Mualliflar
|
Ta’riflar
|
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”
|
Raqobatbardoshlik - bu raqobatga dosh bera olish, raqobatchilarga qarshilik ko‘rsata olishdir.
|
M.A.Jukova
|
Raqobatbardoshlik - bu tovarlarning (xizmat) raqo-batbardoshligi deganda, iste’molchi bahosi va mazkur bozor talablariga o‘zining sifati va qiymat tavsifi bilan mos keladigan, boshqa o‘xshash mahsulotlar bi-lan taqqoslaganda iste’molchi uchun ko‘proq jozibador bo‘lgan mahsulot xususiyati tushuniladi.
|
G.N.Kulikov
|
Raqobatbardoshlik – bu mazkur tovar (xizmat) tavsi-fining boshqa raqobatchi tovardan aniq jamiyat eh-tiyojlariga muvofiqlik darajasi, ushbu ehtiyojlarni qondirishdagi harajatlari farqi tushuniladi.
|
R.A. Fatxutdinov
|
Raqobatbardoshlik – bu ma’lum bir ob’ektni mazkur bozorda taqdim etiladigan o‘xshash ob’ektlar bilan solishtirilganda, ushbu ob’ektning ehtiyojlarni qondira olish darajasining yuqoriligi bilan tav-siflanadi. Raqobatbardoshlik aniq bir bozor yoki aniq iste’molchilar guruhiga nisbatan aniqlanadi. Agar ob’ekt raqobatbardosh hisoblangan bozor ko‘rsa-tilmasa, demak ushbu ob’ekt hozirda dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi.
|
A.Yu. Yudanov
|
Raqobatbardoshlik - bu real haridni amalga oshi-rayotgan iste’molchi uchun ushbu mahsulotning maftun-korlik, jozibadorlik darajasidir.Raqobat-bardoshlik tovarning bozorda taqdim etilgan boshqa o‘xshash tovarlar bilan solishtirganda, raqobatli bo-zor va haridorlar talablariga javob bera olish qobiliyati bilan aniqlanadi.
|
|