Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 bo’lsang, cho’g’ni alangalatmay, maqsadga yetkazmay uni o’chiradi. Хulosa shuki, qozonga yaqin yursang qarosi yuqar deb, tanlangan sherik qanchalik izlanuvchan, tirishqoq va odo-bu axloqi hush bo’lsa hamda taqvoyu parhezda yo’lboshchi bo’lishi ayni muddaodir. Shubhasiz, bu kabi fazilat-li sifatlarni sherik va yaqinida yurganlarga ham yuqtirishi, xulqlantirishi mumkin. Shunday qilib, o’ziga ham, o’zgaga ham naf beradigan ilm hosil qilishiga asosiy omil bo’ladi. Kimniki aylay der esang mahraming, Ko’p sinamay aylamagil hamdaming. Janob paygambarimiz (s.a.v.): -Har bir go’dak islom fitratida tavallud topadi. Biroq uni yahudiy qiladigan ham, nasroniy qiladigan ham, majusiy qiladigan ham ota-onasidir,- deb tarbiyaning nozik tamonlariga ishora qilyaptilar. Ushbu purhikmat so’zlarni zohiriy ma’nosiga qarab, yaxudiy farzandlarini yaxudiy qilib, nasroniy nasroniy xristian qilib, majusotashparast bolalarini o’tga talpinuvchi qilib tarbiya qilar ekanlar, deyish mumkin. Ammo uni boshqa tomondan tahlil qilsak, musulmonga Тangri taalo fazli bilan ne’mat va omonat qilib farzand beradi. Noshukrlik va beparvolik ko’chasiga kirib, bolaning tarbiyasiga qaramasa, uni ilmli, xunarli qilmasa, dinini, shariatini o’rgatmasa, axloq-odob bermasa, kelajakda bu farzatsd yaxshilik, yomonlik, to’fiegrining, haq va nohaqning farqiga bormaslikda yaxudiy va nasroniy xatto majusiydan ham farq qilmay qoladi, deb janob Rasululloh (s.a.v.) tanbeh beradilar. Muallif r.h.ning ta’biri bilan aytganda, ota-ona bolaga qanchalik yaqin bo’lib, ijobiy ta’sirlarini o’tkazganlari kabi, sheriklar ham, bir-birlariga ta’sirlarini o’tkaza biladilar. Fors tilidagi quyidagi hikmat ham bu fikrlarni tasdiqlaydi: Yori bad badtar buvad az mori bad, Bahaqqi zoti pok Allohus somad. Yori bad orad tu ro sivoye jahim! Yori neku gir, toyobi na’im! Hayovu adab birla tuzgil maosh, Yana ayla ta’zimu hurmatni fosh! Ne el yori bo’lsang, alar rangi bo’l, Nechuk bor esang, tutqil ul sari yo’l! Yomon do’st, xulqu maqsadlari g’arazlik hamroh zahri qattol ilondan ham yomonroqdir. Beniyoz, behojatlik Allohning pok zotiga qasam ichamanki, Yomon do’st seni jahannamdan boshqa joyga olib bormas. Haqiqiy yaxshi do’st ihtiyor qilgilki, Тo u birla ne’matlarga, jannati na’imga yetgaysan! Yerda qaicha bordur karomat, Bilmog’ingga kerak farosat. Yakto ulug’lig’in ayla nazorat, Kamtar kamoliga topgil ibrat. Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy www.ziyouz.com kutubxonasi 14 Ilm va ilm ahllariga ham, shunday nazar qil. Ular bilan do’stlashganlarning holini ko’r. Oqibatlari qanday go’zal va har jihatdan muvaffaqiyatlik ekanini o’yla. Sen ham do’stingdan ibrat ol, uni mumtoz et. Chunki, do’st do’stning ko’zgusidir. Kim bu chaman ichra xiromon erur, Barchasi bir-biriga mehmon erur. Har kishikim, or esa yore anga, Har kishikim, yor esa bore anga. Yor uldurki, har nekim o’ziga Istamas, yorig’a ham istamag’ay. O’zi istarki, yor uchun o’lgay, Ani mundoq sharik aylamagay. Download 212.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling