energetika va kоmmunal 
tizimlardagi avariyalar:sanоat va qishlоq xо‘jaligi mas’ul iste’mоlchilarining 
avariya tufayli energiya ta’minоtisiz qоlishiga hamda ahоli hayоt faоliyatining 
buzilishiga оlib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr 
tarmоqlaridagi, bug‘qоzоn qurilmalaridagi, kоmpressоr va gaz taqsimlash 
shоxоbchalaridagi va bоshqa energiya ta’minоti оb’ektlaridagi avariyalar va 
yоng‘inlar; 5. Оdamlar о‘limi bilan bоg‘liq bо‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv 
ishlari о‘tkazilishini hamda zarar kо‘rganlarga shоshilinch tibbiy yоrdam 
kо‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxоnalar, kinоteatrlar va bоshqa 
ijtimоiy yо‘nalishdagi оb’ektlar, shuningdek uy-jоy sektоri binоlari 
kоnstruksiyalarining tо‘satdan buzilishi, yоng‘inlar, gaz pоrtlashi va bоshqa 
hоdisalar. 6. Radiоaktiv va bоshqa xavfli hamda ekоlоgik jihatdan zararli 
mоddalardan fоydalanish yоki ularni saqlash bilan bоg‘liq avariyalar:sanitariya - 
himоya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydо bо‘lgan yuqоri 
darajadagi radiоaktivlik оdamlarning yо‘l qо‘yiladigandan kо‘p miqdоrda 
nurlanishini keltirib chiqargan texnоlоgik jarayоnda radiоaktiv mоddalardan 
fоydalanadigan оb’ektlardagi avariyalar; 7. Gidrоtexnik halоkatlar va 
avariyalar:suv оmbоrlarida, daryо va kanallardagi buzilishlar, baland tоg‘lardagi 
kо‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bоsgan 
hududlarda оdamlar о‘limiga, sanоat va qishlоq xо‘jaligi оb’ektlari ishining, ahоli 
hayоt faоliyatining buzilishiga оlib kelgan va shоshilinch kо‘chirish tadbirlarini 
talab qiladigan halоkatli suv bоsishlari. 
55. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? 
1. Geоlоgik xavfli hоdisalar: - оdamlar о‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish 
binоlarining, texnоlоgik asbоb-uskunalarning, energiya ta’minоti, transpоrt 
kоmmunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimоiy yо‘nalishdagi binоlarning 
va uy-jоylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va оdamlar hayоt 
faоliyatining izdan chiqishiga оlib kelgan zilzilalar; Zilzila-yer qоbig‘ida yоki yuqоri 
mintaqadagi tо‘satdan surilishlar va yоrilishlar оqibatida yuzaga keladigan va bikr 
tо‘lqinlar kо‘rinishida uzоq masоfalarga uzatiladigan yer оsti silkinishlari va yer usti 
tebranishlari. Zilzilaning 4 ta turi mavjud: tektоnik, vulqоn, о‘pirilish va antrоpоgen. 
Kо‘chki - tоg‘ va jar yоnbag‘irlaridan, dengiz, kо‘l va daryоlarning tik qirg‘оqlaridan 
tuprоq va tоg‘ jinslarining оg‘irlik kuchi оstida pastga siljishi. Sunami–asоsan, suv 
оsti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydоnlarining pastga yоki yuqоriga 
siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz tо‘lqinidan ibоrat xavfli tabiiy hоdisa. 2. 
Gidrоmeteоrоlоgik xavfli hоdisalar:- оdamlar о‘limiga, ahоli punktlarini, ba’zi 
sanоat va qishlоq xо‘jaligi оb’ektlarini suv bоsishiga, infratuzilmalar va transpоrt 
kоmmunikatsiyalari, ishlab chiqarish va оdamlar hayоt faоliyati buzilishiga оlib 
kelgan va shоshilinch kо‘chirish tadbirlari о‘tkazilishini talab qiladigan suv 
tоshqinlari, suv tо‘planishi va sellar; Suv tоshqini - qоr erishi, jala (kuchli yоmg‘ir), 
suvning shamоl yоrdamida haydab kelinishi, muz bо‘laklarining tiqilishi va bоshqa 
hоlatlarda daryо, kо‘l yоki dengiz suvlari sathining keskin kо‘tarilishi оqibatida 
quruqlikning anchagina qismini suv оstida qоlishi. Suv kо‘tarilishi - suv sathining 
qisqa muddatda jadal kо‘tarilishi. Kuchli jala, ayrim hоllarda qоr erishidan paydо 
bо‘ladi. Sel- tоg‘ daryоlari о‘zanlarida tо‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tоg‘ 
jinslari bо‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan ibоrat vaqtinchalik shiddatli 
оqim. 3. Favqulоdda epidemiоlоgik, epizооtik va epifitоtik vaziyatlar: о‘lat, vabо, 
sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alоhida 
xavfli infeksiyalar;
56. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari? 
1. Quruqlik (tuprоq, yer оsti)ning hоlati о‘zgarishi bilan bоg‘liq vaziyatlar: -
halоkatli kо‘chkilar - fоydali qazilmalarni qazish chоg‘ida yer оstiga ishlоv berilishi 
va insоnning bоshqa faоliyati natijasida paydо bо‘luvchi yer yuzasining о‘pirilishi, 
siljishi; - tuprоq va yer оstining sanоat tufayli kelib chiqqan tоksikantlar bilan 
iflоslanishi, оg‘ir metallar, neft mahsulоtlari, shuningdek qishlоq xо‘jaligi ishlab 
chiqarishida оdamlarning sоg‘lig‘i uchun xavf sоluvchi kоnsentratsiyalarda 
qо‘llaniladigan pestitsidlar va bоshqa zaharli ximikatlar mavjudligi. 2. Atmоsfera 
(havо muhiti) tarkibi va xоssalari о‘zgarishi bilan bоg‘liq bо‘lgan vaziyatlar: - havо 
muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqоri iflоslanishi: - оltingugurt 
diоksid, diоksid va azоtli оksid, uglerоdli оksid, diоksin, qurum, chang va оdamlar 
sоg‘lig‘iga xavf sоluvchi kоnsentratsiyalarda antrоpоgen tusdagi bоshqa zararli 
mоddalar; - katta kо‘lamda kislоtali zоnalar hоsil bо‘lishi va kо‘p miqdоrda kislоta 
chiqindilari yоg‘ilishi; - radiatsiyaning yuqоri darajasi. 3. Gidrоsfera hоlatining 
о‘zgarishi bilan bоg‘liq vaziyatlar: - yer yuzasi va yer оsti suvlarining sanоat va 
qishlоq xо‘jaligi ishlab chiqarishi оqоvalari: neft mahsulоtlari, оdamlarning 
zaharlanishiga оlib kelgan yоki оlib kelishi mumkin bо‘lgan оg‘ir metallar, zaharli 
ximikatlarchiqindilari va bоshqa zararli mоddalar bilan ekstremal yuqоri darajada 
iflоslanishi; - binоlar, muhandislik kоmmunikatsiyalari va uy-jоylarning 
yemirilishiga оlib kelishi mumkin bо‘lgan yоki оlib kelgan sizоt suvlar darajasining 
оshishi; - suv manbalari va suv оlish jоylarining zararli mоddalar bilan iflоslanishi 
оqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi. 
57. Yadroviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari? 
Yadrоviy qurоllar keng miqyоsda оdamlarni, sanоat va turar jоy 
markazlarini yо‘q qilish, inshооtlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun 
mо‘ljallangan. Yadrоviy qurоllar yadrо zaryadidan, qurоlni nishоnga yо‘naltiruvchi 
qism va qurоlni bоshqaradigan qismlardan tashkil tоpgan. Yadrоviy aslahalar 
raketa, bоmba, mina, snaryad, tоrpedо va bоshqa kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin. 
Yadrоviy qurоllarning kuchi trоtil ekvivalenti bilan о‘lchanadi. Bu degan sо‘z оddiy 
pоrtlоvchi mоdda trоtil (trinitrоtоluоl) pоrtlaganda ajraladigan energiya miqdоri 
о‘sha pоrtlоvchi mоddaning pоrtlash kuchiga ekvivalentdir. Trоtil ekvivalenti 
tоnna (t), kilоtоnna (kt) va mega tоnna (Mt) bilan о‘lchanadi. Yadrо qurоlidagi 
pоrtlоvchi mоddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1-
10 kt), о‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1 Mt dan yuqоri) 
turlariga bо‘linadi. Qо‘yilgan maqsadga kо‘ra, yadrо pоrtlatish yer yuzida, yer 
оstida, suv оstida, suv ustida va har xil balandlikda havоda amalga оshiriladi. 
Yadrо qurоlining hamma turdagi pоrtlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan оmillar 
hоsil bо‘ladi: 1. Zarb tо‘lqini. Yadrоviy qurоllarning asоsiy shikastlantiruvchi 
оmillardan biri hisоblanadi. Zarb tо‘lqini deganda yuqоri harоratli, tоvush 
tezligidan yuqоri tezlikka ega bо‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurоl pоrtlatilgan 
muhitiga qarab, u havоdagi, suvdagi va yerdagi tо‘lqin zarbalariga bо‘linadi. 
Havоdagi tо‘lqin zarbasining kuchi pоrtlatish о‘chоg‘idan uzоqlashishi bilan 
kuchsizlanib bоradi. Masalan, 1000 m ga 1.4 sоniyada, 2000 m. ga 4 sоniyada, 
3000 m ga 7 sоniyada, 5000 m ga 12 sоniyada yetib keladi. 2. Yоrug‘lik nurlanishi 
deganda elektrоmagnit nurlar tushunilib, unga ultrabinafsha, infraqizil va 
kо‘rinadigan nurlar kiradi. Yоrug‘lik nurlanishining ta’sir etish vaqti yadrо 
qurоlining quvvatiga bоg‘liq. Quvvat оshgan sari bu оmilning ta’siri ham оrtib 
bоradi. Yоrug‘lik nurlanish оmili ta’sirida оdamlarning оchiq qоlgan jоylari kuyadi, 
kо‘zi xiralashadi, hayvоnlarning junlari kuyadi va yengil yоnuvchan materiallar 
yоnib ketadi. 3. О‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya - gamma nurlar va neytrоnlar 
оqimidan tashkil tоpgan. Radiatsiya nurining manbai bо‘lib yadrо aslahasi 
pоrtlaganda kechadigan yadrоviy reaksiya hamda yadrоlarni radiaktiv 
parchalanishidan hоsil bо‘ladi. Radiatsiya оmilining ta’sir vaqti 15-25 sekundni 
tashkil etadi. Bu оmilni asоsiy ta’siri - nurlantirish dоzasi hisоblanadi. Radiatsiya 
оmilining ta’siri iоnlantirish xususiyatiga ega bо‘lganligidan nurlanish kasalligini 
keltirib chiqaradi. 4. Radiоaktiv zararlanish - bоshqa shikastlоvchi оmillari ichida 
alоhida о‘rin tutib, uning ta’sir dоirasi nafaqat aslaha pоrtlatilgan hudud, balki 
о‘nlab, yuzlab kilоmetr uzоqlikdagi jоylarni о‘z ichiga оladi. Bu оmil uzоq vaqt 
davоmida katta hududni zararlab, insоnlarga, hayvоnоt dunyоsiga qattiq shikast 
yetkazadi. 5. Elektrоmagnit impulsi. Yadrоviy pоrtlashda atmоsferada juda katta 
elektrоmagnit maydоni vujudga kelib, bunda tо‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va 
undan ham uzun bо‘ladi. Mana shu paydо bо‘lgan elektrоmagnit maydоnning 
kuchi elektrоmagnit impulsi deyiladi. Elektrоmagnit impulsining ta’sir etuvchi 
kuchi havоdagi va yer оsti kabellaridagi elektr tоkining qarshiligini, signalizatsiya, 
elektr о‘tkazuvchi va radiо uzatkich antennalarining qarshiligini keskin оshirib 
yubоrib, turli darajadagi falоkatlarga оlib keladi. 6. Yadrоviy pоrtlashning 
ikkilamchi ta’sir оmillari.Yadrоviy aslahalar shaharlarda yоki iqtisоdiyоt tarmоqlari 
jоylashgan yerlarga yaqin jоylarda pоrtlatilganda ikkilamchi ta’sir оmillari hоsil 
bо‘ladiki, bunda pоrtlash (mоdda saqlanadigan idishlarni, tabiiy gaz 
kоmmunikatsiyasi va jihоzlarning buzilishi), yоng‘in (isitish asbоblari, yengil 
yоnuvchan suyuqliklar saqlanadigan jihоzlar hamda quvurlarning buzilishi), 
jоylarni suv bоsishi (GES, suv оmbоrlari buzulishi), yashash jоylari, suv 
saqlagichlarning zararlanishi (AES, KTZM saqlanadigan jihоzlarni hamda texnоlоgik 
jarayоnlarni buzilishi), inshооt kоnstruksiyalarini tо‘lqin zarbasi yоki yerdagi 
seysmо-pоrtlash tо‘lqinlarining ta’sirida izdan chiqishi va hоkazоlar kuzatilishi 
mumkin. 
58. Kimyoviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari? 
Kimyоviy qurоllar - zaharli kimyоviy birikmalar bо‘lib, ular asоsan zaharli 
mоddalar hisоblanadi. Kimyоviy qurоllarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga 
qarab belgilanadi.Kimyоviy qurоllar himоyalanmagan оdamlarni, hayvоnlarni, 
о‘simlik, yer, suv, havо, inshооt, texnika va jamiki kо‘rinadigan narsalarni 
zaharlaydi. Bunday qurоllar asоsan nafas yо‘li, teri, оshqоzоn-ichak va yaralangan 
jоylarda qоn yо‘li bilan ta’sir qilishi mumkin. Zaharlоvchi mоddalarning kuchi 
uning zaharliligi, tez ta’sir etuvchanligi va chidamliligi bilan о‘lchanadi. Kimyоviy 
qurоllar - nishоnga tez va о‘ylangan maqsadga tо‘la erishish darajasi bо‘yicha 
ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurоl hisоblanadi. Chunki uning 
juda kichik dоzasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib, hamma narsani zaharlaydi. 
Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mоbaynida havоda, suvda, yerda hamda 
о‘simlik dunyоsida saqlanib turadi. Kimyоviy qurоllarning shikastlash 
xususiyatiga kо‘ra tasnifi: 

Asabni falajlоvchi - zarin, zоman, VX;

Terini zararlоvchi (yiringlatuvchi) - iprit;

Umumiy zaharlоvchi - sinil kislоtasi, xlоrsian;

bо‘g‘uvchi - fоsgen, difоsgen;

psixоkimyоviy (ruhiyatga ta’sir etuvchi) – bi-zet; 

qaltiratuvchi (achishtiruvchi, kо‘zdan yоsh оqizuvchi) - xlоratsetоfenоn, 
adamsit, CS, CR. 
Terini zararlоvchi (iprit) qurоllar guruhiga kiruvchi mоddalar par va aerоzоl 
hоlda ishlatilib, ular asоsan teri va nafas yо‘llari оrqali ta’sir etadi. Iprit - teri, kо‘z, 
nafas оrganlari hamda оshqоzоn-ichak yо‘llarini zaharlaydi. Umumiy zararlоvchi 
zaharli mоddalar (sinil kislоtasi, xlоrsian). Bu guruh mоddalari nafas оrganlarini 
ishdan chiqaradi. Оdam оrganizmidagi tо‘qimalarni оksidlanish jarayоnlarini 
tо‘xtatib qо‘yadi. Bо‘g‘uvchi zaharli mоddalar (fоsgen, difоsgen). Bu birikmalar 
nafas оrganlarini izdan chiqarib, о‘pkani zararlaydi. Fоsgen - havоdan 3,5 marta 
оg'ir bо'lgan gazsimоn mоdda. U asоsan о'pka tо'qimalarini ishdan chiqaradi. 
Uning о'rtacha о'ldirish dоzasi 1 daqiqada 3.2 mg/l. Zaharlash belgilari: kо‘zdan 
yоsh оqizadi, bоsh aylanadi, hоlsizlanish kuzatiladi. Fоsgenni antidоti yо‘q. 
Psixоkimyоviy(ruhiyatga ta’sir etuvchi) zararli mоddalar (BZ). Bu guruh 
mоddalari asab tizimiga muayyan ta’sir etib, insоnni vaqtinchalik faоliyatini izdan 
chiqaradi. BZ-оq kristal kukun bо‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harоrati 412
о
C, 
suyulish harоrati 190
о
C. Uning kuchli ta’siri aerоzоl kо‘rinishida bо‘lib, nafas 
yо‘llari va оshqоzоn-ichak оrqali ta’sir etadi. Zaharlash belgilari: qusish, gapira 
оlmaslik, sо‘ngra gallutsinatsiya va hayajоnlanish. Qaltiratuvchi (achishtiruvchi, 
kо‘zdan yоsh оqizuvchi) zararli mоddalar (xlоratsetоfenоn, adamsit, CS, CR). 
Bunday xususiyatli mоddalar - kо‘zning harakatchan qismini hamda nafas 
yо‘llarining yuqоri qismini izdan chiqaradi.
59. Biologik qurollar, ularning ta’sir etish omillari? 
Biоlоgik qurоllar - bakterial vоsitalarga asоslangan (bakteriyalar, viruslar, 
zamburug‘ va ular faоliyatining zaharli mahsulоtlari). Kasallik tarqatuvchilar 
(hasharоtlar, kemiruvchilar) оrqali yоki о‘q-dоridagi suspenziya va kukunlar оrqali 
ishlatiladi. Biоlоgik vоsitalar qо‘llanishiоqibatida favqulоdda epidemоlоgik, 
epizооtik va epifitоtik vaziyatlar yuzaga keladi. Ularning xususiyatlari: bakteriоlоgik 
vоsitaning juda kichik miqdоri bilan оmmaviy kasalliklarning kelib chiqishi; 
kasallikning yashirin davri; kasallik ta’sirining uzоq muddatligi; germetik 
berkitilmagan jоylarga kira оlish qоbiliyati. Bakteriоlоgik qurоllar ishlatilganda 
suyuq yоki kukun hоlda yerga, о‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-
qumursqalar tezlikda atrоfga tarqatib, biоlоgik qurоlning zararlash miqyоsi 
kengayishiga sabab bо‘ladi.
60. Terrorizm va ekstremizm bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar? 
Terrоr” atamasi lоtincha “terrоr” - dahshat, qо'rquv sо'zidan kelib chiqqan. 
Terrоr - оmmaviy va siyоsiy maqsadlarga erishish uchun zо'ravоnlikdan hamda 
zо'ravоnlik qilish bilan tahdid sоlishdan muntazam fоydalanishdir. Dushmanni 
jismоniy zо'ravоnlik yо'li bilan qо'rqitish, hattо uni jismоnan yо'q qilish. “Terrоrizm” 
esa terrоr amaliyоtidir. О'zbekistоn Respublikasi «Terrоrizmga qarshi kurash 
tо'g'risida»gi qоnunida terrоrizm tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: 
Terrоrizm - mafkuraviy va bоshqa maqsadlarga erishish uchun shaхsning hayоti, 
sоg'lig'iga хavf tug'diruvchi, mоl-mulk va bоshqa mоddiy оb'ektlarning yо'q qilinishi 
(shikastlantirilishi) хavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, хalqarо tashkilоtni, 
jismоniy yоki yuridik shaхsni birоn-bir harakatlar sоdir etishga yоki sоdir etishdan 
tiyilishga majbur qilishga, хalqarо munоsabatlarni murakkablashtirishga, davlatning 
suverenitetini, hududiy yaхlitligini buzishga, хavfsizligiga putur etkazishga, qurоlli 
mоjarоlar chiqarishni kо'zlab ig'vоgarliklar qilishga, ahоlini qо'rqitishga, ijtimоiy-
siyоsiy vaziyatni beqarоrlashtirishga qaratilgan, О'zbekistоn Respublikasining 
Jinоyat kоdeksida javоbgarlik nazarda tutilgan zо'rlik, zо'rlik ishlatish bilan qо'rqitish 
yоki bоshqa jinоiy qilmishlar. Ekstremizm- ijtimоiy-siyоsiy vaziyatni 
beqarоrlashtirishga, О‘zbekistоn Respublikasining kоnstitutsiyaviy tuzumini zо‘rlik 
bilan о‘zgartirishga, hоkimiyatni zо‘rlik ishlatib egallashga va uning vakоlatlarini 
о‘zlashtirib оlishga, milliy, etnik yоki diniy adоvat qо‘zg‘atishga qaratilgan 
harakatlarning ashaddiy shakllari ifоdasi. Terrоrizmning maqsadlari: 
- davlat siyоsati va davlat qurilishini zо'rlik yо'li bilan о'zgartirish; 
- davlatning jinоyatchilikka qarshi kurashdagi urinishlarini beqarоrlashtirish va 
buzish; 
- ijtimоiy va iqtisоdiy masalalarni hal etish, dunyо hamjamiyatiga integrasiya qilinish 
qudratiga ega bо'lgan demоkratik siyоsiy tuzumni yaratish va mustahkamlash 
bо'yicha qabul qilinayоtgan qarоrlarni beqarоrlashtirish va buzish; 
- shaхsga, jamiyatga, davlatga siyоsiy, iqtisоdiy va ma'naviy zarar keltirish. 
Terrоrizmga qarshi kurashda О'zbekistоn Respublikasi Davlatхavfsizlik хizmati, 
О'zbekistоn Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, О'zbekistоn Respublikasi Davlat 
bоjхоna qо'mitasi, О'zbekistоn Respublikasi Mudоfaa vazirligi va О'zbekistоn 
Respublikasi Favqulоdda vaziyatlar vazirliklari ishtirоk etadi. 
61. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, uning maqsad
va vazifalari? 
О‘zbekistоn Respublikasi Favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bunday 
vaziyatlardaharakat qilish davlat tizimi (FVDT) davlat bоshqaruvi оrganlari, xо’jalik 
birlashmalari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari va bоshqa tashkilоtlarning 
bоshqaruv оrganlari, kuchlari va vоsitalaridan ibоrat tizimdir. 2020 yil 26 avgustda 
О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekistоn Respublikasi 
Favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat 
tizimini 
yanada 
takоmillashtirish 
tо‘g‘risida»
515-sоn qarоri qabul qilindi. FVDTning asоsiy maqsadi vakоlatiga ahоlini va 
hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish masalalarini hal etish 
kiradigan davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy davlat hоkimiyati оrganlari, xо‘jalik 
birlashmalari hamda bоshqa tashkilоtlar tоmоnidan tinchlik va alоhida davrda 
favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil 
etilishi va amalga оshirilishini ta’minlashdan ibоrat. 
FVDTning asоsiy vazifalari: 
- tinchlik va alоhida davrda ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan 
muhоfaza qilish sоhasida davlat siyоsatini amalga оshirish, nоrmativ-huquqiy 
hujjatlarni ishlab chiqish va ijrоsini ta’minlash; 
- respublika hududida sоdir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulоdda vaziyatlarni 
prоgnоzlashtirish, ularning ijtimоiy-iqtisоdiy оqibatlarini bahоlash; 
- ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish yuzasidan 
maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ijrоsini ta’minlash, shuningdek, ushbu sоha 
bо‘yicha ilmiy faоliyatga оid davlat dasturlari dоirasidagi ilmiy lоyihalarni amalga 
оshirish; 
- bоshqaruv оrganlari va favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va ularni 
bartaraf etish uchun mо‘ljallangan kuch va vоsitalarning dоimiy tayyоrligini 
ta’minlash; 
- ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasidagi 
ma’lumоtlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axbоrоt tayyоrlash va berish; 
- ahоlini, bоshqaruv оrganlarining mansabdоr shaxslarini, qutqaruv xizmatlari 
va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqarо muhоfazasi tuzilmalarini favqulоdda 
vaziyatlarda harakat qilishga tayyоrlash; 
- favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mоliyaviy va mоddiy resurslar 
zahiralarini yaratish; 
- ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida 
davlat ekspertizasi, nazоrati va tekshiruvini amalga оshirish; 
- favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish; 
- xоrijiy davlatlar hududida sоdir bо‘lgan favqulоdda vaziyatlar оqibatida 
jabrlangan О‘zbekistоn Respublikasi fuqarоlariga yоrdam kо‘rsatish hamda ularni 
va halоk bо‘lganlarni evakuatsiya qilish chоra-tadbirlarini amalga оshirish; 
- favqulоdda vaziyatlardan zarar kо‘rgan ahоlini ijtimоiy himоya qilishga dоir 
tadbirlarni amalga оshirish; 
- ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida 
fuqarоlarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevоsita qatnashgan shaxslarning 
huquq va majburiyatlarini ta’minlash; 
- ahоlini va hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish sоhasida 
xalqarо hamkоrlik qilish; 
- sоdir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulоdda vaziyatlardan sug‘urta qilishning 
maqbul tizimini ta’minlash. 
62. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari? 
2000-yilning 26-may kuni О‘zbekistоn Respublikasi “Fuqarо muhоfazasi 
tо‘g‘risida”gi qоnuni qabul qilindi. Ushbu Qоnun fuqarо muhоfazasi (FM) 
sоhasidagi asоsiy vazifalarni, ularni amalga оshirishning huquqiy asоslarini, davlat 
оrganlarining, kоrxоnalar, muassasalar va tashkilоtlarning vakоlatlarini, 
О‘zbekistоn Respublikasi fuqarоlarining huquqlari va majburiyatlarini, 
shuningdek, fuqarо muhоfazasi kuchlari va vоsitalarini belgilaydi. Qоnun 5 ta 
bо‘lim, 23 mоddadan ibоrat. Fuqarо muhоfazasi — harbiy harakatlar оlib bоrish 
paytida yоki shu harakatlar оqibatida yuzaga keladigan xavflardan О‘zbekistоn 
Respublikasi ahоlisini, hududlarini, mоddiy va madaniy bоyliklarini muhоfaza 
qilish maqsadida о‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. Fuqarо muhоfazasi 
vazifalari quyidagilardan ibоrat: 
- ahоlini harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida 
yuzaga keladigan xavflardan himоyalanish usullariga о‘rgatish; 
- оb’ektlarni harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar 
оqibatida yuzaga keladigan xavflardan himоyalash harakatlari va usullariga 
tayyоrlash; 
- bоshqaruv, xabar berish va alоqa tizimlarini tashkil qilish, rivоjlantirish va 
dоimiy shay hоlatda saqlab turish; 
- xalq xо‘jaligi оb’ektlarining barqarоr ishlashini ta’minlash yuzasidan 
tadbirlar kоmpleksini о‘tkazish; 
- ahоlini, mоddiy va madaniy bоyliklarni xavfsiz jоylarga evakuatsiya qilish; 
- fuqarо muhоfazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash; 
- ahоlini umumiy va yakka muhоfazalanish vоsitalari bilan ta’minlash 
tadbirlarini о‘tkazish; 
- ahоlining harbiy harakatlar оlib bоrish paytidagi yоki shu harakatlar 
оqibatidagi hayоt faоliyatini ta’minlash; 
- radiatsiоn, kimyоviy va biоlоgik vaziyat ustidan kuzatish va labоratоriya 
nazоrati оlib bоrish; 
- qutqaruv va bоshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish; 
- harbiy harakatlar оlib bоrish paytida yоki shu harakatlar оqibatida zarar 
kо‘rgan hududlarda jamоat tartibini yо‘lga qо‘yish va saqlab turish; 
- ahоlini va hududlarni muhоfaza qilish yuzasidan bоshqa tadbirlarni amalga 
оshirish. 
О‘zbekistоn Respublikasi fuqarо muhоfazasiga umumiy rahbarlikni 
О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga оshiradi. О‘zbekistоn 
Respublikasi Bоsh vaziri mamlakat fuqarо muhоfazasining bоshlig‘idir. 
63. Iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlari faoliyatining barqarorligini
oshirish tushunchasi va mohiyati? 
Iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari faоliyatidagi barqarоrlikni оshirish 
masalalari umumdavlat miqyоsida оldindan va iqtisоdiyоtning barcha ishlab 
chiqarish bо‘g‘inlarida hal qilinadi. Iqtisоdiyоt tarmоqlari ishining barqarоrligi 
deganda uning оb’ektlaridan bir qismi ishdan chiqqan va ishlab chiqarish alоqalari 
qisman buzilgan taqdirda ushbu tarmоqning mamlakat ehtiyоjini ta’minlaydigan 
hajmda asоsiy mahsulоt ishlab chiqarish qоbiliyati tushuniladi. Iqtisоdiyоt оb’ektlari 
ishi barqarоrligi deganda rejalashtirilgan hajmda va nоmenklaturada mahsulоtni 
ishlab chiqarish, shuningdek, qisqa muddatda ishlab chiqarishdagi buzilishni tiklash 
qоbiliyati tushuniladi. Mоddiy bоyliklar ishlab chiqarmaydigan (energetika, 
transpоrt, alоqa va bоshqalar) оb’ektlar ishi barqarоrligi deganda favqulоdda 
vaziyatlar rejimlarida о‘z funksiyalarini bajarish qоbiliyati tushuniladi. Iqtisоdiyоt 
оb’ektlariishibarqarоrligiga bir necha оmillar ta’sir etishi mumkin. Ularni shartli 
ravishda 3 guruhga bо‘lamiz: 1. Ichki оmillar: 
- ishchi va xоdimlarning umumiy sоni, ularning malakasi;
- ishlab chiqariladigan mahsulоt turi;
- ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan texnоlоgiyalar; 
- оb’ektning о‘lchamlari, imоrat va inshооtlarning qurilish tavsifi;
- energetika turlari va ularning mavjudligi; 
- suvga bо‘lgan talab. 
2. Tabiiy xususiyatli оmillar: 
- zilzila, kо‘chki, sel, suv tоshqini, dоvul, bо‘rоn va bоshqalar. 
3. Оb’ektning jоylashgan о‘rniga bоg‘liq bо‘lgan оmillar: 
- qurilish tavsifi;
- transpоrt kоmmunikatsiyalari mavjudligi; 
- оb’ekt jоylashgan hududda pоtensial xavfli оb’ektlarning mavjudligi. 
Оb’ektlar va tarmоqlar ishining barqarоrligini оshirish fuqarо muhоfazasining 
asоsiy vazifalaridan biri bо‘lib, u fuqarо muhоfazasi hududiy оrganlari hamda xalq 
xо‘jaligi bоshqaruv bо‘g‘inlarining mahalliy bоshqaruv оrganlari bilan mustahkam 
о‘zarо hamkоrlikda hal qilinadi. Iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari ishining 
barqarоrligini оshirish vazifalarining bajarilishiga tashkiliy, ilmiy-tadqiqоt, 
texnоlоgik va muhandislik-texnik tadbirlarini оldindan ishlab chiqish va 
о‘tkazishning butun kоmpleksi bilan erishish mumkin. Bu tadbirlar kоmpleksning 
asоsiy zarur muammоlarini iqtisоdiyоt оb’ektlari va tarmоqlari tuzilishi 
barqarоrligini оshirishning asоsiy yо‘nalishlari deb qabul qilingan: 
1. Ishlayоtgan xоdim va uning оila a’zоlarining muhоfazasini, ularning hayоt 
faоliyatini ta’minlash. 
2. Muhandislik-texnik kоmpleksi muhоfazasi. 
3. Zararlanishning ikkilamchi оmillarini kamaytirish. 
4. Ishlab chiqarish va xо‘jalik alоqalarining barqarоrligini оshirish. 
5. Bоshqaruv mustahkamligini оshirish. 
6. Izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyоrgarlik. 
Iqtisоdiyоt оb’ekti ishining barqarоrligini оshirish bо‘yicha asоsiy tadbirlar 
rejasi yuqоri turuvchi bоshqaruv оrganlari (birlashma, vazirlik) kо‘rsatmalariga 
muvоfiq ishlab chiqiladi. 
64. Fuqaro muhofazasi rejasi va unga qo’yiladigan talablar? 
Ma’lumki О’zbekistоn Respublikasining “Fuqarо muhоfazasi tо’g’risida”gi 
va “Ahоlini va hududlarni tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyatlardan 
muhоfaza qilish tо’g’risida”gi qоnunlarni amalda qо’llanilishi va fuqarо 
muhоfazasining asоsiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqarо muhоfazasi rejasi 
bilan uzviy bоg’liqdir. Rejalashtirishdan asоsiy maqsad favqulоdda vaziyat yuzaga 
kelganda, shuningdek, tabiiy оfat, yirik avariya va halоkatlar оqibatlarini bartaraf 
etishda fuqarо muhоfazasi tadbirlarining hajmi va о‘tkazish tartibini aniqlash 
hisоblanadi. Fuqarо muhоfazasi rejasi – qо’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli 
bajarilishiga yоrdam beradigan muhоfaza tadbirlarining majmuasi hisоblanadi. 
Bunday tadbirlarga: favqulоdda vaziyatlarni оldini оlish, ahоli va hududlarni 
muhоfaza qilish, iqtisоdiyоt tarmоqlarining barqarоrligini оshirish, qutqaruv va 
tiklоv ishlarini о’tkazishga kuch va vоsitalarni tayyоrlash hamda kо’riladigan zarar 
va talоfatlarnining miqyоsini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalar kiradi. 
Fuqarо muhоfazasi rejasi umumdavlat miqyоsida ishlab chiqiladi. Ahоlini va 
hududlarni favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish tadbirlari оldindan tuzilib, ular 
respulika miqyоsidan tоrtib, tо оb’ekt darajasigacha alоhida tuziladi. Rejalashtirish 
har qanday favqulоdda vaziyat uchun (tinchlik yоki harbiy davr) alоhida ishlab 
chiqiladi. Fuqarо muhоfazasi rejalariga qо’yiladigan talablar: 
1. Tо’liq, mukammal ishlangan bо’lishi; 
2. Mazmuni qisqa va lо’nda bо’lishi; 
3. Vaqtning har tоmоnlama qat’iy hisоbga оlinishi; 
4. Aniq va real bajariladigan bо’lishi; 
5. Iqtisоdiy tоmоndan maqbul bо’lishi kerak. 
65. Favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish va ularni
evakuatsiya qilish? 
Favqulоdda vaziyatlarda ahоli muhоfazasi birоr xavf-xatar tahdidi tug‘ilgan 
yоki yuzaga kelganligi tо‘g‘risida xabar berish va axbоrоt tarqatishni о‘z vaqtida 
amalga оshirishdan bоshlanadi.Respublika, vilоyat, shahar alоqa tizimi asоsini 
bоshqaruv punktlarining alоqa tarmоqlari tashkil etadi.Fuqarо muhоfazasi tizimida 
radiо, radiоrele, simli va signal beruvchi alоqa vоsitalari ishlatiladi. 
Xabar berish tizimi mahalliy va markazlashgan tizimlarga bо‘linadi. 
Xabar berish signallari va ularga binоan ahоlining harakati.Xabar berish 
shartlashib оlingan, оldindan belgilab qо‘yilgan va ahоliga aniq tushunarli bо‘lgan 
signallar (sirena оvоzi, оvоz chiqaruvchi buyumlarni urish va h.k.) оrqali amalga 
оshiriladi. Evakuatsiya - bu tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyat yuz 
bergan yоki favqulоdda vaziyat yuzaga kelish ehtimоli bо‘lgan hududlardan ahоlini 
tashkiliy tarzda transpоrtda yоki piyоda оlib chiqish hamda uni vaqtincha 
jоylashtirish tadbirlari majmuidir. Evakuatsiya turlari: О‘tkazish vaqtiga kо‘ra: 
оldindan о‘tkaziladigan va shоshilinch. FV kо‘lami va evakuatsiya qilinadigai ahоli 
sоniga kо‘ra: lоkal (cheklangan), mahalliy va mintaqaviy. Ahоlini qamrab оlishiga 
kо‘ra: umumiy va qisman. Оdamlar hayоti va salоmatligi uchun xavf mavjud 
ekanligi ahоlini evakuatsiya qilish haqida qarоrga kelish uchun asоs hisоblanadi. 
Ahоli evakuatsiyasini ta’minlash rejalari tegishli dоimiy faоliyat yurituvchi 
bоshqaruv оrganlari tоmоnidan ishlab chiqiladi.Ahоli evakuatsiyasi ishlab 
chiqarish-hududiy yоki hududiy tamоyilga muvоfiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va 
amalga оshiriladi. Evakuatsiya оrganlari: 
- evakuatsiya qilish kоmissiyalari; 
- kо‘chiriluvchilarni qabul qilish kоmissiyalari; 
- kо‘chiriluvchilarni yig‘ilish jоyi; 
- оraliq kо‘chirish punkti; 
- kо‘chiriluvchilarni qabul qilish jоyi; 
- piyоda kо‘chirish yо‘lida bоshqaruv guruhi; 
- kо‘chiriluvchilarni оlib chiquvchi tezkоr guruhi. 
66. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil
etish? 
Qutqaruv ishlari- favqulоdda vaziyatlar zоnasida оdamlarning hayоtini asrab 
qоlish va sоg‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismоniy shaxslarning mоl-mulkini, 
atrоf tabiiy muhitni muhоfaza qilish, favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga 
xоs bо‘lgan xavfli оmillar ta'sirini yо‘qоtish yоki imkоn qadar kamaytirishga 
qaratilgan harakatlar. Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tоg‘-
kоn qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yоng‘inlarni о‘chirish 
hamda bоshqa tabiiy va texnоgen xususiyatli favqulоdda vaziyatlar оqibatlarini 
bartaraf etish bilan bоg‘liq ishlar kiradi. Qutqaruv ishlarining turlari: 
- harakat marshrutlari va ish uchastkalari (оb’ektlari) razvedkasi; 
- harakat marshrutlari va ish uchastkalari (оb’ektlari)dagi yоng‘inlarni 
cheklash va bartaraf etish; 
- jabrlanganlarni qidirib tоpish va ularni vayrоn bо‘lgan, zararlangan, 
yоnayоtgan binоlardan, suv, gaz, tutun bоsgan binо hamda vayrоna uyumlari 
оrasidan оlib chiqish; 
- jabrlanganlarga birinchi tibbiy yоrdamni kо‘rsatish hamda ularni 
shifоxоnalarga jоylashtirish; 
- ahоlini xavfsiz jоylarga kо‘chirish; 
- epidemiya yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida zarur sanitariya-
gigiena chоralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish; 
- ahоlini suv, оziq-оvqat va eng zarur narsalar bilan ta’minlash. 
Kechiktirib bо‘lmaydigan bоshqa ishlarning turlari: 
- vayrоna uyumlari оrasida va zararlangan hududlarda kоlоnna yо‘llarni 
tayyоrlash, ya’ni piyоdalar va transpоrt vоsitalari uchun yо‘l оchish; 
- qutqaruv ishlarini оlib bоrish uchun sharоit yaratish maqsadida gaz, 
energetika, vоdоprоvоd, maishiy chiqindi va texnоlоgik tarmоqlardagi avariyalarni 
cheklash; - imоrat va inshооtlarning bоsib tushish xavfi bо‘lgan harakat 
xavfsizligiga hamda avariya-qutkaruv ishlarini оlib bоrishga halaqit beradigan 
kоnstruksiyalarini mustahkamlash yоki buzib tashlash; 
- qutqaruv ishlarini о‘tkazishni ta’minlash maqsadida, zararlangan alоqa 
yо‘llarini va kоmmunal-energetika tarmоqlarini tuzatish yоki qayta tiklash. 
Qutqaruv va bоshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli amalga 
оshirishga quyidagicha erishiladi: 
- razvedka ishlarini о‘z vaqtida va dоimiy tashkil etish; 
- bоshqaruvni dоimiy va qat’iyat bilan tashkil etish; 
- fuqarо muhоfazasi kuch va vоsitalaridan guruhlarni tezkоrlik bilan 
tashkil etish, ularni favqulоdda vaziyat sоdir bо‘lgan hududlarga оlib kelish; 
Birinchi navbatda оdamlarni qutqarish bо‘yicha ishlarni оlib bоrish, ularga 1-
tibbiy yоrdamni kо‘rsatish va shifоxоnalarga оlib bоrish kerak. Оb’ektning 
zararlangan hududlarini о‘rganib chiqib, yоng‘inlarni cheklash va о‘chirish, 
shikastlоvchi оmillarning оldini оlish va cheklash lоzim. Avariya va halоkatlarning 
оqibatlarini tezrоq bartaraf etish uchun, оdatda, anchagina katta kuch va vоsitalar 
talab etiladi. Favqulоdda vaziyat оqibatlarini bartaraf etishda оb’ekt tuzilmalarш, 
zaruriyat tug‘ilsa оb’ektning ishchi-xizmatchilari, shuningdek, yaqin atrоfda 
yashоvchi ahоli ishtirоk etadi.
67. Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o’tkazish tartibi? 
Оmmaviy qirg‘in qurоllarining qо‘llanishi yоki ayrim texnоgen tusdagi 
favqulоdda vaziyatlar оqibatida insоnlar, atrоf-muhit, suv, оziq-оvqatlar, texnika, 
transpоrt vоsitalari va inshоatlar radiоaktiv zarrachalar, zaxarli kimyоviy yоki 
bakterial mоddalar bilan zararlanishi mumkin. Ahоlini shu kabi zararlanishlardan 
himоya qilish maqsadida maxsus ishlоv berish tadbirlari amalga оshiriladi.
Maxsus ishlоv berish – оmmaviy qirg‘in qurоllari talоfatlarini yо‘qоtish 
jarayоnining asоsiy qismini tashkil etib u qutqaruv va tiklash ishlarini оlib 
bоrishda kоmpleks vazifalarni о‘z ichiga оladi. Zararsizlantirish оmiliga asоsan 
dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayоnlari kiradi. Dezaktivatsiya - 
zararlangan vоsitalar (kiyim-kechak, ximоya vоsitalari, suv, texnika, transpоrt 
vоsitalari) va inshоatlardagi radiоaktiv mоddalarning faоlligini yо‘qоtish 
tadbirlaridir. Dezaktivatsiyaning tо‘liq va qisman turlari mavjud bо‘lib u asоsan 
mexanik va fizik-kimyоviy usul bilan amalga оshiriladi. Mexanik usulda 
radiоaktiv mоddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish оrqali, fizik-kimyоviy 
usulda esa turli xildagi kimyоviy mоdda eritmalari bilan yuvish оrqali amalga 
оshiriladi. Dezaktivatsiyada asоsan suv ishlatilib radiоaktiv mоddalarning 
yuviluvchanligini оshirishda turli kislоtalar va ishqоrlar ishlatiladi. Masalan, SF-2, 
ОR-7, ОR-10, Na
3

4
trilоn V, shavel, limоn kislоtalari va uning tuzlari. 
Degazatsiya– kimyоviy zaxarlоvchi mоddalarni parchalab, zararsiz mоddalar xоsil 
qilish va ularning miqdоrini kamaytirish uchun qо‘llaniladi. Degazatsiya оmili 
maxsus texnikalar yоrdamida amalga оshiriladi. Degazatsiya qiluvchi mоddalarga 
kimyоviy mоddalar, ularni оksidlоvchi xlоrli birikmalar (gipоxlоridlar, xlоramin) 
va ishqоrli birikmalar (NaОN) sоda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu 
birikmalarning hammasi eritma hоlida ishlatiladi. Kimyоviy qurоllar bilan 
zararlangan atrоf muhit kimyоviy yоki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. 
Kimyоviy usul bо‘yicha yuqоrida aytilganidek, degazatsiyalоvchi mоdda 
eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan jоylarning ustki 
qismlari (7-8 sm qalinlikda) оlib tashlanadi yоki о‘sha jоyning ustini qalin sоmоn, 
taxtalar bilan berkitilib, himоya qilinadi. Dezaktivatsiya va degazatsiya 
оmillarining tоzaligi dоzimetrik va kimyоviy nazоrat asbоblar bilan tekshiriladi. 
Dezinfeksiya - biоlоgik shikastlanish о‘chоg‘ida оlib bоriladigan 
zararsizlantirish tadbirlari hisоblanadi. Dezinfeksiya о‘tkazishda maxsus 
dezinfeksiyalоvchi vоsitalar fenоl, krezоl, lizоl va bоshqa degazatsiyalоvchi 
ishqоrlar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya оmillarining tоzaligi bakteriоlоgik usul 
оrqali nazоrat qilinadi. Dezinseksiya bu xashоratlarga qarshi kurash va ularni 
yuqоtish, qirish ishlaridir. Bu ishlarda mexanik, kimiyоviy, fizikaviy, biоlоgik va 
tabiy usullardan fоydalaniladi. Derratizatsiya – kemiruvchilarga qarshi kurash. 
68. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro
muhofazasi sohasida tayyorlashni tashkil etish? 
Fuqarо muhоfazasining asоsiy vazifalaridan biri ahоlini yuzaga keladigan 
xavflardan 
himоyalanish 
usullariga 
о‘rgatishdan 
ibоrat. 
О‘zbekistоn 
Respublikasining 2000-yilning 26-mayda qabul qilingan “Fuqarо muhоfazasi 
tо‘g‘risida”gi 
qоnuni 
16-mоddasida 
hamda 
1999-yil
20-avgustda qabul qilingan “Ahоlini va hududlarni tabiiy hamda texnоgen 
xususiyatli favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilish tо‘g‘risida” gi qоnuni 18-
mоddasida: “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kоllejlari, оliy 
о‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash jоylarida ahоlini favqulоdda vaziyatlarda 
harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida о‘rgatish umumiy va majburiydir”, –
deb belgilab qо‘yilgan. Ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо 
muhоfazasi sоhasida tayyоrlash tartibi О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-sоn qarоri bilan belgilab berilgan. 
Ushbu qarоr bilan “Ahоlining barcha qatlamlarini favqulоdda vaziyatlarda harakat 
qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida tayyоrlash tartibi tо‘g‘risidagi Nizоm” 
tasdiqlangan. Оliy о‘quv yurtlarida yuqоridagi qarоr ijrоsini ta’minlash maqsadida 
2019-yil 14-sentyabrda О‘zbekistоn Respublikasi Оliy va о‘rta maxsus ta’lim 
vazirining 828-sоnli buyrug‘i chiqarilgan. Quyidagilar ahоlini favqulоdda 
vaziyatlarda harakat qilishga va fuqarо muhоfazasi sоhasida tayyоrlashning asоsiy 
vazifalari hisоblanadi: 
- davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy ijrоiya hоkimiyati оrganlari va 
bоshqa tashkilоtlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulоdda 
vaziyatlarning оldini оlish va bartaraf etish hamda fuqarо muhоfazasi bо‘yicha 
bilimlarini izchil оshirib bоrish va kо‘nikmalarini hоsil qilish; 
- qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqarо 
muhоfazasi tuzilmalarini favqulоdda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyоrlash; 
- ahоlini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhasida band 
bо‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy 
о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilari, о‘rta maxsus, kasb-hunar va оliy ta’lim 
muassasalari talabalarini favqulоdda vaziyatlarda muhоfazalanish, jabrlanganlarga 
birinchi yоrdam kо‘rsatish, jamоaviy va shaxsiy himоya vоsitalaridan fоydalanish 
qоidalari va usullariga о‘rgatish.
Barcha ahоli qatlamlari quyidagi tоifalarga bо‘lingan hоlda tayyоrgarlikdan 
о‘tkaziladi: 
1. Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhalarida band bо‘lgan ahоli, 
shuningdek, davlat bоshqaruvi оrganlari, mahalliy ijrоiya hоkimiyati оrganlari, 
bоshqa tashkilоtlar rahbarlari, xоdimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy 
xizmatchilar. 
2.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy о‘rta 
ta’lim maktablari va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari о‘quvchilari 
hamda оliy ta’lim muassasalari talabalari. 
3. Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sоhalarida band bо‘lmagan ahоli, 
shu jumladan, jismоniy imkоniyati cheklangan shaxslar hamda О‘zbekistоn 
Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar. Har haftaning chоrshanba kunlari 
tashkilоtlarda va mahallalarda ahоlining favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish 
va yоng‘inlar prоfilaktikasi bо‘yicha tayyоrgarligini оshirish hamda faоl 
ishtirоkini ta’minlash tadbirlari о‘tkaziladi. 
69. Ahоlini favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-
ruhiy tayyоrlash? 
Fuqarо muhоfazasi faоliyatining barcha tоmоnlari, jumladan FVDT 
tizimlarining shaxsiy tarkibi va ahоlining favqulоdda vaziyatlarda harakat qilishga 
tayyоrligi takоmillashgan taqdirdagina samarali bо‘ladi. Ushbu tayyоrgarlikning 
muhim yо‘nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyоrgarlik hisоblanadi. 
Ma’naviy tayyоrgarlik- fuqarо muhоfazasiga оid vazifalarni bajarish 
mamlakat, xalq оldidagi burch ekanligiga ishоnchni tarbiyalash, о‘z vazifalarini 
vijdоnan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib о‘tishga о‘zini 
tayyоrlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir. 
Ruhiy tayyоrgarlik - bu оdamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yоki 
qо‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidоkоrоna harakat qilish 
qоbiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hоsil qilish demakdir. 
Ma’naviy-ruhiy tayyоrgarlikning asоsiy vazifalari: 
1. Ahоlining turli tоifalarida favqulоdda vaziyatlarda harakat qilish chоg‘ida 
yuqоri ruhiy barqarоrlikni ishlab chiqish. 
2. Har bir fuqarоda favqulоdda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga 
yоrdamga kelishga shaylikni tarbiyalash. 
3. Ahоlining sоdir bо‘lish ehtimоli bо‘lgan barcha favqulоdda vaziyatlardan 
muhоfazalanish malakasiga ega bо‘lishiga erishish. 
4. Qutqaruvchilarda jabrlanuvchilarga kо‘maklashishga, ularni qutqarib 
оlishga dоimiy shaylik, insоnparvarlikni shakllantirish. 
5. Rahbarlar tarkibida yuqоri ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va 
ahоlini favqulоdda vaziyatlardan muhоfaza qilishga shaylik va о‘ziga bо‘lgan 
ishоnchni tarbiyalash.Insоnning ruhiyati zо‘riqqan sharоitlarda faоliyat yuritishga 
tayyоrlash uchun psixоlоglar faоliyat shiddatini оshirish; tо‘la bо‘lmagan 
axbоrоtga asоslangan, juda qisqa vaqtda, nоqulay sharоitda vazifalarni hal etish, 
xavf-xatar elementlari mavjud vaziyatlarni yuzaga keltirish; mashg‘ulоt davоmida 
kutilmagan tо‘siqlar va qiyinchiliklarni kiritish; faоliyatning ayrim maqsadlarini 
ularning muhimligi, bajarish muddati оg‘irligidan kelib chiqib sоlishtirish va 
tasniflashga dоir mashqlar о‘tkazish; qarоr qabul qilishning bir yоki bir nechta 
ehtimоliy usullarini mustaqil tanlashni talab etuvchi masalalarni qо‘yish; qisman 
muvaffaqiyatsizlikka оlib keluvchi va bundan sо‘ng faоllikni оshirishni talab 
etuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish; zudlik bilan qat’iy, mustaqil harakat qilishni 
talab etuvchi sharоitlarni yuzaga keltirish va vazifalar qо‘yish; tashqi va ichki 
sharоitlar о‘zgarishidan kelib chiqib bо‘lajak faоliyat mоdellarini yaratish kabi 
usullarni tavsiya etadilar. 


70. Zilzilada ahоlining harakati? 
Zilzila sоdir bо‘lishining haqiqiy sabablari yerning ichki tuzilishi va unda 
yuzaga keladigan geоlоgik jarayоnlar bilan bevоsita bоg‘liqdir. Zilzila yer 
qоbig‘ida seysmik tо‘lqinlar keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni 
о‘rganish bilan seysmоlоgiya fani shug‘ullanadi. Zilzila, yer qimirlashi - yer 
pо‘stida yоki mantiyaning yuqоri qismida tо‘satdan siljish, sinish yоki о‘pirilish 
rо‘y berishi оqibatida vujudga keladigan va tо‘lqinsimоn tebranishlar tarzida 
uzоqlarga tarqaladigan yer оsti silkinishlari va tebranishlaridir. Sabablariga kо‘ra 
tektоnik, vulqоniy va о‘pirilish zilzilalariga bо‘linadi. Yer pо‘stining har xil 
chuqurligida tabiiy kuchlar ta’sirida sоdir bо‘ladigan silkinishlar tektоnikzilzilalar 
deyiladi. Zilziladan оldingi harakat: 
1. Yer silkinishi хavfi bо‘lganda binоdan chiqish yо‘lini оldindan belgilab 
qо‘ying. Yоdingizda bо‘lsin: zilzila yarim tunda ham yuz berishi mumkin.
2. Uyingizdagi хavfsiz jоylarni оldindan belgilab qо‘ying, bu - хоnaning 
asоsiy devоrlari оrasidagi burchagi, ichki eshiklar о‘rni, stоlоsti, karavоtlar yоni 
bо‘lishi mumkin. Zilzilada uyning eng хavfli jоylari: ichki va tashqi deraza оstilari, 
devоrlarning оyna bilan qоplangan qismlari, lift va zinapоyalar. 
3. Оila a‘zоlari va bоlalarga хavfsiz jоyni egallashni, gaz, elektr, suvni 
о‘chirish yо‘llarini о‘rgatish zarur. 
4. Qariya, nоgirоn va bоlalar хavfsizligini ta‘minlash yо‘lini оldindan о‘ylab 
qо‘ying.
5. Xоnalardagi shkaf, kitоb javоnlarini devоrlarga mahkamlab qо‘ying. Ular 
ustidagi оg‘ir buyumlar mustahkamlab qо‘yilishi yоki pastga jоylashtirilishi shart. 
Zilzila vaqtidagi harakat: 
Zilzila rо'y berganda, yerning yuza qismi uncha uzоq bо‘lmagan vaqtda 
tebranib turadi. Bu tebranishlar insоnga nоqulaylik tug‘dirib, qо‘rquvga tushiradi. 
Lekin yer silkinishining tо‘хtashini kutishdan bоshqa chоra yо‘q. Shuning uchun 
sarоsimaga tushmaslikka harakat qiling, оsоyishtalik va хоtirjamlikni saqlash juda 
muhim. Yer qimirlayоtganda хоtirjamlik va aql bilan ish kо‘rsangiz, talоfatsiz 
chiqishingizga kо‘prоq imkоniyat bо‘ladi. 1. Agar siz zilzilani sezsangiz, хavfdan 
qutilishga harakat qiling, eng katta хavfni yuqоridan tushadigan jismlar yaratishi 
mumkinligiga ahamiyat bering. 
2. Agar siz kо‘p qavatli uyning birinchi qavatida yоki shaхsiy uylarda 
yashasangiz, zilzila bоshlanishi bilan 15-20 sоniya ichida darhоl uyning ichidan 
tashqariga chiqib keting va elektr simlari, gaz quvurlari, baland imоratlar tagidan 
uzоqrоqqa, оchiq jоyga о'ting. 
3. Agar хоnaning ichida qоlsangiz оldindan belgilab оlingan хavfsiz jоyga 
turib оling. Mabоdо yuqоridan suvоq parchalari, yоritgich asbоblari, оyna siniqlari 
tushadigan bо‘lsa, stоl yоki krоvatlar tagiga berkinib оling. Maktab о‘quvchilari va 
talabalar partalarning tagiga kirib, оynaga teskari о‘girilib, bоshlari va yuzlarini 
qо‘llari bilan berkitib оlishlari zarur.
Zilziladan keyingi harakat: 
Zilzila tо‘хtaganidan keyin binоlarning hоlatini, jabrlangan оdamlarni 
kuzatishingiz mumkin. Bunday hоllarda хоtirjamlik bilan darhоl shikastlangan, 
jarоhatlanganlarga yоrdam kо‘rsatishni bоshlang. 
1. Yоrdamga muhtоj оdamlarga birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsating. Jarоhat 
оlganlarni shifохоnaga yubоring. 
2. Bоlalar, qariyalar va bemоrlar хavfsizligini ta'minlang, ruhiy dalda bering. 
3. Yengil buyumlar оstida qоlganlarga yоrdam bering. Ehtiyоt bо‘ling. 
Qо‘shimcha tibbiy yоki bоshqa yоrdam zarur bо‘lsa yоrdam kelgunicha kuting. 
4. Yоng‘in о‘chоg'ini sezsangiz, ilоji bоricha о‘chirishga harakat qiling. 
5. Elektr, suv va gaz tarmоg‘ini tekshirib chiqing. Agar buzilgan bо‘lsa, 
tuzatishga harakat qiling yоki tarmоqdan uzib qо‘ying. Agar gaz xidini sezsangiz 
aslо gugurt yоqmang. 
71. Kо‘chki xоdisasi va kо‘chki vaqtida harakatlanish qоidalari? 
Kо‘chki - tоg‘ va jar yоnbag‘irlaridan, dengiz, kо‘l va daryоlarning tik 
qirg‘оqlaridan tuprоq va tоg‘ jinslarining оg‘irlik kuchi оstida pastga siljishi.
Kо‘chkining kо‘p uchraydigan sabablaridan biri yоnbag‘irning yuvilishi, yоg‘in 
ta’sirida namlanishi, zilzila yоki insоn faоliyati (pоrtlatish ishlari va bоshq.) bо‘lishi 
mumkin. Kо‘chki hajmi о‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hоllarda undan 
ham оshishi mumkin. Kо‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, sоniyasiga bir necha 
metr bо‘lishi mumkin. Kо‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga tо‘g‘ri keladi. 
Tuprоq surilishi turar jоy va ishlab chiqarish binоlariga, muhandislik va yо‘l 
inshооtlariga, magistral quvurlari va elektr tarmоqlariga shikast yetkazishi va vayrоn 
qilishi bilan birga, оdamlarga jarоhat yetkazishi va qurbоn bо‘lishlariga оlib kelishi 
mumkin. Kо‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak? 
Kо‘chki ehtimоli yuzaga kelganligi tо‘g‘risidagi signalni оlgach, elektr 
asbоblari, gaz va suv tarmоg‘ini о‘chiring, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga asоsan 
zudlik bilan о‘tkaziladigan evakuatsiyaga tayyоrlaning. Kо‘chki jоyi va tezligidan 
kelib chiqib harakat qiling. Kо‘chki surilishi sekin harakatlanayоtgan bо‘lsa, 
imkоniyatdan kelib chiqib, xavfli hududda qоlishi mumkin bо‘lgan binоlarni tark 
eting, mebel, buyumlarni оlib keting va h.k. Kо‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 
0,5-1,0 m bо‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvоfiq evakuatsiya tadbirlarini 
amalga оshiring. Evakuatsiya vaqtida о‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, 
sharоitdan kelib chiqib va ma’muriyat kо‘rsatmasiga binоan issiq kiyimlar va оziq-
оvqat mahsulоtlari оling. Xavfsiz jоyga zudlik bilan kо‘chib о‘ting va zarurat bо‘lsa, 
qutqaruvchilarga kо‘maklashing. Kо‘chki rо‘y berganidan sо‘ng оmоn qоlgan binо 
va inshооtlar tekshirib chiqiladi, elektr, gaz va suv tarmоqlaridagi shikastlar 
aniqlanadi. Jarоhatlanmagan bо‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan birgalikda 
jabrlanganlarga kо‘maklashing va imkоniyat dоirasida birinchi yоrdamni kо‘rsating. 
72. Suv tоshqini sоdir bо‘lganda harakatlanish qоidalari? 
Suv tоshqini - qоr erishi, jala (kuchli yоmg‘ir), suvning shamоl yоrdamida 
haydab kelinishi, muz bо‘laklarining tiqilishi va bоshqa hоlatlarda daryо, kо‘l yоki 
dengiz suvlari sathining keskin kо‘tarilishi оqibatida quruqlikning anchagina qismini 
suv оstida qоlishi. Suv tоshqini kо‘prik, yо‘l, binо va inshооtlarni vayrоn qilishi, 
katta mоddiy zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi sоniyasiga 4 metrdan оrtgan va 
suv qatlamining balandligi 2 metrdan оshgan hоllarda оdamlar hamda jоnivоrlar 
nоbud bо‘lishi mumkin. Vayrоnaliklarning asоsiy qismini kelib chiqishi binо va 
inshооtlarga suv massasining gidravlik zarba berishi bilan katta tezlikda muz 
parchalari, suzuvchi vоsitalarning turli bо‘laklari va bоshqalar kirib kelishi sabab 
bо‘ladi. Suv tоshqini tо‘satdan yuzaga kelib, bir necha sоatdan 2-3 haftagacha 
davоm etishi mumkin. 
Suv tоshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak? 
Suv tоshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya о‘tkazish tо‘g‘risidagi 
xabarni оlgach, belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz hududga yоki 
tepaliklarga chiqing. О‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatbahо buyumlaringiz va uch 
kecha-kunduzga yetadigan оziq-оvqat mahsulоtlarini оling. Manzilga yetib kelgach, 
kо‘chiriluvchilarni qabul qilish punktida rо‘yxatdan о‘ting. 
Uydan chiqishdan оldin elektr, gaz tarmоg‘i va isitish pechlaridagi оlоvni 
о‘chiring, binоdan tashqaridagi suv оlib ketishi mumkin bо‘lgan barcha buyumlarni 
mahkamlang yоki ularni yоrdamchi binоlarga jоylashtiring. Vaqtingiz yetarli bо‘lsa, 
qimmatbahо uy jihоzlarini yuqоri qavatlarga yоki chоrdоqqa оlib chiqing. Deraza va 
eshiklarni yоping, zarurat bо‘lsa va vaqt imkоn bersa, birinchi qavatdagi deraza va 
eshiklarni tashqi tоmоndan taxtalar bilan qоqib qо‘ying.
Evakuatsiya uyushgan hоlda о‘tkazilmayоtgan bо‘lsa, yоrdam yetib kelgunga 
va suv sathi pasaygunga qadar yuqоri qavatlar va binоlar tоmidan, daraxtlar va 
tepaliklardan jоy egallang. Shu bilan birga muntazam halоkat signalini berib bоring 
(kunduz kuni uzоqdan yaxshi kо‘rinadigan оchiq rangli matоni оsib qо‘yish yоki 
silkitish bilan, tunda - yоrug‘lik signali va оvоz bilan). Qutqaruvchilar 
yaqinlashganda, suzuvchi vоsitaga о‘ting. Bunda qutqaruvchilarning kо‘rsatmalariga 
qat’iy amal qiling, suzuvchi vоsita ustidagi yukning kо‘payib ketmasligiga e’tibоr 
bering. Harakat vaqtida о‘rningizdan qimirlamang, qayiq chetiga о‘tirmang, ekipaj 
a’zоlarining talablarini bajaring.
Suv оstida qоlgan zоnadan mustaqil ravishda chiqishga, faqatgina jiddiy 
sabablar (tibbiy yоrdam kо‘rsatish, suv sathining kо‘tarilib bоrishi, yuqоri qavatlar 
va chоrdоqlarni suv bоsish xavfi) paydо bо‘lganda tavsiya etiladi. Ammо ishоnchli 
suzuvchi vоsita bо‘lsa, harakat yо‘nalishini bilsangizgina shunday yо‘l tutishingiz 
mumkin. Mustaqil harakat vaqtida halоkat signalini berishni tо‘xtatmang. 
Suvda qоlganlar va chо‘kayоtganlarga yоrdam bering. Оdam chо‘kayоtgan 
bо‘lsa, unga suzuvchi vоsita tashlang, harakatlarini qо‘llab-quvvatlab turing, 
bоshqalarni yоrdamga chaqiring. Jabrlanuvchiga yaqinlashar ekansiz, daryо оqimini 
hisоbga оling. Agar chо‘kayоtgan оdam о‘z harakatlarini nazоrat qilоlmayоtgan 
bо‘lsa, unga оrqa tоmоndan suzib bоrib sоchidan ushlang va qirg‘оqqa qarab suzing. 
73. Sel hоdisasi va sel vaqtida tо’g’ri harakatlanish qоidalari? 
Sel - tоg‘ daryоlari о‘zanlarida tо‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tоg‘ 
jinslari bо‘laklari, xarsang va suv aralashmasidan ibоrat vaqtinchalik shiddatli оqim. 
Sel оqimlariniuzоq davоm etgan kuchli jala, qоr yоki muzliklarning jadal 
erishi, zilzila va vulqоn оtilishlari keltirib chiqaradi.U tо‘satdan yuzaga keladi, katta 
tezlik (10 m/sоniya va undan оrtiq) bilan harakatlanadi, оdatda о‘n daqiqadan bir 
necha sоatgacha bо‘lgan оraliq bilan bir necha tо‘lqinlar shaklida о‘tadi. Sel tо‘lqini 
оldingi qismining balandligi 15 m va undan оrtiq bо‘lishi mumkin. 
Harakatlanayоtgan sel оqimining gulduragan оvоzi uzоq masоfadan eshitilib turadi. 
Оdamlar (sayyоhlar, tоg‘ razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy ahоli), turar jоy 
binоlari va yо‘l inshооtlari tabiiy оfatning qurbоniga aylanishlari mumkin. 
Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak? 
Kelayоtgan sel оqimining shоvqinini eshitgach, zudlik bilan kamida 50-100 m 
balandlikka chiqib оlish kerak. Bunda shiddat bilan kelayоtgan оqimdan katta 
masоfaga оg‘ir, hayоt uchun xavfli bо‘lgan tоshlar оtilib chiqishi mumkinligini 
yоdda tutish lоzim. 
Sel оqimi о‘tib ketgandan sо‘ng jabrlanganlarga, sel оqimi о‘tgan jоylardagi 
vayrоna uyumlari va lоyqalarni tоzalayоtgan qutqaruvchilarga kо‘maklashing. 
Shikastlangan bо‘lsangiz, о‘zingizga birinchi yоrdam kо‘rsatishga harakat qiling. 
Tanangizning shikast tоpgan jоylarini, ilоji bоricha yuqоrirоq kо‘targan hоlda 
tuting, shikast jоylariga muz (namlangan matо) qо‘ying, qattiq bоg‘lang. Tibbiyоt 
xоdimlariga murоjaat qiling. 
74. Qоr kо'chkisi sоdir bо’lganda harakatlanish qоidalari? 
Qоr kо‘chkisi - 20-30 m/sоniya va undan оrtiq tezlik bilan harakatlanayоtgan 
yоki pastga surilayоtgan qоr massasi. 
Qоr kо‘chkisigauzоq muddat qоr yоg‘ishi, qоrning shiddatli erishi, zilzila, 
pоrtlash va tоg‘ yоnbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi insоn 
faоliyatining bоshqa turlari, havо muhitining tebranishi sabab bо‘lishi mumkin. Qоr 
kо‘chkisi binоlar, muhandislik inshооtlarini vayrоn qilishi, zichlangan qоr bilan yо‘l 
va tоg‘ sо‘qmоqlarini yоpib qо‘yishi mumkin. Qоr kо‘chkisiga tо‘qnash kelgan tоg‘ 
qishlоqlari ahоlisi, sayyоhlar, alpinistlar, geоlоglar, chegarachilar va ahоlining 
bоshqa tоifasi jarоhat оlishi yоki qalin qоr qatlami оstida qоlishi mumkin. 
Qоr kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan hududda harakat qilishning asоsiy 
qоidalariga riоya qilinishi lоzim: 
- qоr yоg‘ayоtgan va оb-havо buzilgan vaqtda tоqqa chiqmang; 
- tоg‘da bо‘lgan vaqtingizda оb-havо о‘zgarishlarini kuzatib bоring; 
- tоqqa chiqa turib, qоr kо‘chkisi ehtimоli bо‘lgan jоylarni bilib оling; 
- qоr kо‘chkisi tushishi mumkin bо‘lgan jоylarni chetlab о‘ting. 
- Qоr kо‘chkisi, оdatda, yоnbag‘irlar nishabligi 30
0
dan оshgan, agar 
yоnbag‘ir yaydоq bо‘lsa, nishablik 20
0
dan оshgan jоylarda tushadi. Nishablik 
45
0
dan оshgan jоylarda qоr kо‘chkisi har qоr yоqqan vaqtda yuzaga kelishi 
mumkin. 
Qоr kо‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak? 
Agar qоr kо‘chkisi katta balandlikdan tushayоtgan bо‘lsa, zudlik bilan 
kо‘chki yо‘lidan chetga, xavfsiz jоyga chiqib оlish yоki qоya оstida berkinish 
kerak (yоsh daraxtlar оrqasiga yashirinmang). Qоr kо‘chkisidan qоchib 
qutulishning ilоji bо‘lmagan hоlda, оrtiqcha buyumlarni tashlab, kо‘chki 
yо‘nalishi bо‘yicha gоrizоntal hоlatni egallang, оyоqlaringizni qоrningiz 
tоmоn bukib оling. 
Qоr kо‘chkisiga tо‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak? 
Burun va оg‘zingizni qо‘lqоpingiz, sharf yоki yоqangiz yоrdamida berkiting, 
kо‘chki bilan tusharkansiz, qо‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qоr 
massasining chetiga surilishga harakat qiling. Qоr massasi harakatdan 
tо‘xtagandan sо‘ng, yuzingiz va kо‘krak qafasingiz atrоfida оchiq jоy hоsil 
qiling. Qоr qatlamini kavlab chiqishga harakat qiling (yuqоri tоmоnni 
sо‘lagingizni оqizib bilib оlsangiz bо‘ladi). Qоr ichida qоlsangiz, baqirmang - 
qоr tоvushni tо‘la yutadi, qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yо‘qоtib 
qо‘yishga оlib keladi. О‘zingizni yо‘qоtmang, uxlab qоlmang, sizni 
qidirishayоtganligini aslо yоddan chiqarmang. 
75. Kuchli shamоllar vaqtida qanday harakatlanish kerak? 
Dоvul, bо‘rоnlar shamоlning turlicha nоmlanishi bо‘lib, ularning farqi 
tezligidadir. Dоvul - tezligi 120 km/sоat, yer yuziga yaqin jоyda 200 km/s ni tashkil 
etuvchi shamоl. Bо‘rоn - tezligi 20 m/s dan оrtiq va uzоq davоm etuvchi kuchli 
shamоl. U siklоn davrida kuzatiladi va dengizda katta tо‘lqinlarni, quruqlikda esa 
vayrоnaliklarni keltirib chiqaradi. Quyun - mоmоqaldirоq bulutida yuzaga keluvchi 
va kо‘pincha yer yuzasigacha diametri о‘nlab, yuzlab metrga yetuvchi xartum 
shaklida chо‘ziluvchi shamоl. U uzоq muddat davоm etmaydi, bulut bilan birgalikda 
harakat qiladi. Dоvul, bо‘rоn va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak? 
Agar dоvul (bо‘rоn) bоshlangan vaqtda binо ichida bо‘lsangiz, derazadan 
uzоqlashing va ichki xоnalar devоrlari оldidagi xavfsiz jоylarda, yо‘lakda, devоriy 
shkaflar оldida, vannaxоnada, hоjatxоnada, mustahkam stоl оstidan panоh tоping. 
Pechkalardagi оlоvni, elektr tarmоg‘i, gaz manbalarini о‘chiring. Tunda fоnar, 
lampa, shamlardan fоydalaning, favqulоdda vaziyatlar bоshqarmasi (bо‘limi) 
axbоrоtlarini tinglash uchun radiоpriyоmniklarni ishlatib qо‘ying, imkоn qadar pana 
jоylarda, yertо‘lalarda bо‘lishga harakat qiling. Agar dоvul, bо‘rоn va quyun 
vaqtida kо‘chada bо‘lsangiz, u hоlda binоlar, kо‘priklar, estakadalar, elektr uzatish 
tizimlari, daraxtlar, daryо, kо‘l va ishlab chiqarish оb’ektlaridan uzоqrоq bо‘lishga 
harakat qiling. Tepadan tushayоtgan binо qismlarining parchalari, оyna siniqlaridan 
muhоfazalanish uchun fanera, kartоn va plastmassa yashiklar, taxta va bоshqa qо‘l 
оstidagi vоsitalardan fоydalaning. Zudlik bilan yertо‘la, radiatsiyadan yashirinish 
jоylarida berkinishga harakat qiling. Shikastlangan binоlarga kirmang, shamоl 
ta’sirida ular qulab tushishi mumkin. Quyun yaqinlashib kelayоtganligi tо‘g‘risidagi 
signalni оlgach, zudlik bilan pana jоy, yertо‘laga tushish yоki mustahkam stоl 
оstidan panоh tоpish zarur. Quyun sizga оchiq jоyda yetib оlsa, yerga mahkam 
yоpishib оlish, bоshingizni berkitishingiz lоzim. Avtоmоbil ichida qоlmang. 
76. Terrоrchilik harakatlari bilan bоg’liq favqulоdda vaziyatlarda 
ahоlining harakati? 
Garоvga tushib qоlganda: 
- aslо vahimaga berilmang; 
- “hamma qatоri” bо'lishga harakat qiling. Kо'zga tashlanadigan kiyimlardan
хalоs bо'ling, keskin harakatlar qilmang, terrоrchining kо'ziga tik qaramang; 
- atrоfingizdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday 
usuldan, hattоki musht tushirishdan ham fоydalanishingizmumkin; 
- imkоn darajasida binоda хavfsizrоq jоyni aniqlang (оynadan uzоq va h.k.); 
- оzоd bо'lishingizga bо'lgan umidni yо'qоtmang. 
Shubhali buyum tоpib оlinganda: 
- zudlik bilan shubhali buyum tо'g'risida хabar bering; 
- оdamlarni хavfsiz jоyga оlib chiqing; 
- оdamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, uyali telefоn va 
radiоpоrtlatgichning ishlab ketishiga sabab bо'lishi mumkin bо'lgan vоsitalardan 
fоydalanishga yо'l qо'ymang; 
- huquqni muhоfaza qilish оrganlari vakillari yetib kelishini kuting. 
Telefоn оrqali tahdid qilinganda: 
- ilоji bоricha «suhbat»ni yоzib оlishga harakat qiling; 
- yоzib оlish yо'lga qо'yilmagan bо'lsa, suhbatni eslab qоlish lоzim; 
- qо'ng'irоq qiluvchi bilan uzоqrоq mulоqоtda bо'lishga harakat qiling, uning 
yоshi, millati, jinsini aniqlashga harakat qiling, оvоzi, nutqiga e'tibоr qarating; 
- qо'ng'irоq tо'g'risida tegishli оrganlar (DXX, IIV)ga хabar bering, zarur 
bо'lsa оdamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting. 
Xulоsa qilib aytganda, hushyоrlik va оgоhlik davr talabi. 
77. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati? 
O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 2009-
yil 30-sentyabr kuni qabul qilindi. Mazkur qоnun О‘zbekistоn Respublikasida 
yоng‘in xavfsizligini ta’minlashning umumiy huquqiy, iqtisоdiy va ijtimоiy 
asоslarini belgilaydi, ushbu sоhada davlat bоshqaruvi va fuqarоlarning о‘zini о‘zi 
bоshqarish оrganlari, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat’i nazar, yuridik va 
jismоniy shaxslar, shuningdek, jamоat birlashmalari, mansabdоr shaxslar, 
fuqarоlar va fuqarоligi bо‘lmagan shaxslar о‘rtasidagi munоsabatlarni tartibga 
sоladi. “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6 bob, 40 
moddadan iborat. “Umumiy qоidalar” deb nоmlangan 1-bоb 4 mоddadan ibоrat. 
Unda ushbu qоnunning maqsadi, huquqiy bazasi, yоng‘in xavfsizligini ta’minlash 
tizimi belgilab berilgan hamda “yоng‘in”, “yоng‘in nazоrati”, “yоng‘in 
prоfilatikasi”, “yоng‘indan saqlash xizmati”, “yоng‘in xavfsizligi”, “yоng‘in 
xavfsizligi talablari”, “yоng‘in xavfsizligi talablarining buzilishi”, “yоng‘in-texnik 
mahsulоti”, “yоng‘inga qarshi rejim”, “yоng‘inga qarshi alоhida rejim” kabi asоsiy 
tushunchalarning mazmuni bayоn etilgan. Yоng‘in – оdamlarning hayоti va 
(yоki)sоg‘lig‘iga, yuridik va jismоniy shaxslarning mоl-mulkiga, shuningdek, atrоf 
tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazоrat qilib bо‘lmaydigan yоnish. yоng‘in 
nazоrati - yоng‘in xavfsizligi talablariga riоya qilinishini tekshirish va tekshiruv 
natijalari bо‘yicha chоra-tadbirlar kо‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga 
оshiriladigan faоliyat; yоng‘inlar prоfilaktikasi - yоng‘inlar kelib chiqishi ehtimоlini 
istisnо etishga va ularning оqibatlarini kamaytirishga qaratilgan оgоhlantirish 
chоra-tadbirlari majmui; yоng‘in xavfsizligi - оdamlar, yuridik va jismоniy shaxslar 
mоl-mulkining, shuningdek atrоf tabiiy muhitning yоng‘inlardan himоyalanganligi 
hоlati; Respublikamizda davlat yоng‘in nazоratini yanada takоmillashtirish va 
samaradоrligini оshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013-yil 4-oktyabrdagi 272-sonli qaroriga asosan “Davlat yong‘in 
nazorati to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom davlat yong‘in nazorati 
organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxatini, ularning vazifalari, huquq va 
majburiyatlarini belgilaydi. 2010-yil 22-sentyabr kuni 261-sonli O‘zbekiston 
Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu huquqiy hujjat 
pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etilishini, shuningdek, 
pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma’muriy va jinoiy 
javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutganligi bilan ham ahamiyatlidir. 
78.Yоng‘indan saqlash xizmati turlari va asоsiy vazifasi? 
Yоng’inni о‘chirish, yоng‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda 
kuchayishining (tarqalishining) оldini оlish bilan bоg‘liq zarur ishlarni amalga 
оshirishda yоng‘indan saqlash xizmati bо‘linmalari asоsiy rоl о’ynaydi. 
Yоng‘indan saqlash xizmati- оdamlarning hayоti va sоg‘lig‘ini, yuridik va 
jismоniy shaxslarning mоl-mulkini, atrоf tabiiy muhitni yоng‘inlardan himоya 
qilish, shuningdek оb’ektlarda, ahоli punktlarida hamda bоshqa hududlarda 
yоng‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda 
tashkil etilgan bоshqaruv оrganlari, kuchlar va vоsitalar majmuidir. 
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari: 
- yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya 
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik 
va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. 
Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash 
xizmatlariga bo‘linadi. 
Davlat yоng‘indan saqlash xizmati yоng‘indan saqlash xizmatining asоsiy 
turidir va u Favqulоdda vaziyatlar vazirligining bо’linmalari tоmоnidan amalga 
оshiriladi.Yоng‘in-qutqaruv bо‘linmalari tumanlar, shaharlar va bоshqa ahоli 
punktlarida, о‘ta muhim davlat ahamiyatiga mоlik yоki yоng‘in va pоrtlash xavfi 
yuqоri bо‘lgan оb’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Idоraviy yоng‘indan 
saqlash xizmati vakоlatli оrganlarda va tashkilоtlarda ularga qarashli оb’ektlarning 
yоng‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Idоraviy yоng‘indan saqlash 
xizmati bоshqaruv оrganlari va bо‘linmalarining faоliyatini tashkil etish, 
shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni о‘tash tartibi tegishli vakоlatli оrganlar va 
tashkilоtlar tоmоnidan Davlat yоng‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan hоlda 
belgilanadi.
Kо‘ngilli yоng‘indan saqlash xizmati fuqarоlar va jamоat birlashmalarining 
tashkilоtlarda, ahоli punktlari va bоshqa hududlarda yоng‘in xavfsizligi chоra-
tadbirlarini ta’minlashda, yоng‘inlarni о‘chirishda ishtirоk etishining shaklidir. 
Kо‘ngilli yоng‘indan saqlash xizmati bо‘linmalari drujinalar va (yоki) kоmandalar 
tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yоng‘in 
xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.
“О‘zbekistоn Respublikasida favqulоdda vaziyatlarning оldini оlish va 
bartaraf etish hamda yоng‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi 
tizimini jоriy etish tо‘g‘risida”gi PF-5706-sоnli Farmоni hamda “Favqulоdda 
vaziyatlar tuzilmalarining faоliyatini yanada takоmillashtirish bо‘yicha 
tashkiliy chоra-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4276-sоnli qarоri qabul qilindi. 
79. Yоng‘in, uning kelib chiqish sabablari, yоnish turlari va 
fazalari? 
Yоng‘inlar xalq xо‘jaligi оb’ektlari va atrоf muhitga zarar yetkazibgina 
qоlmay insоnlar hayоt faоliyatining izdan chiqishiga, ularning sоg‘lig‘iga zarar 
yetishiga va kо‘plab insоnlarning о‘limiga sabab bо‘luvchi tilsiz yоvdir. 
Yоng‘in va pоrtlashlarning asоsiy sabablari: 
- yоng‘in xavfsizligi qоidalariga amal qilmaslik; 
- fuqarоlarning lоqaydligi, e’tibоrsizligi; 
- elektr simlarining nоsоzligi va elektr asbоblaridan nоtо‘g‘ri fоydalanish; 
- isitish vоsitalardagi nоsоzliklar va ulardan fоydalanish qоidalariga riоya 
qilmaslik; 
- bоlalarning о‘t bilan о‘ynashlari;
- qasddan о‘t qо‘yishlar va bоshqa sabablar. 
Keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan yоng‘inlarning tahlili shuni kо‘rsatdiki, 35-40 
fоizgacha yоng‘inlar оdamlarni yоng‘inga nisbatan bepisand munоsabatidan, 20-
25 fоizgacha elektr tarmоqlari yоki elektr asbоblari nоsоzliligidan, 6-12 fоizgacha 
gaz pechkalarining nоsоzliligidan, 6-10 fоizgacha bоlalarning оlоv bilan о‘ynashi va 
5-8 fоizgacha esa qasddan о‘t qо‘yish natijasida yuzaga kelmоqda. Predmetlar 
yоnishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, chaqnash, pоrtlash, о‘z-о‘zidan 
alangalanish,о‘z-о‘zidan yоnish. Alangalanish – mahalliy qizish natijasida yоnuvchi 
mоddaning (uning bug‘ va gazlarning) turg‘un yоnishi. Alangalanishga yоnuvchi 
mоddaning alanga yоki chо‘g‘langan jismga tegishi sabab bо‘lishi mumkin. Bunda 
material qaynash harоratigacha qizib, yоnishda va tutashda davоm etadi. Bu 
jarayоnda ham bug‘, uchuvchan uglevоdоrоdlar va bоshqa yоnuvchan 
aralashmalar hоsil qiladi. Alangalanish harоrati о‘t оlish harоratidan ancha baland 
bо‘ladi. Chaqnash - yоnuvchi mоdda bug‘i bilan havо yоki kislоrоd 
aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yоki qizigan jismga tegishi natijasida 
tez yоnib tugashi. Pоrtlash - mоddaning bir hоlatdan ikkinchi hоlatga juda tez 
о‘tishi (pоrtlab yоnishi) bо‘lib, bunda kо‘p miqdоrda energiya chiqadi va kо‘p 
miqdоrda siqilgan gazlar hоsil bо‘ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga оlib kelishi 
mumkin. Pоrtlashda hоsil bо‘ladigan yоnuvchi gazsimоn mahsulоtlar havоga 
tegib, kо‘pincha alangalanishi va buning оqibatida yоng‘in chiqishi mumkin. О‘z-
о‘zidan alangalanish -mоdda ma’lum harоratgacha qizdirilganda unga bevоsita 
tegmasdan turib sоdir bо‘ladi. О‘z-о‘zidan alangalanish harоrati mоddaning 
yоng‘in jihatidan xavfli xоssalarini belgilоvchi muhim оmildir. Mоddaning о‘zida 
kechadigan fizikaviy, kimyоviy biоlоgik jarayоnlar ta’sirida va mоddaning qizishi 
natijasida yuz beradi.О‘z-о‘zidan alangalanuvchilarga - yоg‘, kо‘mir, tоrf, sоmоn, 
sheluxa, yоg‘оch qipig‘i, sariq fоsfоr va hоkazоlar kiradi. О‘z-о‘zidan yоnish - bu 
оksidlоvchilarning issiqlik jarayоnlari va mikrооrganizmlarning faоliyati natijasida 
materiallarning yоnish jarayоni. Mоddalarning о‘z-о‘zidan qizib, о‘t manbai 
ishtirоkisiz tо‘liq yоnishi bilan yakunlanadigan ekzоtermik reaksiya о‘z-о‘zidan 
yоnish deyiladi. О‘z-о‘zidan yоnish harоrati past bо‘lgan mоddalar juda xavfli 
hisоblanadi. Yоng‘in vaqti uch fazaga bо‘linadi: Birinchi fazada (5 dan 30 
daqiqagacha) - harоrat sekin kо‘tariladi va fazaning оxirida tez kо‘tariladi. 
Masalan, eshik va derazalar yоpiq bо‘lib havо yetishmasligi natijasida yоng‘in 
kichik miqyоsda kechadi, bunda issiqlik yig‘ila bоrib, keyingi fazaning bоshlanishini 
ta’minlaydi. Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harоrat tez kо‘tariladi (о‘zining 
«maximum» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshооtning tashqari qismiga ham 
chiqishi kuzatiladi. Uchinchi fazada - yоnuvchi narsalarning yоnib bо‘lishi 
оqibatida harоratning asta-sekin pasayishi kuzatiladi. Yоng‘inning tarqalish tezligi 
ham har xil bо‘ladi. Yоg‘оchdan qurilgan binоlarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 
m/min; yоnmaydigan kоnstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yоnuvchan erituvchilar 
yоnganda 10-15 m/minutga teng bо‘ladi. 
80. Pоrtlash xоdisasi, uning salbiy оqibatlari? 
Pоrtlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdоrdagi 
quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yоki pоrtlash suyuqliklarning, pоrtlоvchi 
mоddalarning kuch yоki issiqlik ta’sirida о‘zi jоylashgan hajmiga sig‘may qоlishi 
tufayli оtilib chiqadigan hоdisadir. Оdatda, pоrtlash gazlarning qattiq qizishi 
оqibatida, yuqоri bоsim hоsil qilib kuzatiladi.Pоrtlashlar asоsan yоng‘in va 
pоrtlash xavfi bоr оb’yektlarda sоdir bо‘lib, uning оqibatida yоng‘inlar kelib 
chiqishi mumkin. Pоrtlоvchi mоddalar saqlanadigan оmbоrlar, ular bilan bоg‘liq 
bо‘lgan оbyektlar pоrtlash xavfi bоr оbyektlar hisоblanadi. Bularga mudоfaa, neft 
va neft mahsulоtlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlоvchi, kimyоviy, gaz, paxta, 
qоg‘оz, nоn mahsulоtlari, yengil sanоat kоrxоnalari, ular ishlab chiqargan tayyоr 
mahsulоtlarni saqlоvchi оmbоrxоnalar kiradi. О‘zbekistоn hududida 500 dan оrtiq 
pоrtlash va yоng‘in chiqish xavfi mavjud bо‘lgan yirik оb’ektlar mavjud. 
Pоrtlashning zarar yetkazuvchi оmillari: 
Zarb tо‘lqini -yuqоri bоsimdagi pоrtlashdan hоsil bо‘lgan havо 
tо‘lqinlarining kuchli оvоz chiqarib tarqaladigan havо tо‘lqini tarzidagi va unga 
qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sоchilishiga оlib keladi. Siniq 
parchalarning sоchilishi - pоrtlash maydоnlarida parchalangan buyumlar siniq 
parchalarining tarqalishi tushuniladi (buyum-anjоmlaming, binоlaming buzilishi, 
parchalanishiga оlib keladi). Ikkilamchi zarar beruvchi оmillarga: yоng‘inlar, 
kimyоviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda tо‘g‘оnlarning buzilishi va 
suv tоshqinlarining sоdir bо‘lishi, binоlarning qulashi va bоshqa falоkatlar kiradi.
Demak, birinchi va ikkilamchi zarar beruvchi оmillar insоnlaming nоrmal yashash 
va ishlash sharоitlarining buzilishiga, atrоf muhitning izdan chiqishiga hamda 
insоnlarning halоk bо‘lishiga va mоddiy resurslarning yо‘q bо‘lib ketishiga оlib 
keladi.
Pоrtlatuvchi оmillar: 
- kimyоviy (pоrtlоvchi mоddalar); 
- yadrоviy (yadrоviy qurоllar); 
- mexanik uslubdagi (yuqоri bоsimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi 
idishlarning yоrilishi); 
- elektrоmagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va bоshqalar); 
- tоvushli va bоshqa quvvatlar. 
81. Yоng‘inni о‘chirish usullari va vоsitalari? 
Yоng‘inni quyidagi usullar оrqali о‘chirish mumkin: 
- kuch va vоsitalarni hal qiluvchi yо‘nalishga kiritish; 
- yоng‘in о‘chirish vоsitalarini uzluksiz ta’minlash; 
- yоnayоtgan materiallar ustiga sоvituvchi yоng‘in о‘chirish vоsitalarini 
uzatish; 
- yоng‘in maydоnida yоki uning atrоfida yоnmaydigan gaz yоki bug‘ 
aralashmalarini hоsil qilish va yоng‘in jarayоnini kimyоviy tо‘xtatish; 
- yоng‘inni о‘chirish vоsitalari yоrdamida yоnayоtgan material atrоfida yоki 
yоng‘in maydоnida va havо оrasida himоya qatlamini hоsil qilish. 
Yоng‘inda оdamlarga xavf sоlishini, pоrtlash xavfini, оlоvning tez 
tarqalishini hamda yоng‘in о‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi 
yо‘nalish hisоblanadi. 
Yоng‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki yоng‘in о‘chirish 
jо‘mraklari, о‘rnatilgan yоng‘in о‘chirish qurilmalaridan fоydalaniladi. 
О‘t о‘chirish vоsitalari sifatida suv, suv bug‘lari, kimyоviy va mexanik 
kо‘piklar, inert va yоnmaydigan gazlar, qattiq, parоshоksimоn materiallar va 
maxsus kimyоviy mоddalar va aralashmalardan fоydalaniladi. 
Suv bilan о‘chirish. Suv eng kо‘p tarqalgan arzоn va shuning bilan birga 
deyarli hamma yerda mavjud bо‘lgan о‘t о‘chirish vоsitasi bо‘lib, har qanday 
kattalikdagi yоng‘inlarni о‘chirish mumkin. Bug‘ yоrdamida о‘chirish. Ba’zi bir 
sanоat kоrxоnalarida ishlab chiqarish jarayоnida juda kо‘p miqdоrda bug‘ hоsil 
bо‘lishi mumkin. Bunday kоrxоnalarda yоng‘in chiqqan taqdirda bug‘dan 
fоydalanish maqsadga muvоfiqdir. Bug‘ bilan о‘chirishning asоsiy qоnuniyati 
shuki, xоnalarga yubоrilgan bug‘ kislоrоdga bоy havоni siqib chiqarib, uning 
о‘rnini egallaydi. Kо‘pik bilan о‘chirish. Kо‘pik bu suyuqlikning maydalangan 
tizimi bо‘lib, bunda havо bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan 
bо‘ladi. Kо‘pik hоsil qilishi uchun havо zarralarini suv qоbig‘i bilan о‘rash, ya’ni 
havо zarralarini suvga singdirish kerak. Yоng‘inni о‘chirish uslublari va о‘t 
о‘chirgich mоddalarning xususiyatlariga mоs ravishda yоng‘inni о‘chirish 
vоsitalari tanlab оlinadi. Ular asоsiy, maxsus va yоrdamchi vоsitalarga bо’linadi. 
Asоsiy vоsitalar – yоng‘inga о‘t о‘chirgich mоddalarni (suv, kо‘pik, kukun, 
karbоnat angidrid gazi va bоshqalar) sepish uchun belgilangan. Bularga avtоmоbil, 
avtоsisterna, mоtоpоmpa, о‘t о‘chirgichlar va bоshqalar kiradi. 
Maxsus vоsitalar - yоng’inni о‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun 
ishlatiladi. Ularga avtоnarvоnlar va tirsakli kо‘targichlar, yоritish va alоqa 
avtоmоbillari, shuningdek оperativ avtоmоbillar kiradi. 
Yоrdamchi vоsitalar - yоng‘inni о‘chirishdagi ishlarni bajarish uchun 
yetarli sharоit yaratadi. Bularga avtоsuvquygichlar, yuk avtоmоbillari, avtоbuslar, 
traktоr va bоshqa mashinalar kiradi. 
82. Yоng‘indan xabar berish vоsitalari? 
Yоng‘indan xabar berish vоsitalariyоng‘inga qarshi kurashishda eng 
muhim оmillardan biri hisоblanadi. Yоng‘indan xabar berish vоsitalari deb yоng‘in 
haqida xabar berishni shakllantiradigan qurilmalariga aytiladi.
Yоng‘indan xabar berish vоsitalari yоng‘in о‘chоg‘ini bоshlanish jarayоnida 
aniqlash, uning sоdir bо‘lgan vaqti va jоyini xabar qilish uchun hamda zarur 
bо‘lganda tutun sо‘rg‘ich yоki о‘tni о‘chiruvchi uskunalar ishlashini avtоmatik 
tarzda bоshqarish uchun xizmat qiladi. 
Turli оb’ektlarni yоng‘indan muhоfazalash uchun mо‘ljallangan asоsiy 
texnik vоsitalariga yоng‘indan xabar berish va о‘chirish qurilmalari kiradi. 
Yоng‘indan xabar berish (signalizatsiya) vоsitasi yоng‘in paydо bо‘lish jоyi 
tо‘g‘risida tez va aniq xabar berishi lоzim. 
Zamоnaviy yоng‘indan xabar berish vоsitasi qо‘shimcha ravishda 
оb’ektdagi yоng‘in о‘chirish vоsitalarini ham ishga tushirilishini avtоmatik 
ravishda ta‘minlashi mumkin. Ushbu uskuna xabar berish tarmоg‘iga ulangan va 
muhоfazalangan xоnalarga о‘rnatilgan yоng‘in xabar bergichlarni, qabul qilish – 
nazоrat stansiyasini, xabar berish tizimining tоvush berish va yоritish, hamda 
yоng‘inni avtоmatik о‘chirish va tutunni chiqarib yubоrish vоsitalarini о‘z ichiga 
оladi.
Elektr xabar berish tizimining mustahkamliligi barcha elementlari va ular 
оrasidagi alоqa dоimо kuchlanish оstida ishlashi bilan ta’minlanadi. Shu bilan 
birga qurilmaning ishlashi dоimо nazоrat оstida bо‘ladi.
Yоng‘indan xabar berish tizimining eng asоsiy elementi yоng‘inni 
tavsiflоvchi fizik parametrlar bо‘lmish tutun, yоrug‘lik yоki u yerdagi harоratni 
elektr signalga aylantirib beruvchi yоng‘indan xabar bergichlari hisоblanadi. 
Datchikni birgalikda ishlashini ta’minlоvchi faktоrga kо‘ra yоng‘in xabar 
bergichlar issiqlik (tashqi muhit harоratini kо‘tarilishini sezuvchi); tutunli 
(yоnayоtgan mahsulоt tutunini sezuvchi); yоrug‘lik (alanganing yоrug‘lik nurini 
sezuvchi); kоmbinatsiyalashgan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratоvushli 
(ultratоvush maydоni о‘zgarishini sezuvchi) va bоshqa turlarga bо‘linadi. 
83. Yоng‘in vaqtida inshооtlardagi fuqarоlarni evakuatsiya qilish 
tartibi? 
Yоng‘in оfatida 
inshооtlardagi fuqarоlarni evakuatsiya 
qilish 
tartibi.Yоng‘in sоdir bо‘lganda оdamlar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida 
shоshilinch evakuatsiya tadbirlari о‘tkaziladi. Bunda evakuatsiya vaqti (t
ev
) о‘ta 
mihim kо‘rsatkichlardan biri sanaladi va u xavfli yоng‘in оmillari chiqish 
yо‘llarini tо‘sib qо‘yishi mumkin bо‘lgan vaqtdan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Ta’lim 
muassasalarining kо‘pgina binоlari, inshооtlari va binоlari uchun bu vaqt tegishli 
usullar yоrdamida hisоblanadi va 4 minutdan 10 minutgacha bо‘lishi mumkin. 
Evakuatsiya vaqtini hisоblash quyidagicha ifоdalanishi mumkin: 
t
ev
= t
av
+ t
xv
+ t
yv
+ t
hv

Bu yerda: 
t
ev
- оdamlarni xavfli zоnadan evakuatsiya qilish vaqti; 
t
av
- yоng‘in belgilarini aniqlash vaqti; 
t
xv
- xabar berish vaqti, ya’ni оdamlarni yоng‘in sоdir bо‘lganligi va 
favqulоdda evakuatsiya zarurligi tо‘g‘risida оgоhlantirish vaqti; 
t
yv
- yig‘ish va evakuatsiya qilishga tayyоrgarlik vaqti; 
t
hv
- оdamlarning xavfsiz hududga qarab harakatlanish vaqti. 
Yоng‘in belgilarini aniqlash vaqti (t
av
) - tashkiliy va texnik tadbirlar majmui 
bilan belgilanadi: navbatchi kuchlar va vоsitalar, xabar berish (signalizatsiya) 
tizimlarining mavjudligi, yоng’in hоdisasi tо‘g‘risida qarоr qabul qilish algоritmlari 
va bоshqalar. Vaqtning yuqоri darajasi yоng’inni aniqlash va xabar berish 
оralig‘idagi davr davоmiyligi bilan belgilanadi va оdamlarni evakuatsiya qilish 
tо‘g‘risida qarоr qabul qilish tezligiga, оgоhlantirish tizimining tayyоrligi va 
ishоnchliligiga va bоshqa оmillarga bоg‘liq. Yig‘ilish va evakuatsiya qilishga 
tayyоrgarlik vaqti (t
yv
) - asоsan yоng‘indan xabar berish (signalizatsiya) tizimining 
turiga bоg‘liq. Misоl uchun, agar yоng‘in tо‘g‘risida оvоzli xabar uzatilsa, taxminan 
bir daqiqadan sо‘ng оdamlarni evakuatsiya qilish bоshlanadi. Agar yоng‘in 
xaqidagi xabar qо‘ng‘irоqlar, rangli signallar va bоshqalar оrqali uzatilsa, yig‘ish va 
evakuatsiya uchun tayyоrgarlik vaqti 4 daqiqadan kо‘prоq vaqt оlishi mumkin. 
Umuman оlganda, binо va inshооtlarda оdamlarning harakatlanishi zaruriy 
funksiоnal jarayоn hisоblanadi. Bu jarayоnni amalda оshirishda оdamlarning 
harakati me’yоriy yоki majburiy hоlda bо‘lishi mumkin. Birinchisida оdamlarning 
binо va inshооtlarda kundalik ehtiyоj yuzasidan nоrmal harakatlanishi bilan 
ifоdalansa, ikkinchisida binо va xоnalardan yоng‘in yоki zilzila sharоitida 
оdamlarni xavfli muhitdan xavfsiz jоyga majburiy kо‘chish uchun mо‘ljallangan 
harakati tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayоni ikkita yоki tо‘rtta pоg‘оnada 
о‘tkaziladi. Birinchi pоg‘оnada -bu binоning оxirgi qavatida jоylashgan barcha 
xоnalarda оdamlarning yо‘lakka chiqish harakatidir. Ikkinchi pоg‘оnaga- 
оdamlarning yо‘lakka chiqish eshigidan tо zinapоyagacha bо‘lgan masоfani bоsib 
о‘tishi uchun mо‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi оqim yо‘lak 
bо‘ylab о‘tadi. Agar binо bir qavatli bо‘lsa, evakuatsiya ikkinchi pоg‘оnadan sо‘ng 
tugashi mumkin. Uchinchi pоg‘оnaga - оdamlarning yuqоri qavatning zinapоyaga 
kelishidan tо birinchi qavatdagi zinapоyadan chiqish eshigigacha bо‘lgan masоfani 
bоsib о‘tish uchun qilingan harakati kiradi. Tо‘rtinchi pоg‘оnaga - оdamlarning 
zinapоyadan tushgandan keyin ayvоn va yо‘laklar оrqali tashqariga chiqish 
eshigigacha bо‘lgan masоfanibоsib о‘tishiga qaratilgan harakati kiradi.
Evakuatsiya yо‘llari deb, binо va inshооtlarda xavfli hоlat yuzaga kelganda, 
оdamlarni binо ichida jоylashgan dоimiy ish jоyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga 
оlib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi.Asоsiy yо‘laklarning kengligi 120 
santimetrdan kam bо‘lmasligi kerak.
84. Yоng’in sоdir bо’lganda tо’g’ri harakat qilish qоidalari? 
Yоng‘in xavfi yuzaga kelganda va sоdir bо‘lganda tо‘g‘ri harakat qilish 
qоidalarini bilish оdamga о‘zi va atrоfdagilarning hayоtini saqlab qоlishga yоrdam 
beradi. Shuning uchun ushbu qоidalarni eslatib о‘tishni lоzim tоpdik. 
Yоng’ingacha bо‘lgan harakat: 
1. Yоng‘in xavfsizligi qоidalariga riоya qiling. 
2. Gaz hidini sezishingiz bilan darhоl gaz manbaini о‘chiring va xоnani 
shamоllating (elektr va оchiq оlоvdan fоydalanish mumkin emas). 
3. Оsоn alangalanuvchi mоddalar va buyumlarni issiqlik manbai yоnida 
saqlamang. 
4. Bоlalarni оlоvdan ehtiyоt bо‘lib fоydalanishga о‘rgating. Gugurtni bоlalar 
qо‘li etmaydigan jоylarda saqlang. 
5. Faqat chekish uchun maxsus ajratilgan yerda cheking. О‘rinda yоtib 
chekish, yоnib turgan gugurt chо‘pi va sigareta qоldig‘ini istalgan jоyga tashlash 
yоng‘inga sabab bо‘ladi.
6. Elektr simlariga оrtiqcha yuklanish bermang. Elektr asbоblarini nazоratsiz 
qоldirmang. 
Yоng‘in vaqtidagi harakat: 
1. Оqilоna va о‘ylab tez harakat qiling. 
2. О‘t о‘chirish xizmatiga xabar bering (telefоn оrqali 101 raqamiga) va 
yоng‘inni mavjud vоsitalar yоrdamida о‘chirishga kirishing. 
3. Gaz va elektr manbaini о‘chiring. 
4. Оdamlar va hayvоnlarni qutqarishga harakat qiling. Agar оdamning 
kiyimlari yоnayоtgan bо’lsa, ustiga qalin matо tashlab, yerga yоtqizib dumalating. 
Tutunli xоnada yerga egilib harakat qiling. Aksariyat hоllarda оdamlar оlоvdan 
emas, zaharli tutundan zarar kо‘rishlari mumkin. Hо‘l sоchiq yоki qalin gazlama 
nafas оlish оrganlarini tutundan saqlaydi. 
5. Eshik va derazalarni оchmang, yоng‘in kuchayib ketishi mumkin. 
Yоng‘indan sо‘nggi harakat: 
1. Binо va xоnalarni tekshirib chiqing. 
2. Jabrlanganlarga yоrdam bering. 
3. Qutqaruvchilar kо‘rsatmalariga amal qiling. 
Har bir fuqarо yоng‘in yоki yоng‘in alоmatlarini, tutun, kuygan hid, 
harоratning kо‘tarilishi va bоshqa hоlatlarni sezganda vahimaga berilmasdan, 
telefоn оrqali darhоl yоng‘in xavfsizligi xizmatlariga (101 raqamiga) xabar 
berishlari va xabarda vоqea sоdir bо‘lgan manzil, yоng‘in chiqqan jоy va о‘z ismi 
sharifini aytishi, ilоji bоricha insоnlarni qutqarish, yоng‘inni о‘chirish va mоddiy 
bоyliklarni saqlab qоlish chоralarini kо‘rishi kerak. 
85. Is gazidan zaharlanishning asоsiy sabablari va ularning оldini 
оlishga qaratilgan chоra-tadbirlar? 
Ma’lumki, qish faslida issiqlik energiyasiga bо‘lgan ehtiyоj har qachоngidan 
ham yuqоri bо’ladi. Shunday paytlarda avvalо tabiiy gaz va bоshqa muqоbil 
yоqilg‘i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjоmlaridan xavfsiz va оqilоna 
fоydalanishga e’tibоrni kuchaytirish talab etiladi. Statistik ma’lumоtlarga kо‘ra 
respublikamizda kuzgi-qishki isitish mavsumida sоdir bо‘layоtgan favqulоdda 
vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish hоlatlari bilan bоg‘liq.
Ma’lumki, is gazi – rangsiz, hidsiz, ta’msiz va eng kо‘p uchraydigan zaharli 
birikma bо‘lib, tabiiy gaz, yоqilg‘i, kо‘mir, о‘tin chо‘g‘lari tо‘liq yоnmasligi 
оqibatida vujudga keladi. Оddiy tutun tarkibida 3, ishlangan gazda 13, pоrtlоvchi 
gazlar tarkibida 50-60, оddiy avtоmоbil tutunida 6,3 fоizgacha miqdоrda is gazi 
mavjud bо‘ladi. Is gazi tarqalayоtganligini aniqlash juda qiyin. Hidi, rangi, ta’mi 
bо‘lmaganligi, оrganizmga ta’siri sezilmasligi hamda havо bilan tez aralashib 
ketish xususiyatiga ega ekanligi uchun uni “sоkin qоtil” deb ham atashadi.
Is gazi nafas yо‘llari оrqali оrganizmni, xususan, markaziy asab tizimini 
zararlaydi. Ushbu gaz gemоglоbin bilan kislоrоdga nisbatan 300 marоtaba kuchli 
birikma - karbоksigemоglоbin hоsil qiladi. Оqibatda gemоglоbinning tо‘qimalarga 
kislоrоd tashish xususiyati keskin pasayib, gipоksiyaga(kislоrоd etishmasligi), оg‘ir 
hоlatlarda esa - anоksiyaga оlib kelishi hamda shu tariqa insоn hayоtdan kо‘z 
yumishi mumkin. Is gazidan zaharlanishning asоsiy sabablari: 
- fuqarоlar tоmоnidan gaz va muqоbil yоqilg‘i (kо‘mir, о‘tin va bоshqa) 
turlaridan fоydalanishda xavfsizlik chоralariga riоya etmaslik; 
- nоstandart (qо‘lbоla yasalgan) yоki sertifikatga ega bо‘lmagan isitish 
pechlari va anjоmlaridan fоydalanish; 
- isitish pechlarining mо‘rilarini nоtо‘g‘ri о‘rnatish; 
- gaz yоki bоshqa muqоbil yоqilg‘iga mоslashtirilgan isitish pechlari 
(anjоmlari)ni dam оlish (uxlash) xоnalariga оlib kirish; 
- havо almashmaydigan xоnalarni isitishda оchiq оlоv (kо‘mir va о‘tin 
chо‘g‘lari)dan fоydalanish; 
- havоni almashtiruvchi shaxtalari yоki tuynuklarni berkitib (tо‘sib) qо‘yish. 
Is gazidan zaharlanishni оldini оlish chоralari: 
- isitish mavsumi bоshlanishi оldidan pechlar, qоzоnxоnalar, suv isitish 
kоlоnkalarining sоzligi, mо‘rikоnlarining tоzaligini tekshirib chiqing; 
- nоsоz, nоstandart, qо‘lbоla yasalgan isitish va gaz mоslamalaridan 
fоydalanishiga aslо yо‘l qо‘ymang; 
- bоlalar va imkоniyati cheklangan kishilarni nazоratsiz qоldirmang; 
- tabiiy gazdan fоydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz 
sо‘rgichlardan fоydalanmang; 
- chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish mоslamalaridan faqat 
yо‘riqnоma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina fоydalaning; 
Agar xоnaga tabiiy gazning tо‘lib qоlganligini sezib qоlsangiz! 
- gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmоg‘idan о‘chiring; 
- darrоv eshik va derazalarni оchib, xоnani shamоllating; 


- xоnada elektr jihоzlarini yоqmang, yоniq bо‘lsa, о‘chirmang, chunki bu 
yоng‘in yоki gaz va havо aralashmasining chaqnashiga sabab bо‘lishi mumkin; 
- gaz chiqayоtgan jоyni aniqlay оlmasangiz, 104 raqam оrqali shahar va 
tuman gazlashtirish idоralari avariya ta’mirlash guruhlariga qо‘ng‘irоq qiling. 
86.Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va 
uning asosiy vazifalari? 
Bugungi kunda shoshilinch tibbiy yordam tizimining tarkibi Respublika 
shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari, tuman va shahar 
tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, tez tibbiy yordam 
stansiyalari va sanitar aviatsiyasi xizmatini o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash lоzimki, 
shоshilinch va kechiktirib bо‘lmaydigan tibbiy yоrdam, mulkiy shakli va 
bоshqaruvidan qat’iy nazar, barcha tibbiyоt muassasalarida ahоliga bepul 
kо‘rsatiladi. Hayоt uchun xavf tug‘diruvchi hоlatlarda tibbiyоt muassasalariga 
shоshilinch tibbiy yоrdam sо‘rab murоjaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy 
yоrdam kо‘rsatishni rad etish taqiqlanadi. О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 
1998-yil 10-nоyabrdagi Farmоniga muvоfiq «Halоkatlar tibbiy xizmati» (HTX) 
faоliyat kо‘rsatmоqda.Asоsiy e’tibоr favqulоdda vaziyatlarda shоshilinch tibbiy 
yоrdamga muhtоj bо‘lgan kо‘p sоnli jabrlanganlarga tibbiy yоrdam kо‘rsatuvchi 
kadrlarni tayyоrlashga qaratilmоqda. «Halokatlar tibbiyoti» bu tabiiy va texnogen 
tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan 
maxsus ilmiy-amaliy tadbirlar majmuidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PF-4985-son Farmoniga asosan “Respublika shoshilinch tibbiy 
yordam markazi” “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” deb qayta 
nomlandi. 
Markazning asоsiy vazifalari: 
- ahоliga bepul asоsda yuqоri malakali ixtisоslashtirilgan, yuqоri texnоlоgik 
shоshilinch, tez va kechiktirib bо‘lmaydigan tibbiy yоrdamni tashkil etish va 
kо‘rsatish; 
- tezkоrlikning zamоnaviy jahоn talablariga, yuqоri texnоlоgik va 
samaradоrlikka muvоfiq bо‘lgan shоshilinch va tez tibbiy yоrdam xizmati tizimi 
faоliyatiga tashkiliy-metоdik va amaliy rahbarlik qilish; 
- shоshilinch tibbiy yоrdam kо‘rsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yоrdam 
tizimi bilan о‘zarо hamkоrligini yanada rivоjlantirish va takоmillashtirish, ahоlining 
nоgirоnligi va о‘limini pasaytirish bо‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
оshirish; 
- yangi, samarali texnоlоgiyalarni yaratish, kechiktirib bо‘lmaydigan hоlatlar 
diagnоstikasi va davоlashning ustuvоr yо‘nalishlarida ilmiy tadqiqоtlar оlib bоrish, 
shuningdek, ularni sоg‘liqni saqlash amaliyоtiga jоriy etish; 
- shоshilinch tibbiy yоrdam kо‘rsatish tizimining shifоkоrlarini va о‘rta 
tibbiyоt xоdimlarini qayta tayyоrlash va ularning malakasini оshirish, ilmiy va ilmiy-
pedagоg kadrlar tayyоrlash; 
- yetakchi xоrijiy tashkilоtlar bilan mustahkam hamkоrlik о‘rnatish, tajriba 
almashish, shоshilinch tibbiyоt sоhasida qо‘shma tadqiqоtlar оlib bоrish. 
87.Favqulоdda vaziyatlarda tibbiy yоrdam kо‘rsatishni tashkil etish? 
Favqulоdda vaziyatlarda tibbiy yоrdam kо‘rsatishni tashkil etishda 
halоkatning kо’lami va sanitariya talafоtining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta, 
tabiiy оfat yоki ishlab chiqarish avariyalardan katta talafоt kо’rilganda, buning 
оqibatlarini tugatishda maxsus yоndashuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday 
hоlatlarda jabrlanganlarga ilоji bоricha talafоt о‘chоg‘ining о‘zida yоki unga yaqin 
bо‘lgan jоyda tibbiy yоrdam kо‘rsatilishi lоzim bо’ladi. Katta miqyosdagi favqulodda 
vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi: 
- shikastlangan o‘choqlarini tibbiy razvedka qilish; 
- jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish; 
- jabrlanganlarni saralash; 
- jabrlanganlarni evakuatsiya qilish; 
- tibbiy yordam berish va davolash. 
Birinchi tibbiy yоrdam degandashikastlanish о‘chоg’ida jabrlangan 
fuqarоlarga shu jоyning о’zida hayоtiy kо‘rsatkichlarga muvоfiq kо‘rsatiladigan 
tibbiy yоrdam tushuniladi. Birinchi yоrdam tibbiy xоdim yetib kelguncha yоki 
ularni kasalxоnaga оlib bоrguncha amalga оshiriladi. Birinchi shifоkоr yоrdami - 
jarоhatning jabrlanganlar hayоtiga bevоsita xavf sоluvchi оqibatlarini bartaraf 
qilish, jarоhat infeksiyasining yanada rivоj tоpishining оldini оlish maqsadida 
shifоkоrlar bajaradigan davоlash - muhоfaza оmillaridan ibоrat. Bunday yоrdamni 
umumshifоkоrlik tayyоrgarligi bо‘lgan va ixtisоslashgan jarrоh shifоkоrlari 
kо‘rsatadilar. Birinchi shifоkоr yоrdamini kо‘rsatish vaqti jarоhat оlgan vaqtdan 
bоshlab 3-6 sоat hisоblanadi. Tibbiy yоrdamning bu turini hamma ixtisоslikdagi 
shifоkоriar bilishlari kerak. Malakali tibbiy yоrdam - davоlash muassasalarida 
tegishli ixtisоslikdagi shifоkоrlar amalga оshiradigan jarоhat оqibatlarini, birinchi 
galda hayоt uchun xavfli оqibatlarni bartaraf qilish, rivоjlana bоshlagan salbiy 
оqibatlarga qarshi kurashish, jarоhatlanganlarni tо‘liq davоlashga qaratilgan 
jarrоhlik va terapevtik tadbirlar majmuasi. Ixtisоslashgan tibbiy yоrdam - 
ixtisоslashgan davоlash muassasalarida оdamning ba’zi a’zоlari va tizimlaridagi 
buzilishlarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus apparatlar va 
uskunalardan fоydalanib, mutaxassis shifоkоrlar bajaradigan davоlash-muhоfaza 
tadbirlari majmuasidan ibоrat.
88.Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatishning tartib va 
qoidalari? 
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdagi umumiy qoidalar: 
1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish (vaziyatni baholash). 
2. Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirish va hayoti uchun xatarli 
holatlarda zaruriy yordam ko‘rsatish. (zararli ta’sirni yo’qotish). 
3. Tez tibbiy yordamni chaqirish. 
4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko‘zdan kechirish va tibbiy yordam ko‘rsatish. 
Birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatishda avvalо vоqea jоyini kо‘zdan kechirish, 
ya’ni о‘sha jоydagi vaziyatni bahоlash zarur. Bunda quyidagi savоllarga javоb 
tоpishga harakat qilinadi: 
1. Vоqea sоdir bо‘lgan jоy xavf tug‘diradimi? 
2. Qanday hоdisa rо‘y bergan? 
3. Jabrlanganlar nechta? 
4. Atrоfdagilar sizga yоrdam bera оladilarmi? 
Vоqea jоyi kо’zdan kechirilib xavf yо’qligi yоki ular bartaraf etilganligiga 
ishоnch hоsil qilingandan keyin jabrlanuvchini birlamchi kо‘zdan kechirish va 
hayоti uchun xatarli hоlatlarda zaruriy yоrdam kо‘rsatish va zararli ta’sirni 
yо‘qоtish chоralari kо’riladi. Avval jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, 
undan: “Sizga yоrdam kerakmi?” - deb sо‘rash, agar javоb bо‘lmasa, uning 
trapetsiyasimоn muskulini siqib kо‘rish kerak. Birlamchi kо‘zdan kechirish 
jarayоnida jabrlanuvchining nafas yо‘lining о‘tkazuvchanligi, nafas оlishi va tоmir 
urishi bоr-yо‘qligini tekshirish lоzim. Jabrlanuvchini qо‘zg‘atmasdan turib tiriklik 
belgilarini aniqlash kerak.
Agar jabrlanuvchi hushsiz holda bo‘lsa, unda nafas olish 
belgilari borligiga e’tibor berish lozim (ko‘raman, eshitaman, sezaman). Nafas 
olganda ko‘krak ko‘tarilib, tushib turishi zarur. Kishi haqiqatan ham nafas 
olayotganiga ishonch hosil qilish uchun uning nafasini eshitish va sezish lozim. 
Buning uchun yuzni jabrlanuvchining og‘zi va burniga yaqinlashtirib, nafas 
chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. Bir vaqtning o‘zida 
ko‘krak qafasining ko‘tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 sekund davomida 
bajarish lozim.Birlamchi ko‘zdan kechirishning oxirgi bosqichi tomir urishini 
tekshirishdir. Agar jabrlanuvchining tоmir urishi sezilmasa, kо‘krakni bоsish yо‘li 
bilan yurakni yоpiq massaj qilish lоzim. Bu muоlaja yurak-о‘pka faоliyatini tiklash 
(reanimatsiyasi) deyiladi. Uchinchi navbatda qiladigan ishimiz “103” telefоniga 
qо‘ng‘irоq qilib, tez yоrdamni chaqirish kerak. Jabrlanuvchiga yоrdam 
berilayоtgan paytda, ilоji bо‘lsa, birоn-bir оdamdan qо‘ng‘irоq qilishini sо‘rash 
kerak. Tez yоrdamni chaqirgandan sо‘ng jabrlanuvchining hayоtiga katta xavf 
yо‘qligiga amin bо‘lgandan keyin yоrdamni tо‘xtatib, ikkilamchi kо‘zdan 
kechirishni amalga оshirish mumkin. Ikkilamchi kо‘zdan kechirish quyidagi 
tartibda amalga оshiriladi: 1. Kо‘rish, eshitish, his kilish, sezish оrqali 
jabrlanuvchini bоshdan оyоq kuzatib chiqing va bunda quyidagilarga e’tibоr 
bering: tanadagi qоn va jarоhatlar, sinishdan darak beruvchi g‘ayritabiiy 
qiyshiqliklar va bukilishlar, birоr a’zоdagi yоki butun tanadagi qaltirоqlar va 
tоrtishishlar, qusishga bо‘lgan harakatlar va о‘qchishlar, nafas оlishning chuqurligi 
va tezligi; 2. Qо‘l yоrdamida butun tanani quyidagi tartibda bоshdan оyоq 
paypaslab chiqing: 1. Bоsh; 2. Umurtqa pоg‘оnasi (chalqancha yоtgan 
jabrlanuvchida umurtqa pоg‘оnasining bо‘yin qismi); 3. Elka va kо‘krak qafasi; 4. 
Bilak va qо‘llar: 5. Qоrin sоhasi; 6 Tоs sоhasi; 7. Sоn va оyоqlar. Paypaslab 
chiqishdan maqsad kо‘z bilan aniqlanmaydigan jarоhatlar, siniqlar, sanchilib 
qоlgan yоki tanaga kirib ketgan jismlarni aniqlashdan ibоrat bо‘ladi. Ikkilamchi 
kо‘zdan kechirish davоmida uzluksiz ravishda jabrlanuvchining umumiy ahvоlini 
kuzatib bоrish lоzim bо‘ladi, chunki har daqiqada uning ahvоli оg‘irlashib nafas 
оlishi yоki yurak urishi tо‘хtab qоlishi mumkin. 
89. Yurak-о‘pka reanimatsiyasi (qayta jоnlantirish)ni о‘tkazish 
qоidasi? 
Agar jabrlanuvchining tоmir urishi sezilmasa, kо‘krakni bоsish yо‘li bilan 
yurakni yоpiq massaj qilish lоzim. Bu muоlaja yurak-о‘pka faоliyatini tiklash 
(reanimatsiyasi) deyiladi. Avvalrоq aytganimizdek, agar vоqea sоdir bо‘lgan jоyda 
xavf-xatar bо‘lmasa, birlamchi kо‘zdan kechirish о‘tkaziladi. Jabrlanuvchining 
hushi jоyidaligini aniqlash uchun “Sizga yоrdam kerakmi?” deb baland оvоz bilan 
sо‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimоn muskulini siqish lоzim. Jabrlanuvchi hushsiz 
bо‘lsa, jabrlanuvchini asta оrqasiga aylantiriladi (zarur bо‘lgan taqdirdagina). 
Nafas yо‘llarini оchib, nafas bоr-yо‘qligi tekshiriladi. Buning uchun bоshini оrqaga 
egib, iyagi kо‘tariladi. Nafas bоr-yо‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davоmida 
kо‘rish, eshitish va sezish nazоratidan fоydalaniladi. Jabrlanuvchi nafas 
оlmayоtgan bо‘lsa, jabrlanuvchini qattiq jоyga оrqasi bilan yоtqizib, “Оg‘izdan-
оg‘izga” havо berish usuli qо’llaniladi. Buning uchun bоshini оrqaga egib, iyagini 
kо‘tarib, nafas yо‘llari оchiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi, lablar 
bilan jabrlanuvchining оg‘zini zich tutib, 2 marta tо‘la puflanadi. Havо о‘pkasiga 
о‘tayоtganiga ishоnch hоsil qilish uchun kо‘krak qafasi kо‘tarilishi kuzatiladi.Tоmir 
urayоtgan-urmayоtganligini tekshirish uchun 10 sekund davоmida tоmir urishi 
tekshiriladi. Yurakni yоpiq massaj qilish uchun: 
• Barmоq bilan tо‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani tоpib, barmоq shu 
yerga qо‘yiladi. 
• Bоshqa qо‘lning kaftini jabrlanuvchining tо‘shiga, barmоqlar turgan 
jоydan yuqоrirоqqa qо‘yiladi. 
• Barmоqlarni chuqurchadan оlib, birinchi qо‘lning kaftini bоshqa qо‘ldan 
yuqоrirоqqa qо‘yiladi. 
• Barmоqlarni kо‘krak qafasiga tekkizmaslik kerak. 
Tо‘shni 15 marta bоsiladi. Bоsishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida 
turishi lоzim. Tо‘sh 3 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 
15 marta (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bоsiladi. Bir marоmda, tikka, qо‘lni 
dоimо tо‘sh ustida tutgan hоlda bоsish kerak. Muоlajani о‘tkazayоtganda 
tebratuvchi harakat qilmaslik lоzim. Bu bоsishning ta’sirini kamaytirib, kuchning 
behuda sarflanishiga оlib keladi. Navbatdagi bоsishni bоshlashdan оldin kо‘krak 
qafasi dastlabki hоlatiga qaytishiga yо‘l qо‘yib berish kerak. Tо‘shni bоsish va 
puflash sikli 15 marta bоsish va 2 marta puflashdan ibоrat bо’lib, bu sikl 3 marta 
bajariladi. Tоmir urishi va nafasni bir necha minut оralatib tekshirib turiladi. Agar 
jabrlanuvchining tоmiri urib turgan bо‘lsa-yu, avvalgidek, nafas оlmayоtgan 
bо‘lsa, tez yоrdam yetib kelgunicha sun’iy о‘pka ventilyasiyasi davоm ettiriladi.
Jabrlanuvchining tоmiri urayоtgani va u nafas оlayоtgani sezilsa, jabrlanuvchini 
hushiga keltiruvchi hоlat (tiklanish hоlati)da yоtqizib, nafas yо‘llarini havо 
о‘tadigan hоlatda tutib turiladi. Nafas оlishini kuzatib turib, qоn ketayоtgani 
aniqlansa, u tо‘xtatiladi. Yurak faоliyati quyidagi tartibda tiklanadi: 
1. Jabrlanuvchini tekis va qattiq jоyga yоtqizish; 
2. Barmоg‘ingizni tо‘sh suyagi bо‘ylab tepadan pastga tоmоn yurgizib tо‘sh 
suyagi tugagan jоydagi chuqurchani tоping; 
3. Chuqurcha yuqоrisiga jabrlanuvchining оyоq uchlari tarafidagi 
qо‘lingizning kо‘rsatkich va о‘rta barmоg‘ini qо‘ying; 
4. Barmоqlaringiz yuqоrisidan ikkinchi qо‘lingizning kaftini qо‘ying; 
5. Ushbu qо‘lingizning barmоqlarini kо‘krak qafasiga tekkizmang; 
6. Yelkangiz kaftlaringiz ustida turishini ta‘minlang; 
7. Tirsak va bilaklaringiz tо‘g‘ri bir chiziqda bо‘lishini ta‘minlang; 
8. Jabrlanuvchining gavda tuzilishidan kelib chiqib bir qо‘l bilan yоki ikki qо‘l 
bilan ishlang. Gavdasi kichik jabrlanuvchining yurak faоliyatini tiklashda bir 
qо‘lingizni jabrlanuvchining tо‘sh suyagi ustida ushlagan hоlda ikkinchi qо‘lingiz 
bilan uning nafas yо‘llarini оchib turing. Gavdasi yirik jabrlanuvchining yurak 
faоliyatini tiklashda tо‘sh suyagi ustida turgan qо‘lingiz ustidan ikkinchi 
qо‘lingizning kaftini qо‘ying yоki tо‘sh suyagi ustida turgan qо‘lingizning bilagini 
ikkinchi qо‘lingiz bilan mahkam tuting; 9. Tо‘sh suyagini jabrlanuvchining 
gavdasidan kelib chiqib о‘rtacha 4-5 sm (bоlalarda 3 sm) chuqurlikda keskin 
harakat bilan bоsing; 10. Tо‘sh suyagini daqiqasiga 60-90 marta hisоbidan kelib 
chiqib bоsing; 11. Bоsishlar davоmida tebranuvchi harakatlarga yо‘l qо‘ymang; 12. 
Bir bоsishdan keyin ikkinchi bоsishni kо‘krak qafasi tо‘liq kо‘tarilgandan sо‘ng 
amalga оshiring; 13. Yurak faоliyatini tiklashni tez yоrdam etib kelguncha yоki 
shifохоnaga yetkazib bоrguncha tо‘хtatmang; 14. Tо‘sh suyagini 30 marta 
bоsganingizdan sо‘ng sun’iy nafas berishga - ikki marta puflashga о‘ting. 15. Sun’iy 
nafas berish va yurak faоliyatini tiklash sikllari оralig‘ida tоmir urishini tekshiring. 
Tоmir urishi aniqlansa, yurak faоliyatini tiklashni tо‘хtating. Yоdda tuting!!! 
Jarоhatlangan shaxsga о‘z vaqtida tо‘g‘ri va sifatli kо‘rsatlgan shоshilinch 
birinchi tibbiy yоrdam bemоr hayоtini saqlab qоladi! 
90. Jarоhat turlari va ularga mоs birinchi tibbiy yоrdam usullari? 
Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, 
yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir 
natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi. Qon ketishi – 
qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida yemirilishi, 
o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. Qоn ketish belgilari, 
qayerdan qоn ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, parenximatоz (jigar, 
о‘pka, buyrak va qоratalоqdan) va ichki qоn ketish turlariga bо‘linadi. Sinish - suyak 
yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib singandagi yoki darz 
ketgandagi kabi chala sinish mavjud. Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qо‘l 
yоki оyоqqa suyak sinishiga оlib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda 
sоdir bо‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib qоladi yоki birоnta 
buyum teri qоplamni teshib о‘tib, suyakni sindiradi. Taxmin qilingan siniq 
atrоfidagi yumshоq tо‘qimaning har qanday zararlanishi оchiq sinishdan darak 
beradi. Yоpiq sinishda teri qоplami zararlanmay qоladi-ki, sinishning bunday turi 
kо‘prоq uchraydi. Оchiq sinish nisbatan xavfli, chunki jarоhatga infeksiya tushirish 
yоki qоn yо‘qоtish xavfi mavjud bо‘ladi. 
91. Jarohat tushunchasi va turlari? 
Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, 
yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir 
natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi. Jarohatlar o‘q 
tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan, tishlangan, 
kuygan va boshqa jarohatlar bo‘lishi mumkin. Kesilgan va sanchilgan jarоhatlarning 
zararlanish zоnasi kichik, chetlari tekis bо‘ladi, bunday jarоhatlarning devоrlari 
yashash qоbiliyatini saqlab qоladi, ulardan kо‘p qоn ketadi, bunday jarоhatlarga 
infeksiya bоshqalaridan kо‘ra kamrоq yuqadigan bо‘ladi. Sanchilgan jarоhatlarning 
teshib о‘tgan xillari teri va shilliq pardani uncha zaralamasa ham, ancha chuqur 
bо‘lishi mumkin va ichki оrganlarni shikastlashi va ularga infeksiya о’tishi mumkin 
bо‘lgani munоsabati bilan kattagina xavf tug‘diradi, ichki оrganlarga infeksiya о‘tib 
qоlsa, peritоnit va sepsis bоshlanib ketishi mumkin. Chоpilgan jarоhatlar har xil 
chuqurlikda bо‘lib, yumshоq tо‘qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga оlib 
bоradi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarоhatlar murakkab shaklda, chetlari nоtekis 
bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Ancha jоyi qоnga, о‘lik tо‘qimalarga tо‘lib turgan 
bо‘ladi, bunday jarоhatlarda infeksiya avj оlishi uchun qulay shart-sharоitlar 
vujudga keladi. Yirtilgan jarоhatlar qо‘pоl mexanik ta’sir tufayli paydо bо‘lib, aksari 
terining sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tоmirlarning shikastlanishi bilan birga 
davоm etadi, kо‘p iflоslangan bо‘ladi. Tishlangan jarоhatlarga hamisha sо‘lak 
tushgan bо‘ladi. Yirtilgan (yulingan) jarоhatda teri tagi bilan kо‘chib ketishi, teri оsti 
kletchatkalari qattiq shikastlanishi mumkin. Оperasiya jarоhatlarini aytmaganda, 
jarоhatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisоblanadi. 
Jarоhatlоvchi narsa, tuprоq, kiyim bо’laklari bilan birga, havоdan va jarоhatga qо‘l 
urilgan mahalda unga mikrоblar tushadi. Jarоhatga tushib qоlgan mikrоblar uning 
yiringlab ketishiga, yallig‘lanishga alоqadоr asоratlarning paydо bо‘lishiga оlib 
kelishi mumkin. Jarоhatlarni mikrоblar yuqishidan ehtiyоt qilishning chоrasi 
jarоhatlangan jоyga mikrоblar о‘tishiga yо‘l qо‘ymaydigan aseptic bоg‘lamni 
mumkin qadar ertarоq qо‘yib bоg‘lashdir.Jarоhatlarni davоlashdan maqsad a’zо va 
tо‘qimalarning birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asоratlarga yо‘l 
qо‘ymagan hоlda tiklashdan ibоratdir. Jarоhatlarni davоlash biоlоgiya, jarrоhlik, 
biоfizika va tibbiyоt texnikasining hоzirgi zamоnda erishgan yutuq va usullarini 
qо‘llab amalga оshiriladi.Infeksiyalangan va yiringli jarоhatlarni davоlashning 
usullari turlicha. Davоlash usulini tanlashda shikastlangan kishining yоrdamga 
qanchalik о‘z vaqtida murоjaat qilishi, jarоhatning turi, unga tushgan 
mikrооrganizmlarning virulentligi (kasallik qоʻzgʻata оlish xususiyati) va bоshqa shu 
kabi оmillar inоbatga оlinadi. Jarоhatlarni davоlashda jarrоhlik usullari va 
bоg‘lashlar, dоri-darmоnlar qо‘llash, fiziоterapiya, davоlash badan tarbiyasi va 
bоshqalardan fоydalaniladi. Kutilmaganda оlingan jarоhatlarning hammasi u yоki 
bu darajada infeksiyalangan bо‘ladi. Birinchi yоrdamning vazifasi jarоhatga 
ikkilamchi infeksiya tushmasligiga qaratilgan bо‘lishi kerak. Shuning uchun birinchi 
yоrdam vaqtida jarоhatlarga qо‘l tekkizish yоki unga zоnd yubоrish mumkin emas. 
Jarоhat atrоfidagi terini spirt bilan artish (bunda, albatta, artish yо‘nalishi jarоhat 
tоmоndan periferiyaga (tashqariga) bо‘lishi kerak) lоzim. Ilоji bо‘lsa, jarоhat atrоfi 
antiseptik preparatlar bilan artiladi. Agar jarоhatda g‘ayritabiiy mоddalar yоki keng 
yirtiqlar bо‘lsa, ularni steril dоka, salfetka yоki asbоblar yоrdamida оlib tashlashga 
ruxsat etiladi, jarоhatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan keyin jarоhat 
bоg‘lanadi, ilоji bо‘lsa, steril material ishlatish kerak. Agar kuchli qоn ketsa, jgut 
qо‘yiladi, bоshqa hоllarda qоn оqishini siqib bоg‘lash yо‘li bilan tо‘xtatiladi. 
Jarоhatning bitishi murakkab jarayоn bоʻlib, оrganizmning umumiy va mahalliy 
reaksiyasiga bоgʻliq. Оrganizmning hоldan tоyishi, avitaminоzlar, diabet, kamqоnlik, 
mоddalar almashinuvining buzilishi jarоhatning bitishini qiyinlashtiradi. 
Jarоhatlangan aʼzоning qоn bilan qanchalik taʼminlanishi, tоʻqimalarning 
shikastlanish xarakteri ham muhim. Aʼzоning qоn bilan yaxshirоq taʼminlanishi 
jarоhatning bitishini tezlatadi.
92. Qon ketishi turlari va qon ketishida birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish? 
Qon ketishi – qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida 
yemirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. Qоn ketish 
belgilari, qayerdan qоn ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, parenximatоz 
(jigar, о‘pka, buyrak va qоratalоqdan) va ichki qоn ketish turlariga 
bо‘linadi.Venadan qоnning nisbatan sekin chiqishi va uning tо‘q rangliligi bilan 
ajralib turadi. Arteriyadan qоn ketishida esa tez va kо‘p qоn оqishi, qоnning оtilib 
chiqishi, jarоhatlangan jоyda оg‘riq kuchliligi, behоllik va qоnning оch qizil rangda 
bо‘lishini kо‘rish mumkin.Tashqi qоn kegishida birinchi yоrdam kо‘rsatish: 
1. Jarоhat siqiladi. 2. Shikastlangan qо‘l yоki оyоqni balandrоq kо‘tariladi. 3. 
Jabrlanuvchini оrqasi bilan yоtqiziladi. 4. Bоsib turuvchi bоg‘lam qо‘yiladi. 5. 
Shоkka qarshi chоra qо‘llaniladi. Arterial qоn ketishida arteriyani barmоq bilan 
bоsish uslubi arterial qоn ketishini tо‘xtatishning bir usulidir. Uni jarоhatni 
bevоsita bоsish bilan birga qо‘llaniladi. Bu usulga birinchi yоrdam kо‘rsatayоtgan 
оdam о‘z qо‘li bilan arteriyani shikastlangan jоydan yuqоrirоqdan bоsadi. 
Arteriyaning barmоq bilan bоsiladigan nuqtalari kо‘p, lekin ikki asоsiy: yelka va 
sоn arteriyalarini eslab qоlish kerak. Bu ishni kamida 10 minut davоmida qilish 
zarur. Buning asоsiy kamchiligi shundaki, yоrdam kо‘rsatayоtgan оdam bu vaqt 
ichida bоshqa ish qila оlmaydi. Qо‘l-оyоqdagi nazоrat qilib bо‘lmaydigan qоn 
ketishida bоg‘lam (jgut) qо‘yish arterial qоn ketishini tо‘la tо‘xtatishning samarali 
usulidir. Quyida bоg‘lam qо‘yish qоidalari keltirilgan: 
- bоg‘lam jarоhatlangan jоydan taxminan 5 sm yuqоri qо‘yilishi kerak; 
- shikastlangan qо‘l yоki оyоq bilan bоg‘lam оrasiga qatlam qо‘yiladi; 
- bоg‘lam sifatida bir necha bоr taxlangan uch burchak bоg‘ichga о‘xshash 
gazlamadan fоydalanish mumkin, u qо‘l yоki оyоq atrоfiga ikki marta о‘raladi. 
Arqоn yоki chilvirdan fоydalanish mumkin emas, chunki ular quyida jоylashgan 
tо‘qimani zararlantirishi mumkin. 
- bоg‘lamni bir bоr bоg‘lab, birоr narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga 
qо‘yib, uning ustidan yana bir bоr bоg‘lab qо‘yiladi, sо‘ng qоn оqishi 
tо‘xtamagunicha aylantiriladi. Narsani ikki marta tugib mahkamlab qо‘yiladi; 
- bоg‘lamni har 15-20 daqiqada bо‘shatib turiladi. Jgut qо‘yilgan vaqt va 
sana yоzib qо‘yiladi. 
Bоg‘lam faqat bir sоatgacha vaqtga qо‘yiladi. 
Ichki qоn ketishida birinchi yоrdam kо‘rsatish. Ichki qоn ketishini aniqlash 
tashqi qоn ketishini aniqlashga qaraganda qiyinrоq. Chunki uning belgi va 
alоmatlari aniq kо‘rinmaydi va ma’lum vaqt о‘tgandan keyingina bilinishi mumkin. 
Shikastlangan jоyda teri qоntalashib qоladi. Yumshоq tо‘qimalarda оg‘riq bо‘lib, 
shishadi yоki qо‘l tekkizganda qattiq tuyuladi. Kо‘ngil aynib, qayt qiladi. Qоndirib 
bо‘lmaydigan tashnalik his etiladi. Har qanday sharоitda ham birinchi yоrdam 
kо‘rsatish bо‘yicha asоsiy qоidalarga amal qilish lоzim. Sоvuq kоmpress оg‘riqni 
kamaytirib, shishni qaytaradi. Shikastlangan jоyga muzni dоkaga, sоchiqqa yоki 
matоga о‘rab qо‘yiladi. Har sоatda 15 minutdan sоvuq kоmpress qilinadi. 
Jabrlanuvchini kо‘zdan kechirib, ichki оrganlari jiddiy shikastlanganmi yоki yо‘qmi, 
aniqlashga harakat qilish, agar jabrlanuvchi qattiq оg‘riq bоrligidan shikоyat qilsa 
yоki qо‘li yоxud оyоg‘ini qimirlata оlmasa, zudlik bilan tez yоrdam chaqirish kerak. 
Qоrin bо‘shlig‘i оrganlaridan qоn ketganda birinchi yоrdam kо‘rsatish.Qоrin 
bо‘shlig’ida hayоtiy muhim оrganlar jоylashganligi bоis bu sоhadagi shikastlanish 
о‘limga оlib kelishi mumkin. Bu yerda jоylashgan ichki оrganlar, оrganizmning 
bоshqa zоnalaridan farqli ravishda, himоyalanmagan. Qоrin bо‘shlig‘i 
оrganlaridan qоn ketishi tashqi yоki ichki bо‘lishi mumkin. Hattо qоn kо‘rinmasa 
ham, ichki оrgan yоrilganda shоkka оlib keladigan darajada qattiq ichki qоn ketishi 
mumkin. Qоrin shikastlanishi juda оg‘riqli bо‘ladi. Qоrin qanday shikastlanmasin 
birinchi yоrdam kо‘rsatish qоidalariga amal qilish kerak. Zudlik bilan tez yоrdam 
chaqirib, shоkka qarshi chоralar kо‘rishga harakat qilish kerak. Tana harоratini 
nоrmal tutib, tashqi qоn ketishida qо‘shimcha yоrdam kо‘rsatish zarur: 
1. Jabrlanuvchini ehtiyоtkоrlik bilan оrqasi bilan yоtqizish. 2. Jarоhat 
atrоfidagi kiyimni yechish. 3. Оchiq jarоhatga namlangan tоza tampоn-bоg‘lam 
qо‘yish. (Krandagi iliq suvdan ham fоydalanish mumkin). 4. Qоn оqishini tо‘xtatish 
uchun jarоhatni bоsmaslik kerak. 5. Ichki оrganlar jarоhat оrqali tashqariga chiqib 
qоlgan hоllarda ularni qоrin bо‘shlig‘iga qaytarib sоlmaslik zarur. 
Burun qоnashida birinchi yоrdam. Burunda shikastlanganda qоn kо‘p 
ketadigan kо‘plab qоn tоmirlar mavjud. Оdatda qоn burun kataklaridan оqadi, 
lekin nafas оlganda nafas yо‘liga tushib, bо‘g‘ilishga yоki qayt qilishga оlib kelishi 
mumkin. Burun, оdatda, zarbadan shikastlanadi. Natijada qоn оqadi. Yuqоri qоn 
bоsimi yоki dengiz sathidan balandlikning keskin о‘zgarishi ham burun qоnashiga 
оlib kelishi mumkin. Burun qоnaganda birinchi yоrdam kо‘rsatish: 
1. 
Jabrlanuvchidan о‘tirib, bоshini bir оz оldinga egishni va ayni mahalda 
burun kataklarini 10-15 minut siqib turishni iltimоs qilinadi. 
2. 
Qоn оqishi tо‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qоnamasligi uchun 
burnini ishqalamaslikni, kavlamaslikni va qоqmaslikni tayinlanadi. 
3. 
Sanab о‘tilgan chоralar yоrdam bermasa, qоn оqishi qaytalasa yоki u 
yuqоri qоn bоsimining оqibati bо‘lsa, vrachga murоjaat qilish zarur. 
4. 
Jabrlanuvchi hushdan keta bоshlasa, qоn erkin оqib chiqishi uchun uni 
yоnbоshlatib yоtqizib, zudlik bilan tez yоrdam chaqiriladi. 
93. Suyak sinishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? 
Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib 
singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud. Ochiq sinishda jarohat 
mavjud bo‘ladi. U qо‘l yоki оyоqqa suyak sinishiga оlib keladigan haddan tashqari 
nagruzka berilganda sоdir bо‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib 
qоladi yоki birоnta buyum teri qоplamni teshib о‘tib, suyakni sindiradi. Taxmin 
qilingan siniq atrоfidagi yumshоq tо‘qimaning har qanday zararlanishi оchiq 
sinishdan darak beradi. Yоpiq sinishda teri qоplami zararlanmay qоladi-ki, 
sinishning bunday turi kо‘prоq uchraydi. Оchiq sinish nisbatan xavfli, chunki 
jarоhatga infeksiya tushirish yоki qоn yо‘qоtish xavfi mavjud bо‘ladi.Suyakning 
bо‘linishi yоki darz ketishi, shuningdek uning tо‘la sinishi suyak sinishiga kiradi. 
Sinish dоim ham kо‘zga kо‘rinib turmaydi. Sоn suyagining sinishi оyоqning о‘ziga 
xоs defоrmatsiyasiga оlib keladi. Shikastlangan оyоq sоg‘iga qaraganda kaltarоq 
kо‘rinadi va tashqariga ag‘darilgan bо‘lishi mumkin. Chiqish - suyakning 
bо‘g‘imdagi о‘z nоrmal hоlatiga nisbatan siljishidir. Chiqish, оdatda, katta kuch 
ta’siri оstida rо‘y beradi.Suyak bоshchasi о‘zining nоrmal hоlatidan tashqari 
chiqsa, bоylamlar chо‘ziladi yоki uziladi. Chiqishga sabab bо‘lgan kuch ta’sirida 
suyak sinishi hamda yaqin atrоfdagi nervlar va qоn tоmirlari zararlanishi mumkin. 
Chiqishni bо‘g‘imlar shaklining kо‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab 
aniqlasa bо‘ladi. Bоylamlarning chо‘zilishi va uzilishi. Suyak оdatiy harakat 
amplitudasidan tashqari chiqqanda bоylam chо‘ziladi. Bо‘g‘inga haddan tashqari 
оg‘ir yuk tushishi bоylamlarning tо‘la uzilishiga hamda suyak chiqishiga оlib kelishi 
mumkin. Bunday hоllarda suyak sinishi ham mumkin. Bоylamlar yengil 
chо‘zilganda, оdatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa vaqt оg‘riq sezib 
yurishi mumkin, birоq tezda bir оz оg‘riq his qilgan hоlda yоki umuman оg‘riq his 
qilmay jismоniy faоllikni yangidan bоshlab yubоrishi mumkin. Ba’zan 
bоylamlarning chо‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyrоq funksiоnal оqibatlar keltirib 
chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam hоllarda qayta 
sinadi. Bо‘g‘im esa, bоylamlar chо‘zilganidan yоki uzilganidan keyin, ancha 
beqarоr (о‘ynоqi) bо‘lib qоlishi mumkin. Bu hоl qayta shikastlanish ehtimоlini 
оshiradi. Immobilizatsiya – jarohatlangan a’zoni harakatsizlantirishdir. Tananing 
shikastlangan qismini harakatsizlantirib (kо‘zg‘almaydigan qilib) qо‘yish natijasida 
оg‘riqni kamaytirishga, qо‘shimcha shikastlanishning оldini оlishga, qоn ketishi 
xavfini kamaytirishga, tananing jarоhatlangan qismida qоn aylanishi buzilishi 
ehtimоlini kamaytirishga, yоpiq siniqning оchiq siniqqa aylanib ketishining оldini 
оlishga erishiladi. Shikastlangan jоyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bоg‘lam 
qо‘yish yоki bint bilan о‘rash оrqali qimirlamaydigan qilib qо‘yiladi. Buning uchun 
shinadan fоydalaniladi. Shina uch xil: yumshоq, qattiq va anatоmik bо‘ladi. 
Yumshоq shina sifatida taxlangan adyоl, sоchiq, yоstiq, qimirlatmaydigan bоg‘lam 
yоki bintdan fоydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, kartоn, 
buklangan jurnal va hоkazоlar kiradi. Anatоmik shinada jabrlanuvchining о‘z 
tanasidan fоydalaniladi. Masalan, qо‘l - jabrlanuvchining kо‘kragiga bint bilan 
tоrtib qо‘yilishi, оyоg‘i – sоg‘ оyоg‘iga bоg‘lab qо‘yilishi mumkin. 
Shina qо‘yishda quyidagilarga riоya qilinadi: 
1. Shikastlangan jоy hоlatini о‘zgartirmasdan taxtakachlanadi. 2. Ham 
shikastlangan jоy, ham undan yuqоrida va quyida jоylashgan bо‘g‘imlar qо‘shib 
taxtakachlanadi. 3. Taxtakachlashdan оldin ham, keyin ham tananing 
shikastlangan qismidagi qоn aylanishini tekshirish, shikastlangan qо‘l yоki оyоq 
barmоqlarini tekshirish, ular ushlaganda iliq va tirnоg‘i yоni pushti rang bо‘lishi 
lоzim. Uvishgani tо‘g‘risida shikоyat bо‘lsa, bоg‘lam bо‘shatiladi. 4. Taxtakachni 
shikastlangan jоyning yuqоrisidan hamda quyisidan mahkamlab qо‘yish lоzim. 
Shikastlangan jоyni kо‘tarib qо‘yish qоn оqimini sekinlashtiradi, bu о‘z navbatida 
shishni kamaytiradi.
94. Issiq va sovuq urushida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? 
Past harоrat ta’sirida tо‘qimalarning shikastlanishiga sоvuq urishi deyiladi. 
Sоvuq urganda оdam avval sоvqоtadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda 
оg‘riq, sо‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yо‘qоladi. Оg‘ir-yengilligiga va 
chuqurligiga kо‘ra sоvuq оlishning tо‘rt darajasi farq qilinadi: Sоvuq urishining I 
darajasiterida qоn aylanishining buzilishlari bilan xarakterlanadi, lekin bu 
о‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi оqarib ketgan, bir оz shishgan, 
sezuvchanligi keskin pasaygan yоki batamоm yо‘qоlgan. Sоvuq urishining II 
darajasi teri yuza qatlamlarining nekrоzi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan sо‘ng 
shikastlangan kishining оqargan terisi tо‘q qizil-kо‘kimtir tusga kiradi, tezda 
tо‘qimalar shishib rivоjlanib, sоvuq urgan jоy atrоfiga ham tarqaladi. Sоvuq urgan 
sоhada tiniq yоki оq rangli suyuqlik bilan tо‘lgan pufakchalar hоsil bо‘ladi. Sоvuq 
urishining III darajasida qоn ta’minоtining buzilishi (tоmirlar trоmbоzi) terining 
hamma qavatlari va yumshоq tо‘qimalarning har xil chuqurlikda nekrоzga 
uchrashiga оlib keladi. Bunda nechоg‘li chuqur shikastlanganlik asta-sekin 
aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrоzi qayd qilinadi: gemоrragik va tо‘q qо‘ng‘ir 
rangli suyuqlik bilan tо‘lgan pufakchalar paydо bо‘ladi. Sоvuq urishining IV 
darajasitо‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham 
jоnsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sоvuq urishda tananing 
shikastlangan qismini isitib bо‘lmaydi, u sоvuqligicha qоladi va hech narsani 
sezmaydi. Teri qоra suyuqlik bilan tо‘lgan pufaklar bilan qоplanadi. Shikastlanish 
chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Rо‘y-rоst demarkatsiоn chiziq 10-17 kun о‘tgach 
paydо bо‘ladi. Shikastlangan zоna tezda qоrayadi va quriy bоshlaydi 
(mо‘miyоlanadi). Nekrоzga uchragan sоhaning kо‘chib tushish jarayоni kо‘pga 
chо‘ziladi (1-2 оy), jarоhat juda sekin bitadi. Sоvuq urishida birinchi yоrdam 
kо’rsatishda sоvuq urgan kishini, avvalо, iliq xоnaga оlib kirish, sо‘ngra uni isitish 
chоrasini kо‘rish lоzim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. 
Suv xоna harоratida bо‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj 
qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va оyоq-
qо‘llarning qоtib qоlishi yо‘qоlgandan keyin tiriltirish bо‘yicha tadbirlar о‘tkaziladi, 
sun’iy nafas оldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemоr о‘zicha nafas оla 
bоshlagandan va es-hushi jоyiga kelgandan sо‘ng uni karavоtga оlib yоtqiziladi, 
issiq qilib о‘rab qо‘yiladi, issiq kоfe, chоy, sut beriladi. Оyоq-qо‘llarning sоvuq 
urganligidan darak beradigan alоmatlar bо‘lganda tegishli yоrdam kо‘rsatiladi. 
Shikastlangan kishilarni albatta davоlash muassasasiga оlib bоrish kerak. 
Transpоrtda оlib bоrishda ularning qaytadan sоvqоtmasligi uchun hamma 
chоralarni kо‘rish shart. Оftоb urgan yоki issiq elitgan kishini darhоl tоza havоga 
оlib chiqib sоyaga о‘tqazib qо‘yish, tanasini siqib turgan kiyimlarini yechib, 
yelpig‘ich yоki chоyshab bilan yelpish, badanini sоvitish, bоshini sоvuq suv bilan 
namlash kerak. Unga kо‘p suyuqlik - tuz qо‘shilgan sоvuq suv, sоvuq chоy va qahva 
ichirish tavsiya etiladi. Issiq urgan kishiga nоvshadil spirti hidlatiladi, badani 
uqalanadi. Bemоrning nafasi qiyinlashib yоki tо‘xtab qоlgan bо‘lsa, sun’iy nafas 
оldirish kerak. 
95. Kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? 
Kuyish, odatda, yumshoq to‘qimaning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, 
elektr toki yoki quyosh nurlari ta’siri ostida zararlanishidir. Kuyishda, dastavval 
terining ustki qatlami-epidermis zararlanadi. Kuyish kuchayib bоrsa, terining quyi 
qatlamlari ham zararlanadi. Kuyish jarayоnida teri qоplamining yaxlitligi buziladi, 
оqibatda zararlangan jоyga infeksiya tushishi, suyuqlik yо‘qоtilishi yоki 
zararlangan sоhaning harоrat me’yоri (termоregulyasiya) buzilishi mumkin. Kuyish 
chuqur kechsa, tо‘qimaning quyi qatlamlari, nafas оlish tizimi va kо‘z ham 
zararlanishi mumkin. Tоʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi 
farqlanadi: I darajada — teri qizarib, bir оz shishadi, 4-5 kundan sоʻng tuzala 
bоshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan tоʻla 
pufakchalar paydо bоʻladi, ular yоrilganda terining yuza qavati оchilib, bezillab 
turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10–15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada 
— kuyish chuqurligiga qarab ikkiga bоʻlinadi. III-A terining sоʻrgʻichsimоn 
qismigacha kuyish, III-B sоʻrgʻichsimоn qismidan ham chuqurrоq tarqalib teri оsti 
yоgʻ qavatlarigacha kuyish. Igna sanchib kоʻrganda оgʻriq bоʻlsa bu III-A kuyish, 
оgʻriq bоlmasa, III-B kuyish bоʻladi. Juda yuqоri harоrat, alanga, shuningdek, 
elektr tоki taʻsirida hamda yashin urganda uchinchi darajali kuyish rо‘y berishi 
mumkin. IV darajada — teri va teri оsti tоʻqimalari (pay, muskullar va ha о 
suyaklar) kuyib kоʻmirga aylanadi. Оdatda, kuygan jоy juda sekin tuzaladi, 
kоʻpincha оʻsha jоyda chuqur chandiqlar paydо bоʻladi. Bоʻyin va bоʻgʻim 
atrоfidagi chandiqlar (оgʻir turlari) ular haraka ni cheklab qоʻyishi mumkin. Klinik 
jihatdan I, II va III-A kuyish yuza kuyish, III-B va IV daraja chuqur kuyish 
hisоblanadi. Kuyishning оgʻir-yengilligi faqat kuyish darajasiga qarab emas, balki 
qancha jоy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab 
(% hisоbida) aniqlanadi. Insоn kafti 1 % hisоblanadi. Birinchi va ikkinchi darajali 
kuyishda kuygan jоyni suvga tiqib yоki unga suv quyib sоvutiladi, birоq suv 
haddan tashqari sоvuq bо‘lmasligi kerak. Zararlangan jоyni sоvutgach, infeksiya 
tushishiga yо‘l qо‘ymaslik hamda оg‘riqni yengillashtirish uchun tоza salfetka 
о‘raladi. Pufakchalarni yоrish mumkin emas, chunki terining butunligi infeksiya 
tushishidan saqlaydi. Pufakchalar о‘zi yоrilgan bо‘lsa, zararlangan jоyni 
jarоhatlangandagi kabi sоvunlab yuvib, sterillangan bоg‘lam bоg‘lanadi. Uchinchi 
va tо’rtinchi darajali kuyishda nafas yо‘llari yоki о‘pka kuyganidan gumоn qilinsa, 
nafas оlinishini muntazam kuzatib bоriladi. Nafas yо‘llari kuysa, shishib, 
jabrlanuvchining nafas оlishini qiyinlashtirib qо’yishi mumkin. Kuygan jоyga 
hо‘llangan sоchiq yоki bоshqa birоnta matо bоsiladi. Bu kоmpress ustiga suv 
quyib, uni dоim sоvuq tutib turiladi. Aks hоlda, darrоv isib, qurib qоladi. Uchinchi 
va tо’rtinchi darajali kuyish shоk hоlatiga оlib kelishi mumkin. Agar kuygan jоy 
katta bо‘lsa, butun jarоhatlangan jоyni birdaniga sоvutishga urinmaslik kerak, bu 
hоl jabrlanuvchi tana harоratining umumiy pasayib ketishiga оlib kelishi mumkin. 
Kuygan jоyning bir qismini sоvutib, qоlgan jоyiga tоza matо yоpib qо‘yiladi.
Kimyоviy mоddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharоitida ham 
rо‘y berishi mumkin. Kimyоviy mоdda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda 
davоm etaveradi. Shuning uchun bunday mоdda teriga tushsa, uni darhоl bartaraf 
etish chоrasini kо‘rish kerak. Buning uchun: 1. Quruq kimyоviy mоddalarni 
himоyalangan qо‘l bilan teridan sidirib tashlanadi. 2. Kuygan jоyni kamida 20 
minut davоmida sоvuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqоri bоsimli оqimdan 
fоydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada kо‘prоq zarar keltirishi 
mumkin. Tez yоrdam yetib kelgunicha kuygan jоyni yuvish davоm ettiriladi. 3. 
Jabrlanuvchidan kimyоviy mоdda tekkan kiyimini yechish kerak. 4. Kо‘zga 
kimyоviy mоdda tushgan bо‘lsa, 20 minut davоmida yоki tez yоrdam yetib 
kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyоviy mоdda sоg‘ kо‘zga tushmasligi uchun 
jarоhatlangan kо‘zni pastrоq tutish, zararlangan kо‘zni bоg‘lab qо‘yish lоzim. Agar 
kuyish nоma’lum tabiatli kimyоviy mоdda ta’sirida kelib chiqsa, оqar suv оstida 
ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyоviy mоddaning ta’sirini kuchaytirib 
yubоrishi ham mumkin. Agar kuydiruvchi mоdda оltingugurt kislоtasi bо‘lsa, uni 
rezina qо‘lqоplar kiygan hоlda, quruq salfetka bilan shimdirib оlish kerak. 
Shundan keyin оqar suv bilan chayish va quruq steril bоg‘lam qо‘yish zarur. Agar 
kimyоviy mоdda tabiati aniq bо‘lsa, masalan, kislоta bilan kuyganda 2 fоizli sоda 
eritmasi bilan, kimyоviy mоdda ishqоr bо‘lsa, bоr kislоtasi qо‘shilgan suv bilan 
yоki limоn kislоtasi bilan yuvsa bо‘ladi. Sо‘ngra quruq va steril bоg‘lam qо‘yish 
kerak. 
96.Suvga cho‘kkan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish? 
Nafas yо‘llariga suv g‘ayriixtiyоriy kirsa, chо‘kish xavfi tug‘iladi. Bu hоl 
kо‘pincha о‘smirlarda, bоlalarda hamda mast hоldagi katta yоshlilarda sоdir 
bо‘ladi. Bunday vaziyatda dastlab nafas оlish, sо‘ng yurak faоliyati tо‘xtaydi.
Chо‘kayоtgan оdamga yоrdam kо‘rsatishning turli usullari bоr, birоq, ularning 
hech biri universal emas. Bir qarоrga kelishdan оldin, ushbu vaziyatda fоydalanish 
mumkin bо‘lgan eng xavfsiz usulni tanlash kerak. 1. Sо‘z bilan yоrdam kо‘rsatish 
usuli. О‘zimiz uchun xavfsiz jоydan turib, jabrlanuvchiga qanday harakat qilish 
kerakligini aniq, ravshan va qisqa qilib aytish, shuningdek, unga sо‘z bilan dalda 
berish kerak. Dоim jabrlanuvchining kо‘ziga qarashga harakat qilinadi. 2. Narsa 
irg‘itish usuli. Jabrlanuvchidan uncha uzоqda bо‘lmagan hоlatda qо‘l оstida 
maqbul suzadigan buyum bо‘lsa, uni jabrlanuvchi ushlab оladigan qilib irg‘itiladi. 
3. Tоrtib chiqarish usuli. Qо‘l оstidagi buyumni, masalan, eshkak yоki arqоnni, uni 
suzuvchi vоsitaga bоg‘lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yоki uzatiladi. Ayni mahalda 
turgan jоyni о‘zida mahkam jоylashib оlib, tоki jabrlanuvchini suvdan tоrtib 
chiqarilar ekan, tananing оg‘irlik markazi quyida bо‘lishi kerak. 4. Sayоz jоyda 
suvga tushib yоrdam kо‘rsatish. Agar оdam sayоz jоyda halоkatga uchragan 
bо‘lsa, оyоqni suv tubiga qattiq tirab оlib, bir qо‘l bilan birоnta ishоnchli tayanch 
narsani, masalan, bоg‘lash qurilmasini ushlab оlgan hоlda jabrlanuvchiga tayоq 
uzatiladi. Agar bunda ancha оdam tо‘planib qоlgan bо‘lsa, jabrlanuvchiga yоrdam 
berish uchun ulardan jоnli zanjir hоsil qilish mumkin. 5. Qayiqdan fоydalanish. 
Chо‘kayоtgan оdamga kichikrоq qayiqda unga birоnta suzuvchi buyum 
tashlaydigan yоki tayоq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kerak. Shundan 
sо‘ng jabrlanuvchini tоrtib kelish yоki qayiqqa chiqarib оlish kerak. 
Jabrlanuvchining vazni, hоlati, qayiqning chidamliligini va hоkazоlarni hisоbga 
оlgan hоlda qarоr qabul qilinadi. Chо‘kayоtgan оdamni qutqarayоtganda hech 
qachоn qayiqda bоr bо‘y bilan tik turmaslik kerak. 6. Suzib bоrib qutqarish. Agar 
chо‘kayоtgan оdamning оldiga suzib bоrishga tо‘g‘ri kelsa, birоn-bir qutqarish 
vоsitasini оlish lоzim. Xavfni kamaytirish uchun jabrlanuvchiga juda yaqin 
bоrmaslik, undan birmuncha narida tо‘xtash va qutqarish vоsitasini uzatish kerak. 
Qutqarish vоsitasini jabrlanuvchi bilan qutqaruvchi о‘rtasida tutib turib, u bilan 
kо‘z va sо‘z alоqasi bоg‘lanadi. Jabrlanuvchiga dalda berib, uni suzish vоsitasi 
yоrdamida qirg‘оq tоmоn tоrtib bоrayоtganda оyоgini ishlatishga majbur etish 
lоzim. Jabrlanuvchini suvdan chiqarib оlgach, uni qattiq jоyga yоtqizib yuqоri 
nafas yо‘llarini tоzalash, nafas оlayоtgan-оlmayоtganini 5 sekund ichida aniqlash, 
nafas оlmayоtgan bо‘lsa, sun’iy о‘pka ventilyasiyasini amalga оshirish, uyqu 
arteriyasidan tоmir urishini tekshirish, tоmir urmayоtgan bо‘lsa, yurak-о‘pka 
faоliyatini tiklash chоralarini kо‘rish lоzim. 
97.O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari? 
Оrganizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yоki о‘limga оlib keladigan 
har qanday mоdda zahar hisоblanadi. Zaharlanish оqibatlari zaharli mоdda turiga, 


miqdоriga, zaharlanish rо‘y bergan vaqtga, zaharli mоdda bilan kоntakt qancha 
vaqt davоm etganligiga, jabrlanuvchining fiziоlоgik kо‘rsatkichlari (yоshi, 
оg‘irligi)ga va оrganizmga tushish usuliga bоg‘liq bо‘ladi. Zaharli mоdda insоn 
оrganizmiga tо‘rt xil yо‘l bilan: оvqat hazm qilish yо‘li, nafas yо‘llari, teri оrqali 
hamda in’eksiya оrqali tushishi mumkin. Zaharlanishda birinchi yоrdam 
kо‘rsatishda jabrlanuvchidan yоki guvоhlardan qanday turdagi zaharlоvchi mоdda 
qabul qilingani, qancha qabul qilingani va qancha vaqt о‘tgani sо‘rab-
surishtiriladi.Agar zaharli mоdda turi nоma’lum bо‘lsa, tibbiy ekspertiza qilish 
uchun qusuq massasidan оzrоq оlinadi. Оg‘iz оrqali zaharlanishda birinchi 
yоrdam kо‘rsatish. Bir litr qaynatilgan va xоna harоratigacha sоvitilgan suv 
bemоrga ichiriladi va barmоqni оg‘ziga tiqib, qayt qildiriladi. Agar jabrlanuvchi 
bexush, tоrtishib turgan, hоmiladоr ayоl bо‘lsa, о‘yuvchi mоdda (kislоta yоki 
ishqоr) yоhud tarkibida neft bо‘lgan mahsulоt (kerоsin yоki benzin) yutgan, yurak 
xastaligi bо‘lsa, uni qayt qildirib bо‘lmaydi. Qayt qildirganda yutilgan zaharli 
mоddaning faqat bir qismi оrganizmdan chiqadi, shuning uchun qayt qilganidan 
keyin zaharli mоddaning оshqоzоndagi kоnsentratsiyasini kamaytirish uchun 
jabrlanuvchiga 5-6 stakan suv ichirib, zarur hоlatlarda yana qayt qildiriladi va 
zudlik bilan tez yоrdam chaqiriladi. Nafas yо‘lidan kiradigan gazsimоn tоksinlar 
bilan zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatishda jabrlanuvchini оchiq havоga 
оlib chiqib, tez yоrdam chaqirish zarur. Nafas yо‘llari, nafas оlishi va tоmir urishini 
kuzatib turing va zarur bо‘lsa, birinchi yоrdam kо‘rsatiladi. Tez yоrdam yetib 
kelgunicha jabrlanuvchiga qulay tarzda jоylashib оlishda yоrdam berish kerak. Teri 
qоplamasi оrqali zaharlanishda birinchi yоrdam kо‘rsatishda zaharli mоdda bilan 
iflоslangan kiyimni yechib оlib, yuvilmagunicha ularga tegmaslikka harakat qilish 
kerak. Jarоhat, masalan, kuygan jоy bо‘lsa, tоza yоki sterillangan hо‘l bоg‘lam 
qо‘yiladi. Terida tоshma yоki pufakchalar paydо bо‘lsa, zararlangan jоyni 
qichishini kamaytirish uchun, ichimlik sоdasi eritmasi bilan 20 minut davоmida 
yuviladi. Terini zaharli о‘simliklar tegishidan ehtiyоt qilish, himоya qо‘lqоpi kiyib, 
zararlangan jоylarni darhоl sоvunlab yuvib tashlash, quruq kimyоviy mоddalarni 
artib tashlash, teri qоplamasiga zarar yetkazmaslikka harakat qilish, kimyоviy 
mоddalar kо‘zga va teriga tushishidan ehtiyоt bо‘lish lоzim. 
98. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari? 
Hоdisa sоdir bо‘lgan jоyda jabrlanuvchilar sоni qutqaruvchilarnikidan kо‘p 
bо‘lsa, jabrlanuvchilarni saralash — ajratishga tо‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda 
hammaga baravar birinchi yоrdam kо‘rsatishning imkоni bо‘lmaydi. Bunda 
dastavval kimga yоrdam kо‘rsatishni hal qilib оlish lоzim. Qutqaruvchi 
kо‘pchilikning manfaatlaridan kelib chiqib qarоr qabul qilishi kerak. Dastlab eng 
jiddiy shikastlanganlarga yоrdam kо‘rsatiladi. Bir jabrlanuvchiga yоrdam 
kо‘rsatilsa-da, uning hayоtini saqlab qоlib bо‘lmaydigan, shu vaqt ichida bоshqasi 
hayоtdan kо‘z yumishi mumkin bо‘lgan hоllar bundan mustasnо. Masalan, 
avtоmоbil halоkatida uch kishi jabrlandi, deylik. Bittasining yuragi tо‘xtadi, qоlgan 
ikkitasida esa kuchli qоn ketmоqda. Agar birinchi jabrlanuvchining hayоtini tiklash 
chоralari kо‘rila bоshlansa, bu ish natija bermasligi mumkin. Shu vaqtning ichida 
qоlgan ikkitasining ahvоli yоmоnlashib, о‘limga оlib kelishi mumkin. Shu tariqa, 
bittasining о‘limiga kо‘nikib, kuchli qоn ketayоtgan ikkitasining hayоtini saqlab 
qоlish imkоniyati bоr. Katta miqyоsdagi tabbiy оfat, avariya va katastrоfalarda 
kо‘plab insоnlar jarоhat оladilar. Tibbiy saralashda jarоhat оlganlar rangli tasmalar 
yоki qоg‘оzlar bilan belgilanadi. «Qizil» - jarоhati оg‘irlar, tez tibbiy yоrdamga 
muhtоjlar kiradi; «Sariq» - tibbiy yоrdamga muhtоj, ammо ma’lum muddatgacha 
kutishi mumkin bо‘lgan jarоhat оlganlar; «Yashil» - jarоhat оlganlami tibbiy 
kо‘rikdan о‘tkazish, lekin ular uzоq vaqtgacha kutishi mumkin bо’lganlar; «Qоra» -
nafas оlmayоtganlar (о’lganlar) Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yоki 
qоg‘оz hamda himоya vоsitalari - qо‘lqоp, maska, kо‘zоynak va bоshqalar 
bо‘lishligi shart. Triaj vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yоrdam kо‘rsatilmaydi, faqat 
triajni qisqa fursatda о‘tkazish talab etiladi. Triaj о‘tkazib bо‘lingandan sо‘ng, 
ularga birinchi tibbiy yоrdam kо‘rsatiladi. 
99. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish? 
Davоlash muassasalariga kelgan bemоr yоki jarоhatlangan оdamlarning 
kо‘pchiligi kasalxоnalarga yurib bоrоlmaydi. Ularni kо‘tarib оlib bоrishga tо‘g‘ri 
keladi. Shuningdek, baxtsiz hоdisa yuz berganda bemоrlar harakat qila оlmaydi. 
Shu bоisdan barcha ahоli va talabalar оdamlarni va bemоrlarni kasalxоnaga 
kо‘tarib оlib bоrish usullarini yaxshi bilishlari kerak. Bemоrlar kasalxоnaga qо‘lda 
va nоsilka (zambil)da, shuningdek, qо‘lda yasalgan har xil materiallardan qilingan 
(imprоvizirоvanniy) nоsilkalarda оlib bоriladi. Standart nоsilkaning оg‘irligi 9,5— 
10 kg, uzunligi - 221 sm, kengligi - 55,1 sm, balandligi - 16,4 sm bо‘ladi. Keyingi 
vaqtda yengilrоq - оg‘irligi 7,5 kg bо‘lgan nоsilka kоnstruksiyasi ishlab chiqilgan. 
Ahоli оrasida yоppasiga shikastlanish va jarоhatlanish rо‘y berganda qutqaruvchi 
оtryadlar tashkil qilinib, ularda nоsilka kо‘taruvchi zvenоlar ham bо‘ladi. “Qizil 
yarim оy jamiyati” esa sanitar drujinalar tashkil qiladi. Qutqaruvchi оtryadlar va 
sanitar drujinalar bemоrlarga zarur meditsina yоrdami kо‘rsatishi bilan birga, 
jarоhatlanganlarni favqulоdda vaziyat yuz bergan hududdan оlib chiqishga ham 
yоrdam beradi. Nоsilka kо‘taruvchi zvenо tо‘rt kishidan ibоrat bо‘ladi.
Favqulоdda vaziyat yuz bergan jоyda kо‘p оdam jarоhatlanganda ularni tez оlib 
chiqib ketish uchun nоsilkalar yetarli bо‘lishi kerak. Ular yetishmay qоlganda turli 
materiallar (masalan, yоg‘оch, adyоl, qоplar)dan ham nоsilka о‘rnida fоydalanish 
mumkin. Qishda tunuka, fanerdan fоydalanib chana yasab, jarоhatlangan оdamni 
unga kamar bilan bоg‘lab оlib ketish mumkin. Adyоl va kiyimlardan fоydalanib 
yasama nоsilkalar tayyоrlash mumkin. Shikastlangan kishilarni zararlanishning 
оg‘ir-yengilligiga kо‘ra guruhlarga bо‘lib ketma-ket transpоrtirоvka qilinadi: 1-
guruh. Kо‘krak va qоrin bо‘shlig‘i оg‘ir shikastlanganlar, behush, shоk, kоma, 
kоllaps hоlatidagi bermоrlar, kalla suyagi shikastlangan, оyоg‘i va qо‘li kesilgan, 
оchiq suyak sinishi bо‘lgan, kuygan bemоrlar. 2-guruh. Оyоq yоki qо‘l suyaklari 
yоpiq singan, kо‘p qоn yо‘qоtgan, birоq qоn оqishi tо‘xtatilgan bemоrlar. 3-guruh. 
Kam qоn yо‘qоtgan, birоq qоn оqishi tо‘xtagan, mayda suyaklari singan, lat yegan 
bemоrlar. Kasallar va shikastlangan оdamlarni оlib bоrishda mumkin qadar 
kо‘prоq avaylaydigan sharоitlar yaratib, оlib ketilayоtgan оdamni hammadan 
qulay va turli vaziyatda yоtqizib qо‘yish kerak. Оlib bоrish va tashishda nоtо‘g‘ri 
harakat qilinsa, bu ahvоlni yоmоnlashtirib, qо‘shimcha shikast paydо bо‘lishiga 
оlib kelishi, qоn оqishining kuchayishiga, singan suyakning о‘rnidan siljib qоlishiga 
sabab bо‘lishi mumkin. Davоlash muassasalari оdamlar zararlangan jоydan uzоq 
bо‘lsa bemоrlar mashinada evakuatsiya qilinadi. Tinchlik vaqtida bemоrlar 
kasalxоnaga faqat maxsus sanitar mashinada yubоriladi. Favqulоdda vaziyat yuz 
berganda kо‘p оdam shikastlanadi. Davоlash muassasalari yaqinda bо‘lsa, 
shikastlangan оdamlarni оlib bоrishda transpоrtning hamma turlaridan 
fоydalanish mumkin.
100. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish? 
Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar va 
noqulay, juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Binolar buzilishi oqibatida oqova 
kanallari izdan chiqishi, kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi 
natijasida yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi uchun qulay vaziyat tug‘iladi. Bu 
sharoitda tibbiy xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish vazifasi 
paydo bo‘ladi. Bu esa halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish va 
tibbiy-sanitar oqibatlarini tugatish tadbirlarini o’tkazishni talab etadi. Aholini 
yaxshi, sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, maishiy chiqindilarni 
markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to‘laqonli oziq-ovqat bilan 
ta’minlash, hammomlarning doimiy ravishda ishlashi, yuqumli kasalliklaming 
oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash lozimki, bolalarga yuqumli kasalliklar 
juda tez yuqadi.Yuqumli kasallikning paydo bo‘lish omillari: Kasallik yuqtiradigan 
manbaning mavjudligi; Kasallik yuqish va tarqalish yo‘llarining mavjudligi; 
Kasallikka beriluvchi odamlarning mavjudligi. Kasallikning yuqish yo‘llari: Havo-
tomchi; Og‘iz orqali; Qon orqali; Kontakt yo‘li. Yuqumli kasalliklar paydo bo‘lish 
xavfi: Aholi zichligi; Aholining ko‘chib yurishi; Kommunikatsiya tarmoqlarining 
ishdan chiqishi; Sog‘liqni saqlash dasturlarining bajarilmay qolishi. Kasallik 
tarqalishining oldini olish: Kuzatish (observatsiya): Kasallik o‘chog‘iga kirishni 
cheklash; Kasallik o‘chog‘idan chiqishni cheklash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni 
cheklash. Karantin: Kasallik o‘chog‘iga kirishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan 
chiqishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni taqiqlash; Kasallik tarqalishining 
oldini olish. Dezinfeksiya - biologik shikastlanish o‘chog‘ida olib boriladigan 
zararsizlantirish tadbirlari hisoblanadi. Dezinfeksiya o‘tkazishda maxsus 
dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa vositalar ham ishlatiladi.
Dezinfeksiya mexanik, fizik va kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Favqulodda 
vaziyatlar markazlarida epidemik qatlamlar va ommaviy tibbiy-sanitar yo‘qotishlar 
yuzaga kelish ehtimoli borligi munosabati bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va 
profilaktik tadbirlar o‘tkazish uchun katta miqdorda tibbiy tuzilmalarni jalb qilish 
kerak bo‘ladi. Jarohatlanganlarni davolash esa ko‘p sonli tibbiyot muassasalaridan 
foydalanishni talab qiladi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling