Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!
Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti www.ziyouz.com kutubxonasi 96 O‘ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARINING 19 YILLIGI MUNOSABATI BILAN VATAN HIMOYACHILARIGA BAYRAM TABRIGI Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Sizlarni va o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 19 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu yil xalqimiz barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan shonli sana – O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yillik bayramini keng nishonlaydi. Ana shu yillar davomida bosib o‘tgan murakkab yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan, o‘zining ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra g‘oyat ulkan va noyob, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz natijasida bugungi kunda O‘zbekiston zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi tayyorlangan, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir o‘z milliy armiyasiga ega bo‘ldi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor. Yurtimizda qabul qilingan Mudofaa doktrinasi va armiyani isloh etish va modernizatsiya qilish hamda uning eski yondashuv va qoliplardan prinsipial jihatdan ajralib turadigan qurilish tizimi bo‘yicha chuqur o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan kompleks dasturni bosqichma- bosqich amalga oshirish asosida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini boshqarishning zamonaviy talablarga va mintaqamizda yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatri talablariga javob beradigan yangi tizimi yaratildi. Qo‘shinlarning tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy-shtat qurilishi tubdan o‘zgardi. www.ziyouz.com kutubxonasi 97 Bugungi zamonaviy sharoitda boshqarish nuqtai nazaridan noqulay, samarasiz bo‘lgan qo‘shilmalarning, ko‘p pog‘onali boshqaruv tizimining tugatilishi armiyamiz qiyofasini butunlay o‘zgartirdi. Qurolli Kuchlarimizning qudrati, jangovar salohiyati, harbiy qism va bo‘linmalarning harakatchanligi, tez va shiddatli tarzda kechadigan mahalliy operatsiyalarni olib borishga tayyorgarligi, mamlakatimiz chegaralari daxlsizligiga raxna solishga, uning hududiga suqilib kirishga urinadigan har qanday tajovuzkor bosqinchiga zarba berish qobiliyati yuqori darajada oshdi. Ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratildi. Bu tizim harbiy xizmatchilarga o‘z professional, nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish, harbiy-jangovar faoliyatning tajriba va malakasini egallash uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan o‘zgarmoqda. Ushbu bilim yurtlarida bo‘lg‘usi ofitserlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari zamonaviy fikrlaydigan, o‘z xalqi, o‘z Vataniga sadoqatli ofitser kadrlarni shakllantirishni ta’minlaydigan mutlaqo yangi o‘quv-texnik va ma’naviy-axloqiy asosda yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash lozim. Hozirgi vaqtda qo‘shinlardagi harbiy xizmatchilarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i o‘quv mashg‘ulotlarini jangovar vaziyatga mumkin qadar to‘la yaqinlashtirilgan holda olib borish imkonini beradigan zamonaviy trenajyor majmualari, modellashtirish va simulyatsiya vositalari bilan jihozlangan serjantlar tayyorlash maktablarida tayyorgarlikdan o‘tgani ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Bunday tizim o‘quv materialini yanada sifatli o‘zlashtirish, birlamchi bo‘g‘in komandir kadrlarining tayyorgarlik jarayonini o‘zgartirish, serjantlar korpusini sog‘lom ma’naviy- axloqiy muhitni va harbiy intizomni shakllantirish tayanchiga – Qurolli Kuchlarimizning mustahkam o‘zagiga aylantirish imkonini berdi. Qurolli Kuchlarning qism va bo‘linmalarini qurol-yarog‘ va texnikaning zamonaviy turlari bilan ta’minlash masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda. Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilanishi, safarbarlik- chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilishi, chaqiruvning bir yilda bir marta tashkil etilayotgani, qo‘shinlarda shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘quv- www.ziyouz.com kutubxonasi 98 jangovar va tarbiyaviy ishlar tizimini prinsipial jihatdan o‘zgartirish, harbiy bo‘linmalarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, jamiyatimizda harbiy xizmatga bo‘lgan ishonch va hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, bir so‘z bilan aytganda, armiyamizning jangovar tayyorgarligini butunlay oshirishga olib kelmoqda. Harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish sohasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlar olib borilmoqda. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi harbiy xizmatchilar hayotining moddiy-maishiy sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bermoqda. Faqat keyingi besh yilda harbiy unvonlar bo‘yicha beriladigan oylik maoshlar, harbiy xizmatdan bo‘shaganda to‘lanadigan yordam puli sakkiz martadan ko‘proq oshirildi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan shaxslarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari, jumladan, oliy o‘quv yurtlariga kirishda ularga davlat tomonidan imtiyozlar belgilab qo‘yilgani, ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilayotgani mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatning nufuzi va obro‘sining yanada yuksalishida muhim omil bo‘lmoqda. Bugun o‘tgan davr mobaynida harbiy va mudofaa qurilishi, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash sohasida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Vatanimiz sarhadlarining mudofaasi va himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini ta’minlash ishonchli qo‘llarda, deb to‘liq asos bilan ayta olamiz. Qadrli do‘stlar! Bizning eng muhim vazifamiz – har jihatdan zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan armiyani shakllantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, uning tizimli va kompleks modernizatsiya qilinishini ta’minlashdan, qisqacha aytganda, xalqimiz munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan Qurolli Kuchlarni yaratishdan iboratdir. Afg‘onistondagi vaziyatning tobora murakkablashib borayotgani, narkotrafik, xalqaro terrorizm, ekstremizm keng tus olayotgani, bizga chegaradosh ba’zi mamlakatlarda yuzaga kelgan beqarorlik, shuningdek, mintaqamizda boshqa tahdid va xavf-xatarlarning saqlanib qolayotgani bizdan Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning www.ziyouz.com kutubxonasi 99 davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash borasidagi choralarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bularning barchasi bizdan doimo hushyor va ogoh bo‘lish, yaqin atrofimizda ig‘vo qo‘zg‘atib, keskinlik va qarama-qarshilik o‘choqlarini keltirib chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlarni bartaraf etishga tayyor turishni talab qiladi. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling