Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatning siyosiy mustaqilligi, avvalambor,
o’zining yaxlit hududiy daxlsiz chegarasiga egaligi va o’sha mamlakat roziligisiz
chegara va hududni o’zgartirib bo’lmasligidir. Mamlakat mustaqilligi xalq xohish-
irodasi - referendum orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat xalqining o’z vakillari
orqali davlatni boshqarishini anglatadi. Mamlakat Prezidenti shu mamlakat xalqi
hayoti, mamlakat taraqqiyoti uchun eng mas’ul yagona yuridik shaxs hisoblanadi.
Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan har qanday rahbar o’zining davlat
dasturiga ega bo’lishi kerak. I.A.Karimov ana shunday dasturga ega. U respublika
xalqining istiqloldan so’ng taqdirini belgilab beruvchi taraqqiyot yo’lini ilmiy-
nazariy jihatdan asoslab bera oldi. U prezident sifatida har qanday og’ir sharoitga
qaramay dadil, O’zbekistonni mustaqil yo’ldan yetaklab bormoqda. Mamlakat
taraqqiyoti qabul qilingan qonun va bu qonunlar ijrosini ta’minlashga bog’liq.
Qonunlar qanchalik xalq maqsad va manfaatlarini o’zida mujassam etsa va u
uzluksiz amalga oshirib borilsa, xalqning davlatdan roziligi vujudga keladi.
O’zbekiston Konstitutsiyasida va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonun
va qarorlar ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, amalga oshirilmoqda. Ikki
palatali Oliy Majlis qonunlari xalq manfaatiga asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: