Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 bo’lishini umid qilib, uni xrlis Alloh taologa topshirishi, tafviz etishidir. Inobat esa, qila olmagan ishlariga nisbatan qayg’urish, afsuslanish, xato-nuqsonlarini e’tirof etib tavba qilish, Allohning amrlariga bo’ysunish va o’zini kamtarona, shikasta xrlda tutishdir. Хoshya - qo’rquv,, xushu’ va tazarru’da bo’lish, qalban doimo Yaratganning’ g’zzabidan, qiyomatda qattiq azobidan qo’rqish, rahmatu fazlidan umidvor bo’lib, xavfu rijoda turmoqlikdir. Qalb ilmlaridan biri rizodir. Rizo esa barcha ishlarga rozi bo’lishlikdir. Aklmo bunda ogoh va ziyrak bo’lish kerak. Gunoxu ma’siyatga, kufr va shirkka zinhor rozi bo’lmaslikka buyuriladi. Darxaqiqat, ma’nan yetuklikka intilgan kishi kjrrida sanab o’tilgan qalbiy holatlarni har vaqg va har joyda amal qilishi kerakdir. Ilmning sharafi, ulug’liligiga shubha yo’q. Chunki u insoniylikka xss xususiyatdir. Inson ko’p jihatlarda boshqa mavjudotlar bxtzt sherikdir, lekin ilmda sherik emas. Shijoat, jur’atlik, kuch-quvvat, saxiylik, mehr, shafqatda o’xshash tamonlari bor, ammo ilmda emas. Vaholanki, Allohtaolo Odam alayhissalomning fazlini ilm bilan ko’rsatdi. Shuning uchun ham, farishtalarga hazrati Odamga sajda qilishni buyurdi. Chindan ham ilmning sharafi, oliymaqom ekani, u abadiy saodatga - Alloh taoloning dargohida izzatu hurmatga hakdor etadigan taqvoga vosita ekanidir. Bu hakda Muhammad ibn Hasan ibn Abdulloh shunday deganlar, bayt: Ilm o’rgan har on, Ilm ahliga ziynatu fazilat Ham oliy unvon. har on talabgori foyda bo’l, Foyda dengizlarida g’avvos bo’l. Ilm, ilmdan ilm unar, Sohibini ziykatlar. Manfaatlik dengizlarda G’avvos bo’lmoqqa chog’lar. Fiqh ilmi - yaxshilikkachetaklovchi, taqvoga boshlovchi mukammal omildir. U maQbadlarning eng oliysi va odilrog’i bo’lib, hidoyat yo’liga boshlaydi. Fikh mashaqqatu qiyinchiliklardan najot beruvchi bir qo’rg’ondir. Bitta parhezkor, taqvoli olim mingta ibodat qiladigan bandadan afzaldir. Yana shuni qayd etish mumkinki, olimning bir o’zi mingta shaytonning dushmanlarini ashaddiyrog’i va dahshatlirog’idir. Bir kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid holdagi Shay-ton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u: -Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omyy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men ukg chalg’itishni-xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahri ning darvozasi» hazrat Ali (karramallohu vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proqzarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o’zimga bir necha barobar qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’libturibman,-debaytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling