Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 Agar ilmi nujumdan qiblani aniqlash, namoz vaqtlarini bilish yoki boshqa shar’iy zaruratlar uchun ta’- lim olsa, me’yorida o’rganishi joizdir. Chunki bu, sa-bablardan bir sababdir. Тib ilmini ham o’rganmog’i joizdir, balki kerak hamdir. Bemorning tuzalishiga, shifo topishiga bois bo’lish ham sabablardan bir sababdir. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning davolanganlari tarixdan ma’lum. Hazrat Imom Shofi’iy (rahmatullohi alayh): -Ilm ikki xildir. Birinchisi ilmi fiqh -bu diniy muomalotlarga rioya qilish uchundir. Bunda avvalo Alloh taoloning haqqi, bandalarningAlloh va bandalardagi haq va majburiyatlari, dunyoviy va uxroviy muomalalarni nizomga solish kabi ilmlar ta’lim beriladi. Ikkinchisi esa ilmi tibdir. U inson jasadi tuzi- lishiga oid ilm bo’lib, unda turli kasallik va tibga aloqador holatlarning illatini tahlil qilib, uni bartaraf etish usullariii o’rganishdir. Bu ikki ilmdan boshqa ilmlar esa «Bulhatul majlis», yani «Majlisning yetukligi»ga xizmat qiladigan, uni sermahsul va sermazmun bo’lishiga omil hisoblanadi. ' Ilm amal qilgan kishiga nur baxsh etadi. Fiqh - ilmning nozik nuktalarini bilish, o’rganishdir. Demak fiqh, ilmga nisbatan chuqurroq ma’noga ega ekan. Fiqh keng qamrovli, ko’p tarmoqli, serqirra ekan. Imom A’zam Abu Hanifa (r.h.) fiqhga ta’rif berib shunday deganlar: Fiqh - kishi nima foydali va nima zararli ekaniny bilmog’i va o’rganmog’idir. Ilm unga amal qilishi uchundir. Aslida, ilmga amal qilish nakdni nasiyaga qoldirishdir. Ya’ni, amalining mukofotini darhol talab qilmaydi, balki uni oxiratga olib qo’yadi. Inson dunyo va oxiratiga nima zarar va nima foyda ekanini bilishdan g’aflatda qolmasligi lozimdir. Bu bilan foydalarini o’ziga jalb etadi va Alloh taoloning rahmati va barakotlariga noil bo’ladi. Zarar va ziyon amallardan o’zini saqlab, ulardan uzoqlashadi. Aqli va ilmi o’zining zarariga hujjat bo’lmasligi uchun harakat qiladi. Zero, mana shular qiyomat kunida azobu uqubatni ziyoda bo’lishiga olib keladi. Alloh barchalarimizni beamal bo’lishdan va O’zining g’azabidan panohiga olsin! Bu haqda «Ilm va uning fazilati manoqiblari» nom-li kitobda ko’p oyat va xabarlar keltirilgani sababli kitobimiz uzayib ketmasligi uchun, ularni biz zikr etmadik. Download 255 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling