Kirish Asosiy qism 1


Download 47.3 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi47.3 Kb.
#1201786
  1   2   3   4
Bog'liq
Shaxs va uning shakllanishiga ta\'sir ko\'rsatuvchi ijtimoiy omillar


Mavzu: Shaxs va uning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillar


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism



1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs individuallik.
2. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Shaxs shakillanishiida muhitning o’rni.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
Jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;
o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish.

Download 47.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling