jamiyatga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan
qonuniyatlari ham mavjud. Jumladan: 1) siyosiy tizimni isloh qilish, 2) bozor
munosabatlarini shakllantirish, 3) insonning o’z ichki imkoniyatlarini yuzaga
chiqarishi
uchun
shart-sharoitlarni
vujudga
keltirish,
4)
jamiyat
taraqqiyotida yuksak intellektual salohiyat ustuvorligini ta’minlash va boshqa
bir qator qonuniyatlar barcha demokratik jamiyat qurishga intilayotgan
mamlakatlar uchun umumiy hisoblanadi. Ammo umumiy qonuniyatlar barcha
mamlakatlarning o’ziga xosligini hisobga olgan holda demokratik jamiyatga
o’tishni
inkor
etmaydi.
Aksincha,
o’tish
davrida
mavjud
bo’ladigan
muammolarning ma’no-mazmunini teran anglagan holda, ularni sobitqadamlik
bilan hal qilish imkonini beradi.
Prezident Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”
(1992) asarida jahon taraqqiyoti tajribasida rivojlangan demokratik davlatlar
demokratik jamiyat qurishda quyidagi 4 ta muhim masalaga e’tibor berganliklarini
ta’kidlab o’tgan: 1. Demokratiya va qonunchilikni yo’lga qo’ygan. 2.
Mulkchilikning turli shakllarini barpo etib, bozor xo’jaligi iqtisodiyotidan borgan.
3. Yuksak ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirgan. 4. Jahon hamjamiyatiga kirib
borgan. Prezident aytganidek, «O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat. Bu-
Do'stlaringiz bilan baham: |