Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 sodir bo‘lsa, keyinchalik esa unda qiyinchiliksiz, tabiatan sodir bo‘ladi. Uning xatini chiroyli qilgan narsa ham chiroyli yozishning o‘zi bo‘ladi. Lekin avvalda o‘zini majburlash bo‘lsa ham, undan qalbga bir ta’sir ko‘tariladi. Keyin esa qalbdan a’zolarga tushadi. Natijada husnixatni tabiatan yozadigan bo‘ladi. Shuningdek, qaysi bir odam tasavvuf ahliga aylanishni xohlasa, unga faqihlarning, ya’ni tasavvuf ahllarining fiqh ilmini takror qilish bilan tasavvuf ilmining sifati qalbiga o‘tgunicha shug‘ullanishdan boshqa yo‘l yo‘q. Shunda ahli tasavvufga aylanadi. Shuningdek, saxiy, nafsi pok, halim, kamtar insonga aylanishni xohlagan kishiga ham mashaqqatni bo‘yniga olib, shunday sifati insonlarning ishlari bilan to o‘sha sifatlar o‘zining tabiatiga aylangunicha shug‘ullanishi lozim bo‘ladi. Unga bundan boshqa muolaja yo‘q. Mutasavviflikni talab qiluvchi kishi bir kecha sustkashligi bilan bu martabaga yetishdan umidini uzmaydi va bir kecha takror qilishi bilan ham erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, nafsini tarbiyalashni, uni mukammal qilishni va chiroyli amallar bilan ziynatlashni talab qilayotgan kishi ham bir kungi ibodati bilan unga yetolmaydi yoki bir kun qilmaslik bilan undan mahrum ham bo‘lib qolmaydi. Bu esa «Albatta bitta katta gunoh abadiy badbaxtlikni vojib qilmaydi, lekin bir kungi sustkashlik esa yana boshqa sustkashliklarni chaqiradi. So‘ngra sekin-sekin bir-birini taklif qilib, nafs dangasalikka o‘rganadi, ustiga-ustak ilm tahsilini tark qiladi va undan tasavvuflik fazilati yo‘qoladi», degan gapimizning ma’nosidir. Kichkina osiyliklar ham xuddi shu kabi ba’zisi ba’zisini o‘ziga tortadi. Hatto umr tugayotgan vaqtda iymon negizi buzilishi bilan abadiy saodatning ham negizi yo‘q bo‘ladi. Mutasavvif bo‘lishda bir kecha takror qilishning ta’siri sezilmaydi. Balki badanning o‘sishiga va qomatning ko‘tarilishiga o‘xshab ozgina-ozgina, darajama-daraja zohir bo‘ladi. Shuningdek, nafsni tabiyalash va poklash to‘g‘risida bir marta qilingan toatning ta’siri o‘sha zahoti sezilmaydi. Lekin toatning ozini ham yengil sanamaslik kerak. Chunki ana shu ozginalardan jamlanib ko‘paygan toat ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘paygan toatlar ham bitta-bittadan bo‘lib jamlangan. Bulardan har birining ta’siri bor. Qanday toat bo‘lmasin, maxfiy bo‘lmasa ham, uning ta’siri, shubhasiz, savobi ham bor, chunki beriladigan savob ta’sirning barobariga bo‘ladi. Gunoh ham xuddi shundaydir. Qanchadan-qancha mutasavvif kishilar bir kecha-kunduz va bir necha kunni paydar-pay sustkashlik qilib, yengil sanab qo‘yib, nafsini kunba-kun to tabiati tasavvuflikni qabul qilishdan chiqquncha susaytiradi. Shuningdek, kichik gunohlarni yengil sanab, nafslariga tavba qilishni o‘lim chang solishigacha yoki qalblarida gunoh ko‘payib zichlashib qolgunicha orqaga suradilar. Keyin ularga tavba qilish imkonsiz bo‘lib qoladi. Zero, ozgina gunoh ko‘p gunohlarni chaqiradi. Natijada qalb shahvat zanjirlari bilan kishanlanib qoladi. Uning changalidan qutilish mumkin bo‘lmaydi. Tavba eshigining berkilib qolish ma’nosi ham shudir. Bu Alloh taoloning mana bu kalomidan muroddir: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling