Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
104 Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olim toyilsa, uning toyilishi bilan mavjudotdan bir olam toyiladi». Yana Umar (r.a) aytadilar: «Zamonaning buzilishiga sabab bo‘luvchi uch narsa borki, uning birinchisi olimning toyilishidir». 152. Ibn Abdulbar ta’liq qilgan. Doramiy Muozdan (r.a.) mavquf holda sahih sanad ila rivoyat qilgan. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Olimlar boshiga yaqinda shunday zamon keladiki, unda qalblarning shirinligi taxirga aylanadi. O‘sha kunda olim ham, talaba ham ilmdan foydalana olmaydi. Olimlarning qalbi sho‘r yer kabi bo‘lib qoladiki, unga osmondan qancha suv tushsa ham, tuzi ketmaydi. Qachonki olimlarning qalbi dunyo muhabbatiga va dunyoni oxiratdan ustun tutishga moyil bo‘lsa (o‘sha kunlar keladi). O‘shanda Alloh ularning qalbidan hikmat chashmalarini olib, hidoyat chiroqlarini o‘chirib qo‘yadi. Ularning olimlariga ro‘baro‘ kelganingda, tili bilan Allohdan qo‘rqishini aytadi. Holbuki, amalida gunohlar ko‘rinib turibdi. O‘sha kunda tillar naqadar boy, dillar naqadar qashshoq. Undan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, buning sababi muallimlar Allohdan boshqasi uchun ta’lim bergani, mutaallimlar Allohdan boshqasi uchun ta’lim olganidir». Tavrot va Injilda yozilgan ekan: «Bilganingizga amal qilmaguncha, bilmagan narsangizning ilmini talab etmang». Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, kim unda bilganining o‘ndan birini tark qilsa, halok bo‘ladi. Yaqinda shunday zamon keladiki, kim unda bilganining o‘ndan biriga amal qilsa, najot topadi. Bu dangasalarning ko‘pligi sabablidir». Bilgilki, olimning misoli qozi kabidir. Qozilar haqida esa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Qozilar uch xil bo‘ladi: bilib turib haq bilan hukm qilgan qozi, u jannatdadir; xoh bilib, xoh bilmasdan zulm bilan hukm qilgan qozi, u do‘zaxdadir; Alloh buyurganidan boshqa narsa bilan hukm qilgan qozi, u ham do‘zaxdadir». 153 153. Sunan sohiblari rivoyat qilishgan, sahih. Ka’bul Axbor (r.a.) aytadilar: «Oxir zamonda shunday olimlar bo‘ladiki, ular odamlarga dunyoni tark qildiradilar, lekin o‘zlari tark qilmaydilar, odamlarni qo‘rqitadilar, lekin o‘zlari qo‘rqmaydilar, amirlar atrofida bo‘lishdan qaytaradilar, biroq o‘zlari boraveradilar, dunyoni oxiratdan ustun qo‘yadilar va tillari orqali (rizq topib) yeydilar, faqirlarni qo‘yib, boylarga yaqin bo‘ladilar, xotinlar erkaklarni rashk qilgani kabi, ular ham ilmlarini qizg‘anadilar, o‘sha olimlardan biri muxlislaridan birortasining boshqasi bilan hamsuhbat bo‘lganini bilsa, unga g‘azablanadi. Ana shular Rahmonning dushmani bo‘lgan zolim kishilardir». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, shayton sizni gohida ilm bilan (amaldan) kechiktirib qo‘yadi», dedilar. Shunda (sahobalar): «Ey Allohning Rasuli! Bu qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U zot javob berdilarki: «Shayton sizlarga: «Ilm o‘rgan, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling