Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.67 Mb.
#227862
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kucg

Amaliy tavsiyalar  

 Jarohatlanishni  muvaffaqiyatli  oldini  olish  uchun  bokschilarda  jarohatlar 

yuzaga  kelishining  ichki  va  tashqi  sabablarini  yaxshi  bilish  kerak.  Tashqi 

sabablarga  quyidagilar  kiradi:  mashg‘ulotlarni  tashkil  qilish  va  o‘tkazishdagi 

kamchilimklar  (mashg‘ulot  metodikasidagi  xatoliklar,  sparring-raqiblarning 

noto‘g‘ri  tanlanishi,  shug‘ullanuvchilarning  intizomsizligi);  qoniqarsiz  sanitariya-

gigiena  sharoitlari,  inventarlar,  kiyim  va  oyoq  kiyimining  yomon  ahvoldaligi: 

bokschilarda kerakli himoyalanish moslamalarining yo‘qligi va h.k. Ichki sabablar 

orasidan  quyidagilarni  ko‘rsatish  mumkin:  bokschilarning  jismoniy  va  texnik-

taktik  tayyorgarliklarining  etarli  emasligi,  salomatlik  holatining  qoniqarsizligi, 

mashqlanganlik darajasining pasayishi va h.k. Jarohatlanishning bu sabablari bilan 

bir  qatorda  musobaqalardagi  yomon  hakamlik,  ta’qiqlangan  zarbalar  va 

harakatlarning  qo‘llanilishi,  musobaqa  qoidalarining  buzilishi  ham  uchrashi 

mumkin.  SHu  narsa  aniqlanganki,  hamma  jarohatlarning  taxminan  60% 

bokschilarning  yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rmaganligi  va  17%  mashg‘ulotlarni  tashkil 

qilish hamda o‘tkazish metodikasidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. 

YUz  jarohatlanishlari  orasida  burundan  qon  kelishi,  shilinishlar,  qosh  usti 

yoyi terisi va yonoq suyaklari sohasidagi yorilishlar, ko‘z sohasidagi gematomalar 

tez-tez uchrab turadi.  

Markaziy  asab  tizimi  jarohatlanishi  bokschilarda  kam  uchraydi.  Biroq 

sportchi  sog‘lig‘i  uchun  o‘zining  ahamiyatiga  ko‘ra  ular  alohida  e’tiborga  loyiq. 

Markaziy asab tizimining jarohatlanishidan biri – bu nokaut. U ko‘pincha iyakning 

pastki  qismiga,  chakkaga,  o‘mro‘  suyagi  sohasiga,  bo‘yinning  yon  yuzasiga  aniq 

va kuchli zarbalar berilganda yuzaga keladi. Nokautning yuzaga kelish mexanizmi 

zarba  berilgan  joyga  bog‘liq.  Nokaut  holati  muvozanatni  yo‘qotish,  harakat 

koordinatsiyasining ancha buzilishi, teri qatlamlarining keskin oqarib ketishi bilan 

kuzatiladi.  Zarba  o‘tkazib  yuborilgandan  so‘ng  10  soniya  ichida  jangni  davom 

ettira olmaydigan holatga tushgan bokschi nokautga uchragan hisoblanadi. 




40 

 

 



Nokautda organizm faoliyatida qisqa muddatli buzilish sodir bo‘ladi, biroq u, 

agar zarur choralar ko‘rilmasa, xavfli oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Nokaut 

hollarida  sportchini  yotqazish,  unga  tinchlik  yaratish,  malakali  tibbiy  yordam 

ko‘rsatishni ta’minlash zarur. 

Nokaut  yoki  og‘ir  nokdaunga  uchragan  bokschi  murabbiy  yoki  vakil 

hamrohligida davolash muassasasiga yoki turar joyiga yuboriladi. 

Og‘ir nokautga uchragan bokschi unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan 

keyin  zudlik  bilan  shifoxonaga  yotqaziladi.  Peshonasi  va  chakkasiga  berilgan 

kuchli  zarbadan  nokaut  holatiga  tushgan  bokschilarga  juda  katta  e’tibor  bilan 

munosabatda bo‘lish lozim. 

Agar bokschi jangda nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, unda (3 oy 

davomida)  unga  musobaqalarda  qatnashish  man  qilinadi.  Muddat  davomiyligi 

zarba  berilgan  joyga  va  bokschining  holatiga  qarab  jyuri  raisi  (bosh  hakam), 

musobaqalar  bosh  shifokori  va  shu  jangda  hakamlik  qilgan  referi  tarkibidagi 

komissiya tomonidan belgilab beriladi. 

Bokschilar  tayyorgarligi  jarayonida  jarohatlanishni  oldini  olishning  asosiy 

yo‘nalishlari:  1)  mashg‘ulotlarning  to‘g‘ri  tashkil  qilinishi  va  o‘tkazilishi;  2) 

texnik-taktik  usullarning  va  ayniqsa  himoyalanish  harakatlarining  ketma-ket  va 

puxta  o‘zlashtirilishi;  3)  mushak  va  boylambo‘g‘im  apparatini  munosib  tarzda 

tayyorlab,  badan  qizdirish  mashqlarining  to‘g‘ri  o‘tkazilishi;  4)  qo‘llarni 

sinchkovlab  bint  bilan  o‘rash  va  himoyalanish  moslamalarining  qo‘llanilishi;  5) 

sparring-raqiblarining  to‘g‘ri  tanlanishi;  6)  mashg‘ulot  o‘tkazish  joylaridagi 

tegishli sanitariya-gigiena sharoitlari; 7) ring va sport inventarining  soz holati. 

Bokschilar  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  ishlarga  alohida  e’tibor  qaratish 

lozim. 

Ularga  jarohatlanish  sabablarini  hamda  ularni  oldini  olish  choralarini 

tushuntirish  zarur.  Bokschilarning  intizomli,  o‘ta  e’tiborli  va  sparring-raqiblariga 

ehtiyot bo‘lib munosabatda bo‘lishlariga erishish zarur. 




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling