Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
Ilm va fikh insonlarga dunyo va oxiratda eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchidir. Uning sohibi esa barcha 
axloqi hamidalarga erishadi. U saxiy, juvonmard, kamtarin, jur’atli, shikastadil, iffatli har ma’noda 
pokiza va boshqa xislatlarning fayzu-barakotlaridan bahramand bo’lish baxtiga erishadi. Baxillik - 
qizg’anchiq, qo’rqoq va jur’atsizlik, manmanlik, isrofgarlik va o’ta iqtisodchi ziqna bo’lish kabi axloqi 
zamimalardan o’zini saqlab, kishilar ko’rganlarida suhbatiga oshiqadigan go’zal xulqegasi bo’lib 
kamol topadi. Ilm insonga nima foyda-yu, nima zarar ekanini bildiradi. Inson orzu-maqsadlariga ilm 
orqali yetishadi. 
Insonning kibr-havoga berilishi, manmanlik qili-shi, baxillik va mol-dunyoga hirs qo’yishi, qanoatsiz 
yoki isrofgar bo’lishi Islomda harom qilingani ma’lumdir. Bulardan saqlanish esa, ilm cho’qqilarini 
zabt etish orqali bo’ladi. Aksincha, bunga zid bo’lsa, ineon asta-sekin tubanlashib boradi. Shuning 
uchun ham in-sonning ilm o’rganishi farzdir. 
Odob-axloq to’g’risida sayyid, jalolatlik imom, shahidi a’lo, muhtaram ustoz Nosiruddin Abul Qosim 
hazratlari ajoyib bir kitob yozganlar. Ba’zi ulamolarimiz ushbu kitobni juda dolzarbligi uchun 
yodlashni tavsiya qilibdilar. Hech bo’lmasa farzi kifoyalikka ko’ra yodlasinlar deb buyurganlar." Farzi 
kifoya - shahar va biror o’rinda bu amalni bir kishi bajarsa, boshqalardan soqit qiladi. Agar hech kim 
ijro etmasa, hamma gunoxda sherik bo’ladilar. 
Ahli kishilar o’z manfaatlarini ko’zlamoqlari uchun bir-birlarini zaruriy ilm va hunarni qoim ettirishga 
buyurishlik yuklatilgan. Lozim topilsa, bunga xarakat qilmoqlari, sarf-xarajatlarini ko’tarmoqlari 
kerakdir. 
Hayotimizda har bir sohada insonlar ehtiyoji tushadigan ilm-hunarlarni o’rganishimiz shartdir. 
Masalan, insonning taom sohasidagi ehtiyoji, nima xalol, nima harom va zararli ekanini bilmoqqa yoki 
kasal bo’lib qolsa, doridarmonning qaysi biri uning dardiga malham bo’lmog’ini bilmoqqa ehtiyoji 
tushadi. Shu bilan bu ilmni ham bilishga zaruriyat chiqadi. 
Ilmi nujum (yulduzlar haqidagi ilm) - yulduzlarga qarab fol ochish va g’ayb ilmini bilishni taqozo 
etadi, bu Islrm shariatida harom (noshar’iy) amaldir. In-sonning e’tiqodiga zarar beradi. 
Alloh taoloning qazoi qadaridan qutulib bo’lmaydi. Bu aslo mumkin emas. Demak, har bir musulmon 
hamma ishlarini yolg’iz Allohga topshirishi, O’zigagina tavakkap qilmog’i kerak. Bu doimo 
Yaratganni zikr qilish bilan, Unga duoyu iltijolar qilib, o’zi va xalqi uchun tazarru’, shikastalik izhor 
qilmog’i bilan amalga oshadi. Kamtarin bo’lish axloqi hamidadir. Qur’oni karim o’qish, uni taammul 
etish hamda ezgu amallar qilish, xayru saxovat bilan mashg’ul bo’lish bu maqsadga yordam beradi. 
Shuningdek, Alloxdan qilgan xatolari uchun afv so’rash, nuqsonlari uchun gunohlaridan mag’firat 
talab qilish, salomatlik vaqtinchlik xotirjamlik so’rashi ham kerakdir. Zero, duolarning samarasi 
o’laroq, kishi turli baloyu ofat, musibatlardan xalos bo’lish baxtiga muyassar bo’ladi. (Inshaalloh). 
Alloh taalo bandasiga duodan nasiba bergan bo’lsa, albatta bu duoning ijobatini O’zi ato etadi. 
Duosining natijasidan bandasini zinhor mahrum etmaydi. 
Daryoning ostida bo’lsa joying, 
Bahona birla yetkuzur 
Хudoying. 
Mabodo, bu balo yoki imtihon takdiri azaliyda bo’lsa ham, ya’ni ilojsiz ro’y beradigan bo’lsada, Alloh 
uni yengilroq, unga quvvati kifoya bo’ladigan qilib yuboradi va sabr bilan rizqlantiradi. Bu faqat 
duoyu iltijolar mevasidir. Iloho Parvardigoro, bizlarga ham mana shunday bo’lishni nasib etsin! 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling