asoslanadigan, insonparvarlik koidalarini tan olgan demokratik davlatdir.
Ikkinchidan, fuqarolar osoyishtaligi va milliy totuvlikni ta’minlashni o’zi uchun
maqsad qilib qo’ygan tinchliksevar davlatdir. Uchinchidan, o’zbek xalqining boy
ijtimoiy-ma’naviy
merosiga,
milliy,
madaniy-ma’naviy,
axloqiy,
tarixiy
qadriyatlari, milliy urf-odat, udum va an’analariga tayanib ish tutadigan
insonparvar davlatdir. To’rtinchidan, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak
mas’uliyatini chuqur anglab va his qilib faol ichki va tashqi siyosat olib borayotgan
davlatdir. Hozirgi paytda O’zbekistonda qaror topayotgan davlat - bu demokratik
huquqiy davlatdir.
Huquqiy davlat shaklan davlatning o’tmishdagi tarixiy tiplariga
o’xshasa-da, o’zining mazmuni, tub mohiyati, keng xalq ommasi maqsad va
manfaatlarini o’zida chuqur aks ettirishi, ijtimoiy bazasining keng va turli-
tumanligi, qanday ijtimoiy kuchlarga tayanishi, fuqarolar oldidagi burchi va
mas’uliyatining nihoyatda kattaligi va boshqa fazilat hamda xususiyatlariga ko’ra
huquqiy bo’lmagan davlatlardan keskin farq qiladi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: