Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 Barcha buzg’unchi, ahli fojir, fosiqlardan ham ehtiyot bo’lish parhez va taqvo hisoblanadi. Gunoh ishlarga chaqiruvchi, bekorchi va dangasalardan nari bo’lish ham taqvo va parhezdir. Chunki, «suhbatta’sirini o’tkazuvchidir», suhbatdosh o’z asarini qoldiradi. Bu toifa kishilar bilan muomala qilish tez fursatlarda ularning doirasiga kirib borishi bilan yakunlanadi. Keyin bundan qutilishning iloji bo’lmaydi. Shuningdek, darsni qiblaga yuzlanib tayyorlash ham parhez va taqvodandir. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati, odobu axloqlari bilan axloqlangan bo’lishi taqvo va parhezning asosidir. Тolibi ilm solih insonlar, duogo’y, yoshi ulug’ ota-xonu onaxonlarning duolarini olish, nazarlarini to- pishni g’animat bilishi kerak. Albatta mazlum va bosh-qalarning qarg’ish va yomon duolaridan saqlanmog’i shart bo’ladi. Hikoya qilishlaricha, ikki kishi yoshlik chog’larida ilm talabida uzoq yurtlarga ketgan ekanlar. Uzoq yurtlarda g’ariblik va qancha mashaqqatlar chekib bir necha yillardan so’ng o’z vatanlariga qaytib kelgan ekanlar. Bu vaqt davomida bir birlaridan ajralmabdilar. Ammo birlari yetuk olim darajasiga yetibdi, sherigi esa ilm egallay olmabdi. Shunda diyorlarining olimlari bu holdan hayron bo’libdilar. Keyin o’zlaridan qanday o’qiganlari, takrorlari qay holda bo’lgani va qanday o’tirib ta’lim olganlari haqida so’rabdilar. Ilmga noil bo’lgan yigit doim qiblaga yuzlanib o’tirgani, tahorat bilan o’qiganini, takrorlari ham mana shunday bo’lganini aytibdi. Sherigi esa, qiblaga orqa qilib o’tirib dars va tak-ror qilar ekan. Shunda shahar olim va ulug’lari shunday hulosaga kelibdilar: Ka’baga yuzlanmoqlik va hurmaginie’tirof etganining barakoti bilan unga ilmdan nasibasi mustahkam yetgan. Shundan olim va faqihlik darajasiga erishgan. Хulqu odobi bilan kishilarning samimiy mehr va ehtiromlarini qozongan. Duolari fazilati mana shu maqomga sohib qilgan,- debdilar. Ka’baga yuzlanishuni ulug’lash sunnat amallardan hisoblanadi. Faqat zarurat vaqgdagina boshqa tomonga yuzlanish joizdir. Aytishlaricha, bir duosi mustajob inson haligi yigitni haqqiga duo qilgan ekan. Тolibi ilm sunnat va odob hisoblangan amallarni bajarishga qattiq turishi kerak. Hayotiy tajribalardan ma’lumki, kim sunnat va odob amallarini pisand qilmasa, ularni ixlos bilan ba- jarmasa sunnat va uning barakotlaridan mahrum bo’ladi. Sunnatni mensimagan va fazilatlaridan mahrum kishi, farzlardan ham, ya’ni savobu ajrlaridan benasib bo’ladi. Kim farz amallariga ahamiyat bermasa, ix-los va e’tiqod bilan ado etmasa o’z oxiratidan mahrum bo’ladi. Mo’’minlarga berilajak imtiyozlardan nasibasi uziladi. Ba’zilar ushbu so’zlarni barchasini janob Rasulullohning hadisi shariflaridir deganlar. Farz va sunnat namozlar qatorida, nafllarini ham ko’paytirish tolibning parhez va taqvosiga omillardir. Namozni xushu’, xovf bilan va shikasta bo’lib o’qimog’i kyorak bo’ladi. Bu hol ilmiga benazir turtki bo’lishiga shubha yo’kdir. Shayxul islom, buyuk imom, zohid, obid, ko’p marta haj amallari bajargan Najmiddin Umar ibn |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling