Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
partiyalarning rolini tubdan oshirish uchun sharoit yaratadi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR
partiyalarning rolini tubdan oshirish uchun sharoit yaratadi. Sud-huquq tizimidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish biz uchun eng muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Konsepsiyaga binoan, sudning mustaqilligini ta’minlash, qonunchilikka sudga qadar bo‘lgan ish yuritish bosqichida sud nazoratini mustahkamlash, “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohalarini kengaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ishlarni davom ettirishimiz darkor. Huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tizimida ularning faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlaydigan o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratishimiz, ayrim huquqbuzarliklarni jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish yo‘li bilan jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish bo‘yicha boshqa qator chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Bizning oldimizda axborot sohasini demokratik isloh etish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng miqyosdagi vazifalar turibdi. Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o‘z xohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Konsepsiyaga muvofiq, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya www.ziyouz.com kutubxonasi 159 texnologiyalarini joriy etish va fuqarolarning so‘z erkinligiga doir konstitusiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda olib borilayotgan islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan boshqa bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish masalalari diqqatimiz markazida bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda yaratilgan mustaqil, mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob bo‘lgan saylov tizimini yanada demokratlashtirish, xususan, saylov jarayonlarining yanada ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylovoldi tashviqotlarini o‘tkazish mexanizmi, saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish vazifasi oldimizda turibdi. Bunda biz saylovlar – mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning demokratik ruhini namoyon etadigan eng muhim masala, huquqiy demokratik davlatning ajralmas belgi-alomati, xalq xohish-irodasining, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanidan kelib chiqamiz. Fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish demokratik islohotlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizni rivojlantirishning hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini kuchaytirish, hech mubolag‘asiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni, barqarorlikni ta’minlash, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning hal qiluvchi omiliga aylanmoqda. Kelgusida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizni amalga oshirish, aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali huquqiy mexanizmlarini yaratish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini aniq yo‘naltirilgan holda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va www.ziyouz.com kutubxonasi 160 oilaviy biznesni rivojlantirish, aholining boshqa zarur ehtiyojlari bilan bog‘liq vazifalarni hal etishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bizning oldimizda demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar turibdi. Bugungi kunda biz chuqur tahlillar asosida 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rtta strategik dasturni ishlab chiqdik va amalga oshirishga kirishdik. Bu dasturlar sanoatni, infratuzilmalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirishni, shuningdek, mamlakatimizda qulay ishchan muhit va uni baholashning zamonaviy xalqaro mezonlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Mazkur dasturlarning amalga oshirilishi uzoq istiqbolda tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Hozirgi bosqichda ichki ehtiyojning o‘sishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Chunki bunday yondashuv jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning izchil rivojlanishini barqarorlashtirish va rag‘batlantirishning omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan barcha ishlarimizning eng muhim natijasi xalqimiz, avvalo, mamlakatimizni isloh etish va yangilashning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish yoshlarimizning islohot va demokratlashtirish borasidagi siyosatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganida namoyon bo‘lmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Ushbu anjuman ishi davomida uning kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan ishlab chiqiladigan xulosa va tavsiyalar, hech shubhasiz, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi bizning faoliyatimizda o‘zining amaliy ifodasini topadi, deb ishonaman. Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samarali ish olib borishlarini tilayman. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling