Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
IMOM BUXORIY NOMIDAGI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI 
IMOM ZARNUJIY 
ILM OLISH SIRLARI 
Tarjimon: Zokirjon Sharifov 
Movaraunnahr 
Toshkent-2004 
MUQADDIMA 
Bismillahir rohmanir rohiym 
Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! 
Bashariyatning komilrog’i, payg’ambarimiz Muhammad alayhis sapom va ahli ayollariga, ashobi 
kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari, rahmatu barakotlari yor bo’lsin! 
Ammo ba’d: 
Janob payg’ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning sarchashmasi, 
tuganmas buloqlaridirlar. 
Zamonamizning ko’plab yoshlarida ilm o’rganish borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina harakatlari 
bo’lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo’lib, ko’p mulohazaga bordik. Ushbu ulug’ 
maqsadlarni hosil bo’lishida ularga odob-axloq ko’rsatmalari zarurligini bildik. Mo’’tabar ustozlarimiz 
odobu axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu kitobni o’quvchilarga ilm sa-rhadlaridan bahramand 
bo’lishni tilab, mehribon ustozlarimiz va kaminani duoyu xayr bilan yod etib, qiyomat kuni 
Maxshargohda najot topuvchilar qatorida bo’lishimizni zikr etishlarini umid etamiz. Kamina ko’p 
istixoralar qilgan holda, yolg’iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshodu barokatlaridan, fayzu 
futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga baqadri hol kirishdik. Kitobni «
Тa’limul 
mutaallimu tariqat taallumi», ya’ni «Shogirdning ilm egallash yo’l-yo’riqlarini o’rganishi» deb 
nomladim. 
Kitobni bir necha fasllarga bo’ldim: 
1.Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to’g’risida; 
2.Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to’g’risida; 
3.Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo’lish to’g’risida; Ilm va ilm ahlini ulug’lash 
haqida; 
4.Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmatu g’ayrat to’g’risida; 
5.Saboqni boshlash, uni miqdori va tartibi to’g’risida; 
6.Tavakkul qilish to’g’risida; 
7.
Тahsil olish vaqti to’g’risida; 
8.Nasihat va mehru shafqat to’g’risida; 
9-fasl. Nasihat va mehru shafqat to’g’risida; 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
10.Foyda talab qilish to’g’risida; 
11.Ilm hosil qilish holatidagi parhezkorlik va taqvo to’g’risida; 
12.Ilm talab qilishda zehnni mustahkamlaydigan va yoddan ko’tarilishini ketkazadigan illatlar 
to’g’risida; 
13.Rizq va umrni ziyoda qiladigan va kamaytiradiganlar haqida fasl. 
Alloh taoloning O’zi barcha yaxshiliklarga muvaffaq etguvchidir. Yolg’iz o’ziga tavakkul qilish 
ne’matlar um-moniga yo’ldir! Nuqsonu kamchiliklar avf etilib, husni qabul ila dargohiga yuzlanmoq 
benazir baxtdir! 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling