Uchinchi. Barcha darajadagi qo‘shin turlarining hamkorligini
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida
qo‘mondonlik-shtab, tezkor-taktik, taktik-maxsus o‘quv mashqlari va
mashg‘ulotlarini o‘tkazish, individual va guruh shaklidagi jangovar
tayyorgarlikning butun tizimini qayta ko‘rib chiqish eng muhim vazifa
bo‘lib qolmoqda. Hamkorlikdagi operatsiyalarga jalb etiladigan chegara
qo‘shinlari, Mudofaa vazirligining harbiy qismlari, vertolyot-hujum
bo‘linmalari va maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, boshqa
jalb qilinadigan qo‘shin turlari hamkorligida turli model hamda variantlarni
amalda qo‘llash barcha o‘quv mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismiga
aylanishi shart. Shu borada harbiy okruglar qo‘mondonliklarining turli
xavf-xatar va tahdidlarga qarshi tezkor zarba berish bo‘yicha vazifalarni
hal qilishda belgilangan operatsion yo‘nalishlar doirasida amalda mustaqil
va o‘zini o‘zi boshqarishga qodir bo‘lishiga erishish lozim.
To‘rtinchi. Qurolli Kuchlarimizning harakatchanligi, o‘zini o‘zi
boshqarishi, yuksak jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishiga erishishda
harbiy qism va bo‘linmalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy qurol-
yarog‘ va harbiy texnika, aloqa va individual himoya vositalari bilan qayta
jihozlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda
tutgan holda, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyot texnikasi,
bronetank qurol-yarog‘lari, artilleriya tizimlari, zenit raketalari
komplekslari, zalpli o‘t ochishning reaktiv tizimlari, yuksak darajada aniq
nishonga oladigan zamonaviy qurollar, individual va guruh shaklida, shu
jumladan, radioaktiv nurlanish hamda kimyoviy va biologik qurollardan
himoyalanishning maxsus vosita va texnikalarini modernizatsiya qilish va
ularning zamonaviy namunalarini sotib olish masalasiga alohida e’tibor
qaratish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |