Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
bo’lishini umid qilib, uni xrlis Alloh taologa topshirishi, tafviz etishidir. 
Inobat esa, qila olmagan ishlariga nisbatan qayg’urish, afsuslanish, xato-nuqsonlarini e’tirof etib tavba 
qilish, Allohning amrlariga bo’ysunish va o’zini kamtarona, shikasta xrlda tutishdir. 
Хoshya - qo’rquv,, xushu’ va tazarru’da bo’lish, qalban doimo Yaratganning’ g’zzabidan, qiyomatda 
qattiq azobidan qo’rqish, rahmatu fazlidan umidvor bo’lib, xavfu rijoda turmoqlikdir. 
Qalb ilmlaridan biri rizodir. Rizo esa barcha ishlarga rozi bo’lishlikdir. Aklmo bunda ogoh va ziyrak 
bo’lish kerak. Gunoxu ma’siyatga, kufr va shirkka zinhor rozi bo’lmaslikka buyuriladi. Darxaqiqat, 
ma’nan yetuklikka intilgan kishi kjrrida sanab o’tilgan qalbiy holatlarni har vaqg va har joyda amal 
qilishi kerakdir. 
Ilmning sharafi, ulug’liligiga shubha yo’q. Chunki u insoniylikka xss xususiyatdir. Inson ko’p 
jihatlarda boshqa mavjudotlar bxtzt sherikdir, lekin ilmda sherik emas. Shijoat, jur’atlik, kuch-quvvat, 
saxiylik, mehr, shafqatda o’xshash tamonlari bor, ammo ilmda emas. Vaholanki, Allohtaolo Odam 
alayhissalomning fazlini ilm bilan ko’rsatdi. Shuning uchun ham, farishtalarga hazrati Odamga sajda 
qilishni buyurdi. 
Chindan ham ilmning sharafi, oliymaqom ekani, u abadiy saodatga - Alloh taoloning dargohida izzatu 
hurmatga hakdor etadigan taqvoga vosita ekanidir. Bu hakda Muhammad ibn Hasan ibn Abdulloh 
shunday deganlar, bayt: 
Ilm o’rgan har on, 
Ilm ahliga ziynatu fazilat 
Ham oliy unvon. 
har on talabgori foyda bo’l, 
Foyda dengizlarida g’avvos bo’l. 
Ilm, ilmdan ilm unar, 
Sohibini ziykatlar. 
Manfaatlik dengizlarda 
G’avvos bo’lmoqqa chog’lar. 
Fiqh ilmi - yaxshilikkachetaklovchi, taqvoga boshlovchi mukammal omildir. U maQbadlarning eng 
oliysi va odilrog’i bo’lib, hidoyat yo’liga boshlaydi. Fikh mashaqqatu qiyinchiliklardan najot beruvchi 
bir qo’rg’ondir. 
Bitta parhezkor, taqvoli olim mingta ibodat qiladigan bandadan afzaldir. Yana shuni qayd etish 
mumkinki, olimning bir o’zi mingta shaytonning dushmanlarini ashaddiyrog’i va dahshatlirog’idir. Bir 
kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid 
holdagi Shay-ton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u: 
-Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omyy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men 
ukg chalg’itishni-xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahri ning darvozasi» hazrat Ali (karramallohu 
vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida 
ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proqzarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o’zimga bir necha barobar 
qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’libturibman,-debaytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir 
olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar. 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling