Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

qilish taklif etiladi. Ushbu qonunning maqsadi tezkor-qidiruv 
xususiyatidagi tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ta’minlash, qonuniylikka rioya qilishning real huquqiy kafolatlarini 
yaratishga yo‘naltirilgan. Bu qonunning qabul qilinishi demokratik 
davlatlarning umume’tirof etilgan amaliyotiga mos keladi. Ta’kidlash 
kerakki, bu qonun jinoyatlar sodir etilishining dastlabki bosqichlaridayoq 
ularning oldini olish va o‘z vaqtida to‘xtatish bo‘yicha choralarning 
samaradorligini, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovning sifatini 
oshirishga xizmat qiladi. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarning, avvalambor, ichki ishlar idoralarining bu sohadagi 
faoliyatining yanada liberallashuvini ta’minlashga olib keladi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
Oltinchi. Faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini 
inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini har tomonlama qayta ishlash va yangi 
tahrirda qabul qilish zarur.
1994 yilda qabul qilingan amaldagi mazkur kodeksga o‘tgan davr 
mobaynida 60 martadan ko‘proq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. 
Uning yangi tahriri sud-huquq tizimini liberallashtirish munosabati bilan 
ma’muriy qonunchilik va jinoiy-huquqiy siyosatda yuz bergan katta 
miqyosdagi prinsipial o‘zgarishlarni o‘zida tizimli va keng ko‘lamli tarzda 
aks ettirishi lozim.
Bunda avvalambor jinoyat qonunchiligini tobora liberallashtirish, 
ya’ni, ayrim qonunbuzarlik holatlarini jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy 
yurisdiksiyaga o‘tkazishni ko‘zda tutish zarur. Kodeksning yangi tahrirda 
qabul qilinishi bugungi kunda o‘nlab normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z 
aksini topgan ma’muriy javobgarlikka oid qonunchilikning 
unifikatsiyalashuvini, ya’ni birxillashuvini ta’minlaydi.
Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni 
ko‘rishning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish, 
demokratlashtirish, bu sohada qonuniylikni ta’minlash va fuqarolarning 
huquqlarini ishonchli himoyalash bo‘yicha choralarni ham mazkur 
kodeksda ko‘zda tutish lozim.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling