Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Birinchisi, dunyoni toatu ibodatsiz, solih amallarsiz va gunohlari mag’firat bo’lmagan holda tark etadi. 
Ikkinchi, boy va behojat qilib qo’yadi. Dunyodan kam-chilik va parvardigorini eslatadigan qiyinchilik 
ko’rmasdan, dunyo lazzatiga g’arq bo’lib o’tadi. 
Uchinchi, sultonu amapdorlarning xizmatiga mubtalo qilib ko’yadi. Shariatningo’zigaemas, balki 
Allohning ba’zi kullariga shariat nomidan xizmat qiladi,- deyilgan. 
Har qanday holatda ham tolib taqvolik va parhezkor bo’lsa, ilmu amali manfaatli bo’laveradi. 
Тa’limi 
yengilroq va puxtaroq bo’laveradi. 
Тolibi ilm parhez va taqvo qilishi uchun ba’zan kuyidagi ikii omilga rioya qilmog’i kerak: 
Avvalo, haddan ziyoda to’yib ovqatlanishdan; 
Ikkinchidan, ko’p uxlashdan ham saklanishi kerak. Chunki, ortiqcha taom va ko’p uxlash kishida 
ishyoqmaslikni, dangasalik keltiradi va tetiklikni ketkizadi. Shuningdek, ko’p gapirish va boshqa 
barcha axloqi zamimalardan saklanmog’i zarur. Bekorchi va foydasiz har qanday gap-so’zlar qiyomat 
kuni qattiq azoblanishga, bu dunyoda odamlar atrofidan asta uzoqlashishlari va nafratlanishlariga 
sabab bo’ladi. 
Bozor uchun tayorlangan taomlardan ham saklanmog’i zarur. Chunki ulug’ zotlar bozor taomlarini 
najosatga yaqin deganlar. Bir sababi, bu ovqatlar Alloh zikridan yiroq va tanovul qilgan kishini g’aflat 
botqog’iga tushiradi. Unga faqirkambag’allar, yetim, bevalarning ko’zlari tushib, yeya olmaganlari 
uchun ko’ngillari aziyat chekib, ko’p qiynaladilar. Bu taomning barakotini ketkizadi. Natijada shubhali 
ovqatlardan bo’lib qoladi. 
Hikoya qilishlaricha, shayxul islom, buyuk imom hazrati Muhammad ibn Fazl (a.r.) talabalik yillarida 
bo-zorda va bozor uchun tayyorlangan taomlarni tanovul qilmas edilar. Otalari badavlat kishilardan 
edilar. har juma kuni o’g’illarining taomlarini g’amlab ketar edilar. Bir kuni o’g’ilning xonasida bozor 
nonini ko’rib qoldilar va bundan qattiq ranjidilar. G’azablari kelib bir necha kun gaplashmadilar. 
O’g’illari ko’p uzrlar aytib: 
-Uni men sotib olmadim, bunga rozi ham emasman! Uni sherigim keltiribdi. Meni avf eting!- deydi. 
Otalari esa: 
-Agar sen ehtiyotkor bo’lganingda edi, parhezlik va taqvodor bo’lganingda, sheriging’uni sotib olishga 
jur’-at qilmas edi. Bemaza taqvoingni belgisi bo’lib, uni yemasangham xonangda turibdi,- deb 
malomat qildilar. 
Avvalgilar shunday taqvo va parhezkor bo’lganlar va buning sharofati bilan ilmu fiqhga va amalga 
muvaf-faq bo’lganlar. Ilmni o’z o’rnilariga yetkazishga erishganlar. Shu sababdan muborak ismlari 
ro’zi qiyomatga-chaboqiy qoldi. 
Тaqvodor, faqih bir zot vasiyat qilgan ekanlar: 
-Eng avvalo sen g’iybatdan saqlan; 
-Ko’p gapiradigan kishining majlisidan zo’r berib uzoq bo’l; Qo’p gapiradigan kishi umringni
vaqtingni zoye qiladi. Ko’p gapiruvchining barcha gaplari yolg’on va to’qima bo’ladi. Bu og’ir gunoh 
bo’lib, yonida bo’lganing uning jinoyatiga sherik bo’lasan va jazosini ham birga olasan. 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling