Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
sabrsizligi kuchayadi. Yana sut o‘rniga beriladigan ovqatdan yuz o‘girishi ham kuchayadi. 
Lekin u birdaniga bir kun-bir kun sutdan to‘xtatilsa, sabr qilishdagi mashaqqat 
qiyinlashib, ochlik g‘olib kelsa, majburan ovqatni yeydi. Keyinchalik ovqat yeyish unga 
ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Agar u ko‘krakka qaytariladigan bo‘lsa ham, qaytmaydi. Natijada 
ko‘krakni tark qiladi va sutni yoqtirmay qoladi, taomga o‘rganadi. 
Hayvonot ham shundaydir, ya’ni avval egardan, yugandan va uni minishlaridan hurkib 
turadi. Shularga u majburlanadi. Avval u zanjir va tushovlar, egardan bosh tortadi. 
So‘ngra shu darajada o‘rganib qoladiki, agar u o‘sha yerga tashlab ketilsa, tushovsiz 
bo‘lsa-da, qochib ketmay turaveradi. Nafs qushlar, hayvonlar tarbiyalangandek 
tarbiyalanadi. Uni tarbiyalash qarashdan (ya’ni, harom narsalarga) va dunyo 
ne’matlariga quvonishga o‘rganishdan man qilishi bilan bo‘ladi. Hatto o‘lim bilan yo‘q 
bo‘ladigan har bir narsadan man qilishi bilan bo‘ladi. Zero, unga aytildiki: «Xohlagan 
narsangni yaxshi ko‘r, albatta undan ajralasan. Kim agar ajrashi lozim narsani yaxshi 
ko‘rsa va undan ajragani uchun g‘amgin bo‘lsa, qalbini undan ajralmaydigan narsa bilan 
mashg‘ul qilsin. U esa Alloh taolo zikridir, chunki Allohning zikri qabrda ham unga 
hamroh bo‘ladi, undan ajramaydi. Bularning hammasi ozgina kun sabr qilish bilan 
mukammal bo‘ladi. (Ozgina kun, deyilishining sababi) oxirat hayotining uzunligiga 
qaraganda umr juda ozdir. Qay bir oqil kishi bo‘lmasin, albatta u bir yil yoki bir umr 
foydalanish uchun safardagi, hunar o‘rganishdagi va boshqa narsalardagi bir oylik 
mashaqqatlarga chidashga rozi bo‘ladi. 
Oxirat abadiyati oldida umrning hammasi dunyo umrining oldidagi bir oydan ozroqdir. 
Umr bo‘yi sabr qilish va kurashish lozim. «Qavm subh bo‘lib, o‘zidan mudroq uyqulari 
ketganida tungi sayrni maqtaydi», degan edilar Ali roziyallohu anhu. Har bir insonning 
holati har xil bo‘lganiga ko‘ra, kurash va riyozat yo‘llari ham har xil bo‘ladi. Kurash har 
bir inson xursandlikka sababchi dunyoviy narsalarni tark qilmog‘idir. Yo mol bilan, yo 
martaba bilan, yo va’zlarining qabul qilinishi bilan, yo qozilikdagi va hokimlikdagi 
ulug‘ligi bilan, yo mudarrisligi va tushuntirishida ergashuvchilarining ko‘pligi bilan 
xursand bo‘ladigan kishi avval xursandligiga sababchi narsani tark qilmog‘i lozim. Chunki 
agar uni mana shu ishlarning birortasidan man qilib, unga oxiratda bo‘ladigan savobing 
shu ishni qilmasliging bilan kamayib qolmaydi, deyilsa va u kishi buni yomon ko‘rsa, 
bundan og‘rinsa, demak, u dunyo hayotiga quvonib, unga xotirjam bo‘lib qolgan 
kishilardandir. Bu uni halok qiluvchidir. Agar inson xursandchilikni tark qiladigan bo‘lsa, 
insonlardan uzlat qilsin, o‘z nafsi bilan yolg‘iz qolsin, qalbini Alloh taolo zikridan va U 
to‘g‘rida fikr qilishdan boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasligi uchun kuzatib tursin. 
Nafsida zohir bo‘ladigan shahvat va vasvasalarga yo‘l qo‘ymasin. Ular paydo bo‘lishi 
bilan kelib chiqish sabablarini yanchib tashlasin. Chunki har bir vasvasaning kelib chiqish 
sababi bo‘ladi. U faqatgina ana shu sabab va unga bo‘lgan aloqani uzish bilan yo‘q 
bo‘ladi. Qolgan umr davomida ham mana shu narsani lozim tutsin. Bu jihodning oxiri esa 
faqat o‘lim bilan tugaydi. 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling