Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARIGA
Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti www.ziyouz.com kutubxonasi 154 «DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI» MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARIGA Hurmatli xalqaro konferensiya ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar! Avvalambor, sizlarni – nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy ijtimoiy- siyosiy doiralar vakillari, olimlar, tahlilchi va ekspertlarni chin qalbimdan qutlab, «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorlik tuyg‘usini bildirishga ruxsat etgaysiz. O‘zbekistonda mazkur Konsepsiyaning qabul qilinishi biz bu yil yigirma yilligini nishonlaydigan davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlangan mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarimizning mantiqiy va qonuniy davomidir. O‘zbekiston o‘z istiqlolining dastlabki kunlaridan o‘zi uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini tanladi. O‘z umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali- taqsimot tizimidan voz kechib, mamlakatimiz iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi besh tamoyilga asoslangan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Biz mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab chetdan tiqishtirilgan “shok terapiyasi” usullarini, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan soxta tasavvurlarni rad etib, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, degan mashhur prinsiplarga amal qilgan holda, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan www.ziyouz.com kutubxonasi 155 boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik. Ushbu qoidalarning joriy etilishi davlat va konstitusiyaviy qurilishni pog‘onama-pog‘ona, qadam-baqadam tubdan o‘zgartirish va yangilash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda chuqur demokratik islohotlarni olib borish imkonini berdi. Bu model, o‘zining mazmun-mohiyati bilan, butun taraqqiyotimiz davomidagi og‘ir va mashaqqatli sinovlardan o‘tib, har tomonlama hayotiyligini namoyon etdi. Avvalo, sobiq SSSR tarqalib ketganidan so‘ng ilgari shakllangan iqtisodiy aloqalarning butunlay izdan chiqishining oqibatlariga barham berish, iqtisodiyotning halokatli tarzda orqaga ketishi, ishsizlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, qisqa muddatlarda mustaqil hokimiyat institutlarini tuzish zarurati, o‘sha paytdagi murakkab vaziyatning o‘zi aynan shu modelni tanlashni taqozo etdi. Biz turli jozibali da’vatlarga uchmadik va tadrijiy, bosqichma-bosqich taraqqiyot yo‘lini ma’qul topib, har xil inqilobiy modellardan ongli ravishda voz kechdik va shu tariqa xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Mustaqil taraqqiyotimizning ana shu yigirma yillik davri davomida amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilar ekanmiz, biz tanlagan model, chuqur o‘ylangan va izchil amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari yurtimizdagi siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining hayot darajasi, uning siyosiy, huquqiy madaniyati izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi, deb ta’kidlashga barcha asoslarimiz bor. Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ko‘pukladli iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, ayni vaqtda bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi o‘sishining eng muhim omiliga aylandi. Ulkan qiyinchiliklarga, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillarida biz yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan muammolar, tahdid va www.ziyouz.com kutubxonasi 156 sinovlarga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘tgan 20 yil mobaynida qariyb 3,5 barobar o‘sdi, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, o‘rtacha ish haqi 14 barobar oshdi. Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar bo‘yicha 8,6 barobar o‘sdi. Ushbu daromadlarning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan mulk shakllaridan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlardir. Davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarflagan xarajatlari, aholi jon boshiga hisoblaganda, 5 martadan ko‘proq oshdi, har yili Davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‘naltirilmoqda. Shu davrda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi, onalar o‘limi 2 barobardan ziyod, bolalar o‘limi esa 3 barobar kamaydi. Shu bilan birga, yaxshi tushunamizki, mustaqillik yillarida amalga oshirgan barcha ishlarimiz biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli yuksak maqsadga – rivojlangan zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan olis va murakkab yo‘lning faqat bir qismi, shu boradagi dastlabki qadamlar, xolos. Biz yashayotgan globallashuv asrida birinchi navbatda erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, bugungi dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonidagi o‘z o‘rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablariga uyg‘un va hamohang bo‘lib qadam tashlaydigan mamlakatgina muvaffaqiyat qozonishini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Mantiqning o‘zi, taraqqiyotimiz qonuniyatlari, biz erishgan marralar, biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan maqsad jamiyatimizning izchil rivojlanishiga, mamlakatimizning nufuziga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan havolanishga, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilmasdan, demokratik islohotlarni davom ettirishni talab qilmoqda. Faqat keng miqyosdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohot va o‘zgarishlarni biz tanlagan, amalda o‘zini to‘la oqlagan modelga muvofiq ravishda davom ettirish davlat va jamiyatning barqarorligi va zarur rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, hayot sifatini oshirish, xalqaro www.ziyouz.com kutubxonasi 157 maydonda o‘zimizga munosib o‘rin egallash imkonini beradi. Bizning Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishimiz aynan shu talab bilan bog‘liq bo‘lib, bu Konsepsiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha boshlagan keng ko‘lamli ishlarimizni yanada izchil davom ettirish dasturi hisoblanadi. Bu borada biz amaliy asosga ega bo‘lgan va hayotning o‘zi isbotlab bergan bir haqiqatga suyanib-tayanib ish olib bormoqdamiz. Ya’ni, siyosiy tizimni izchil demokratlashtirmasdan, sud hokimiyatining mustaqilligini, so‘z va axborot erkinligini, saylov erkinligi va saylov tizimi rivojini ta’minlamasdan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirmasdan, fuqarolarimizning siyosiy ongi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni ta’minlab bo‘lmaydi. Va bunda tadrijiy taraqqiyotni, amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda uzviylik va izchillikni ta’minlash favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan uchrab turadigandek, olib borilayotgan islohotlarning oxiriga yetmasdan, yuzaki va pala-partish tus olib, demokratik jarayonlarning qandaydir soxta ko‘rinishiga aylanib qolishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Demokratiya – bu, qanchalik og‘ir va murakkab bo‘lmasin, bizning yo‘limizdir. Shuni tushunib olish kerakki, Konsepsiya jamiyatda ro‘y berayotgan keng miqyosdagi o‘zgarishlarga doir barcha masalalarni qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham unda asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan, ulardan, bizning nazarimizda, islohotlarning quyidagi yo‘nalishlari prinsipial ahamiyatga egadir. Bizning oldimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Hokimiyatlar bo‘linishi konstitusiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining, davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda o‘zaro kelishilgan holda faoliyat yuritish va hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishimiz zarur. Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p deputatlik www.ziyouz.com kutubxonasi 158 o‘rnini egallagan siyosiy partiyalarning Bosh vazir nomzodi bo‘yicha taklif kiritish huquqini, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi institutini joriy etishni nazarda tutadigan o‘zgartishlar kiritildi. Parlamentga mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha hukumat rahbari hisobotlarini eshitish huquqi berilgan va boshqa qator prinsipial yangiliklarni kiritish ko‘zda tutilgan. Shu tariqa ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarini yanada chuqur isloh qilish, ularning mustaqilligini, mustaqil ish yuritish qobiliyatini kuchaytirish, davlat va siyosiy qurilish tizimida parlamentning roli va ahamiyatini oshirish borasida qonunchilik asoslari yaratilmoqda. Konstitusiyaning mazkur yangi qoidalarini bosqichma-bosqich joriy etish ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy, partiyalararo raqobatni sezilarli darajada kuchaytirishda siyosiy Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling