Microsoft Word ilk bolalik davri psixologik xususiyatlari
Download 50.11 Kb.
|
ILK BOLALIK DAVRIDA AQLIY TARAQQIYOTNING O’ZIGA XOSLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAVSIYALAR.
2-bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim muassasasida psixolog, tarbiyachi va oilada ota-ona bolaga qiyinchiliklarni yengishga yordam bersa, bolani tinchlantira olsa, mehribonlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lsa, ijtimoiylashuvdagi muammolarini kamaytirish va yengib o‘tishiga imkoniyat yaratiladi. Mashhur oilaviy terapevt Virdjiniya Satir bolani kuniga bir necha marotaba quchoqlashni tavsiya etadi. Uning fikricha, 4 marotaba bag‘riga bosish har bir insonga faqatgina yashash uchun kerak ekan, yaxshi kayfiyat uchun esa kuniga 8 marotaba bag‘riga bosish kerak ekan! Bola intellektual rivojlanishi uchun esa kuniga 12 marotaba uni quchoqlash kerak! Va shuni bilingki, bu nafaqat bolaga, kattalarga ham kerak. Bola ota-onasi uni doim tushunishlari va nima bo‘lganda ham qabul qilishlarini his etishi kerak. Bolaga ushbu narsalar o‘sayotgan organizmga ovqat kerak bo‘lganidek judayam zarur. Ular bolani psixologik rivojlantirib, hissiy oziqlantiradi. Agar bola shu qo‘llab quvvatlashni olmasa, hissiy muammolar, xulqida kamchiliklar, tengdoshlariga qo’shila olmaslik holatlari kuzatiladi, hattoki, asab-psixik kasalliklar vujudga keladi. Shu sababli ijtimoiylashishga qiynalayotgan bola bilan ishlash jarayoni– ota-onalar va pedagoglardan sabr, mehr va bola tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvni talab qiladi. To‘g‘ri yo‘sinda olib borilgan tarbiya natijasida bola o‘zini nazorat qilish, atrofidagi insonlarga mehrli munosabatda bo‘lishni o‘rganadi, ruhiy jihatdan sog‘lom o‘sadi, mustaqil fikr yuritadi va katta hayotga dadil qadam qo‘yishga tayyorlanadi. XULOSA VA TAVSIYALAR. Ilk bolalalik davri psixologik xususiyatlarni mavzusi juda ham mühim mavzulardan biri hisoblaniladi. O’sayotgan avlodni ruhan va ma'nan tayyorlash ularda ko’nikma , malaka , bilimlarni egallashda yordam beradi. Bolalarni osishida jismoniy tomondan, aqliy, qobilyatlarini ishga soladi hayotga tayyorlaydi. Shuningdek, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi “Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi sozlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan “Talim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash boyicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qollanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yollarini izlashga davat etadi. Bu esa, avvalo inson manaviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shugullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va masuliyatli vazifalarni qoyadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qoygan talablar asosida qaror toptirishga komaklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bogliq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yonalishlari asosida yondashish zarurligi haqida kopgina olimlar oz fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Mehnat bolalar uchun hamisha maroqli bo‟lishi lozim. Bolalar uchun qiziqarli, ayni paytda majburiy bo’lgan topshiriqlarni bajargan vaqtda bolalarda o’zini boshqara bilish maqsadga erishish qilinishi kerak bo’lgan ishga o’z diqqatini qaratish zarur bo’lganda xarakatlarini tiyib qola bilish singari fazilatlar rivojlanadi. Bola mehnatning nima ekanligini bilib olmasdan, umuman xamma kishilar uchun mehnatning foydasi nimadan iborat ekanligini bilib olmasidan, bolani mehnatkash insonga xurmat ruxida tarbiyalab bolmaydi. Bolalarni kishilar mehnati bilan tanishtirish ularni xotirasini boyitadi, ularning 31 kuzatuvchanligini boyitadi, ko’pgina masalalar to’g’risida o’ylashga majbur qiladi va ularda rang barang murakkab his tuyg’ular uyg’otadi. Mana shu fazilatlar ichida har qanday foydali mehnatga hurmat bilan qarash xissi aloxida axamiyatga egadir. Bolalar ozgina bo’lsada o’zlari to’plagan shaxsiy tajribalar davomida deyarli har qanday ishni bajarish xam qanchalik qiyinligi bilan tanishadilar. Bolalarni onalari va tarbiyachilari bolani rivojlanishi uchun foydali bo’lgan faoliyat turi mehnatga jalb qiladilar. A.Porembskaya olib borgan kuzatishlar shuni korsatdiki, mehnat bunday buyon xam bolari rivojlantirishning muhim sharti bo’lib qolishi uchun boladagi mustaqillikni rivojlantirish unda xarakat qilish istagini uyg’otish, foydali va jiddiy ishlarni bajargan vaqtda kollektiv muvaffaqiyatidan quvona olish xis tuyg‟ularini tarbiyalash muhim axamiyatga egadir . Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mehnat insonni ulug’laydi, mehnat bu insonlarning hayot mazmuni, moddiy va manaviy ehtiyojlarning asosidir. Bu haqda buyuk shoirlar, yozuvchilar; Alisher Havoiy, Furqat, Muqimiy, Hamza mehnatning insonni manaviy guzallashtiruvchi roliga mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat axlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Orzu tilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida. Birinchi Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Download 50.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling