I.BOB. HUQUQIY DAVLATNI SHAKLLANTIRISH-ZAMONTALABI.
1.1. Siyosiy mustaqilliksiz davlat mustaqilligiga erishib bo’lmaydi.
Davlat mustaqilligi avvalambor, uning siyosiy mustaqilligidan boshlanadi.
Siyosiy mustaqilliksiz davlat mustaqilligiga erishib bo’lmaydi. Xo’sh, davlat
mustaqilligining siyosiy belgilari nimalardan iborat?
Mamlakatning siyosiy mustaqilligi, avvalambor, o’zining yaxlit hududiy
daxlsiz chegarasiga egaligi va o’sha mamlakat roziligisiz chegara va hududni
o’zgartirib bo’lmasligidir. Mamlakat mustaqilligi xalq xohish-irodasi - referendum
orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat xalqining o’z vakillari orqali davlatni
boshqarishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |